Konsul Shvetsiyadagi o‘zbeklarni nazoratga olmoqchi (video)
4 dekabr kuni Shvetsiyaning Stokholm shahrida O‘zbekistonning Germaniyadagi konsuli Azimjon Ozodov o‘zbek migrantlari bilan uchrashdi.
Konsulning gapidan O‘zbekiston hukumatining Shvetsiyadagi o‘zbeklarni nazoratda ushlash istagi anglashildi.
«O‘zbeklar Shvetsiyaga kelib o‘zboshimcha ishlar qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi», dedi u.
Konsul bu yuzadan 5 dekabrda shved rasmiylari bilan ham uchrashuvi belgilanganini aytdi.
Shvetsiyada o‘zbek elchixonasi yo‘q. Shvetsiya o‘zbeklar uchun Yevropadagi boshqa davlatlarga qaraganda ham bordi-keldi qilish qiyin bir davlat. Biroq bugungi kunda bu mamlakatda 10 mingdan ziyod o‘zbek iqomat huquqini olgan.
Norasmiy ruhda o‘tgan bu tadbir keyingi o‘n yillikda o‘zbek diplomatining Shvetsiyadagi o‘zbek muhojirlari bilan o‘tkazgan ilk uchrashuvidir. Unga Shvetsiyadagi o‘zbek tadbirkori, Euroasia AB shirkati rahbari Muzaffar Hojimatov mezbonlik qildi.
Biroq u ijaraga olgan Scandic mehmonxonasining 700 kishilik zaliga sanoqli 50 tacha odam yig‘ildi.
Video: https://youtu.be/nHU4ki2441A
Eltuz.com