RTdan va'z: Onasi ikki marta zo‘rlangan xalq
Men senga eng achchiq so‘zlarimni titrab
Bugun aytaman.
Men seni bugun ayamayin sira,
Sen-chi, g‘azablan.
Men aytib titrayin, sen so‘zdan titra,
Titra nigohdan.
Bugun mening so‘zim, sening g‘azabing
O‘tsin nikohdan
Muhammad Solih.
Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning bu she'ri 45 yil oldin bitilgan. Buni “erkin she'r” uslubi, deyishadi. Solihning o‘zi aytmoqchi, bu ruhning qoliplardan chiqish instinkti, intellektual erk istagi edi. 2021 yilda ham men juma va'zlarimni ayni instiktdan kelib chiqib yozaman. Qoliplardan chiqish instinktidan.
“Va'zlarda so‘kish bor,” deb malomat qilishdi menga. Qayta eshitib ko‘rdim. Yarim soatlik va'zda bitta-yarimta gap uchrashi mumkin. Ammo ertalabdan kechgacha bir-birini onasi, singlisi, qizi, buvisi bilan jinsiy aloqa qilaman, deb so‘kadigan odamlarning yutubdagi va'zni filtrlash talabi bilan malomat qilgani menga g‘alati tuyuldi.
Eng katta ulamolar lug‘ati ham “gandon”, “eban”, “jalab” kabi gap yasovchi so‘zlar bilan to‘la.
Hukumat majlislarida eng katta rahbardan tortib zarraga qadar onangni, deb boshlaydi.
So‘kish bo‘layotgan bu selektorlarda ayollar, hoji onayu hoji akalar o‘tirishadi bez bo‘lib, miq etmay. Ertalab xotini va bolasini so‘kishdan boshlab kechqurun majlisda onasi zo‘rlangan bu jamoaning ko‘zi rassom Tuz ishlatgan bir-ikkita nenormativ so‘zga tushgan zahoti qiyomatni qoyim qilishadi. Bu to‘da o‘z ko‘zidagi g‘o‘lani ko‘rmay, birovning ko‘zidagi zirapchani ko‘radi.
Shunga xafa bo‘lish yo‘q. Qoliplardan chiqib, senga oyna tutmoqchiman. Faqat oynadan o‘pkalanma.
Vashingtondan Bishkekning isi kelmoqda
Xabarlarni AQShning Kapitoliy maydonida kecha yuz bergan g‘alayonlardan boshlasam. Amerika Kongressi binosiga Trampning qurol ko‘targan tarafdorlari bostirib kirishdi. Maymunlar kabi tirmashib binoga kirib olishdi. Senator va kongressmenlar evakuatsiya qilindi. Vashingtondan Bishkekning hidi kelmoqda. Kapitoliy binosiga bostirib kirgan isyonchilardan to‘rttasi o‘ldi. «Eltuz»ning AQShdagi eksperti Bahodir Fayz voqealar tadrijini tahlil qildi.
“O‘lat paytidagi ziyofat”
Yangi yilda ikkita vazir o‘rinbosari xabarlarga mavzu bo‘ldi.
Bittasi Qamchiqda avariyaga uchradi. Yana bir o‘rinbosari xonim Misrda yangi yil nishonladi.
Avariyaga uchrab qizi va xotinidan ayrilgan, o‘zi mayib bo‘lgan vazir o‘rinbosariga sog‘liq tilaymiz.
***
Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Shahlo Turdiqulovaning bir necha ming dollar to‘lab Sharm ash-Shayxdagi kurortda yangi yil kutgani mavzusiga to‘xtalsam.
«Oshing halol bo‘lsa, ko‘chada ich», degan maqol bor va «o‘lat paytidagi ziyofat» (“pir vo vremya chumы»), degan gap ham bor.
Tarmoqlarda «Xalqimiz pandemiyadan qiynalayotgan paytda bu amaldor xonim ko‘ngilxushligi tishga botdi», degan malomatlar bo‘ldi.
