RTdan va'z: Kurva kokain!
Mana yana xafta aylanib, siz bilan yuzma yuzman. Bu xafta ichida butun taraqqiyparvar dunyo Rossiya bosqiniga qarshi mardonavor kurashib o‘z mustaqilligini himoya qilayotgan Ukraina bailan hamdard bo‘ldi. Ayni paytda yuz minglagan o‘zbeklar kreml quliga aylanib, bosqinchiga maqtov aytadigan taviya maxluqqa aylanib bo‘lgani ham o‘rtaga chiqdi. Mana bu rasmda ko‘rganingiz o‘zbek qo‘liga qurol olib Ukraina mustaqilligiga qarshi o‘ris jallodlari bilan birga begona yurtga bostirib kirdi va yer tishladi.
Maqolda aytilganidek, kim o‘zga yurtga qilich ko‘tarib kirsa o‘zi o‘sha qilichdan o‘ladi. Birovning yurtini nayza bilan olish mumkindir balki. Lekin nayza ustida o‘tirib bo‘lmaydi. Ukrainada Rossiya qo‘shinlari safida jang qilib o‘lgan Elyor Egamberdiev haqida Eltuz quyidagilarni aniqladi: Asli Samarqandning Oqtoshidan bo‘lgan Elyor yoshligidan sport bilan shug‘ullangan. Bir necha yil muqaddam Rossiyaga ko‘chib ketib, Rossiya armiyasiga qo‘shilgan. 44 yoshli Elyor serjant rutbasiga ega bo‘lgan. Uylangan, bir qizchasi bo‘lgan. Oqtoshda ekanida sport bilan shug‘ullangan va tengqurlari orasida katta obro‘ga ega bo‘lgan.
Begona urushning qurboni
Kechgan xafta davomida yuzlab o‘zbek gastarbayter mardikorlar Rossiya tarafini olib tarmoqda yozuvlar qoldirishdi. Ularni tushunsa bo‘lar balki. Yaxshi o‘qimagan va Rossiya matbuoti tarafidan zombiga aylantirilgan manqurtlar galasi.
Ammo, O‘zbekistonning o‘rta bo‘g‘in rahbarlari oblzdrav, gorono, rayono va hokazo idoralardagi mulozimlarning mutlaqo Rossiya tarafida ekani va fe'lan O‘zbekiston mustaqilligiga qarshi ekanligini qanday tushunish mumkin?
O‘tgan xafta Xorazm viloyatidagi o‘rta bo‘g‘in rahbarlari yig‘ilib, Putin yutib chiqib Ukrainani mustaqillikdan maxrum qilsin. O‘zbekistonni ham Rossiyaga qo‘shib olishsa jon derdik, qabilida aljirashgan. O‘sha yig‘inda qatnashgan Eltuz do‘stlari klubi a'zosi ularga e'tiroz bildirib, mustaqillik g‘oyalari haqida gapirmoqchi bo‘lganida barcha mullozimlar unga tashlanib sen Amerikaning agentisan, biz Rossiya va Putinni sevamiz, deya o‘dag‘aylashgan.
Nega O‘zbekiston mulozimi mamlakat mustaqilligi dushmaniga aylandi. Nega? Nega ular O‘zbekiston prezidenti Mirziyoevni emas, Rossiya przeidenti Putinni sevishadi. Matchon suqilish sen bilarsan balki?
Matchon Suqilish: Chunki Putin ularni kalamushlar deb so‘kmagan. Qolaversa, bu mulozimlar ertadan kechgacha rossiya telekanallarini ko‘rishadi. Rossiya saytlarida o‘tirishadi. Qarindoshlari ham Rossiyada ishlaydi. Ko‘p yoshullilarning bolalari Rossiya pasportini olgan. Masalan, Tashqi Ishlar vazirining o‘g‘li Doniyor Rossiya fuqarosi va Putinparast. O‘risga qul bo‘lishga rozimiz, degan millionlab o‘zbeklar borligiga ishonaman. Ammo ularning bu fikri o‘ris kanallarini ko‘raverib deformatsiya bo‘lgan kasal miya mahsuli ekanligini ham bilaman.
