Asosiy mavzular
5 fevral 2021

Bundan battar bo‘lmasligi uchun nima qilmaslik kerak?

Otga qoqqan taqadek, suvdan chiqqan baqadek, bir mirilik chaqadek – rassom Tuzchilarga salom!

O‘zi chetga buqinub, shaxsiyatga to‘qinib, allakimga cho‘qinub – rassom va'zini yozayotgan ayg‘oqchilarga salom!

Ko‘ringan yer oq salla, oq bo‘lsa ham bo‘sh kalla, oqu qora ham malla – mulla-ulamoga salom!

Istanbul borib kelibon, minglab foyda qilibon, haftada gap yeyibon, uyga vayfay qo‘ygan – savdogar-chelnokka salom!

Xalq qayg‘usin yemayin, maktab ochay demayin, ellik-oltmish qo‘y bergan, sakkiz kunlab to‘y bergan – hokim buvalarga salom!

Erta turib qor kurab, har oy ko‘kidan yo‘llab, yillab o‘risda qolgan, dangasa nomin olgan, juma va'zini kutgan va bor g‘amin unutgan – mard migrantlarga salom!  

Xullas, siz bilan hasratlashish ilinjida jJuma kunini kutdim. 

Buyuk adib Julqunboydan ilohomlanib yozilgan purma'no salom ortidan qisqa xabarlarga o‘tsam.

Qisqa xabarlar

Moskvada sud o‘ris muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyni 3,5 yillik qamoq jazosiga hukm etdi. U jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydi.

Bu hukm Kremlga qimmatga tushishi mumkin. Rossiya va uni bosib olgan Putin va uning hamtovoqlariga qarshi yangi sanktsiyalar va cheklovlar joriy etilishi ehtimoli katta.  Buning jabrini nafaqat jafokash rus xalqi, Rossiya bilan munosabatlarda garovdagi kabi holatga tushgan satellit davlatlar ham tortadi. Suyangan tog‘ingda kiyik o‘tlamas, degan maqol bor. Uning ma'nosini yaqinda tushunamiz. Rossiya suyanadigan tog‘ emas, BOTQOQ!

O‘zbekistonda esa jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev 29 yanvar kuni “boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan” lavozimidan ozod qilindi.

Avvalroq sport vazirining faoliyatidan qoniqmagan, uning viloyatlarda yetarlicha ishlamayotganini aytgan prezident Shavkat Mirziyoev: «Ikkitasi ketadi, noinsoflar. Bosh vazirga aytganman, o‘nta vazirni ishdan olishimiz kerak, deb. Ikkitasi ishdan olindi, lekin bu hali yetarli emas», degandi.

Xo‘sh, sobiq sport vaziri Dilmurod Nabiev nima uchun ishdan olindi? Bilgichlardan kelgan ma'lumotlarga ko‘ra, vazir mamlakatga boj to‘lamay shakar olib kirish va sotish bilan shug‘ullanib kelgan.

“Shakar importidan tushgan daromadni sportchilarga tarqataman” deb, o‘zining oshqozoni, ichagi, yo‘g‘on ichagi va tualetiga tarqatgan ekan.

Vazirlikdan olinganidan bir kun o‘tib Dilmurod Nabiev Qarshi davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Navbat shakar biznesidan bunker biznesiga….

30 yanvar kuni O‘zbekistonda Covid-19 infektsiyasining “britancha shtammi”ga chalingan ilk bemor qayd etildi. Prezident ma'muriyatidan yetkazilgan mish-mishlarga ko‘ra, fevral-aprel oylarida O‘zbekistonda britancha KOVID tarqalishi kutilyapti. Karantin joriy qilay desa, norozi xalqning junbushga kelib, ko‘chaga chiqib ketishidan qo‘rqishyaptimish…

Balog‘atga yetmagan qizning bakoratini buzgan hofiz Jasur Umirov 5 yil qamoqda o‘tiradigan bo‘ldi. Parashaning yoni yaxshi joy emas, ammo-lekin.