Mendan so‘rasangiz, bu xonim ham odam – yangi yilni kurortda kutgan bo‘lsa, osh bo‘lsin, deyman. Lekin yana bir gap bor.
Shu paytgacha 200 dollar oylik oladigan va biznes qilishiga qonun cheklov qo‘ygan amaldorlarning O‘rikzorda million dollarlik hovlisi¸ sitida ikki kvartirasi, tagida 100 ming dollarlik “Gelendvagen”i bo‘lishiga shubha bilan qarab kelganmiz.
Olgan oyligi bular mingan mashinaning bitta g‘ildiragiga ham yetmaydi, deya.
Demak, yana o‘sha eski gap – shaffoflik lozim. Bu hukumat xotin o‘z daromadini deklaratsiya qilsin.
“O‘rinbosar bo‘lgunimcha lotereyadan million yutdim, mana hujjati. Enam o‘lib, uyi menga qoldi. Otamdan qolgan tovuqxonani sotgan pulim manovi. Maoshimam yaxshigina, erim trolleybus haydaydi va hokazo”.
Shunda biz ishonamiz. Mashaalloh.
Mehnatdan kelsa boylik – turmush bo‘lar chiroylik, deb.
Hozir bu amaldorlarning topgan-tutgani sirli parda ortida. Soliq to‘lab bularni boqayotgan xalq «Ey, nachalnik, puldi qattan olding. Otvechay, bilat», deyishga haqli.
Endi lirik chekinish qilsam.
To‘y degani ashnaqa bo‘sa-de
Dunyo 447 ming 400 kvadrat kilometrdan iborat emas. Dunyo katta. Masalan, kecha Avstriyada 27 yashar so‘tak 32 yashar juvonga uylanish taklifi qiladigan bo‘ldi.
Shu qorli-qirovli kunda bu ikkalasi baland tog‘ cho‘qqisiga chiqishdi.
200 metrlik qoyada qiz tik turdi. Anavi so‘tak esa tiz cho‘kib: “Menga erga tegishga rozimisan, jonim?” deb so‘radi.
Juvon opayam o‘lib turgan ekan: «Ha, roziman», deyishi bilan oyog‘i sirg‘anib, qoyadan 200 metr pastga quladi.
G‘arch etib boshi bilan qorga sanchildi. Ikkita oyog‘i chiqib turibdi qordan kelin bolaning.
«Voy, jonim, meni tashab ketmaaaa!!!!» deb yigit ham arillab yig‘lab, qizning orqasidan o‘zini pastga otib, 15 metrli jarga qulab, qovurg‘asini sindirdi. Ëtgan joyida bo‘lg‘usi kuyov FVVga telefon qildi. Shessekundda Avstriya FVV zobitlari vertolyotda kelib, qizni oyog‘idan tortib qordan sug‘urib olishdi. U yoq, bu yog‘i tirnalib, ozroq sovqotganini aytmasak, kelin bo‘lgich baloning o‘qiday. O‘sha tog‘dagi otelda badaniga spirt surtib isindi qizgina. Kuyovning ham bir joylariga bint bog‘lab qo‘yishdi.
Yaqinda gijbadabang to‘y.
Sevgi degani ashnaqa bo‘sa-de..
O‘z yurtida mot qilingan opa-singillar
Yangi yilning ilk kunlarida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi farg‘onalik xalqaro grossmeyster Nafisa Mo‘minova va uning grossmeyster singillari Hulkar hamda Gulruhbegim Tohirjonovalarni mamlakat terma jamoasidan chetlatgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bu xabarlar o‘z yurtida qadr topmagan opa-singillardan birining AQSh terma jamoasiga o‘tgani ortidan kelib chiqdi.
Grossmeysterlarning otasi Alisher Mo‘minov qizlari xalqaro maydonlarda chempion bo‘lib, O‘zbekistonning shuhratini qanchalik ko‘tarishsa ham yurtida qadr topmaganini, va'da qilingan mukofot pullarini olmaganini, musobaqalarga o‘z hisobidan qatnashib kelishganini aytdi.
Xullas, ota: “Grossmeyster qizlarimni shaxmat federatsiyasi mot qildi”, degan xayolda.
