Video
29 aprel 2017

Toshkent rasmiylari Tatu festivalini to‘xtatishdi (video)

24 aprel kuni Toshkent shahar hokimi topshirig‘iga ko‘ra tuzilgan komissiya poytaxtdagi «Like Bar» yoshlar hordiq chiqarish klubiga bordi.

«Like Bar» poytaxtdagi alternativ diddagi o‘zbek yoshlari maskanidir. U yerda 7 may kuni 4-chi Xalqaro Tatu festivali o‘tishi kerak edi.

Biroq, klubning feysbukdagi sahifasida tadbir tashkilotchilarining festival bo‘lmasligi va buning uchun muhlislardan uzr so‘ragani aks etgan izoh paydo bo‘ldi.

Sahifa moderatori bilan bog‘langan Eltuz muxbiriga ayon bo‘lishicha, 24 aprel kuni prokuror, militsiya, doktor, oqsoqol va hoji akalardan iborat komissiya klub mutasaddilari bilan suhbat o‘tkazgan.

Ular muayyan yoshlar an'anasiga aylanib ulgurgan festivalni o‘zbek milliy mafkurasiga zid deya topishgan.

Ularning fikricha “Like Bar” klubi intereri va bezaklari o‘zbek yoshlarining ongini buzadi.

So‘nggi bor «Like Bar» klubi Tatu festivaliga 2016 yilning 16 aprelida tashkilotchilik qilgan.

«Undan ilgarigi festivallarga boshqa klublar homiylik qilgan», dedi Eltuz muxbiriga «Like Bar» klubi vakili.

O‘z navbatida klub egalari festivalni to‘xtatishga qaror berishgan.

video: https://youtu.be/CHjdmweVhZI

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 mart 2020
O‘tgan yil oxirrog‘ida Moskvaga yo‘lim tushdi. Chumchuqtepada, universitetga yaqin Mosfilm ko‘chasida turdim. Eyr bin bin qilib. Yo‘llarda aku bilan ...
16 sentyabr 2020
Prezident Mirziyoev imzolagan yangi qarorga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvaridan mehnat muhojirlariga soliqlar joriy etiladi.’ Qator o‘zbek nashrlarining yozishicha, ...
2 fevral 2019
Oldinroq o‘zbek va tojik tillarining konvergent rivojlanishi haqida post yozgandim. Unda bu ikki til tarixan bir-biriga qanday ta'sir ko‘rsatgani ...
3 aprel 2018
Jurnalist Bobomurod Abdullaev va yana uch nafar shaxs ustidan Toshkent shahri sudida 2 aprel kungi mahkamada, asosan, Hayotxon Nasriddinov ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...