Arnasoylik ayolday mehribon Merkel

Unaqa prezidentlar bilan kunda-shunda uchrashadigan odam emasman. Lekin kamida ikki marta kattaroq majlisda nemis lideri Angela Markelni yaqindan ko‘rganman.

GDRda o‘sib ungan fizik va kimyo olimasi Angela opa rus tilida ravon gapiradi. Agar ozgina vaqti bo‘lsa, yig‘ilishda uning yoniga borsangiz, telexlari quvib solmaydi. Opani o‘zi ham mehribon ona kabi ikki og‘iz gapini ayamaydi. Umuman kattazanlik, ba'zilarga xos kibor takabburlik opaga umuman yot. Nemis bo‘lsa ham arnasoylik xola kabi mehribon fitratli. Bu opa yangi yil kungi murojaatida ketaman deganida yuragim zirq etgandi. Xuddi shunday tuyg‘u Chexiya lideri marhum Vaslav Havel ketganida ichimdan kechgandi. (Havel bilan ham qo‘l berib ko‘rishuvdim) 17 yil mamlakatni boshqargan Angela Markel bu yil sentyabrdagi saylovlarda katnashmaydi.

Ëg‘ayotgan qorga qarab, siyosat va siyosatchi haqida o‘y surdim. Angela opa mening shoyon tahsinimga sabab bo‘lgan uch kantslerning biri edi.

Tahqir ostida cho‘kkan Germaniyani hamma havas qiladigan G‘arbiy Germaniyaga aylantirgan Villi Brandt, Ikki Germaniyani birlashtirib kommunizm devorini yiqqan Helmudt Kol va 18 yil Germaniyani Yevropa Ittifoqining lider davlatiga aylantirgan, 80 million nemisga huzur-halovat, millionlab musulmon qochqinlariga siyosiy boshpana bergan Angela Merkel.

Opajonim siz bu lavozimda sharaf bilan o‘tirdingiz. 18 yil ichida menga o‘xshash karikaturachi rassomlar sizni karikatura qildi.(menam hajv qildim) Jurnalistlar tanqid qildi.

Ammo 18 yil mobaynida birorta hajvchi rassom yoki tanqidchi jurnalist «prezidentni behurmat qildi» deya tergalmadi.

18 yil mobaynida siz birorta qarindoshingizga lavozim bermadingiz.

Hech kimga moshin yoki uy sovg‘a qilmadingiz.

«Faqirligim faxrim,» deya hadis aytib, oltin unitazlarga bavl qiladigan turk¸ arab va o‘ris hukmdorlaridan farqli o‘laroq, hoksor va kamtar yashadingiz.

Berlinda ijara uyda yashaysiz.

Univermagdan o‘zingiz bozor qilasiz.

Ovqatni siz qilasiz, eringiz esa kir mashinada kirlarni yuvadi.

Kir moshinani kechasi ishlatasiz elektr tizimiga zo‘r tushmasin deb.

Villa, yaxta, oltin suv yuritilgan uchoq va qimmat mashinangiz yo‘q.

Turkiya prezidenti xotini kabi kilosi 7 ming yevro turadigan choy emas oddiy ko‘k choy va asosan qahva ichasiz.

Siz ichadigan qahva ro‘paradagi oddiy magazinda sotiladi.

Kiyimlaringiz odmi.

Operani sevasiz.

Ayniqsa Vagnerni.

Ziddiyatli bu bastakor ijodini men ham sevaman.

Didimiz birligidan ichki qoniqish tuyaman.

Davlat odami va umuman siyosatchi qanday bo‘lishi kerak degan savolga, Angela Merkelday bo‘lishi kerak deyman.

Shu paytgacha kimdir Germaniyaning bilagi, kimdir zakovati kimdir esa uning shijoati bo‘ldi.

