Chimkentlik boyning to‘yidagi 179 $ ming dollarlik tort (video)
Chimkentlik to‘y egasi buyurtirgan qimmatbaho tort videosi ijtimoiy tarmoqni hayratga soldi. Uning narxi 179 ming AQSh dollariga baholangan.
Dastlab 13 yanvar kuni to‘yni o‘tkazgan shirkat egasining telegram kanalida paydo bo‘lgan videoga tortni maqtash bilan birga bu qadar qimmat tort buyurtirgan to‘y egasi malomat ham qilinmoqda.
Chimkent shahridagi Rixos mehmonxonasida o‘tgan nikoh to‘yi uchun buyurtirilgan tortning diametri 3 metr, balandligi 4,2 metr, og‘irligi 1 yarim tonna.
Qimmatbaho tort muallifi Rossiya oligarxlari va yulduzlari uchun shirinliklar tayyorlovchi qandolatchi Renat A'zamovdir.
Chimkentlik boyning to‘y dasturxoniga tortilgan tort ustida uning jamoasi uch kun ishlagan.
To‘y «shirinligi» harakatlanuvchi otli kareta, kelin-kuyovlar va chiroqlar bilan yoritilgan yetti qavatli qasr shaklida «pishirilgan».
Video: https://youtu.be/gzNejiZyZ-0
Eltuz.com