Video
29 avgust 2016

O‘zbek artistlari prezident kasalligi haqidagi xabarni rad qilishdi

O‘zbekiston tarixida ilk bora Vazirlar mahkamasi mamlakat rahbarining sog‘ligi haqida chiqargan bayonot ortidan O‘zbeknavo litsenziyasi bilan faoliyat yuritayotgan artistlardan bir nechtasi Karimov soppa-sog‘ degan iddao bilan chiqdi.

Shahzoda (Zilola Musaeva) Munisa Rizaeva Shohruhxon, Halimaxon, Ulug‘bek Rahmatullaev, Jahongir Poziljonov kabi shou-biznes vakillari o‘z tasarrufidagi ma'lumotlarga tayanib O‘zbekiston Axborot agentligi bayonotini yolg‘onga chiqarishdi.

“Har-hil gap so‘zlarga ishonmanglar yurtboshimiz sog‘ salomat” deya ta'kidlagan honanda Munisa Rizaevaning gapini boshqalar ham takrorlaydi.

Teatr sohasida oliy ma'lumotga ega Halimaxonim esa O‘zbekistondagi boshqaruv tizimining monarxiya emas respublika ekanidan bexabarligini bildirib qo‘ygan.

Halimxonim O‘zbekiston prezidentini podshox deya atagan va uning salomatligiga shubha bildirganlarning go‘riga g‘isht qalagan.

Shou-biznes vakillariga “Karimov kasal emas” degan aktsiyani o‘tkazishga O‘zbeknavo estrada birlashmasi buyruq bergani haqida ma'lumotimiz yo‘q.

Yakshanba kuni tarqatilgan O‘zbekiston Axborot agentligi yoyinlagan rasmiy bayonotda aytilishicha, Islom Karimov “statsionar davolanishda” qolmoqda.

O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi tarafidan tayyorlangan bayonotda “Mutahassislar fikriga ko‘ra, to‘la tibbiy ko‘rik va muolaja uchun talay vaqt lozim” deyiladi.

Islom Karimov 1989 yilda Kreml tarafidan O‘zbekiston Kompartiyasiga birinchi kotib qilib tayinlanganidan beri O‘zbekistonni boshqarib keladi
Karimov davrida O‘zbekiston so‘z erkinligi bo‘g‘ilgan, inson huquqlari toptalgan va muholifat qatag‘on qilingan repressiv mamlakat sifatida tanildi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 dekabr 2019
Holva-holva degan bilan og‘iz shirin bo‘lmaydi. Xuddi saylov-saylov degani bilan O‘zbekistondagi vaziyat demokratik bo‘lmagani kabi. Saylov kunlari ko‘p ajnabiy so‘zlar ...
20 sentyabr 2024
Mana it quvgan gadoydek xaftayam zuvv etdi, o‘tdi ketdi. Yana sizlarning qoshingizdaman. Suhbati du anda mazzaku, deydi Xayyoom. Yuz ...
3 oktyabr 2017
3 oktyabr kuni, o‘n yildan ortiq hibsda saqlangan sobiq inson huquqlari faoli 38 yashar A'zam Farmonov qamoqdan ozod etildi. ...
23 fevral 2017
Gazetalarimizda yillar davomida Kadrlar tayyorlash milliy dasturining o‘ziga xosligi, taraqqiyotimiz uchun muhim o‘rin tutishi, dunyoda o‘xshashi kamligi tinimsiz ta'kidlab ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...