Asosiy mavzular
15 aprel 2022

RTdan va'z: Davlat sotqinlar boshqaruvidami?

Ramazon oyining juma kuni pasportiga qashshoq deya yozilgan ulus oldiga chiqib gapirarkan, aynan ro‘za oyi bo‘lgani uchun ham hissiyotlarimni jilovlashga urinaman. Bu hissiyotlar millionlagan o‘zbeklarning o‘risqulga aylanib, mustamlakachi Rossiya va bosqinchi Putinni olqishlaganidan kelib chiqdi. Ikkinchidan esa, rus propagandonlari Toshkentda o‘zlarining orqa xovlisida yurgan kabi ishtonsiz sayr qilmoqda. Uchinchidan rasmiy Toshkent BMTda bosqinchi Rossiyani qo‘llab quvvatlab ovoz berdi.

Eriteriya kabi 24 qashshoq va taviya davlatlar qatorida O‘zbekistonning ham Rossiyani qo‘llab BMTda ovoz berishi joriy rahbariyatning sotqin va millat dushmani ekanligidan dalolat.

Matchon Suqilish: Tuz og‘a, siz doim negativ ko‘rasiz. O‘sha yoqasi gulli kuylak kiyadigan ukrainlar tarafidasiz. Mo‘htaram prezidentimiz ham xuddi sizday Ukraina tarafida.

RT: Xo‘sh, O‘zbekiston prezidenti tomonidan Ukrainadagi vaziyat yuzasidan ijobiy ishlar qilindi?

Matchon Suqilish: Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov tili bilan, Ukrainaning hududiy yaxlitligi tan olindi va bo‘lginchi respublikalar – DPR va LPR tan olinmasligi haqida aytildi. Toshkentdan Ukrainaga yuk samolyotlari orqali  42 tonna gumanitar yordam jo‘natildi.

RT: Ammo Matchonboy, O‘zbekiston BMT Bosh Assambleyasining Ukrainaga Rossiyaning bostirib kirishi to‘g‘risidagi rezolyutsiyasiga ovoz bermadi. O‘zbekiston Rossiyaning BMT inson huquqlari Kengashidan chetlatilishiga qarshi ovoz berdi.

Matchon Suqilish: O‘zbekiston xorijiy davlat hududida rus qo‘shinlari tomonidan bosib olinishidan cho‘chiydi va inson huquqlari buzilishi fakti yuzasidan tergov o‘tkazish zarurligini ham ichida o‘ylayapti Tuz og‘a.

RT: Ichida o‘ylaganidan nefoyda bo‘tam. Mana bir qadam oldinga, ikki qadam ortga.

Minus va plyus oxir-oqibat nolga bo‘ladi.  Toshkent tashqi siyosatida nol natija. Shuni ham qo‘shimcha qilish mumkinki, mahalliy aholi ongiga yot g‘oyalar suqilgan va boshqa davlatlarga nisbatan salbiy munosabat shakllanayotgan Rossiya targ‘ibot kanallarining O‘zbekistonga retranslyatsiyasi bekor qilinmagan. Shuning uchun ham ayrim o‘zbeklar Ukrainaga qarshi urushni G‘arbga qarshi «Rossiya harbiy operatsiyasi» deb atalishini qo‘llab-quvvatlab, Sovet zamoniga qaytishni istaydi. Masalan, FB dagi muhokamalarda, Agar O‘zbekistonni ruslar egallasa  o‘zbeklar ularni qutlashdan xursand bo‘lishadi, degan gaplarni tez-tez uchrataman.

