Asosiy mavzular
12 iyun 2022

Zamonaviy san'at Yangi O‘zbekistonning joziba markazi

Avangard san'atning minglab qimmatli namunalari saqlanayotgan o‘zbek muzeylari va mamlakatda faol ijod qilayotgan 500 dan ortiq rassom ijodi O‘zbekiston uchun joziba markazi bo‘la oladi. Yiliga 90 millionga yaqin turist faqat Mona Lizani ko‘rish uchun Frantsiyaga safar qiladi.

Urganch muzeyida Bi bi si muxbiri Ibrat Safo galereya muhofizi Shirin Toshevga rassom Shuhrat Bobojon asarlarini osishda yordam bermoqda

O‘zbekiston muzeylaridagi asarlar ham targ‘ib qilinsa dunyo san'atsevarlarini o‘ziga jalb qila oladi.
Nukusdagi Savitsskiy muzeyi misolida bu xolat o‘z isbotini topdi. Ayni paytda Urganch¸ Samarqand va Toshkent muzeylaridagi asarlar va rassomlar ijodini chet ellarda targ‘ib qilish imkoni to‘la realizatsiya qilinmagan.
Ayniqsa 1984 yilda tashkil qilingan va shu kungacha deyarli noma'lum qolgan Urganch muzeyidagi zamonaviy san'at kollektsiyasi targ‘ibga muxtoj.

(chapdan o‘ngga)- Tursunali Karimovich Qo‘ziev, Shirin Tosheva, Yunus Safar Diyor

Shu bilan birga dunyodagi yetakchi modern art markazlari va rassomlarni O‘zbekistonga jalb qilish ortidan mamlakat jozibasini yanada oshirish imkoni bor.

Yunus Safar Diyorning «Qichqiriq» asari Urganch muzeyi oldiga o‘rnatilishi rejalandi

O‘zbek muzeylaridagi muxofizlar va san'atshunoslarni dunyo standartlariga mos tarzda malakasini oshirish zarurati ham mamlakat rahbari yaqinda imzolagan qarorlarda ko‘rsatib o‘tilgan.

Suratda: professor Xolnazar Omonov, rassom Shuhrat Bobojonov va san'atshunos Dilbar G‘afforova Germaniyadagi O‘zbekiston Bosh konsulligi qabulida

Bularni amalga oshirishda davlat idoralariga yordamchi o‘laroq chet elda yashaydigan va san'at olamida obro‘si bo‘lgan vatandoshlar tashkilot tuzish haqida qaror berishdi. Joriy yilning 27 may kuni Chexiyadagi Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti rahbari professor Xolnazar Amonov¸ taniqli rassom va jurnalist Shuhrat Bobojonov va Germaniyada faoliyat yuritadigan san'atshunos Dilbar G‘afforova O‘zbekistonning Frankfurtdagi Bosh konsulligiga tashrif buyurib bu loyiha haqida gapirib berishdi. Diplomatlar bu tashabbusni olqishlashdi va muzeylarga munosabat masalasi davlat rahbari diqqat markazida ekanligini urg‘ulashdi.

Urganch muzeyi zaliga osishga qo‘yilayotgan rang tasvir asarlari (jurnalist Ibrat Safo fotolari)

San'atshunos Dilbar G‘afforova yaqin kunlar ichida “o‘zbek san'ati do‘stlar kengashi” degan shartli nomdagi nodavlat tashkilotni Germaniyada qayddan o‘tkazishga kirishishini bildirdi. Tashkilotga O‘zbekiston va chet eldagi taniqli san'at arboblari¸ xususan britaniyalik mashxur rassom Yunus Safar Diyor a'zo bo‘lishga ishtiyoq bildirishgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 oktyabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 10-qismida muxbir undan o‘z ota-bobolari tarixi haqida so‘raydi. Video: ...
18 iyun 2018
Joriy oy so‘nggida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (O‘YoI)ning navbatdagi qurultoyi bo‘lib o‘tadi va unda mazkur tashkilot rahbari, prezidentning yoshlar siyosati ...
18 avgust 2021
Markaziy Osiyoning yirik davlatlari koronavirusga qarshi chuqur o‘rganilmagan vaktsinalardan foydalanmoqda. Ularda tanlov bormi? To‘qqiz oylik global emlashdan so‘ng G‘arbning ...
7 may 2019
«Eltuz» nashri Muhammad Bekjonning «Qo‘rquvning nariyog‘ida» (Alvido, Jasliq!) ikkinchi kitobi, 5-qismi audioversiyasini taqdim etadi. 2005 yilgi Andijon voqealaridan keyin ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...