Asosiy mavzular
17 iyun 2022

RTdan va'z: Xotin uradiganlar mamlakati


Qadrdonlarim bormisiz? Omonmisiz? O‘tgan xafta kasal bo‘lganlar bugun tuzalganidan, puli yo‘qlar bugun boyib bitib ketganidan hursandman. Bugun kasal bo‘lib yotganlar kelasi juma albatta tuzalib ketishadi. Qo‘li qisqalarning qo‘li uzayadi. Qo‘y emas qo‘chqor so‘yib topkaningizni qozonga bosasiz.  Bir tishlasang moy tishla deydi qiyotlik o‘zbeklar. Qo‘yning shoxini paxsa devor ustiga qo‘yamiz. Balo qazodan asrasin. Qo‘yning terisini momolar oshlaydi. Yaxshi kunlar uchun po‘stak bo‘ladi. Bolalar qo‘y suyagidan lanka yasap tepadi. Suyagini oshiq qilib o‘ynaydi…
Yeganingiz qo‘y, ko‘rganingiz to‘y bo‘lsin, ammo miyangizda o‘y bo‘lsin. O‘ysiz odamning hayvondan farqi yo‘q. Nima deysan, Matchon Suqulish?

Matchon Suqulish: To‘g‘ri aytasiz. Erkak borki erkaklarning naqshidir erkak borki hayvon undan yahshidir. To‘yda kuyovdan shapaloq yegan kelin haqida Germaniyadagi yirik nashr BILD yozib chiqdi.
RT: Moshin bozorda aravakashlik qiladigan o‘zbek kuyovning o‘z to‘yida kelinga shapaloq solgani videosi dunyoga tarqaldi.
Parij, London, Seul va Lissabondagi afkor omma aravakashning bu qilmishini insoniyat tarixidagi eng qabih ish deya la'natlashdi.
Chunki to‘y kuni – kelin uchun bayram. Bu bayramni buzish, qizginaning orzu umidlarini chil-parchin qilish Ka'batilloga o‘t qo‘ygan bilan teng.
Germaniyaning Myunxen shahrida yashovchi huquqshunos Lin Shvaysfutning yozishicha, ingliz tilidagi tvitter bu videodan portillab ketgan: (S)
«Eng hayratlanarlisi, bu odamning to‘y kuni hatto boshqalarning oldida ham xotiniga tajovuz qilish huquqini his qilish edi. U buni to‘liq jazosiz qildi. Hech kim e'tiroz bildirmadi, yonidagi boshqa odam hatto kulib yubordi.
Nega norozilik bo‘lmadi? Kimdir bu haqda politsiyaga xabar berganmi? Yoki ziyofat davom etdimi? Eng yomoni, bu yosh ayol o‘zini bu ochiq-oydin haqoratli va zo‘ravon munosabatlardan xalos qila olmaydi, degan fikrdir. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka jamiyat toqat qilishi aqlga sig‘maydi.»
Asli Shotlandiyalik bo‘lgan Shvaysfurt xonimnig yana yozishicha, mabodo bu voqea Shotlandiyada bo‘lganida kelinning dugonalari bu erkakni yotqizib, baland o‘kchalari bilan tepkilab tashashardi. Mabodo o‘ldirib qo‘yishsa, sud bu dugonalarni oqlardi.
Ehh Shvaysfut xonim siz mening rahmatli qarindoshim  Hikmatullo og‘a o‘z xotini Anabiyini qanday savalaganini ko‘rmagansiz-da. Hikmatullo og‘a o‘z xotinini yomon urardi. Urib, tepkilab tashardi. Bir gal Anabiyi opa zolim eridan qochib, beton ariqqa borib yiqildi. Shunda Hikmatullo og‘a borib, Anabiyini tepib, tepib beton ariq ichiga preslab qo‘ydi. Bechorani tani beton ariq shakliga kirib, to‘rtburchak bo‘lib qolgandi. Xotin urish ashnaqa bo‘ladi. To‘y kuni bitta shapaloq urgan kuyov qilmishi hali holva.
Shu kunda xotini qiz tug‘ib, roddomdan obchiqayotgan ota-enalar yana 18 yoki 20 yildan keyin bu qizningizni eri savalaydi. Tayyor turaveringlar.