Angela Merkel esa 80 million nemislar va Yevropa axlini maftun qilgan yurak edi.

2003 yil 17 noyabrida Praga Gradidagi muqaddas Irja ibodatxonasi ustida 15 metrlik ulkan pushti yurak shakli yondirildi.

Bu yurak rassom Irja Davidga oid san'at asari edi.

Rassom g‘oyasiga ko‘ra, yurak tasviri Vatslav Havel prezidentligining so‘nggi 3 oyida yonib turishi lozim edi.

Vatslav Havel prezidentlik kursisini bo‘shatgan kuni shahar uzra porlagan bu ulkan yurak so‘nishi kerak edi.

Rassom Irja David: «Bu asarim bizga ozodlik va demokratiya keltirgan yetakchiga minnatdorlik ramzidir», degan edi.

Shaxsga sig‘inish degan qizamiqqa bir bor chalingani uchun boshqa bunday xastalik qaytalamaydigan Germaniya rassomlari o‘z yo‘lboshchisiga atab rasmlar chizmadi.

Shoirlar she'r yozmadi, hofizlar qo‘shiq aytmadi.

Shunchaki, balkonga chiqib, 6 daqiqa qarsak chalishdi.

Bu minnatdor xalqning eng samimiy e'tirofi edi.

Bu karikaturani men ikki yil oldin chizgan edim.

Karikaturada Angela Merkel Berlinga kelgan o‘zbek rahbariga qarab «siz o‘shami?» demoqda.

Angela Merkel ketishi o‘z lavozimdan faqat tobutda ketadigan -iston mustabidlariga o‘rnakdir.

Xayr opa.

Danke, dass es dich gibt.

Turkcha aytsam, Varlığına müteşekkirim 

Dvoynoy hoji ona

Dvoynoy hoji ona Yulduz Usmonova yaqinda qoriakalar qatoriga qo‘shilgan va prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchiligini bildirgan hamkasbi Jahongir Otajonovga tashlanib qoldi.

“Avval o‘zingga prezident bo‘l. Qo‘shiqchilikni eplolmading, yurtni qanday eplaysan?” – dedi momohofiz.

Turli davrlarda turli podshohlarning o‘zlari va qizlarini maqtab, keyin yomonlab yurgan Yulduz momoning bu chiqishi ham zakazga o‘xshab ko‘rindi.

Jahongirning Yulduzdan bir ustun joyi bor: Jaqqi hech qachon Karimovga va uning qizlariga, Mirziyoevga va uning qizlari yoki kuyovlariga paxta qo‘ymagan.

O‘zbekistondagi kam sonli antipaxtachi artistlardan biri shu yigit bo‘ladi.

Bundan tashqari, qo‘shiqchilikdagi mutaxassislarning aytishicha, yuksak pardalarda qo‘shiq aytish bo‘yicha Yulduz Usmonovaning Jahongir Otajonovga yetishi qiyin.

Baland oktavalarda hojiona xirillab qolar emish.

Keyin, bilgichlarning aytishicha, Jaqqi o‘z puliga ovqatlanar ekan.

Hofizmomolarga o‘xshab shogirdlarining yoki guruhdagi cholg‘uchilarning hisobidan luqma yemas ekan.

Haromilar sulolasi

Qayoqqa qarama qo‘rqoq, xoin va dayus ko‘p!

O‘tgan haftada O‘zbekistonda qaysidir haromi tadbirkor qandaydir haromi amaldorning ruxsati bilan va haromi rusparast siyosat tufayli “Tashkent-1867” nomli aroq chiqarishni boshladi.

Bu aroq general Chernyaev boshchiligidagi 1865 yilgi rus bosqinidan ikki yil o‘tib, Toshkentda chiqarila boshlagan ilk aroq sha'niga chiqarilgan.

Bosqinchi sharafiga aroq chiqarayotganlarni nega haromi deyotganimni asoslab beraman.

