Asosiy mavzular
8 noyabr 2016

Aramais Avakyanning onasi: «Biz endi O‘zbekistonda qola olmaymiz»

7 noyabr kuni Armaniston respublikasi Ombudsmani Arman Tatoyan O‘zbekistonlik hamkasbi Ulug‘bek Muhammadiev nomiga maktub yo‘lladi.

Bu arman ombudsmani tomonida uzbek rasmiylariga yullangan uchinchi maktubidir. Eltuz.com manbalariga ko‘ra ularning birinchisi 6 yanvarda, ikkinchisi 23 iyunda jo‘natilgani ma'lum.

Maktubda Tatoyan, shu yilning boshida diniy ekstremizm va qo‘poruvchilik kabi og‘ir ayblovlar bilan ozodlikdan mahrum qilingan jizzaxlik fermer Aramais Avakyanning ishini qayta ko‘rib chiqish hakida so‘z boradi.

press-conferans
Foto: Yerevandagi matbuot anjumani

4 noyabr kuni esa Armanistonning Yerevan shaxrida Yerevanda O‘zbekistonda diniy ekstremizm va qo‘poruvchilik kabi og‘ir ayblovlar bilan 7 yilga ozodlikka mahkum qilingan Jizzaxlik fermer Aramais Avakyan ishiga oid matbuot anjumani o‘tgan edi.

Ayni anjumanda Aramaysning onasi Flora Sakunts xam qatnashdi.

Armanistondagi qator Inson Haqlari ximoyasi tashkilotlari va Ochiq Jurnalistika klubining Media markazi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu matbuot anjumanini Ozodlik radiosining arman redaktsiyasi, maxalliy Shant Tv televideniyasi va bir nechta internet saytlarining jurnalistlari yoritishgan. Anjuman shuningdek onlayn tarzda internet saxifalarida yoyinlangan.

Anjuman ishtirokchilari, Armanistonlik taniqli huquq ximoyachilari Vardan Arutyunyan xamda Janna Aleksanyan, yig‘ilganlarga O‘zbekistonning Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi va viloyat Milliy Xavfsizlik boshqarmasi tomonidan qalbaki ayblovlar bilan xibs olingan fermer Aramais Avakyan ishi xaqidaga gapirib berishdi.

vardan-ar
Foto: Yerevandagi matbuot anjumani

So‘ngra, Aramaisning onasi, Flora Sakunts so‘z olib, 2015 yilning sentyabr oyidan buyon xibsda qolayotgan o‘g‘lining boshiga tushgan ko‘rguliklari xaqida gapirib berdi.

“O‘g‘limning bor yo‘q aybi, Jizzaxning Paxtakor tumani xokimi G‘ofur Qarshiboevga, o‘zining ne ne mashaqqatlar bilan barpo qilgan baliq xovuzini topshirmagani xolos. Xokim o‘g‘limning xovuzida qancha baliq borligidan yaxshi xabardor edi. Bir necha marta kelib Aramaisdan xovuzdagi baliqlarning teng yarmini o‘zining tanish tadbirkoriga berishni talab qilgan lekin o‘g‘lim uning bu noqonuniy taklifini rad qilgan. Xammasi mana shundan keyin boshlandi” dedi Flora Sakunts.

Aramaisning onasi, o‘g‘lining tergov paytida qiynoqqa solingani xaqida gapirar ekan, ko‘z yoshlarini tiya olmadi.

“Tergovda o‘g‘limning qovurg‘alarini sindirishdi. Uning oyoqlarining tizzadan yuqorisi ko‘karib ketgandi. Sud yig‘inlarida u xattoki o‘tirishga qiynalardi. Uni va u bilan birga xibsga olingan 4 nafar o‘rtog‘ini 40 kungacha bizga ko‘rsatishmadi, qaerda, qaysi izolyatorda ekanini xam yashirishdi. Advokatlarimizni xam qo‘yishmadi. Mana shu 40 kun davomida mening ona sifatida qanday axvolga tushganimni tasavur qiling.. Eski tanishlarimiz orqali va kattagina pul evaziga, advokatimizni ichkariga 10 daqiqaga kiritishga erishdik bir marta. Advokatimizning ichkaridan olib chiqqan xabari bizni shokka tushirdi: Aramais va uning do‘stlari, qiynoqlar tufayli yura olmas xolga kelgan ekan!”

Xozir o‘zbekistonning Qarshi shaxridagi jazoni ijro etish muassasalaridan birida 7 yillik jazo muddatini o‘tayotgan Aramais Avakyanning onasi, Armaniston raxbarlariga qarata murojat qilarkan, ularni O‘zbekiston xukumatiga bosim o‘tkazishga chaqirdi.

“Armaniston xukumati raxbarlaridan o‘tinib so‘rayman: o‘g‘limni qiynoqlardan va nohaq qamoq jazosidan qutqaring!” dedi Flora Sakunts.

Taniqli huquq ximoyachisi Vardan Arutyunyanning aytishicha, Aramais Avakyan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsada, uning armani millatiga mansubligi Armaniston xukumatini xavotirga soladi.