Ayolni tahqirlash uchun uylanish

Namanganlik ayol prezidentdan Abror Muxtor Aliy qo‘lida bo‘lgan qizini qutqarishni so‘radi.
O‘zini diniy bloger Abror Muxtor Aliyning qaynonasi deb tanishtirgan ayol Abror Muxtor Aliyni qizi Mo‘'mina Abdullaevaga aldov yo‘li bilan uylanish, uni tahqirlash va qiynoqqa solish hamda qiz oilasi a'zolariga tahdidlar qilishda ayblab chiqdi.
Shevasidan namanganlik ekani ishonilgan bu ayol audioda  O‘zbekiston prezidentiga murojaat qilib, Abror Muxtor Aliyga nisabatan chora ko‘rishni yig‘lab so‘ragan.
Hozirda Misrda istiqomat qilishini aytgan bu ayol Abror Muxtor Aliyning xotinlaridan biri bo‘lgan qizi Mo‘'mina hayotidan xavotirda ekani, ammo Abror Muxtor Aliy bilan muloqot qilishga qo‘rqishini ma'lum qilgan.
Ayol, shuningdek, O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoevaga murojaat qilib, yordam qo‘li cho‘zishni so‘ragan.
Ayol ilgari surgan iddaolar bo‘yicha Abror Muxtor Aliyning javobi hozircha ma'lum emas.
46 yoshli Muxtor Aliy ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining ziddiyatli diniy da'vatlari bilan tanilgan.
Musulmonlar idorasi mulozimi Abror Abduazimov o‘z xotinini mana bu shakllarda kaltaklar ekan:
1. Kalla qo‘yish. Xotinni turg‘azib qo‘yib, uzoqdan yugurib kelib, kalla solar ekan.
2. Bo‘ynidan bo‘g‘ib qorniga teparkan.
3. Xotininin tishlab-tishlab tashlarkan qashqirga o‘xshab.
4. Sochidan changallab, yuziga musht urarkan.
Bu omillar Abror Abduazimov ruhiyatidagi siniqlikdan dalolat. Asosan yoshligida jinsiy zo‘rlanganlarda bo‘ladigan kompleks, «kompleks nepolnotsennosti» – ruhiy travma. Musulmonlar idorasi bu holatga izoh bersin. Mutassaddi organlar bu ruhiy kasal odamni jamiyatdan izolyatsiya qilsin.

Qodiriy personajlari

Abdurahmon domla yoshligida bachcha va ichi qora bo‘lgan va Anvar Mirzoning ustidan yumaloq xat yozgan.  Madrasa mudarrisining o‘g‘li Kalvak maxzum ham bachcha bo‘lgan va unga «xo‘ja ko‘rsinga» olib berilgan xotinni urib o‘ldirgan. Tarixdan ma'lumki, bu mullalar miyasida aql o‘rniga sperma oqadi. Toshkentlik katta bir imomning hali nikohi rasman bekor qilinmagan juvonni o‘ziga nikohlaganini bilamiz.
Toshkentdagi imomning masjid ichida muazzinning xotiniga asbobini emdirganini ham eshitganmiz. Bundan  ikki yilcha oldin diniy voiz Hamidov guvohligida kaptivada nikohlangan ayolning A. Muxtor Ali ustidan shikoyati ortidan bu A. Muxtor Alini rahmatli Anvar qoraka ishdan bo‘shatvorgan edi. Endi xotin ustiga xotin olishdan boshqa ma'rifati yo‘q bu abujohil  Muxtor ali Misrda yashaydigan bir namanganlik qizni uylanish uchun O‘zbekistonga olib kelib muttasil xo‘rlagani o‘rtaga chiqdi. Bu qizning enasi «shariat» shuni taqozo qildi deb qizini xotin ustiga xotin qilib bervorgani aniq bo‘ldi. Qizning enasi prezidentga arz qildi. O‘zbekiston bu bachchabozlar va pedofillar gullab yashnaydigan Afg‘oniston emas. O‘zbekiston dunyoviy demokratik devlat. O‘zbekiston qonunlarida ko‘p xotinlilik taqiqlangan. Shulardan kelib chiqib bu ozobochenniy mullalarni qonun talabiga ko‘ra jazolash lozim.
So‘z navbati O‘zbekiston Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqovaga. Ortiqova xonim bu pedofil shilqim shahvoniy mullalarning onasini o‘zingiz tug‘ilgan Uchqo‘rg‘ondan ko‘rsatishligingiz joiz bo‘ladi.