1865 yilda Chernyaev askarlari Toshkentni bosib olgach, yerlik aholining chiroyli qizlari, ayollari va juvonlarini zo‘rlashga tushganlar. Qarshilik ko‘rsatgan ayollarning avval qo‘llarini chopib, keyin zo‘rlashgan.

Bu vahshiylikni ko‘rgan ba'zi qo‘rqoq va sotqin kimsalar o‘ris askarlarining tagiga o‘z qizlari, xotinlari va hatto onalarini ham yotqizib berishgan. Dayusligi tufayli xoinlar omon qolishgan. Vatan va millatga sodiqlar esa shahid bo‘lishgan.

Ana shu qizfurush, xotinfurush, onafurush da'yuslarning oilalarida keyinchalik valadizino, haromi bolalar tug‘ila boshlagan. Haromilar sulolasidan chiqqan valadizinolar bugun vahshiy o‘ris bosqinchilari sharafiga Toshkentda butxona qurib, maxsus aroq chiqarishyapti.

Shu haromilarning yulg‘ichroqlari O‘zbekiston hukumati va parlamentida joylashib olgan. O‘ynashdan bo‘lganlar birgalashib, O‘zbekistonni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi degan qullar birikmasiga olib kirmoqchi.

Qazisan-qartasan, valadizoniligingga qaytasan, deb mana shularga aytishadi!

Bularning ota-bobolari ham, o‘zlari ham abadul-abad xoin va sotqin deb eslanadi. O‘zbekning bir necha avlodi bu baqaloq o‘g‘rini o‘risqul, deb eslab yuradi.

Rus bosqinchilari sharafiga “Toshkentvino” kombinatida “Tashkent-1867” nomli maxsus aroq chiqarilishida bosh-qosh bo‘lgan o‘risqul sotqinlarni tanib oling!

Kombinat bosh direktori – Mahmudov Mirobid Odilxonovich.

Kombinat ijroiya direktori – Odilov Shukrillo Zokirovich.

Kobimnatning qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha mutaxassisi – Xo‘jamov Abduvahob Abdualimovich.

Kombinatning moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori – Niyazmetov Ikromboy Abdullaevich.

Aroq kombinati saytida diqqatimni kombinatning slogani, ya'ni shiori tortdi.

Saytning eng tepasida o‘risqul sotqinlar ruschalab:

“TRADITsII VЫDYeRJANNЫYe VRYeMYeNYeM”, deb qo‘yishibdi. O‘zbekchaga o‘girsa bu:

“ZAMONLAR OShA KYeLAYoTGAN AN'ANALAR”, deganidir.

Ammo to‘g‘ri yozishibdi!

Chunki O‘zbekistonda bosqinchilarning tagiga o‘z qizlarini, xotinlarini va hattoki onalarini yotqizib berish an'analari hali ham davom etmoqda.

“Toshkentvino” kombinatida “Tashkent 1867” degan aroqning chiqarilishi bunga yaqqol misoldir.

Bu ishlar “Zamonlar osha kelayotgan an'analar” emasmi?!

Yurtimizda mana shu jirkanch ishlar boshlangach, ular haqida ba'zi muxolif nashrlar qatori “Eltuz” ham bong urdi va urib kelmoqda. Men kuyinganimdan bir necha marta juma va'zlari ham qildim.

Muxoliflarni va “Eltuz”ni “vatangado, vatan xoini, o‘zbek xalqining dushmani” deydigan qo‘shtirnoq ichidagi “vatanparvar” nashrlar yoki jurnalistlar nega bu iflosliklar haqida churq etishmadi va etishmayapti?!

BOYJIGIT

Shu yil yanvar oyida Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlagan Jahongir Ibrohimov tumanning bir qator mahallalarida sayyor qabulda bo‘ldi.