«Sprut» degan filmda Italiya mafiozlari o‘z eli Sitsiliyaning atom qoldiqlari mozori bo‘lishiga qarshi chiqishadi. Chunki ular o‘g‘ri va qaroqchi bo‘lishsa ham el-yurtini sevgan odamlar edi.
Lyuboy o‘zbek mulozimiga senga palon pul beramiz, ammo sen tug‘ilgan yurtga zarar yetadi, deyishsa, albatta, u pulni tanlaydi. Gaz sotishda ham shunday bo‘lgan. Otkat olib boyish evaziga butun millatni sovuqda qoldirishga rozi bo‘lishgan. Xalq va el dushmani deganda ko‘zim oldiga shular keladi.
Rassom Tuz: Eh, Matchon suqilish, sendan ham aqlli gap chiqar ekanku. Ammo savolga javob bermading. Nega bu mulozimlar va aksar olomon mustaqillikni sevmaydi?
Matchon Suqilish: Tuz og‘a, odamlar gaz va elektr bemalol bo‘lgan sovet davrini sog‘ina boshlashdi. Xalq uchun tabiat ato qilgan gazni ko‘tarasiga Xitoyga sotgan oz sonli korruptsioner mulozimlar katta «otkat»lar olib boyigandir-u, ammo butun bir millat sovuqda dirdirashga mahkum qilindi. Mustaqillik oddiy odamlar nazdida faqat azobu uqubat va yo‘qsillikni tamsil qildi.
O‘zbekistonni boshqarganlarning oltin zakarli bolalari esa bu mamlakatni o‘marishni o‘ylashdi-yu, laoqal tilini ham o‘rganishmadi. Mamlakat boshida 27 yil turgan Karimovning ikki qizi, bir o‘g‘li va nabiralari o‘zbek tilida gapirmaydi.
Boshqa mulozimlarning pushti kamaridan bo‘lganlar ham rusiyzabonlikni oliy martaba sifatida ko‘rishdi va ularni boyitgan el tilidan oshkora hazar qilishdi. Zotan, boshqaruv elitasidagilar o‘zbek tilidan va fe'lan mamlakat mustaqilligidan hazar qilgan kriminal to‘da edi, xolos.
Safoevu Barnoev kabi mulozimlar rus millatchisini non va tuz bilan qarshilaganini eslasangiz kerak. Bu vaziyatda oddiy xalqdan ne ta'ma? Nima ko‘rdi u mustaqillikdan?
Bu hukumat, bu davlat uni himoya qildimi? Unga odam kabi yashash, erkin harakat qilish huquqini ham ravo ko‘rmaydigan o‘gay hukumatni oddiy odamlar nega sevishi kerak?
Rassom Tuz: Tushundim Matchon demak kishanlarni sevishi kerak va sevib yotishibdi qashshoqlar.
O‘g‘risevar xalq
Jizzaxda o‘quvchi bollar maktabga o‘g‘irlikka tushib doskaga «Vor v zakone +18» deb yozib ketishibdi. Bundan men xayron bo‘lmadim. Chunki Gdlyan tarafidan «o‘g‘ri» deya tamg‘alangan o‘zbek jamiyati o‘g‘rilarga, ko‘cha va o‘g‘ri ponyatkalariga sig‘inadi. Amaldor ham, ko‘chadagi semichka sotuvchi ham, o‘qituvchiyu doktor ham qo‘lini bukib fenyada (o‘g‘ri leksikoni)da prava kachat qiladi. Hatto taqvo iddaosini qilgan imom va diniy voizlar ham o‘g‘ri lug‘ati bilan gapiradi. Olomon zehniyatini «o‘g‘rilar va ko‘cha adolati» haqidagi romantiklashgan yolg‘onlar bilan yillar davomida to‘ldirishdi. Har xil asadbek, masadbeklar haqidagi seriallar aholining puch miyasini to‘ldirdi. Hozir O‘zbekistondagi yuristlar ham biror jinoyatni joriy qonun va konstitutsiyaga ko‘ra emas, balki «ko‘cha ponyatkasi» va diniy dogmalarga to‘g‘ri keladimi yoki yo‘qmi deya talqin qiladi. Bu tanazzul chuqurida turgan jamiyatdagi «huquqiy nigilizmdir»
Odamlar ikki bulshit, suyuq bo‘q – ya'ni ko‘cha va cho‘pchak adolati borligiga ishonishadi. Kimdir bir qizni yoki yosh go‘dakni zo‘rlab qamoqqa tushsa, zonadagi «o‘g‘ri adolat» uni jazolaydi deb ishonib o‘zini yupatadi. Keyingi 4 yil ichida o‘ndan ziyod pedofil qamoqqa kirib chiqdi. Zonada birov ularning mushugini pisht demadi. Ësh qizni zo‘rlagan ashulachi Jasur Umerov ham zonaga kirib chiqdi. Umerov zonada izzat ikrom ichida sro‘k motat qildi. Zonadagi o‘g‘rilar adolati, vorovskiy ponyatkalar hammasi yo‘q. Zonalar allaqachon qip qizil. Afsus demokratik huquq va qonun ustvorligi haqda tasavvuri bo‘lmagan «jurnalist»¸ «shoir» va «ashlachi»lar salim palim, gafur mafur, ro‘shan po‘shan, botr zotr degan sariq chaqalik o‘g‘rilarga atab maqtovlar yozishadi. Iyoling piypl.