Ayollar huquqi

MS: Tuz og‘a, nega Ayollar huquqi haqidagi gap nega ko‘pchilikka yoqmaydi?
RT: Shu yerda Shahnoza Soatova fikrini eshitsak
«Biz nima uchun o‘zbek jamiyatida «ayollar huquqi» deb gapiramiz va bu ko‘pchilikka yoqmaydi?
Buning sabablarini bilish uchun qiz bola bo‘lib tug‘ilish kerak.
Shaharga o‘qishga, yo olimpiada-seminarlarga xorijga ketish uchun kechalari uxlamay «ishqilib ruxsat berishsin» deb Ollohdan iltijo qilib chiqish kerak.
Kelin bo‘lib ko‘rish kerak. Qo‘lingga bitta uzukni mahr deb tutqizib, ota-onang yemay-ichmay, qizim tinch bo‘lsin, deb 5-10 ming dollarga qilgan sepidan ayb topishlariga chidashing kerak.
Eringdan bunga qarshi bir og‘iz e'tiroz kutma, o‘sha paytda u kar-ko‘r bo‘lib oladi.
Tug‘ruqxonada to‘lg‘oqdan sutkalab azoblansang-da, vrachlar «kesarcha kesaylik» deganiga qaynonang va ering ruxsat bermasa, o‘z tanangga o‘zing ega chiqolmay, ming azobda oxiri ko‘zing yoriganda boshi qattiq lat yegan nogiron farzandni qo‘lingga tutqizishsa, «kasalmand bola tug‘ding» deb ta'nalarga ko‘mishsa, ovoz chiqarmay ko‘zyoshlaringga ko‘milishing kerak.
Ering bilan birga nonushta qilganing uchun qaynonang dodingni berganida, kechqurun ishdan qaytgach unga tabassum qilishga ham qo‘rqish nimaligini tuyishing kerak.
«Nuqul xo‘mrayib kutib oladi» deb ustingga xotin olganida esa, ko‘nishing kerak.
Ko‘nib ham biron marta eringga «ikki xotin aro adolat qil» demasliging lozimki, yo musht tagida qolasan, yo javobingni olasan.
Mabodo ishlashga ruxsat berishsa, ish kuning soat 6 da tugasa-da, soat 6 yarimda kechki ovqating pishmasa, tamom. Lekin oyligingni tiyinigacha olib qo‘yishlari mumkin.
Ishxonangda esa seni «bu ayol, tug‘adi, bolasi kasal bo‘ladi» deb lavozimlarga loyiq ko‘rmasliklari mumkin.
Shunday yashab, chidab, oxiri yaxshi qaynona bo‘lolmasang, faqat o‘zing aybdorsan.
Bunga chidamay, ajrashsang ham sen aybdorsan.
Umuman, sen har doim aybdorsan.
Buni gapirsang, aybdorsan.
Jim tursang, aybdorsan.
Ketsang, aybdorsan.
Qolsang, aybdorsan.
Erkaklar, hamma mas'uliyat menda, sen uyda o‘tir, itoatkor bo‘l degan erkaklar bu holatni o‘zgartirmasalar, islohni o‘zlaridan boshlamasalar, Islomdan ham, an'analardan ham faqat o‘zlariga yoqadigan tomonlarini olib, omuxta va qulay bir tutumlarni yaratib olgan bo‘lsalar, bu tutumlar onalari, opa-singillari, qizlariga ham zarar yetkazishini bilib ham, vaziyatni o‘zgartirmasalar, chidaysan!
Tushunmaydilarki, har qanday isyonlar zulm ortidan kelib chiqadi. Isyondan keyin hammasi battarroq bo‘lishi mumkin, ammo isyon qiluvchilar ahvolni yaxshilash uchun emas, holatga chiday olmaganlaridan dod demoqdalar…
«Gender tenglik» desa sakrab tushayotgan, ayollar huquqlari haqida gapirganlarga turli yorliqlar ilayotganlar, Sizlar oqibat bilan kurashyapsizlar.
Sabablarni ham ko‘ring, adolat qiling!