Avval Bektemir tumani hokimi bo‘lib ishlagan 39 yoshli Ibrohimov qabulga 8 ming dollarlik Stefano Ricci kurtkasida va 80 ming dollarlik  Richard Mille soatida ko‘rinish berdi.

Boyjigit kambag‘al ayollar bilan uchrashar ekan, kam ta'minlanganlarning hammasiga yordam berishning imkoni yo‘qligini, davlat byudjeti xalqning hamma ehtiyojlarini qondira olmasligini aytibdi.

Oylikka yashaydigan hokimlar egnida 8 ming dollarlik kurtka, qo‘lida 80 ming dollarlik soat taqib yurishsa, albatta, byudjetda pul qolmaydi-da.

Tuman hokimi shuncha boy bo‘lsa, viloyat hokimlarini tasavvur qilavering.

Menimcha, boylik bo‘yicha biznikilar Bill Geytsni ham yorvorishsa kerak.

O‘zingdan chiqqan baloga

Menga maktub bitguvchilar ko‘p bo‘ladi. Qamrov katta. Oilaviy mojarolardan tortib maishiy muammolargacha. Quyida o‘qib bermoqchi bo‘lganim maktub O‘zbekistonni tark etishga majbur bo‘lgan shifokordan.

Muallif fikriga qo‘shilmasam -da, maktubning samimiyligiga zarracha shubha qilmadim. Biloxira, sizlar bilan o‘rtoqlashishga qaror qildim. Mana o‘sha achchiq dil rozi:

Rassom aka, men fikrimni qanday tushuntirishni bilmayman. 2008 yildan beri Rossiya Federatsiyasida  yashayman. Uch nafar farzandimni shu yerda tarbiyalayapman.

Ota-onam, bobom-momom – o‘zbeklar. Men o‘zim maktabni a'lo baholarga tugatganman, tibbiyot institutini bitirganman. Ordinaturani bitirib, o‘zim yashaydigan shaharchaning xirurgiyasiga 500$ berib ishga kirganman. 

Bir yil ham ishlolmadim, chunki korruptsiya xalaqit berdi. O‘zbekistonda oddiygina ko‘richak, appenditsiti tiqilib kelgan kasal bilan avval savdo qilinadi. Pulini oldindan olib, keyin operatsiya qilinadi.

Operatsiya stoliga yetib bormay joni uzilgan bemorlar kam emas. Menga o‘xshagan yosh vrachlarga yo‘l berishmaydi, oddiygina qilib, bu otangning uyi emas, deydi o‘tirib qolgan keksa vrachlar.  

Bir kechada mening navbatchiligimda beshta appenditsit keldi, hammasini zudlik bilan operatsiya qildim, kimdir cho‘ntagimga choy-chaqa soldi, kimdir rahmat aytdi shunchaki. 

Ertasi kuni ertalab bosh vrach kelib, o‘zining xonasiga chaqirdi. Qani, kechasi tinmabsiz, har biri uchun 50$ dan berasiz, dedi.

Shu kuni mening oxirgi ish kunim bo‘ldi shifoxonada. Xullas, boshimni urmagan joy qolmadi. O‘zbekistondan oilamni olib chiqib ketdim.

Borib yetgan joyim Moskva bo‘ldi. Yashashim o‘rtahol. Podmoskoveda o‘zimga 3 xonali kvartira oldim, bolalarim maktabga borishadi. Kiyimimiz butun, uyimiz issiq va yorug‘. Chiroq, gaz o‘chmaydi.

Balki Putin yomondir, balki Stalin undan ham yomonroq bo‘lgandir, kimnidir otgandir qatag‘on qilib. O‘zbekning o‘zidan chiqqan Karimovning bulardan nimasi ustun ? Shavkat Mirziyoevning-chi?

Xalq qachon yashaydi? Qachon? O‘lib ketsin o‘sha siz aytayotgan o‘zbek tili, o‘lib ketsin har qanday siyosat, umr o‘tyapti, aka, umr tugayapti. Nega Yevropa yoki Amerika yoki Rossiya xalqining yaxshi yashashga haqqi bor-u,  meniki – O‘zbekiston fuqarosiniki yo‘q? 