Matchon Suqilish: Men Shavkat Mirziyoevning nimadan qo‘rqishini tushunaman: uch million o‘zbekistonlik migrant ishchi Rossiyada ishlaydi va oy sayin O‘zbekistonga 3-5 milliard dollar pul o‘tkazadi. Agar Miromonich Moskvaga qarshi gapiradigan bo‘lsa, Putler tog‘a ularning barchasini Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuboradi. Bu shuni anglatadiki, Rosspropaganda tomonidan miyani yuvgan va boshqarish oson bo‘lgan g‘azablangan omma o‘z vatanlariga qaytadi. Ularni osonlikcha to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirish mushkul bir ish va daromad manbalaridan mahrum bo‘lgach, ular inqilob qilib  ho‘ko‘matni ontarishi mumkin. Ontarmasa ham  muammolarni boshlashadi, qon oqadi, mamlakatda tartibsizliklar yuzaga keladi.

Shunda O‘zbekistonda qashshoqlar  urushi  boshlanadi… Axir, qo‘shni respublikalarda rus bazalari mavjud bo‘lgani uchun isyonkor tomonga qurol uzatish yoki ularni O‘zbekistonga olib kirish juda oson; va bundan tashqari, Tolibonning Markaziy Osiyodagi faoliyatini kuchaytirish uchun gij gijlashni ham boshlavorishdi… Yaqinda Mirziyoev yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatgan Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan chegaralardagi Rossiya maxsus xizmatlarining provokatsiyalar uyushtirishi ham aniq va joizdir. Axir, tashqi kuchlar ta'siri ostida erishilgan ijobiy natijalarni yo‘q qilish oson va Moskva bu borada tajribaga ega, Tuz og‘a. Ko‘tni qisgan boy bo‘ladi. Nafaqat ko‘tni, ko‘zni ham qisish joiz. Rossiya soldatlarining yosh go‘daklarni o‘ldirayotganini ko‘rib ko‘rmaganga solaylik o‘zimizni.

RT: Eh Matchonboy vaziyat murakkab. Ammo baribir eng  to‘g‘risi,  Moskvadan uzoqlashish va O‘zbekiston o‘z yo‘lidan borishi kerak. G‘arb va NATO bilan yaqinlashish lozim. Bosqinchi  davlat  bo‘lgan Rossiya bilan «strategik sheriklik» dan voz kechish kerak, bu davlat Ukraina misolida ko‘rilgandek o‘z majburiyatlarini osonlikcha buzadi, hududlarni bosib oladi va urushlarni boshlaydi.

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya qo‘shinlari tomonidan Ukrainada tinch aholiga qarshi amalga oshirilgan jinoyatlarni 12 aprel kungi chiqishida ilk bor genotsid deb atadi.

“Men buni genotsid deb atadim, chunki Putin ukrain bo‘lish imkoniyatining o‘zini yo‘q qilishga urinayotgani tobora ayonu ravshan bo‘lib boryapti. Bunga dalil-isbot tobora ko‘paymoqda”, deya bildirgan Bayden.

Bugunga kelib, Putin harbiy jinoyatchi, Rossiya esa bosqinchi davlat sifatida xalqaro hamjamiyat yuz o‘girgan davlat. Rasmiy Toshkentning Rossiya bilan og‘iz burun o‘pishib oshiq moshiq bo‘lganidan tug‘iladigan bola esa O‘zbekiston kelajagini yo‘qlikka eltadigan dajjoldir. Buni O‘zbekiston rahbariyati tushunib olishi shart. O‘zbekiston tezlik bilan Rossiya deb atalgan bosqinchi rejimdan uzoqlashishi lozim.

Matchon Suqilish: Endi Tuz og‘a, O‘zbekiston boshqaruvidagi Putinni qo‘llab quvvatlagan mulozmlarni nima qilish kerak?