Shahnoza Soatova

Kishanlar sinmasmi…

O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra, ayol kishi erkaklar bilan teng huquqga ega.  Mavjud qonunlarga ko‘ra, bitta ayolning guvohligi bitta guvohlik deya qabul qilinadi. Ayolning eriga itoat niqobi ostida qul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Zanjirmi Sharq qizining qo‘llarinda, Bir kuch topilmasmi, kishan sinmasmi.. Rauf Parfidan misra edi bu.

Qisqa xabarlar

Samarqandlik qashshoq  otasi va akacini bolta bilan vahshiylarcha chopib o‘ldirib xonadoniga ko‘mib qo‘ydi.  Marhumning akasi IIBga otasi va ukasi yo‘qolib qolganini aytib, murojaat qilgan. Tekshiruvdan so‘ng, marhumning boshqa bir ukasi qotillikni sodir etganini ma'lum qilgan. Padarkushlik Samarqandda birinchi marta bo‘layottani yo‘q…..
+++
Farg‘ona viloyati Quva tumanida Yo‘l Patrul Xizmati inspektori xizmat vaqtida haydovchidan pora  oldi va u bu o‘ziga nisbatan uyushtirilgan “tadbir” ekanini sezib qolib, olgan pulini og‘ziga tiqib yutib yubordi. Porani qusdirishmasin deya bu mirshab oldi-orqasiga qaramay qochdi. Qochayotib quvalik YPX inspektori yugurish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi.
+++
Samarqand viloyati Jomboy tumanida tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelgan Germaniya vatandoshini o‘ldirgan 5 kishi sud hukmi bo‘yicha 18 yilgacha bo‘lgan muddatga qamaldi.
Ma'lum bo‘lishicha, 2021 yilning dekabr oyida 47 yoshli Germaniya vatandoshi Abdulvahhob Qayumiy Jomboydagi o‘zi yashab turgan uyga elektr tarmoqlarini sozlash uchun usta chaqiradi. Xorijlik tadbirkorning uyida ko‘p miqdordagi pulni ko‘rib ustaning fikri buziladi. Shundan so‘ng to‘rt sherigini yoniga olib Germaniya vatandoshi uyiga bosqin uyushtirib  uy egasidan pul talab qilishadi. A.Qayumiy xonadonida pul yo‘qligini aytgach, uni do‘pposlab qiynashadi va qo‘l-oyog‘ini sindirib qochib ketishadi.
Shifokorlarning muolajalariga qaramay, Qayumiy shifoxonada o‘ldi.
Uydagi kuzatuv kamerasida bosqin kadrlari saqlanib qolgani sababli IIB xodimlari jinoiy guruhni qisqa muddatda qo‘lga oladi.
Sud hukmiga ko‘ra, jinoyat tashkilotchisi bo‘lgan elektr ustasiga 19 yil, uning uch jinoiy sherigiga 16 yildan 18 yilgacha qamoq jazosi berilgan. Bosqindan xabardor bo‘lgani holda ularni tadbirkorning uyiga olib borib qo‘ygan taksichi 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. O‘zbekcha gop stopchilar qamag‘da.

+++
O‘risqul manqurtlar Rossiya elchixonasiga ta'zimga bordi. 10 iyun kuni Rossiya kuni munosabati bilan elchixona sho‘rva osib och yalang‘ochlarni chaqirdi. Norov bilan Umrzoqov yugurgilab borishdi. Uyatsiz Farrux Zokirovning ta'zim qilishini ko‘ring. Jiyani Nargizani xor qilgan o‘rislar paytavasini o‘pmoqchi. Ukraina elchixonasiga borish norasmiy tarzda taqiqlangandi, xolislik buziladi deb. Rossiya elchixonasiga borilsa xolislik buzilmas ekanda

