Video
25 iyun 2017

Dilobar Erkinzoda: «Mendan sudya Nizom Rustamov 20 ming dollar pora so‘ragan»

Prezident Mirziyoev 13 iyun kungi chiqishida O‘zbekiston adliya tizimida avj olgan poraxo‘rlik muammosini ko‘tardi.

«Prokuraturaning 70 foizini ishdan olib tashladik, hali yana olamiz. Nega degsangiz ayrim noinsoflar u yerga illat tashlab ketgan, poraxo‘rlik illatini», dedi Mirziyoev.

Bugungi kunda Shvetsiyada yashayotgan o‘zbek faoli Dilobar Erkinzoda prezident iddaolarini tasdiqlab o‘zi ham hayotida «shunday poraxo‘r adolatsiz sudyalar bilan to‘qnash kelganini» bildirdi.

«Sud tergov jarayonidan ham battarroq bo‘lgan, umuman fojia bilan tugagan bizning oilamiz uchun», deydi u Eltuz muxbiri bilan suhbatida.

2002 yili uning akasi Iskandar Xudoyberganov ustidan to‘rt oy davom etgan sudda Xudoyberganov o‘lim jazosiga hukm etildi.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sudyasi Nizom Rustamov, Dilobar Erkinzodaning bildirishicha, jazoni 20 yilga almashtirish uchun 20 ming dollar pora so‘ragan.

«Bu pul o‘sha paytda biz uchun juda katta pul edi. Buning ustiga u aytgan uch kun ichida biz bu pulni hamma narsamizni sotgan taqdirda ham topa olmasdik» deydi Dilobar Erkinzoda.

Shundan keyin u akasini o‘lim jazosidan qutqarish uchun toshkentlik huquq faollari bilan birga kurash boshlaydi.

Dilobar va boshqa o‘zbek faollari, xalqaro jamoatchilik sa'y harakatlari natijasida Iskandar Xudoyberganovga BMT inson huquqlari guruhining O‘lim jazosiga qarshi moratoriyasi qo‘llanildi.

2008 yilga kelib esa O‘zbekistonda umuman o‘lim jazosi bekor qilindi.

Jinoyat kodeksining 14 ta moddasi, jumladan davlat tuzumiga tajovuz qilishda ayblangan Iskandar Xudoyberganov, 2002 yilning noyabridan qamoqda qolmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 mart 2018
O‘zbekistonda MXX (Milliy xavfsizlik xizmati) DXX (Davlat xavfsizlik xizmati)ga aylandi. Ayni paytda idoraning asosiy vazifalari printsipal tarzda o‘zgargani yo‘q. ...
5 may 2016
Turkiyada o‘zbekistonlik er-xotin turkiyalik taniqli yahudiy tadbirkor Jak Karako va uning rafiqasi Jorjiya Karakoni o‘ldirganlikda ayblanib, 2014 yili hibsga ...
9 aprel 2021
Bundan 9 kun oldin muttasil kaltaklash ortidan molxonada osilgan holda topilgan homilador kelin Muxlisa Qadamboeva mavzusi 9 aprel kuni ...
14 mart 2020
Rassom Kirpi
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...