«Armaniston o‘z millatdoshlarining manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega. Va uning bunga majburiyati bor. Respublika Tashqi ishlar vazirligi miqyosida hukumat xar doim Aramais bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatga aralashib keldi. Biroq, negadir Armanistonning bu xarakatlari xozirgacha unchalik samara bermadi» dedi taniqli xuquq himoyachisi Vardan Arutyunyan.

Xuquq himoyachisi shuningdek Aramais Avakyan onasining Arman hukumatiga shaxsan murojatidan keyin vaziyat o‘zgarishi mumkinligini aytdi.

«O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning o‘limidan keyingi siyosiy vaziyatning o‘zgarishi va Sizning Armaniston hukumatiga bevosita murojatingiz tufayli, hukumatimizning Aramais Avakyan ishi bo‘yicha bundan keyingi xarakatlari ancha ta'sirchan bo‘ladi degan umiddaman» dedi Vardan Arutyunyan, Aramaisning onasi Flora Sakuntsga qarata.

Anjumanda qatnashgan yana bir taniqli arman xuquq himoyachisi Janna Aleksanyanning fikricha, Armaniston obudsmani va boshqa Armanistondagi boshqa turli nufuzli tashkilotlarning Aramais Avakyan ishi bo‘yicha shu yilning yanvar oyida O‘zbekiston hukumatiga murojati o‘zining ijobiy natijasini bergan.

«Aynan murojatdan keyin Aramais Avakyanga chiqarilgan xukm biroz yumshadi. Sud payti prokuror armani fermer uchun 18 yil so‘ragan bo‘lsada, sudya uni 7yilga xukm qildi. Qo‘poruvchilik, Konstitutsion tuzumga tajovuz xamda diniy ekstremistik tashkilotlarga a'zolik kabi og‘ir ayblovlar uchun 7 yillik qamoq jazosi berilishi, O‘zbekiston uchun kutilmagan xolat», – dedi xuquq himoyachisi Janna Aleksanyan.

Islom Karimov vafotidan keyin, prezidentlik vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi respublika Bosh vaziri Shavkakt Mirziyoev, Aramais Avakyan ishiga doxil bir nechta amaldorni mansablaridan bo‘shatdi. Ular ichida, armani fermerning biznesini tortib olmoqchi bo‘lgan Paxtakor tumani xokimi G‘ofur Qarshiboev va fermer ustidan ochilgan jinoiy ishni nazorat qilgan shaxar prokurori xam bor.

Armanistonning Yerevan shaxrida o‘tgan bu matbuot anjumani tashkilotchilari, mamlakat Ombudsmeni bilan xam bog‘lanishdi.

Matbuot anjumani ishtirokchisi jurnalist Anush Martirosyanning aytishicha, Ombudsmen vakillari O‘zbekistonlik xamkasblariga yangi maktub xozirlayotganliklarini aytishgan.

«Umid qilamanki, Armaniston xukumatining vakillari adolat qaror topishi uchun xamma narsani qilishadi va Aramais tez kunlarda ozodlikka chiqadi» deydi jurnalist Anush Martirosyan.

Matbuot Anjumanidan so‘ng, Aramais Avakyanning onasi Flora Sakunts Armaniston respublikasi prezidentiga yozgan murojatini e'lon qildi.

Murajatda, Flora Sakunts o‘g‘lining mutlaqo aybi bo‘lmagani xolda, qalbaki ayblovlar bilan xibsga olingani va maxalliy amaldorlar tomonidan unga qarashli baliq xo‘jaligi talon taroj qilinganini yozib, O‘zbekiston xukumatidan o‘g‘lining ishini qayta ko‘rib chiqishlari xaqida talab qilishini so‘raydi.

«Bunday adolatsizlikdan so‘ng, biz O‘zbekistonda ortiq yashab qola olmaymiz. Aramais ozodlikka chiqqach, biz O‘zbekistonni tark etamiz va tarixiy vatanimiz – Armanistonga ko‘chib kelamiz» deydi Flora Saunts o‘z murojatining so‘nggida.

Ulug‘bek Ashur
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
30 mart 2016
Prezident Karimov hokimiyatdan hali ketish niyati yo‘qligini aytgan, hokimiyatga yaqin shaxslar esa allaqachon hokimiyat boshqa bir kattakonning, uning kuyovi ...
1 noyabr 2021
Rassom Kirpi
30 noyabr 2024
Kishilik tarixi temir ixtiro qilinganiden keyin dev qadamlar bilan rivojlandi. Bugun oyoqda muhtasham turgan Britaniya va Amerika kabi davlatlarlar ...
21 aprel 2022
“Eltuz”ga Toshkentdagi o‘nlab korxonani birlashtirgan “O‘zbek-O‘mon investitsiya kompaniyasi” jamg‘armasi ishchi-xizmatchilari bosh direktor, o‘monlik Muhammad al-Lavatiy (Mohamed Al Lawati ) ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...