Asosiy mavzular
9 fevral 2018

Sifatsiz «Asl baxt» shirinligi bozordan yig‘ishtirib olindi

Toshkentning «O‘rikzor» bozoridan xarid qilgan «Asl baxt» shirinligi sifatidan shubhalangan jurnalist Malohat Eshonqulova 4 fevral kuni o‘z surishtiruvini o‘tkazdi.

«Men «O‘rikzor» bozoridan shunaqangi chiroyli qadoqlangan bir quti pirojniy sotib olgandim. Uyga keltirsam, nihoyatda sifatsiz, rasvo ekan. Na chiqarilgan sanasi yozilgan, na saqlanish muddati yozilgan, qadog‘iga na ishlab chiqaruvchi tadbirkorning, na sexning manzili bor. Hech narsa ko‘rsatilmagan. Pirojniyni ko‘rsangiz, yegingiz kelib, so‘lagingiz oqadi. Uyga olib kelib yeganimizdan so‘ng ahvolimiz yomonlashdi», deya eslaydi Eshonqulova.

Ko‘ngilni aynitar darajada sifatsiz shirinliklar

Ertasiga ertalab Eshonqulova mahsulotning zararli ekani haqida SES (Sanitariya epidemiologiya stantsiyasi) iste'molchilar huquqini himoya qilish bo‘limiga borib ariza yozadi, keyin esa shirinlik sifati yuzasidan iste'molchilar fikrini yozib ola boshlaydi.

Qutidagi «shirinlik»dan tatib ko‘rgan shaxslarning barchasi uning sifati pastligi, ko‘ngilni aynitar darajada rasvoligini, muddati o‘tib ketgani, arzon va yaroqsiz masalliqdan tayyorlanganini bildirishadi.

Tushga yaqin, soat 13.00 da «O‘rikzor» bozorining 7-pavilonida o‘sha shirinliklar sotiladigan do‘konga soliqchilar, SESning iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘limi xodimlari kelib, Eshonqulova shikoyati asosida «razbor» boshlashadi…

«Tadbirkorning ruxsatisiz tekshirish mumkinmas!»

Ma'lum bo‘lishicha, Mansurxon aka ismli qo‘qonlik tadbirkor ishlab chiqarayotan shu nomdagi shirinliklarning muddati besh oydan ortiq o‘tib ketgan, buning ustiga qadoqlangan qutilarda chiqarilgan muddati ko‘rsatilmagan.

Oziq-ovqat maxsulotlari bilan bog‘liq yana bir jiddiy muammo ularning sifati oldindan tekshirilmasdan savdoga chiqarilishida, deydi jurnalist.

«SES qachon oziq-ovqat maxsulotidan kimdir zaharlanib, kasalxonaga tushganidan keyingina tekshirish huquqiga ega ekan. Yana bir muammo, odamlarimiz, ya'ni iste'molchilarning hech qachon o‘z huquqlarini himoya qilishni bilmasligida…».

Arizasi yuzasidan ancha talashib tortishganidan keyingina SES ma'murlari pishiriqlarni tekshirishga majbur bo‘lishadi. Biroq jurnalist shu «tekshirish» jarayonida ham savdo xizmati ko‘rsatish, ishlab chiqarishning nihoyatda soxtalashib ketganiga, korruptsiya va boyishga qaratilganiga guvoh bo‘lganini aytadi.

«SES xodimlari mening shikoyatimga qaramay, tadbirkorning ruxsatisiz mahsulotni tekshirishga olmasliklarini aytishdi. O‘rinbosari 3 bo‘lak olib tekshiramiz deb turganida, boshlig‘i kelib qolib, «yo‘q, mumkinmas!» deb turib oldi», deydi u.

SES reydidan so‘ng do‘kondagi barcha shirinliklar «O‘rikzor» bozoridan aravalarga ortilib, qaergadir olib ketilgan.

Oziq-ovqatdan zaharlanish tez-tez uchraydigan holat

O‘zbekistonda odamlarning oziq-ovqat mahsulotlaridan ommaviy zaharlanishi so‘nggi yillarda tez-tez uchramoqda.

«Eltuz» nashri 5 fevral kuni Namanganning Kosonsoy tumanida 36 kishi kalla-pocha va xasipdan zaharlanib shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edi.

O‘tgan yilning noyabr oyida eshak go‘shtidan tayyorlangan kolbasalar shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

May oyida esa Andijonning Shahrixon tumanida yuzlab odam sifatsiz muzqaymoqdan zaharlangan edi.

Video: https://youtu.be/YGf2bdWIEA4

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 dekabr 2016
21 dekabr kuni Toshkent shahar sudida Davron Norboev hakamligida diniy ekstremizmda ayblanayotgan to‘rt nafar shaxs ustidan sud davom etdi. ...
5 mart 2019
Shu kunlarda ba'zi bir ishlar bilan band bo‘lganim sababidan kanalga yozishga vaqtim bo‘lmayapti. Ammo Navoiy tili haqidagi postlardan so‘ng ...
17 fevral 2018
O‘zbekiston telekanallaridan birida namoyish qilinayotgan “Sevgi iztiroblari” ko‘p qismli filmi dushanba kunidan boshlab efir setkasidan tashlanadi. Bu haqda «Eltuz»ga ...
5 oktyabr 2023
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qiymiz. Ular O‘zbeistonning Jizzax, Andijon, Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan. Dastlabki ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...