RT: Men eski tarix kitoblarini o‘qib bir qiziq faktni ko‘rdim.  Amerikada  rus bolsheviklarini faol qo‘llab quvvatlaganlar to‘dasi mavjud bo‘lgan 1920 yilda AQSh hukumati Moskvadagi bolsheviklar hukumatini qo‘llab-quvvatlagan to‘dani paroxodga majburan mindirib,  Rossiyaga jo‘natvorgan. Teng tengi bilan, tezak qopi bilan deya. Rus jurnalisti Poznerning otasi ham shunaqa rusparastlar qatorida SSSRga kelib qolgan.  Demak, o‘zbekistonliklar orasida Putlerni qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekistonni Rossiya tarafidan bosib olinishini xohlovchi rashistlarni ham  samolyotga o‘tqazib, ular ona deb bilgan  Rossiyaga jo‘natvorish kerak. Von vey tiket qilib. Bu o‘risqullar o‘sha yerda bu telba rahbarning loyihalari ostida yashasin.

Matchon Suqilish: Nima deyapsiz Tuz Og‘a? Millionlagan aholini o‘tqazishga shuncha uchoqni qaerdan olasiz?

RT: Lekin nima bo‘lganda ham biror yuz mingtasini jo‘natvorish kerak qaytib kelmaydigan qilib. Mana bu nusxa NATOni dushman deb bilar ekan. Nega NATO O‘zbekistonga dushman bo‘lishi kerak? Qani mantiq? NATO O‘zbekiston xavfsizligi va chegarasini mustahkamlash uchun har yili million-million dollar, zamonaviy qurol-yaroqlar bilan ta'minlashini bilarmikan? Bu o‘risqul o‘zini Rossiya fazosida deb biladi.  (foto)

Matchon Suqilish: Qozog‘iston bu yil g‘alaba paradini o‘tkazmaydigan bo‘libdi. Bizning limonshunos muhtaramlar nima qilarkan bu bayramda.

Rossiya degan ro‘yo bir kechada parchalanib ketdi

Qozoqlar miqti. Taniqli kinochi Timur Bekmambetov Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealarni ochiqchasiga qoraladi va tez orada Rossiyani tark etdi. Timur Toshkentda rassomlikka o‘qigan qozoq bovurimizdir. Ammo bu bayramni o‘rislar o‘tkazmasa ham o‘zbeklar bayram qiladi. Rim papasidan ham ko‘proq katolik degan gapni eshitganmisan.

Jukov degan sovet marshali 1945 yil Berlindagi uylarning bahmal pardalarini o‘marib, uyiga tashmalagani uchun jazolangan edi. Bugun Ukrainada unitaz o‘marayotgan o‘ris soldatlari o‘sha o‘g‘ri sovet askarining avlodi. O‘ris propaganda armiyasi jurnalyugalari Toshkentga kelib, o‘zbek yetim jurnalistlariga dars bera boshlabdi. Mavzu «feykni qanday fosh qilish» Bu o‘ris moxov propagandonlarini O‘zbekistonga mahorat darsi berishini dushman mamlakat Rossiya elchixonasi tashkillashtirgan. Uyat o‘rtoqlar. Bu o‘rislarga ko‘rsating o‘tloqlar!

O‘zbekiston turizm va madaniy meros vazirligi taklifiga ko‘ra Rossiya propaganda TV si NTV O‘zbekistonga keldi. Bu o‘ris propagandonlar manqurt o‘zbek mulozimlari tarafidan Andijon, Namangan va Farg‘onada ta'zim va gullar bilan kutib olindi. Moxovga aylangan bu propagandon o‘ris dushmanlari oyog‘i tagiga poyondoz solayotgan vassal o‘zbek hukumati Rossiya bilan qo‘shilib botqoqqa botib o‘ladi.

Matchon Suqilish: Lo‘lini eshagini sug‘or, pulini ol. O‘ris TV Reklama qilsa, turistlar kelsa, mehmonxonalarimiz, oshpazlarimiz, taksistlarimiz, xunarmandlarimizga foyda bo‘ladiku, hamma narsani siesatga aylantirmaslik kerak, biz neytral turganimiz va Shimoliy Koreyaga  o‘xshab qisib o‘tirsak, Janubiy  Koreyaday bo‘lamiz. Biznikilar ham biznes qivolsin osh va somsa sotib. Xorazmda yumurto barak. Qolaversa mana Putin doyi chiqib aytdi. Hammasi plandagiday deb.

