Asosiy mavzular
15 may 2018

Fahriddin Tillaev: O‘zbekistonda muxolifatga erkinlik berilishi kerak

Mirziyoevning AQShga safari arafasida qamoqdan ozod etilgan o‘zbek faoli Fahriddin Tillaev, xalqaro tashkilot vakillari bilan uchrashuvda erkinliklar va muxolifatga yo‘l berilishi kerakligi haqida gapirdi.

O‘zbekistonda «Mardikorlar kasaba uyushmasi»ni tuzishga uringani uchun 10 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum etilgan Faxriddin Tillaev ozod etilgach kelasi kuni xalqaro tashkilot vakillari bilan uchrashuvida sudgacha qamoqda unga qo‘llanilgan qiynoqlar haqida gapirib berdi.

«Tergov hibsxonasida men o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman, namanganlik Bahriddinovni o‘sha «rubashka»ni kiydirib qiynashgan».

U yana 47-zona izolyatorida ko‘rgan vakuum qiynoq kamerasi haqida ham gapirib berdi.

«Mahkumni kislorod bermay qiynash uchun mo‘ljallangan maxsus kichkina kamera. Aslida bunday jazo 41-yillarda urush paytida o‘ylab topilgan ekan. Men o‘sha kamerada bir soat o‘tirib, hushimdan ketganman», deydi sobiq mahkum faollar bilan suhbatida.

O‘z faoliyati uchun «odam savdosi»da ayblanib, 2014 yilning yanvarida hibsga olingan Nuriddin Jumaniyozov 9 yilga, Faxriddin Tillaev esa 10 yilu 8 oyga hukm qilingandi.

Nuriddin Jumaniyozov 2016 yilning 31 dekabr kuni 68 yoshida turmada vafot etgan edi.

Faxriddin Tillaev qamalishidan oldin Nuriddin Jumaniyozov bilan birgalikda “O‘zbekiston mardikorlari kasaba uyushmasi”ni tashkil qilib, mardikorlar huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanib kelgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 sentyabr 2017
O‘zbek so‘mining keskin devalvatsiyasi – naqd pul tanqisligi, bankomat va plastik kartadan pul yechish muammolarini taranglashtirdi. 4 sentyabr kuni, ...
6 fevral 2016
Bugun 6 fevral kuni xonanda Tamilaning feysbuk sahifasida va uning muxlislari tomonidan tashkillashtirilgan “Je suis Tamila!” guruhida o‘z muxlislari ...
24 noyabr 2020
Videoda Andijon shahri bozori maydoni, Qosimov ko‘chasidagi ahvol aks etgan. Siz video tomosha qilayotgan paytda, 24 noyabr kuni toza ...
11 yanvar 2022
Lukashenkoning yaqin kelajakda «O‘zbekiston ham g‘alayonga sahna bo‘lishi» haqidagi gapini ikki xil talqin qilsa bo‘ladi: Birinchi talqin – «Luka ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...