Xorazmlik ustalar «Zaporojets»dan «Ferrari» yasashdi (video)
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumani ustalari «Ferrari» avtomobilining nusxasini yaratishdi. Eng qizig‘i, unga «Zaporojets» avtomobili motori o‘rnatilgan.
«Eltuz» nashrining Urganchdagi mobil muxbiri xorazmlik ustalar yaratgan «Ferrari»ni 11 dekabrda tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Eng arzon sovet avtomobili bo‘lgan «Zaporojets»ni ishlab chiqarish 1994 yili to‘xtatilgan. Naq 800 ot kuchiga ega bo‘lgan «Ferrari» avtomobillari esa «Zaporojets»dan farqli ikki o‘rindiqli.
Ayni paytda «Ferrari» ham afsonaviy «Zaporojets» kabi ko‘plab latifalarga mavzu bo‘lgan mashina.
«Eltuz» muxbiri aynan Ferrary rusumidagi mashinalarni Stokgolmdagi eng qimmatbaho avtomobillar sotiladigan Dream avto salonida tasvirga oldi.
Do‘kondagi «Ferrari» avtomobillari narxi rusumiga qarab 300 mingdan 400 ming dollargacha baholangan.
Masalan, bu yil urf bo‘lgan Ferrary 488 Spiderning Stokgolmdagi narxi 365 ming dollar. Bu ikki kishilik sport mashinasining maksimal tezligi soatiga 340 kilometr.
«Eltuz»ning o‘zbekistonlik Ferrary ishqibozlari uchun videoga olish iltimosiga Shvetsiyadagi do‘konda qarshilik bo‘lmadi, biroq «Zaporojets»dan «Ferrari» yasagan xorazmlik usta o‘zini tanitishni istamadi.
Ayni paytda Stokgolmdagi avtosalon egasi bu mashinalar reklamaga muhtoj emasligini aytdi.
Youtube kanalidagi video: https://youtu.be/3_536x1eUfU
Eltuz.com