Eh, ota, ota!
Ildizi sassiq daraxtning shodalari ham sassiq bo‘ladi. O‘zbekistondagi shaxmat, futbol, basketbol, voleybol va hokazo federatsiyalari nima? Sassiq daraxt maqomidagi sassiq hukumatning sassiq shodalari-da!
Bu daraxtning ildizi yakkahokimlik va erkin saylovning yo‘qligi. Butun muammolar, ya'ni shodalarning qiyshiqligiyu sassiqligi shu ildiz tufayli. Shuning uchun shodalardan arazlayvermasdan, ildizga bolta urish kerak, ildizga!
Eh, ota, ota!
Bu hukumatga talantli fuqarolar, vatanparvar o‘zbeklar emas, manqurt tiktokerlar, ipirisqi otarchilar, sotqin deputatlar, poraxo‘r amaldorlar, kazzob o‘g‘rilar va ko‘tyaloq shoirlar kerak.
Ko‘tyaloqshunoslik universiteti
Yaqinda bir tanishim olis Kanadadagi jurnalist og‘zidan yangrayotgan “inqilobiy” maqtovlardan qusgisi kelayotganini aytib qoldi.
“Tuz og‘a, shu ipirisqini sayratib qo‘ygan hukumat va DXX Toshkentda Ko‘tyaloqshunoslik universitetini ochsa, birinchi rektor shu jurnalist bo‘ladi. O‘zbek yoshlariga ko‘tyalash sirlarini armonsiz o‘rgatar edi oma lekin”, dedi.
Men esa bu loyihaga ehtiyoj yo‘qligini aytdim: “O‘zbeklar ko‘tyalashni universitetlarda emas, uylarida o‘rganishadi. Shunday ekan, universitetga ne hojat?”
Tanishim: “To‘g‘ri!” deb, g‘oyasi chil-parchin bo‘lganidan xafa bo‘ldi.
Suhbatimiz tugagandi ham internetda bir ko‘tyaloq shoir 600 million so‘mga “krutoy” avtonomer sotib olgani haqidagi xabarlar chiqa boshladi.
“Tuz og‘a, ko‘rdingizmi? O‘zbekistonda faqat ko‘tyaloqlar “jit” qilishadi!” deb battar xafa bo‘ldi.
She'r tujjorining “krutoy”ligi
Bir shoir bor O‘zbekistonda. Artistlar orasida juda populyarnыy. O‘z shaxsiga shunchalik muhabbat qo‘yganki, salgina jamoat nazaridan qoladigan bo‘lsa, biror piar-fitnayor uyushtiradi.
Bundan bir necha yillar ilgari o‘zi haqida “avariyada o‘libdi”, degan mish-mish tarqatib, Buxorodagi uyiga bir hafta berkinib olgandi. Mish-mishlar tarqalib, shov-shuvga aylangach, she'r tujjori internetda chiqib, “soppa-sog‘man”, degan edi.
Bu firibgar yaxshi she'rlarni talantli, lekin pulga muhtoj shoirlardan sotib oladi-da, keyin o‘z nomini qo‘yib, otarchilarga qimmatroqqa sotadi.
Basharasidagi holiga asbob tushgir she'r tujjori 4-5 yildan beri kino olishga tushgan. O‘zini prodyuser deb e'lon qildi.
Bu filmlarni miyasi joyida bo‘lgan odam ko‘rmaydi. Chunki u olgan filmlar yuz foiz xontaxta va duxoba do‘ppi bo‘lib yotibdi – na g‘oya bor, na syujet.
Karimov rejimini tinmay ulug‘lab kelgan ushbu ko‘tyaloq o‘z filmlarida odamlarga pand-nasihatlar ham qiladi. Bir-ikki musor filmida isrofgarchilikning yomonligi haqida ham va'zlar qilgan.
Kecha esa “mullolarning guli” 600 million so‘mga, ya'ni taxminan 55 ming dollarga bir parcha temir sotib olib, sovuqdan va ochlikdan qiynalayotgan o‘zbeklarning ustidan kuldi.