RT: Matchonboy, qiniga yarasha sopi deyiladi. Rossiyaning “maxsus operatsiyasi” reja bo‘yicha ketayotgani haqidagi Putin bayonotiga Britaniya Mudofaa vazirligi javobini eshit.

«Bu unday emas. Rossiyaning rejasi barbod bo‘lmoqda”, – deydi britaniyaliklar. Dalil sifatida quyidagi faktlar keltiriladi:

– 6 rus generali o‘ldirildi

– rus askarlari buyruqqa bo‘ysunishmayapti

– 2 mingdan ortiq rus texnikasi yaroqsiz holga kelgan, yo‘q qilingan, tashlab ketilgan yoki qo‘lga olingan

– Rossiya Federatsiyasining harbiy bo‘linmalari Rossiya va Belorussiyaga qaytishga majbur bo‘lgan

– Ruslar o‘zlarining samolyotlarini urib tushirgan holatlar ham bo‘lgan.

«Bu, haqiqatan ham, rejaga muvofiq olib borilayotgan amaliyotmi?» deya savol beradi Britaniya Mudofaa vazirligi kinoya bilan.

Matchon Suqilish: Tuz og‘a, o‘rislarning raketalari qiyshayib ketibdi. Poroxi nam tortib portillamabdi. Ularning nishonga tegadigan quroli bormi?

RT: Rossiyadagi o‘ta aniq nishonga oladigan qurol xozircha faqat televizor. Bu qurol miyasiz o‘zbeklarni bir zarbada Manqurtga aylantirdi. 35 million manqurt.

Matchon suqilish: Hayriyat, Rossiyaga qarshi kamida millionta o‘zbek bor ekan. Ammo ularning ortida davlat bormi? Davlat og‘a qani? Davlat sotqinlar boshqaruvidami?

RT: Zamonaviy davlat — u har doim mavjud bo‘lganga o‘xshaydi va inson hayotini usiz tasavvur qilishning iloji yo‘q, lekin unday emas. Davlat ma'lum tarixiy sharoitlarda paydo bo‘lgan, ular bilan o‘zgargan va hozir ham o‘zgarishda davom yetmoqda.

Zamonaviy ijtimoiy nazariya davlatning kelib chiqishi to‘g‘risida nimalarni biladi va jamiyat qanday qilib qabila hayotidan «farovon davlat» darajasiga o‘tdi va yoki «ko‘chmanchi qaroqchi» «harakatga»ga aylandi? Davlat mashinasi qanday ishlaydi va uni nima harakatga keltiradi? Biz davlatga nima qarzdormiz, u bizga nima qarzdor — va nihoyat, biz undan nimani xohlaymiz?

Bu savollarga javob berish uchun davlat xalq saylab qo‘ygan vakillar qo‘lida bo‘lishi kerak. Kreml qoqqan qoziqlar esa davlatni darz ketkizadi xolos.  O‘zbek boshqaruv elitasiga joylashtirilgan o‘risqul mulozimlar diqqatiga. Rosatomga nisbatan jazo choralari qo‘llanilsa, O‘zbekistonda qurmoqchi bo‘lganingiz atom elektrostantsiyasining holi ne kechadi? O‘zbekiston ham Rossiyaga qo‘shilib, botqoqqa botmasligi uchun sizlarni qamash kerak hurmatsiz dushman mulozimlar.

Matchon Suqilish: Tuz og‘a, oldin ertak aytardingiz. Aytmay qo‘ydingiz.

RT: Ertakni Rahimjon Rahmat aytsin. Mening aytaverib, tilim qavardi…

Rahimjon Raxmat hikoyasi

«Har qanday mamlakatning atrofidagi davlatlar ehtimoliy, potentsial dushmani hisoblanadi.

