Prezident kuyovi Otabek Umarov tirik. U Janubiy Koreyada operatsiya qilindi
O‘zbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmati (PDXX) rahbari o‘rinbosari, 36 yoshli Otabek Umarovning avariyada majaqlangan ikki oyog‘i 4 mart kuni Janubiy Koreyadagi shifoxonada operatsiya qilindi.
Bundan oldin u pandemiya talabiga ko‘ra ikki hafta maxsus karantin ostida shifoxonada saqlangan. Bu haqda O‘zbekistondagi pogonlilarga bo‘ysunuvchi nashr bildirdi.
Unda aytilishicha, 13 fevral kuni soat 18 lar atrofida prezident xavfsizlik xizmati mulozimi Otabek Umarov boshqaruvidagi mototsikl Bobur Mamatov boshqargan oq rangli Chevrolet Epika avtomobilining orqa tarafidan kelib o‘ng qismiga uriladi.
Mototsikldan yiqilgan haydovchi yo‘lning chap tarafidagi beton bordyurga borib urilib, oyog‘idan lat yeydi.
Umarov ishtirokidagi avariya Toshkentning xalq orasida “prezident trassasi” deb ataladigan yo‘lida, Mustaqillik ko‘chasi, Pushkin metro stantsiyasi yaqinida yuz bergan edi.
Eltuz.com