Catira
15 mart 2019

RTdan va'z: Qozonchining erki bor…

Qozonchining erki bormi? Bu savolga, albatta, «Qozonchining erki bor qaydan quloq chiqarsa», degan maqol bilan javob beramiz. Ammo bu 100 yil oldingi o‘tmishga oid erk. 

Hozir iznsiz qozon yasasangiz, albatta, qamalasiz. Kecha Toshkentning oldi boylaridan bo‘lgan, ko‘p ovqat yeb semirib ketgan bojxona xodimlari qimmat mashinalarda (qaysi puliga olgan, oyligi bor-yo‘g‘i 200 bo‘lsa) kelib, qozon yasaydigan temirchini oyoq-qo‘liga kishan solib obketishdi.

Tsexdagi barcha qozonlar va 53,2 million so‘mlik jami 13 tonna alyumin musodara qilindi. Qozonchi balkim yanagi yil amnistiyaga tushib, qamoqdan chiqib, bola-chaqasini boqar. Ammo bojgirlarning boyib ketgani aniq.

Bizga ma'lum bo‘lishicha, bojgirlar musodara qilingan alyuminni Rossiyaga yashirin sotish tizimiga 20 yil oldin asos solishgan. Tak chto‘, nima bo‘lsa, qozonchiga bo‘ldi. Qozonchining erki yo‘q. Qozonchidan farqli, ahmoq odamlarning tiliga erk bermagani ham yaxshi.

Yashayotganimiz qadim Turkiston zamini azaldan turli elat, qavm va irqlar qaynagan qozon bo‘lgan.

Odamlar eski paytda turlilikka toqatli bo‘lgan. Eski fotografiyalarda odamlar boshlaridagi do‘ppilar ham har hil ekanligini ko‘ramiz. Keyinchalik bir xillik urchidi. 

Eldan ajralib turgan qiyofatlarga odamlar ta'na qila boshladi, sen nega undaysan deb. Birovlar eslasa, o‘tgan kuzda bir yaxshigina boqilib, «rodnoy zagar» olgan dubaylik amakining o‘zbek qiziga uylangani bahs bo‘lgan edi.  Ma'lum bo‘lishicha, ushbu to‘y 2018 yilning 13 noyabr kuni Urganch shahridagi restoranlardan birida bo‘lib o‘tgan. Kelinning ismi Shahnoza bo‘lib, u xonanda. Kuyov esa, aytishlaricha, dubaylik, uning ismi Sayyed (Sayyod desayam bo‘ladi, shunaqa qizni qo‘liga qo‘ndiribdi).

Izoh yozgan xolalar: «Vo-o-oy, negrga tegibdi-ya oppoqqina qiz», deb achinsa, uyda o‘tirib qolgan qariqizlar: «Asbobi kattaligiga uchgande», deb yozib, hasad olovida jizg‘anak bo‘lishdi. Uchinchi toifa esa: «Dubaylikning puli ko‘p, og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham (bu holatda ko‘mirday qora bo‘lsa ham) boyning bolasi yaxshi, degan kommentlar yozishdi. Ya'ni bu novchagina oppoqqina xorazmlik qiz dubaylik «milliarder»ning puliga uchgan.

«Puliga uchgande, pul o‘lsin. Villasiyam bormish palm bichda», deb yozg‘irishdi. Azizlar, bu gapirayotgan gaplarimiz rasizm, ya'ni irqchilik ekanligini bilamizmi? Oynaga qarang, ko‘zimiz ham oqu qaro-ku.

Balki bu qizaloq anavi bo‘g‘irsoq «Qoratoev»ni yaxshi ko‘rib qolgandir? Sevgandir. Axir sevgi oliy tuyg‘u, deb aytamiz-ku. Pochemu obyazatelno dumat o minusax i ploxoy storone?

«O‘zimizning o‘zbek erkagi turganda…», deb boshlanadurg‘on izohlarni o‘qimasayam bo‘ladi.

Uylanib, bir hafta yashab, Rossiyaga ketgan erning xotini sabzi bozori yoki baqlajon bozoriga borib sotib olgan sabzavot bilan ovungani haqida sukut saqlaymiz.

Eri Rossiyaga ketib, qaynotasiga o‘ynash bo‘lganlar-chi…

Xullas, birovning ko‘zidagi zirapchani ko‘ramiz-u, o‘zimizning ko‘zimizdagi g‘o‘laga e'tibor bermaymiz.

To‘ylar muborak, har kim sevgani bilan qo‘sha qarisin.

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz


Eltuz.com
Tag‘in o‘qing
18 yanvar 2016
Toshkent hukumati AQSh va Yevropa huquq tizimlari Gulnora Karimovaning korruptsiya va pul yuvish jinoyatlariga aloqadorlik gumoni bilan muzlatib qo‘yilgan ...
19 mart 2021
Rassom Elsevar
6 iyul 2016
30 iyunda Surxandaryo viloyati Termiz tumanida mahalliy dehqon-fermerlar bilan uchrashuvi chog‘ida O‘zbekiston prezidenti Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida Xorazm lazgisi yangraganda ...
24 noyabr 2020
«Humo» nomli uchoq shirkati haqida gap chiqishi bilan eronlik do‘stlarim o‘zbeklarni plagiatda aybladi. Eronda «Humo» degan uchoq shirkati bor ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...