Asosiy mavzular
27 iyun 2019

Yulduz Usmonova Gulnora Karimova qaytishiga qarshi chiqdi

Yulduz Usmonova 27 iyun kuni yutub kanaliga qo‘ygan yangi videomurojaatida «Gulnora Karimovani sog‘indik» deya ijtimoiy tarmoqda aktsiya boshlagan san'atkorlarni qoraladi.

«Qattiq sog‘inib, yuraklari ezilib ketibdi Gulnorani sog‘inishib, «Biz sog‘indik, qachon chiqasiz?» deb. Chiqadi boshinglarga balo bo‘lib…», deya kinoya qiladi o‘z hamkasblarini Yulduz Usmonova videomurojaatida.

Yulduz Usmonova bu safargi chiqishida 2016 yili o‘lgan prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizini o‘g‘ri deb atadi va u o‘zbek xalqidan o‘g‘irlangan bir milliard dollarni tashqariga olib chiqib ketganini pisanda qildi.

«Nima uchun bu pulni so‘ramasligimiz kerak? So‘raymiz! Bu pul xalqniki, sizning yoki mening shaxsiy pulimiz emas bu pul. Men xalqning puli xalqqa qaytishi tarafdoriman. Men qaysi o‘g‘rini sog‘inishim kerak? U o‘g‘ri-yu», dedi qo‘shiqchi Gulnora Karimova haqida.

Shuningdek, Yulduz Usmonova uni boshqa artistlardan ko‘proq bilishini iddao qilib, prezidentning qizi tadbirlarida majbur va tekin ishlab bergani haqida gapirdi.

«Soat ikkidayam, uchdayam turg‘azib qo‘yib, «nochnushka»da ketib, ashula aytmagansizlar-u. Men aytganman, bilaman. Bormasang – zapret, boshingga bir kuvolda tushadi. Bormasang kaltak yeysan, borsang pulingni olmay qaytasan. Hozir pul ishlayapmiz-ku, o‘rtoqlar», dedi Usmonova.

Yosh san'atkorlarning bunday chiqishi ularning obro‘sini to‘kishini bildirarkan, Usmonova: «Agar nomlaringni bitta-bitta aytsam, xalq bitta-bitta tupursa, la'natning ichida qolib ketasizlar!» dedi.

Bundan avvalgi, 2016 yilning sentyabridagi videomurojaatida Yulduz Usmonova «Islom Karimovning janozasiga dunyo havas qilgani», “Yurtboshi o‘lgani bilan qurilgan tizim o‘lgani yo‘q!” degan gaplarni aytib, o‘zi malomatga qolgan edi.

Video: https://youtu.be/IwoTN_IgJRY

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 oktyabr 2024
11-dekabrdan 15-dekabrgacha Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatrida Jorj Friderik Handelning “Tamerlano” operasi mashhur rejissyor Stefano Podaning zamonaviy ...
22 mart 2017
Yil boshida Istanbulning Reina tungi klubidagi qirg‘in va o‘tgan yilning yozida o‘zbek vatandoshidan 1 million 900 ming dollar pulning ...
12 yanvar 2017
Kun.uz sayti garchi mayda-chuyda bo‘lsa-da, muammolarni ko‘tarib chiqishda davom etmoqda. Bu muammolarning yechimlari va sabablari chuqur ochib berilmayotganiga qaramay, ...
19 aprel 2018
Prezident Mirziyoevning pedagog va shifokorlarni majburiy ishlarga jalb etmaslik talablaridan so‘ng Toshkentda 17 aprel kuni o‘tgan yig‘ilishda bir necha ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...