Qachongacha ko‘timga tepsa, chapak chalib rahmat aytaman? Xalqning miyasini qo‘rquv egallagan, nega men o‘sha qo‘rqoq xalq bilan ularning azobiga sherik bo‘lishim kerak?

Menga ovoz berish huquqi berilsa, O‘zbekiston degan davlatni tarqatib yuborib, istalgan rivojlangan davlatga qo‘shib yuborishga ovoz beraman.

Bir klan o‘ladi, pisib yotgan yangi klanlar egallaydi, xalq o‘sha azobda yoki juda borsa, ozroq yomonlashadi. Muntzam davom etadi bu. Vatanparvarlar, sizdan uzr surayman. Har insonning o‘z dunyoqarashi bor.

Battar bo‘l, dodasi!

Kecha bittasi telefon qilib, bolam kasal, shuni chet elda davolatishga yordam bering, dedi. Bu odam Karimovni «doda» muxolifatchilarni «vatan xoini» deb gapiraverib og‘zi¸ yozaverib qo‘li qavargan.

Bugungi mavjud tuzimni qo‘llab kelgan 34 milliondan biri.

Bu odam G‘arbni yomon, AQShni fitnakor¸ Gorbachevni sotqin, deydi. Putin va Ramzanga sig‘inadi. O‘z vaqtida Gulnoraga ham sig‘ingan.

Bu odam butun borlig‘i bilan bugungi yo‘lsiz¸ tuban va razil ahvolga tushgan jamiyat paydo bo‘lishi uchun hissa qo‘shgan.

Tibbiyot tizimi tosh davridan ham battar¸ energiya infratuzilmasi urushdan keyingi Afg‘onistondan ham tuban va boshqaruv tizimi faqat va faqat o‘g‘irlikka asoslangan O‘zbekiston jamiyati – bu odamning tagiga suv quyib ko‘kartirgan daraxt.

Marhamat qilib, endi bu yovuz daraxtning zaharli mevalarini qarsillatib tishlab ye.

O‘zing pishirgan oshni aylanib ham ich, o‘rgilib ham ich.

Sen borib, konstitutsiyaga zid saylovda prezidentga ovoz berib kelganingda, «ha, bu hech narsa», deb o‘ylovding. Hech narsa emas. Ko‘p narsa bu. Har bir ishning badali va to‘lovi bor.

Sening siyosiy ko‘rliging¸ maddohliging va kallavarangliging oqibatida bugungi O‘zbekiston qurildi.

Oqibatda o‘zing qashshoq, bolang kasal.

Ota-enang ham xor bo‘lib o‘lib ketdi. Tog‘ang qamoqda. Jiyaning tovlamachi. Singling olgan qarzini qaytara olmay o‘tiribdi.

Butun qarindosh-urug‘ing harf tanimaydigan savodsiz.

Battar bo‘l. Chao pompidu. Kurva kokain.

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
7 may 2018
Yevropaning eng rivojlangan davlatlari, jumladan, Germaniya, Osiyoda esa Yaponiya atom elektr stantsiyalari o‘rniga qayta tiklanadigan muqobil energetikaga o‘tish qat'iyatini ...
20 sentyabr 2019
Nepotizm lotincha nepos so‘zidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy ma'nosi – “nevara” yoki “jiyan” deganidir. Ammo bu so‘zning zamonaviy ma'nosi ...
20 aprel 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar Qashqadaryoning Qarshi, Koson, Samarqand viloyatining Qo‘shrabo ...
8 yanvar 2022
Hikoyamiz qahramoni qirq bilan ellik orasidagi dehqonobodlik yigit. Toshkentning eski pedinstitut yaqinidagi Bobur ko‘chasida, to‘rt qavatli g‘ishtin uylardan birida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...