Asosiy mavzular
25 mart 2021

Korruptsiyaga qarshi chiqqan faolga kim tahdid qilmoqda?

Prezident Shavkat Mirziyoevning Shovvozsoydagi maxfiy qarorgohi mavzusini ilk bor ko‘tarib chiqqan toshkentlik faol Aleksey Garshin shaxsiga tahdidlar qilinmoqda. Bu haqda u o‘tgan haftada tarmoqdagi sahifasiga qo‘ygan navbatdagi videomurojaatida bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi shaxslar, ehtimol guruhlar tomonidan o‘ziga nisbatan tahdidlar ikki yildan buyon davom etmoqda.

“Bunday tahdidlar namoyishkorona va butun dunyoga ochiq tarzda yutub kanaliga qo‘yilmoqda. Men yomon bir korihol sodir bo‘lishini oldindan sezyapman. Shuning uchun ularni siz uchun ochiqlashga qaror qildim”, deydi Garshin o‘z murojaatida.

Garshin unga tahdid qilgan ikkita shaxs audiosini ilova tarzida keltirgan. Turma jargonini eslatuvchi har ikkala audioda faoldan davlat ishlariga aralashmaslik talab etiladi, aks holda unga juda yomon bo‘lishi aytiladi.

“Salom, Lyosha. Senga bugun salom yo‘llamoqchiman. Bu salom mazmunini hozir aytib beraman senga. Birinchidan, kallangni duch kelgan joyga tiqaverma va kimlargadir aql o‘rgatma. O‘zing qaerda yashayapsan? Agar Rossiyada bo‘lsang, o‘sha Rossiyangda o‘tirginda, o‘sha joylarni tartibga sol. Sizlarda ko‘p-ku axir har xil Navalniy va yana allakimlar. Agar O‘zbekistonda yashayotgan bo‘lsang, men seni ogohlantiraman, keyin juda og‘riqli bo‘ladi…”.

Ikkinchi audio ayni mazmunda, ammo tartibsiz bolaxonador haqoratlarining ko‘pligi bilan ajralib turadi.

“Salom alaykum, Lyoxa. Bu Baxtiyor. Nimaga (…) qilayapsan? Kimga maslahatlar beryapsan? Sen qanjiq, rus cho‘chqasi, b…! Bor o‘sha … Rossiyangga! O‘sha yerda, … maslahatlar ber. Sening kuching yetadimi … Men seni Toshkentda bo‘lsang ham, boshqa joyda bo‘lsang ham qidirib topaman. Agar O‘zbekistonda bo‘lsang … sen o‘z gaplaringa javob berasan. Sen o‘zingning b… ahmoq do‘stlaringni o‘zingga o‘xshatib o‘qitmoqchisan, shunaqami? Sen … Men sening ko‘tingni yirtib tashlayman, p…! Shunday qilamanki, sening b… qizing yoki boshqa biroving Toma b… fohisha bor-ku, ana shunday bo‘lib yuradi keyin. Qanjiq, seni ogohlantiraman, yana bir marta shunday chiqish qilsang, og‘zingni yirtib tashlayman n..y! Pidor, men sening oyingni… ! Tushundingmi? Yana bir marta b… p… bizning mamlakatimizga osilma! Va umuman chakagingni o‘chir. Qoraqalpog‘iston haqida umuman gapirma. Agar duxing yetsa, shu yerga kel, men seni …, iflos cho‘chqa” .

Aleksey Garshin bu tahdidlarni tahlil qilib,  o‘z hayotiga jiddiy xavf tug‘ilayotganini anglaganini bildiradi. Tahdidlarga sabab esa, uning so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoevning Shavvozsoydagi maxfiy qarorgohi haqida tayyorlagan hujjatli videomateriallaridir.

“Birinchi videoni men AQSh elchixonasi yaqinida namoyish qilgan edim. Shu kuniyoq mening izimga tushishdi. Meni hibsga olishdi. Men bilan suhbat o‘tkazishdi.”

Toshkentlik faol Aleksey Garshin bilan hamkorlikda tayyorlangan keyingi videoni esa “Ozodlik” radiosi taqdim qilgan edi. Garshin prezidentning Shavvozsoydagi qarorgohi mamlakat va xalq ravnaqi uchun olingan juda katta kreditlar evaziga qurilgani va bu mablag‘lar jiddiy korruptsiyaga aloqador, xalq uchun foydasi tegmaydigan hashamatli saroylar qurilishiga sarflanganini aytadi.  

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 iyun 2017
Andijonga safari payti «Oltinko‘l» tumanidagi fermer xo‘jaligidagi zotdor echkilarni ko‘rgan prezident Shavkat Mirziyoev har bir xonadonga ikkitadan echki tarqatishni ...
11 noyabr 2021
Xalqaro jurnalist «Agneshkaxon voqeasi» ko‘p savollarga javoblarni ochib berdi. Kelinglar, jonajon akkreditatsiyadan boshlaymiz. Aynan ularni nazorat qiladigan institutning o‘zi ...
5 yanvar 2016
Elsevar taxallusi bilan ijod qilishni ma'qul ko‘rgan bu rassom yigit 34 yoshda. Buxoroda yashab ijod qiladi. Eltuzning shtatli rassomi ...
5 dekabr 2021
Rassom Kirpi
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...