Asosiy mavzular
17 aprel 2018

Mirziyoevga suiqasdda ayblangan shaxsning otasi uni aybsiz dedi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qirg‘izistonga tashrifi paytida unga suiqasd qilishda ayblanib, 15 yilga qamalgan 30 yashar Dostonbekning otasi Xursandbek Sarimsoqov “o‘g‘lim aybsiz”, deya bildirdi.

«AKI press» agentligiga ko‘ra, 17 aprel kuni Bishkekda matbuot anjumani o‘tkazgan Sarimsoqov o‘z o‘g‘lining O‘zbekiston prezidentini o‘ldirish rejasi bo‘lmaganini aytgan.

O‘sh shahri sudi Dostonbekni “O‘zbekiston prezidentiga suiqasd uyushtirishga urinish»da aybli deb topib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

19 aprel kuni Sarimsoqovning shikoyat arizasiga binoan O‘sh viloyati apellyatsiya sudi ishni qayta ko‘rib chiqadi.

Sarimsoqovning matbuot anjumani paytida «AKI press»ga aytishicha, o‘g‘li tuhmat qurboni bo‘lgan.

«O‘g‘limni 2017 yilning 2 sentyabr kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari qo‘liga kishan solib olib ketishdi. Unga O‘zbekiston prezidentini Bishkek shahriga kelganda o‘ldirish rejasini tuzdi, degan ayb yuklashdi. Uyni tintuv qilganda bitta ham hujjat topishmadi. It bilan tekshirishganda qora paketdagi narsani topishdi. Portlovchi modda deb rasmiylashtirdilar. O‘g‘limni urishdi, qo‘lini qayirishdi va qiynoq qo‘llab aybini bo‘yniga oldirishdi. O‘g‘limga rus tilida yozilgan iqroqnomaga qo‘l qo‘ydirishdi. U rus tilini bilmaydi-ku. Kim ishonadi o‘g‘limning bitta o‘zi prezidentni o‘ldira oladi deb. Agar bu haqiqat bo‘lganda men bu yerda bu gaplarni aytib o‘tirmasdim», – deydi Sarimsoqov.

Qirg‘izistondagi Turmush nashriga ko‘ra, 15 yilga qamalgan Dostonbek 2017 yilning avgust oyida “Jamoat tavhid va jihod” tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevni Bishkekka tashrifi paytida otib o‘ldirishni rejalagan.

Ayni nashrga ko‘ra, Dostonbekning uyidan suiqasd uchun rejalangan portlatuvchi shnur, plastit va detonator kabi portlovchi moddalar topilgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 5 sentyabrida Qirg‘iziston poytaxti Bishkekka davlat tashrifi bilan kelgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 avgust 2018
«Aytdim-ku, yuqorining buyrug‘i bilan sizlarga shu ayblarni qo‘yishga majburmiz, deb. «Kim o‘sha yuqoring? Karimovmi?» Mening so‘nggi savolimga tergovchi Ilhom ...
24 avgust 2018
Rashid Qodirov davrida shakllangan prokurorlar hali ot ustida va ular uzoqqa boradigan ko‘rinadi. Ular uzoq yillardan buyon qo‘llab kelayotgan ...
16 mart 2020
1968 yili AQSh hukumati Vetnamga 35 mingdan 50 minggacha bo‘lgan askar jo‘natishga qaror qiladi. 16 mart kuni ertalab vetnam ...
18 oktyabr 2015
Shoxrux Aliboev, 2013 yilning 27 iyunida ota onasidan ajratilib bolalar uyiga topshirilgan edi. +video
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...