Vabo paytidagi ishratparastlik, deb shunga aytishadi.
Uning bu qilig‘i O‘zbekistonda faqat ko‘tyaloq va firibgarlar “jit” qilayotganiga yana bir isbot bo‘ldi.
“Charchuxa kino”
Kecha Zulfiqor Musoqovning «Novda» degan «kino»sini ko‘rdim. Na estetika va na tuzukroq hikoya bor. Hayf davlat ajratgan pul. Yana shu holiga bu «charchuxa» o‘zidan binnarsa yasavolgan. Kinoda eng muhim narsa – tasvir.
Sovet paytida barcha kinochilarga bir xil moliya berilgan.
O‘zbekka ham, gurji va yahudiyga ham.
Shu pulga Eldor Ryazanov shedevr olgan bo‘lsa, o‘zbek rejissyorlari ikki chaqaga arzimaydigan musor olishgan.
Balki bu to‘daning genetikasida muammo bordir?
Kalish sudrab somsa sotish, amaldor bo‘lib odamlarni qaqshatib o‘g‘irlik qilishdan boshqa ish kelmaydigan mutantdir bular?
Yo‘q, unday emas.
Dunyo tan olgan buyuk rassom va kinorejissyor Rustam aka Hamdamov Toshkentda tug‘ilgan.
Bu aka hozir 76 yoshda. Moskvada yashaydi. Moskvadagi manaman degan rassom yoki kinochi bu akaning iste'dodi oldida bosh egadi.
Rustam aka chizgan kartinalarni sotib olishga Rossiyadagi eng boy oligarxlarning puli zo‘rg‘a yetadi.
Masalan, mana bu asar.
“Uzumzor oralagan sohibjamollar,” deya ataladi.
Oddiy qog‘ozga akvarel bo‘yoq bilan chizgan buni Rustam aka.
Ko‘pi bilan 30 minut sarflagan.
Ammo bu asar uchun to‘langan chek qog‘ozidagi nollar sonini ko‘rsangiz, boshingiz aylanadi.
Rassomni muhit yaratadi.
Yaxshiyam Rustam aka yoshligidayoq Toshkentni tark qilgan ekan.
TEZAK-ARTEL biznesi!
Sovet davrida bir sinfdoshim dadasidan: “Brejnev ham hojatxonaga chiqadimi?” deb so‘ragandi. Shunda ota o‘g‘liga: “Yo‘q, bolam. Uning oldiga shlanka, orqasiga tuvak ulab qo‘yilgan”, degan edi. Rosa kulgan edik.
Kuni kecha bir manqurt feysbukdagi: “Mirziyoev qisqa muddatli ta'tilga chiqdi”, degan xabar ostiga: “Endi nima bo‘lar ekan? Shu ta'til paytida yurtboshimiz yurt boshqaruvini kimga topshirgan ekan-a?” deb vahima qildi.
Ko‘rdingizmi, azizlar?!
Odam o‘zbek xalqi qahraton sovuqda gazsiz va elektrsiz qanday kun kechirishi haqida emas, yurt boshqaruvi to‘rt-besh kunga kimga berilishi haqida qayg‘uryapti. O‘zining bu qayg‘usini u vatanparvarlik, yurt istiqboli haqida qayg‘urish, deb biladi.
Ha, basharangga asbob tushgir, ko‘tyaloq! Bir sen qoluvding kursi haqida o‘ylamagan!
Odam xalq bilan birga bo‘lishi kerak, hukumat bilan emas. Odam degani tezak tannarxini tushirish, uning yonuvchanligini oshirish texnologiyalari ustida bosh qotirishi kerak.
Masalan, Dehlida, ya'ni Hindistonda mol tezagi “navalom”.
Shu mol tezagini hindlar Ganga daryosiga oqizishadi. Shuncha tezak uvol!
Tashqi savdo aloqalari va investitsiya vazirligi Hindiston rahbariyatiga chiqib: “Tezaklaringizni bizga bering, o‘zimiz olib chiqib ketamiz!” desa bo‘lmaydimi?!