Battar bo‘ling
Gadoy xapa bo‘lsa, to‘rvasiga ziyon. Men «Yulduz bizani haqorat qildi, u, bu, dod-voy» degan lo‘lilikka umuman skeptik qarayman. Sizlardan ba'zilaringizni Yulduz kropiva butasi bilan savalasa ham oz. Shunga loyiq massasiz. Ukrainaga bostirib kirgan o‘risni duo qilgan, lorsillab borib, ocheredlarda turib ataydan troynoy hojonaning uch tiyinlik saviyasiz kontsertiga bilet olib kirgan, biomassada g‘urur bor, desangiz, qarg‘alar kuladi. Yaqindagina «Katyusha» aytib, o‘ris bosqinchilari kiyimini kiyib, irg‘ishlagan qari alvasti Yulduzning kontsertiga ataydan borganlar bundan battariga ham loyiq. Masalan, istiqlol saroyi shiftida yong‘in chiqqanda suv sepadigan jo‘mraklar bor. O‘sha jo‘mraklarga tualetdan keladigan axlat suvni ulab ustingizga oqizilsa ham kam sizga. Bitta video qo‘yib, yarim kun internetda dodlaysiz, ammo ashi hojonani uzoqdan ko‘rsangiz, soyasiga ko‘rpacha solasiz. Buni men juda yaxshi bilaman. Xuddi hashorotshunos olim mikroskopdan qarab bit va burgalarning ichak-chavog‘ini bilganday. Shunaqa piypl. Qanaqa o‘lsangiz, shunaqa ko‘milasiz. Battar bo‘ling. Bugungi kontsertga kirganlarni eshik oldida ko‘tiga to‘rtta tepib, ichkariga kiritish kerak. Ichkarida so‘kib-so‘kib, ko‘tiga yana sakkiz marta tepib chiqarvorish kerak. Kurva kokain.
Matchon Suqilish: Tuz og‘a menda ham bir savol bor. Shu kurva kokain degani nima? Qamag‘dagilar ishlatadigan uyatli so‘kishmi?
Rassom Tuz: Kurva bu aksar slavyan tillarida egri bugri yo‘l degan ma'noni bildiradi. Ko‘chma ma'noda bu so‘z egri yo‘lga kirgan qiz ya'ni fohisha degan ma'noni bildiradi. Chexlar jaxli chiqsa kurva deb baqirishadi. Kokain esa narkotikning bu turi. Bu ikki so‘z birlashib, jaxli chiqqan odamning iborasiga aylandi. Bir polyak muzikantidan eshituvdim bu so‘zni.
Matchon Suqilish: Tuz og‘a nega jaxlingiz chiqdi?
Rassom Tuz: Matchonboy bir emas, o‘n emas balki millionlab axolining mustaqillik dushmaniga aylanganidan jaxlim chiqdi. Xatto men doim tanqid qiladigan Karimov ham Rossiyaning mustaqillik dushmani ekanini bilardi, ammo dushman ichimizdagi oddiy mulozimlar shuurini egallaganini bilmasdi. Manavi videni tomosha qilsak. 1995 yilgi video.
