MXX raisi Inoyatov Dubayda $12 millionga uy oldimi?
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov Dubayda qiymati 12 million dollar bo‘lgan turar joy inshooti qurdirgani haqidagi ma'lumotni Open Source Investigations (OSI) jurnalistlari 22 yanvar kuni ochiqladi.
Bu Yaqin Sharq va dunyodagi eng yirik erkin savdo zonasi portidan uncha uzoq bo‘lmagan, yollanma ishchilar uchun mo‘ljallangan besh qavatli binodir.
Keyingi ikki oy ichida OSI Inoyatovlar oilasiga tegishli bo‘lgan Rossiya va Avstriyadagi mol-mulk hamda shirkatlar ro‘yxatini ochiqladi.
OSI ta'kidicha, «Inoyatovlar oilasiga tegishli bo‘lgan mol-mulklar ro‘yxatiga endilikda Dubaydagi 12 million AQSh dollari turadigan inshoot ham tirkalgan».
«Eltuz» o‘zbek mulozimlarining noqonuniy yo‘llar bilan mamlakatdan chetga olib chiqib ketgan boyliklari haqidagi mavzuni yoritishda davom etadi.
Eltuz.com