Ya'ni qo‘shni davlat, har qancha dini, qoni, tarixi bir bo‘lmasin, sizning mamlakatingizga bosqin uyushtirishi mumkin.

Shu bois, avvalo, o‘z vatanlaringni, xalqlaringni sevinglar, Rossiya, Putin, «Russkiy mir» deb chalg‘imanglar.

Vataning, kasal, zaif, kuchsiz, kambag‘al bo‘lmasin, otang, onang, singling, qizing hisoblanadi.

O‘z otangni, onangni qo‘yib begonanining ota va onasiga muhabbat qo‘yish manqurtlikdir.

Bilmaganlar, manqurt so‘zining lug‘aviy ma'nosini o‘qib ko‘ringlar.

kun. uz e'lon qilgan Ukrainadagi urushga oid ko‘cha so‘rovi videosini ko‘rib, tezda Toshkentga, 23 yoshli o‘g‘limga tilpon qildim:

– Ukrainadagi urushga munosabating qanday?

– Rossiya — agressor, Ukraina esa mazlum, – dedi o‘g‘lim.

Xudoga shukr, deb o‘yladim, o‘g‘lim zombiga aylanmabdi. Agar o‘g‘lim agressorni yoqlaganida edi, o‘zimni baxtsiz ota deb hisoblagan bo‘lardim.

Darvoqe, kun. uz e'lon qilgan videoda o‘g‘lim tengi yigitlar urush chiqishiga Zelenskiy aybdor, Amerika aybdor, Ukraina yerlari avval ruslarniki bo‘lgan, deb valdirayapti.

Rossiya imperiyasi qalblarimizda yashayapti, u ichimizda parchalanmagan.

Aksari fuqarolarimizda (mayli, Ukraina tarafini olma) Rossiyaning ukrain tuprog‘iga bosqiniga holis munosabat yo‘q.

O‘ttiz yillik vatan haqidagi qo‘shiqlar, she'rlar, da'vatlar, minglab tadbirlar ichimizdagi Rossiya imperiyasiga tobelikni yo‘qota olmabdi.

Men sobiq sssrga tobelik deganim yo‘q, balki ongimiz ostida oqposhshaga e'tiqodimiz yashayapti, tirik.

Qachon o‘z vatani manfaatlariga sadoqatli fuqarolar paydo bo‘lar ekan.

Mustaqil davlat ekanligimizni bildiradigan tashqi timsol va belgilar ichimizga ildiz otib ulgirmagan, bizlar haliyam oqposhshoning tobelarimiz, ongimiz ostida yashayapti shu narsa.

Yana nima dey?

Ozod vatanning fuqarosi ham o‘z qalbini qachon ozod etadi?

Qalbi imperiya muhabbatiga to‘lug‘ fuqarolar bilan qanday qilib davlatchiligimizni mustahkamlaymiz?»

Bugunga shular. Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
2 fevral 2017
Yangi yildan so‘ng yanvarning qoq yarmigacha Vatan himoyachilarini madh etishga ustivor e'tibor qaratgan O‘zbekiston telekanallari keyin prezidentning ketma-ket imzolanayotgan ...
18 avgust 2021
Markaziy Osiyoning yirik davlatlari koronavirusga qarshi chuqur o‘rganilmagan vaktsinalardan foydalanmoqda. Ularda tanlov bormi? To‘qqiz oylik global emlashdan so‘ng G‘arbning ...
14 oktyabr 2021
Dastlab bolsheviklar Yosh buxoroliklar, jadidlarning kommunistik partiyaga qo‘shilgan a'zolaridan iborat Buxoro Xalq Sovet Respublikasini tuzdilar.  Bu respublika rahbarlaridan biri ...
10 mart 2020
«UzAvto Motors» AJ 9 martdan avtomobillar narxini 3 foizdan 21 foizgacha oshirganini ma'lum qildi.  Bildirilishicha, oddiy aholi sotib olishi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...