Video
Matchon Suqilish: Tuz og‘a, Rossiyani ko‘p tanqid qilyapsiz. Xozir tarixchilar Rossiya bizga ma'rifat olib kelgan. Rossiya bo‘lmaganda Afg‘oniston bo‘ardik deb aytishgan. Rostan ham shundaymi?
Rassom Tuz: Men tug‘ilganimda mamlakatimning ruslar tarafidan ishg‘ol qilinganiga roppa rosa 90 yil to‘lgan edi.
1873 yilda Rus okkupanti Kaufman Xorazmni bosib olgani oqibatida Muhammadrahimxon o‘risning etigini namoyishkorona o‘pib, vassalga aylanish kabi sharmandalik bilan yuzma-yuz bo‘ldi.
Zero ruslar Xivaga 70 km yaqinlashganida ham Xiva xoni Muhammadrahimxon kayf safosini tark etmagani muarrixlar tarafidan taassuf bilan eslanadi.
Rus okkupant guruhlari safida turib, ishg‘olni yoritgan AQSh jurnalisti Mak Gahanning yozishicha, bosqinchilarga qarshilik ikki xolatdagina ko‘ringan.
Birinchisini «Xo‘bbining qasosi» desak.
«Xo‘bbi» Amudaryoning ruhi. U haqda Xorazmda afsonalar yuradi. Birovlar uni «Er Ho‘bbi» deydi.
1873 yilda Kaufman armiyasi Xivadan 100 km uzoqdagi Shorlovuq degan joyda kapa tikib yotganida daryo ostida qolib ketgan.
Daryo bo‘yida yashaydigan aholi (o‘zbek qipchoq va sartlar) uzun xodalarni uzatib bosqinchilarni qutqarishgan.
Ularni oq tut va cho‘rak nonlar bilan siylashgan.
Ruslar duch kelgan ikkinchi qarshilikni «Turkman ayol jasorati» deb nomlasak.
Xonlikdagi o‘zbek va boshqa elatlardan farqli o‘laroq taka va yovmud turkmanlari bosqinchilarga qarshi mardonavor qarshilik qilishgan.
Bir qo‘li bilan bolasini quchoqlagan turkman ayolining qilich bilan rus bosqinchilaridan bir nechtasini ochiq jangda o‘ldirganini 1873 yili rus gazetalari yozgan edi.
Anna Kareninaning poezd tagida o‘lganini muhokama qilayotgan Petrburg kiborlari xivalik turkman ayolning o‘z vatani himoyasi uchun jasoratidan hayratga tushgani eslanadi.
Vatanni ruslardan himoya qilgan bu turkman ayolga sharaflar bo‘lsin.
Ammo ne tongki¸ Xiva Rossiya etiklari ostiga yiqildi.
Ruslar Xivani nazoratda ushlash uchun Amudaryoning u qirg‘og‘ida Petro-Aleksandrovsk shahrini qurishdi.
Pirovardida bu shahar ham Amudaryo ruhi «Xo‘bbi»ning qasosiga uchradi.
1969 yilgi toshqin paytida bu shahar butunlay suv ostida qolib ketdi. Ruslar qurgan 17 ming imorat suvga g‘arq bo‘ldi.
Katta bobom, buvimning otasi Latif ota «o‘ris qalani ho‘bbining qarg‘ishi urdi» deb aytganini eslayman.
Qissadan hissa: Bosqinchilarga bo‘yin egmaslik borasida Amudaryodan ibrat olaylik. Bu gaplarim ruslarning paytavasini yuvaman deb yeng chizg‘anib turgan vatandoshlarga ataldi. Ba'zi o‘zbeklar uyalmasdan osib yurgan Georgiy lentasi Xivalik yosh bolalarni nayza sanchib o‘ldirgan bosqinchilarga beriladigan medalning lattasi ekanini ham unutmaylik.
Tarix ulug‘ muallim biz esa no‘noq shogirdlarmiz. Ëki tarixdan saboq olinmasligi aksioma.
Matchon suqilish: Tuz og‘a nega o‘sha paytdagi xonliklar birlashib o‘risga qarshi kurashmagan?
