Yashnobod xalqi va hokimi bir bo‘lib elektrchini zaldan quvishdi (video)
«Yashnobod demokratiyasi» aks etgan realiti shouda tuman hokimi Dilmurod Turdiev o‘zidan oldingi mulozimlarga xos bo‘lmagan fazilatni namoyish qildi.
«Mahalla» telekanali taqdim etgan hokimlik va ichki ishlar idoralari vakillari ishtirokidagi uchrashuvida, Turdiev odamlarni qiynagan savollarga javob berishga intildi.
Savollar aksariyat ichki ko‘chalarning asfalt qilinmagani, bolalar maydonchasi yo‘qligi, propiska, gaz, suv, elektr muammolari haqida bo‘ldi.
Televideniedagi tarafkashlik haqida gapirgan shaxsning e'tiroziga javob berarkan:
«Televidenie bizda erkin, biz ham bularni taklif qilganimiz yo‘q», dedi, ayni paytda ularning ochiq axborot olishiga qarshilik ko‘rsatishga ham haqqi yo‘qligini bildirdi.
Mulozimlarni turg‘azib qo‘yib, xalqni qiynayotgan savollarga javob olishga intilarkan, uning holati Mirziyoev uslubini eslatdi.
Belini ushlab, zaldagilarga qo‘pollik bilan ta'sir o‘tkazmoqchi bo‘lgan Elektroset mulozimini shu yerning o‘zida haydab chiqardi.
«Qonun hech qachon faqat raygaz yoki rayset tomonini himoya qilmaydi» dedi u o‘zining holisligiga ishora qilib.
Eltuz.com