Mirziyoev, amaldorlarga 18 soatlik ish kuni joriy qildi (video)
Prezident Mirziyoev, 27 aprel kuni, Jizzax viloyatidagi majlisda amaldorlarni kuniga 8 soat o‘rniga, 18 soatdan ishlashi kerakligini tayinladi.
«Men shaxsan ikki yildan keyin baho beraman! Bu kim bu? Bular bilan nima ish qila olamiz?», dedi u.
Mirziyoevning so‘zlariga ko‘ra, «tevaragidagilar» ishonch qozonishlari uchun ikki yil davomida, «imkoniyatlari chegarasidan ham ko‘proq» ishlab berishlari kerak.
«Odamzod juda o‘zini yaxshi ko‘radi, lekin amalda bo‘lgan odamlar o‘zini yaxshi ko‘rishga haqqi yo‘q.» deya izohladi prezident mulozimlarining kelajakdagi ikki yillik qismatini.
Bu kabi ekzekutsiyaga haqiqatan ham odamzodning chidashiga ko‘zi yetmagan rassom Elsevar amaldorlarning ikki yildan keyingi holatini tasvirlaydi.
«Raxbarlar o‘rniga robotlar tayinlansa kerak?» deya faraz qiladi u.
Rassom Elsevar
Eltuz.com