Bizdan «jiz-z»: Do‘lmali tovuq va qatlamali do‘lma
«Eltuz» har hafta o‘zining yutub kanalida Shvetsiyada yashayotgan o‘zbek oshpazi Do‘stnazar Xudoynazarov bilan hamkorlikda yangi «Bizdan jiz-z» ruknini berib borishni rejalashtirdi.
Bu ruknda nafaqat tajribali oshpazning yemak tayyorlash borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashasiz, yemak bahona maroqli suhbatlarga ham guvoh bo‘lasiz.
«Bizdan jiz-z»ning bugungi sonida birdaniga ikki xil yemak – «Do‘lmali tovuq» va «Qatlamali do‘lma» tayyorlash sirini o‘rganasiz.
Bundan tashqari, xamir uchidan qatlamali patir ham bor.
Masalliqlar:
Do‘lmali tovuq:
Bir butun semiz tovuq
Sarimsoq – 30 gr.
Qaymoq – 25 gr.
Pomidor qaylasi (ketchup) – 30 gr
Go‘sht qiymasi – 100 gr.
Piyoz – 50 gr.
Sabzi – 100 gr.
Guruch – 40 gr.
Tuz va qoramurch – ta'bga qarab.
Do‘lma
Qatlama xamir – 100 gr.
Tayyor qiyma – 200 gr.
Karam bargi – 5 dona
Do‘lmali qatlama
Tok bargi – 6 dona
Tayyor qiyma – 200 gr.
Qatlama xamir – 100 gr.
Eltuz.com