chorshanba,
18 dekabr 2024
22 oktyabr 2018
Moskvalik «dangasa» Karimov haykali poyini o‘pdi
Moskvada Karimov haykali ochilgan 18 oktyabr kuni o‘zbek migrantlaridan biri haykal oldida ta'zim qilib, uning poyini o‘pdi.
Absurd holat shundaki, Islom Karimov tirikligida ish topish ilinjida xorijga chiqib ketganlarni «dangasa» deb atab, ulardan ijirg‘anishini bildirgan edi.
Karimov o‘lgach, barcha diktatorlik jamiyatlaridagi kabi uning tobuti ortidan yig‘lash, gul irg‘itish, qabriga sig‘inish holatlari davom etdi.
Moskvadagi haykalning ochilish marosimi yakunlanishi bilanoq oddiy gasterbayterlar uchun ham unga yaqinlashish imkoni yaratildi.
Karimov haykali taniqli angliyalik haykaltarosh Pol Dey tomonidan ishlangan. Uning hamkasbi rassom Tuz esa haykalning o‘zbek an'anasi asosidagi muqobilini taklif qildi.
Rassom Tuz
Eltuz.com