Bundan tashqari, odam go‘ngidan yonuvchan tezak yasash ustida ham bosh qotirishimiz kerak. Masalan, hukumat a'zolari va ularning atrofidagi monopolist tadbirkorlar ko‘p yeyishadi. Bu esa ular ko‘p chichadi, degani hamdir.
Shunday ekan, bugungi kunda ko‘p yeb, ko‘p chichayotgan vazirlar, hokimlar, Jahongir Ortiqxo‘jaev, Murod Nazarov kabi monopolistlar va boshqa ko‘tani kattalarning tezagini gazsiz va elektrsiz o‘tirgan aholiga tarqatish kerak.
Harnada!
Shu taklifni aytgan edim, bir hamkasbim: “Shunday qilinsa, ular hatto tezagini ham pulga sotishadi. Tezak sohasini ham monopoliya qilib olishadi”, dedi.
O‘ylab qarasam, Ortiqxo‘jaevga o‘xshagan monopolistlarga navbatdagi monopoliya uchun g‘oya o‘ylab topibman.
Mana shu g‘oyamni Joha Akfamen eshitib qolsa bormi, ertasi kuni “TEZAKFA” yoki “TEZAKARTEL” degan kompaniya ochib, indiniga Aripovdan tezak sohasini faqat shu ikki firmaga topshirish haqida maxsus qaror ham chiqartirib oladi.
Qarabsizki, xalq o‘z sigirining yoki ho‘kizining tezagidan ham bir zumda ajraladi.
Nimaga shunday bo‘ladi, bilasizmi?
Chunki O‘zbekistonning boshida monopolistlar bilan birgalashib yurtni talayotgan, Rossiyaga tuqqan onasini ham sotadiganlar o‘tiribdi. Har qanday yaxshi taklif va g‘oya bilan chiqing, ular hammasini o‘z foydasiga burib, o‘zingizni tunashadi.
Bunday hukumatga g‘oya bermang, taklif aytmang! O‘g‘ri va sotqinlarning ketlariga teping! Baraka topasiz! Meni aytdi, deysiz! Za bazar otvechayu!
Eng foydali himoya usuli
Keling, ochiq gaplashaylik. «Temur bobom palon yerni ishg‘ol qildi,» deya maqtanamiz. O‘z «dushmanlarini o‘ldirdi», deya faxrlanamiz. Lekin AQSh lideri Tramp Eronning harbiy jinoyatchi bo‘lgan bitta generalini o‘ldirsa, «nima haqqi bor?» deya sekin cho‘ntakning ichida musht tugamiz. Temur davridan beri davlatchilik tamoyili o‘zgarmadi. Kuchlilar atrofdagi yerlarni o‘ziga bo‘ysundirib, vassaliga aylantiradi.
Mana, biznikilar ham Putinning vassali bo‘lib, O‘zbekistonni potraxami bervorishga tayyor bo‘lib o‘tiribdi-ku, pista bodom bo‘lib.
AQSh – superderjava. Tramp – bu davlat rahbari. Temur qilgan ishni qilyapti.
«Eng yaxshi dushman – bu o‘lik dushman». Temur Tarag‘aevichning bu gapiga Tramp tog‘a amal qiladi.
Dunyoni tushunay deb kitob o‘qiyman. Kecha «Urush haqida» (nem. Vom Kriege) degan kitobning yetti porasini xatm qildim. Kitob muallifi prussiyalik ofitser Karl fon Klauzevits (1780—1831).
Uning yozishicha, «urush bu siyosatning davomidir». Ya'ni oldin «qis» deb aytasiz. Qismasa, boshiga bomba bilan solasiz. Shu bilan dushman haddini biladi. Yig‘i-sig‘i qilib yurgani yerunda. Zotan, tarix kitobini g‘oliblar yozadi. Kuchlilar va kuchli davlatlar tabiiy tanlov natijasida yashab qoladi. Zaiflar tarix botqog‘iga cho‘kib yo‘q bo‘ladi. Urushda turish yo‘q. Amir Temur aytganidek, «O‘zini himoya qilishning eng samarali usuli hujum qilishdir». Bizda-chi?!
