Asosiy mavzular
10 may 2018

OSI: Inoyatovlarning Rossiyadagi yana bir yirik sarmoyasi ochiqlandi

Ochiq manbalar bo‘yicha surishtiruv o‘tkazuvchi Open Source Investigations (OSI) jurnalistlar guruhi Inoyatovlar oilasining navbatdagi yirik sarmoyasini topdi.

Inoyatovlar oilasi Neva daryosining o‘ng qirg‘og‘ida, 109 uydan iborat qurilish majmuasiga ulkan sarmoya yotqizmoqda

Sankt-Peterburgdan 30 daqiqalik yo‘lda joylashgan «Nevskaya usadba» deya nomlangan bu qurilish kompleksi Rustam Inoyatovning o‘g‘li Sharif Inoyatov boshqaruvidagi Metkem shirkatiga qarashlidir.

Bundan ilgari Inoyatovlarning Avstriya, Dubay va Rossiyadagi behisob mulklari haqida «Eltuz» nashri hikoya qilgan edi.

MXXdagilarning biznesmenlarga qarshi soxta jinoyat ishlari uydirib kelgani ma'lum. Biroq bu yopiq xizmat xodimlarining o‘zlari korruptsioner bo‘lishgan va ish uydirilgan shaxslardan boylik orttirib kelishgan.

OSI surishtiruv guruhiga ko‘ra, Rossiyaning Sankt-Peterburgda joylashgan yirik Metkem shirkati O‘zbekiston Milliy havfsizlik xizmati sobiq raisi Rustam Inoyatov oilasi tomonidan nazorat qilinadi.

Metkem Sankt-Peterburgda joylashgan Neva Alyans Grupp ga tegishli bo‘lib, bu shirkatga ham MXX sobiq raisining o‘g‘li Sharif Inoyatov 25 foiz ulushi bo‘lgan ikki sherigi – Ravshan Ubaydullaev va Baxtiyor Fozilov bilan birga egalik qiladi.

Metkem va Neva Alyans Grupp shtab kvartirasi Sankt-Peterburgda, Neva prospektidagi 104-a uyda joylashgan.

7 million AQSh dollari (400 million rubl) nizomiy sarmoya bilan qayd etilgan Metkem yirik qurilish tashkiloti va developeri sanaladi.

Kam qavatli uylardan tashkil topgan «Nevskaya usadba» loyihasini Metkem shirkati ishlab chiqqan. 109 ta ikki qavatli va mansardli 6-12 xonali uylardan tashkil topgan bu qurilishlar 2016 yili boshlangan.

Umumiy maydoni 36 gektar bo‘lgan «Nevskaya usadba»,turar joy kompleksi loyihasidir. U nafaqat turar joylar, balki dam olish va ko‘ngilochar maskanlar, do‘konlar, restoranlardan tortib, sport markazlari va bolalar maydonchalarini ham o‘z ichiga oladi.

Majmua Neva daryosining o‘ng qirg‘og‘ida, Sankt-Peterburgdan 50 kilometr narida Leningrad viloyatining Vsevolojsk tumani Sverdlovsk shaharchasidagi Novosaratovka mavzeida joylashgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 may 2023
Turkistonni ishg‘ol qilgan rus bosqinchi generali fon Kaufmanga Toshkentning bosh xiyobonida 1913 yilning 4 mayida yodgorlik o‘rnatilgan edi. Ushbu ...
4 mart 2019
22 fevral kuni telegra.ph internet sahifasida rus tilida «Teni kuklovodov» («Qo‘g‘irchoqbozlar soyasi») sarlavhasi ostidagi maqola paydo bo‘ldi. Bunda O‘zbekistondagi ...
30 noyabr 2021
Bu 1991 yil 30 noyabrdagi “Pravda vostoka“ gazetasi. Gazetada so‘nggi 27 yil ichida o‘zbek millatiga berilgan yagona siyosiy tanlov ...
10 avgust 2018
Bugun Eltuz.com nashri O‘zbekistondagi korruptsion boshqaruv tizimini aks ettirgan rassom Elsevarning yangi hajviy suratini aqdim etadi. Bu kleptokratik inshootdan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...