Rassom Tuz: 1873 yil Xiva ishg‘olidan sal oldin ruslar Buxoroni ishg‘ol qilgan edi. Buxoro podshosi Muzaffarxon mamlakatni o‘rislarga peshkash qildi. Muzaffarxonning To‘ra ismli o‘g‘li bunga norozi bo‘lib Xiva xoni oldiga kelib ko‘mak so‘raydi. Xiva xoni esa «o‘ris sening yurtingni bosib olsa menga nima» tarzida javob berdi.
Bu tashrifni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan tarixchi Bayoniy Buxoro vakilining so‘zlaridan o‘z kitobida iqtibos keltiradi.
«Ul to‘ra aytdi: «Otamiz Buxoro viloyatini Rusiyag‘a bermakchi bo‘ldilar. Biz mone' bo‘lub urushg‘a targ‘ib etduk. Otamizg‘a bu so‘zlarimiz xush kelmay orada vahshat paydo bo‘ldi. Ondin so‘ng ul yerda turmoqni maslahatdin bag‘oyat ba'id ko‘rub bayakbor chiqib, bu tarafga ravon bo‘lduq».
Xiva xoni va devondagi kallasi kadi mulozimlarini Rossiya bosqinchiligi emas balki buxorolik hushsurat shaxzodaning husni jamoli ko‘proq qiziqtirgan.
Yana Bayoniy yozadi.
«Ammo ul tojik to‘raning husni suratda adilu badili yo‘q erdikim, o‘n sakkiz yoshida bir oftobi xavoriydek yigit erdi. Oning masohiblaridin birining oning haqida oytg‘an she'rlaridin bu misra' xotirimda qolg‘on erkan, misra' «To‘rajonimiz to‘lon oydururki, sitoradur umarolari».
Bu shahvatli tajovuzdan dahshatga tushgan tojik To‘ra Xivadan ayrilib, Texronga yo‘l oladi.
To‘ra Eron shoxi ko‘magida o‘rislarga qarshi kurashmoq istaydi. Ammo uning bu istagi ham amalga oshmaganiga tarix guvoh….
Sal o‘tmay 1873 yilning yozida Xivadagi Xorazmshox taxtiga Kaufman o‘tiradi. Bu voqeani tarixchi Bayoniy taassuf bilan kuzatadi.
«Kaufman yonida G‘aranduq Niqulay prins Yujin kamoli ehtishom bila keldi. Burunroq kelgan bir bo‘lak askari muziqa chertib, istiqbolig‘a chiqtilar. Kaufman kelib Arkka kirib taxti xorazmshohiyda o‘lturdi.»
Bu satrlardan keyin Bayoniy tarixchiga xos bo‘lmagan ehtiros bilan mag‘lubiyatdan afsus chekadi.
«Darig‘kim, ahli Xorazm mardi muboriz jamoa erdilar! Bir necha Vatan xoinlari o‘z maqsadlarin hosil etmak uchun mundog‘ jasoratni olarning boshlarig‘a kelturdilar. Agar tamomi Xorazm aholilari yakdilu yakjihat bo‘lub ittifoq bila Rusiya askariga muqobil bo‘lub, urush etsalar erdi, ehtimoli yo‘q erdikim, Rusiya askari olarg‘a zafar topa olg‘aylar, mundinburun besh navbat kelib aslo zafar topa olg‘on ermasdurlar. Nechunkim, Xorazmning atrofida qumu dashtlar bordur va bir tarafida daryo bordurkim, mahkam sadlarning o‘rtasida voqedur.
Oning pastu balandin bilmagan kishilarga fathi mahol erdi. Chun ollohi taoloning irodasi bu erdi, taqdirg‘a chora yo‘qdur!»
Bayoniyning xon avlodidan ekanini bilsak, bu qayg‘ini tushunamiz. Lekin aytmaydirlarmi, so‘nggi pushmon o‘zingga dushman deb.
Bu gaplarni yozayotganimning sababi shuki, bugun o‘zbek oydinlari Rossiya tarafidan Qrimni ishg‘ol qilinish dahshatini ham tushunib yetmayapti.
Tarix ulug‘ murabbiy, biz esa ikkichilarmiz. Assalom O‘zbekiston Juma muborak!
Rassom Tuz