Onasi ikki marta zo‘rlangan xalq
Gulnora ikki milliard o‘g‘irlasa yoki Mirziyoev bir milliardga Angrenda yana bir qasr qursa, jiiiiim o‘tirishadi. Qaysidir hokim so‘kinsa, darrov muhokamani boshlavorishadi. Lyuboy prorabning budkasiga kiring, so‘kishning sakkiz qavatini eshitasiz.
Eshakni ham niqtasang, yuradi. So‘kmasang ishlamaydigan “tolpa baranov”ga aylangan hamma. «Lukoyl» muhandisi Shilov to‘g‘ri aytgan.
Mana, Karimov har kuni ikki marta bu xalqning onasini falon qilay, deb so‘kkan. Xalq uning haykaliga sig‘inib, ko‘zidan siyib o‘tiribdi. Maqbarasini yalayverib yag‘irini chiqarishdi. Demak so‘kish kerak bu qo‘ylar podasini. So‘kkanda ham sakkiz etaj qilib.
Qullik zehniyati
Qullik zehniyati nima degani, bilasizmi? Birgina qorni uchun ajnabiyga tobe bo‘lgan xalqda qullik zehniyati bor. Misol uchun, mustaqillik bizga nima berdi, yaxshimi-yomonmi, Rossiyaga borib oila tebratyapmiz, Rossiya bo‘lmasa, O‘zbekistondagi yaqinlarimiz ochlikdan o‘lardi, degan fikrga qo‘shilsangiz, demak, sizda qullik zehniyati bor.
Rossiyada sizni “churka” deb tahqirlasalar ham mayliga, “chyornojopыy” deb kamsitsalar ham mayliga. “Ispasiba” deysiz-u, ko‘chani sizni “maymunsifat” deb atovchilarning itidan qolgan bo‘qdan tozalashda davom etasiz.
Boshingizda faqat bir fikr: qanday qilib bo‘lmasin, uyga har oy ikki yuz-uch yuz dollar yuborish: uyda gaz yo‘q, ko‘mir olish kerak, tomni yopish kerak, chakka o‘tadi, to‘y qilish kerak, o‘g‘il bo‘yga yetgan, qolaversa, xotin gap o‘ynaydi har oy, qo‘shnidan kam joyingiz yo‘q, “Spark” olish kerak.
Bularning barini qilmasangiz, ko‘cha-ko‘yda gapga qolasiz. Davlatga esa umid yo‘q. Agar butun boshli bir xalq ayni fikr bilan yashasa, bu xalq qullikka mahkum. Unga mustaqillik, erkinlik kerak emas.
Aynan shunday zehniyatni shakkllantirish uchun qudratli og‘alar o‘lkamizdagi rahbarlarni asta-sekinlik bilan birin-ketib sotib ola boshlaydi, o‘zlari haqida matbuotda ijobiy fikrni shakllantiradi va omma idrokini boshqaradi.
Endi senga savolim bor, aziz tomoshabin: Sen qulmisan yoki hur? Unutma, agar bir xalq qul kabi fikrlasa, o‘zini quldek tutsa, unda bu xalq quldir. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas.
Chunki qamchisi bilan qolgan xoja ozod bo‘lgan qulni istagan paytda yana qullikka qaytarishi mumkin. Yo qo‘lidagi qamchisi yoki shirinligi bilan. Shunday ekan, kishan kiyma, bo‘yin egma, ki sen ham hur tug‘ulg‘onsen!
Bir yonda ojizu, bir yonda kuchli,
Kurash boshlanarkan tarafma-taraf
Ojizning yonini olganing uchun
“Xoin” deb nom olmoq naqadar sharaf!
Ne sharafki, zulmga “zulm!” deyolsang,
Boshingda har kuni sinsa-da to‘qmoq,
Shaytondan qo‘rqmaslik naqadar go‘zal,
na go‘zal yagona Ollohdan qo‘rqmoq!
Muhammad Solih.
Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!
Rassom Tuz