Asosiy mavzular
1 iyun 2022

Farg‘ona tergov hibsxonasida mahbusning kaltaklangani aytilmoqda

Farg‘ona shahridagi 10-sonli vaqtinchalik saqlash tergov hibsxonasi maxbusi Qamchiev Sunnatilla va uning sheriklari muassasa xodimlari tomonidan kaltaklangan. Bu haqda 29 may kuni mahalliy bloger Olimjon Haydarovga murojaat qilgan maxbus Sunnatilla Qamchievning onasi arz qilmoqda.

Muhayyo opaning videomurojaatda bildirishicha, voqea shu yilning 24 mayida sodir bo‘lgan. Uning hibsda saqlanayotgan o‘g‘li Sunnatilla Qamchiev sheriklaridan birining tanasiga qizil toshmalar toshib ketganini ko‘rib, xibsxona xodimlaridan shifokor chaqirishni va dori berishlarini so‘ragan.

Bu kasallik yuqumli bo‘lishidan havotir bildirganida avvaliga, maxbusning iddaolariga ko‘ra, Oybek va Nizom ismli xibsxona xodimlari «Sen itdan bo‘lganlarga dori yo‘q!» deya uni haqorat qilib tashlashgan. Qamchiev ulardan haqorat qilmaslikni, qonunga rioya qilishini, faqat sherigi uchun dori so‘raganini aytganida esa, «Hali sen bizdan qonun talab qiladigan bo‘ldingmi? Seni qonuningni men yozshanman, itvachcha» deb, uning bo‘ynidan sudrab, o‘sha yerning o‘zida hammaning oldida ura boshlashgan. Keyin koridorga olib chiqib kuzatuv kamerasining qarshisida ham urishgan. Tag‘in boshqa bir xonaga olib kirib, u yerda ham urishgan.

Onaning so‘zlariga ko‘ra, tergov hibsxonasi xodimlarining maxbuslarni qiynoqqa solib kaltaklashi ilk bor kuzatilayotgani yo‘q. «Masalan, Nizom ismli xodim avval Andijonda shu yo‘sinda mahkumlarni urib, mayib qilib ishlagan, keyin bu yerga ishga o‘tgan ekan, Oybek ismli xodim esa, avval YHXB(GAI)da ishlab, xizmat davomida haydovchini urgani sabab ishdan haydalib, shu yerga kelgan», deydi Muhayyo opa.

«Avvalroq ham o‘g‘limni hibsga olishganidan so‘ng qattiq urishgan. O‘shanda u hatto o‘z joniga qasd qilib qo‘llarini kesib tashlagan edi. Hozir ham qo‘llarida tikilgan, chandiq izlari bor. O‘shanda bu ish boshqa takrorlanmaydi. U yoq, bu yoqlarga yozib yurmang, deb iltimos qilishgan edi».

Sunnatilla Qamchiev 2021 yilning 28 avgustidan buyon Farg‘ona shahridagi 10-sonli tergov hibsxonasida JKning 166 moddasi 3 qismi «a» bandi bilan (talonchilik) da ayblanib saqlanmoqda.

Qamchievning onasi o‘tgan yilning dekabridan buyon o‘g‘lini ko‘rmaganini, hibsxona ma'muriyati ko‘rishishga ruhsat bermayotganini aytmoqda.

Shuningdek, ayolning Vaqtinchalik saqlash tergov xibsxonasi xodimlari ustidan shikoyati Farg‘ona viloyat prokuraturasi nazorati ostiga olingani bildirilgan.

«Eltuz» mazkur holatga izoh yuzasidan joriy yilning 1 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat kechki 17.00 ga qadar Farg‘ona viloyati prokuraturasiga bir necha bor qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanishga urindi. Biroq, hech kim javob bermadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 avgust 2016
May oyida moliyaviy piramida qurishda ayblanib Chinozlik Ahmad Ahmad Tursunboevning qamalishi ortida unga katta miqdorda pul va avtomobillar bergan ...
19 oktyabr 2017
Frantsiyaning Mediapart internet nashri tomonidan qo‘lga kiritilgan va European Investigative Collaborations (EIC) konsortsiumidagi hamkasblariga taqdim etilgan maxfiy ma'lumotlar O‘zbekistonning ...
16 aprel 2024
Xorazm viloyati Bog‘ot tumani Tibbiyot bo‘limi xodimlari nomidan yozilgan va Eltuzning telegram kanalida chop etilgan shikoyat maktubi yuzasidan navbatdagi ...
15 dekabr 2016
G‘arb davlatlari boshlagan 850 million dollar korruptsiya ishining asosiy figurantlaridan biri sanalgan Abdulla Oripov 14 dekabr kuni Bosh vazir ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...