Gumma boshqa go‘mma boshqa

Gumma bu uxo gorlo nosdan tayyorlangan arzon perajka. Qashshoqlar yemishi. Go‘mma bo‘lsa sifatli un, kunjut yog‘i va qo‘y go‘shtidan tayyorlanib tovada pishiriladigan taom.  Go‘mma bu ko‘mma ya'ni ichiga et ko‘milgan xamir ma'nosini beradi. Xorazm laparlarida tilga olingan ikki lyuks ovqatning biri.
«Dayanimda yursangiz yeganingiz go‘mma barak»
Rahmatli Ravshan momom boqchada oshpaz bo‘lib ishlagan va yumurto barak bilan go‘mma pishirish bo‘yicha katta mahorat egasi edi. Ravshan momomning go‘mmasi mana bunday pishirilardi. Qo‘y dumbasi va yosh qo‘zi go‘shti aralashtirilib etchoparda maydalanadi.  
Go‘sht − 500 gramm; Kunjut yog‘i − 50 + 15 gramm; Un − 1 kilogramm; Piyoz − 200 gramm; Pomidor − 20 gramm; Yumurto − 1 dona; Suv − 250 ml; Echki suti − 250 ml; Ko‘kat, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni: Echki suti, tuz va o‘simlik solib aralashtiriladi. Alohida idishda un va yumurto solinadi. Ular yaxshilab aralashtirilib, xamir qoriladi. Xamir tinishi uchun 30 daqiqaga xona haroratida qoldiriladi. Bu paytda Qoromon oq piyozi mayda to‘g‘raladi. Ijjon (Qiyma go‘shti) qizigan  kunjut yog‘ida salgina  qovuriladi. Ustidan piyoz va ziravorlar solib g‘ijimlanadi.  Qovurilgan qiyma alohida idishga olingandan so‘ng ko‘kat va pomidor bilan aralashtiriladi.  Go‘mma ijjoni hosil bo‘ladi. Xamir yupqa qilib yoyiladi va piyola kattaligida aylana shakllarga bo‘lib chiqiladi. Ichiga qiymali «ijjon» yupqa qilib yoyiladi. Xamir ikkiga bukilib, oymoma shaklida chetlari yaxshilab yopishtiriladi. Tovadagi qizib turgan yog‘da  ikka tarafi qizargunguncha qovurib olinadi. Go‘mmaning mazali ekanini ichidagi so‘li belgilaydi. Ravshan momodan keyin bu retseptni uning kelini Shukurjon momo biladi… Ofiyat bol, shakar bo‘lsin. Qissadan xissa. Gumma boshqa go‘mma boshqa.
Kiborlar go‘mma yeydi, qashshoqlar gumma. Bu gapimni Jahongirga aloqasi yo‘q. Otajonov – jo‘mard vatandosh.

Shoir va pilesoschi

Ammo men bilgan aksar qo‘shiqchilar zehniyati tilanchilik va ta'magirlikdan tarkib topgan. To‘ylarda pul olib o‘rganib qolishgan. Birovning qo‘liga qarab turishadi. Boy otalarni maqtab ashla aytishadi. Cho‘ntagidan chiqarib bir tiyin to‘lagisi kelmaydi.
Bir hurmatli xalq artisti Urganchda men ishlagan xususiy TVda reklama beradigan bo‘ldi. U samimiy bir shaklda: «Cho‘ntagimdan pul bera olmayman. Printsiplarimga zid. Kirgan narsa chiqmaydi», deya boshqa variant taklif qildi. «Hazoraspdagi bir to‘ydan tushgan pulni pilesoschilar sizga beradi. Men faqat dogovorni olsam bo‘ldi,» dedi. TV buxgalteri o‘sha kuni kech soat 12 gacha to‘yda o‘tirib, reklama pulini olib kelib, kirim qilgandi.  
Muddaoga o‘tsam. Sanjay degan Checheniston xalq artisti shoir Usmon Azimning she'rini so‘ramasdan qo‘shiq qilgani uchun shoirga tovon to‘lash bo‘yicha sud qarori bor. Qaror ijro qilinishi kerak. Sanjay shu pulni tanga bilan to‘layman, kimning uyida ortiqcha tangasi bo‘lsa, menga obkebersin, deya muxlislariga yuklama qildi. Bu bilan u go‘yo xalq shoirini pastga urmoqchi. Ayni paytda jarima pulini muxlislardan undirmoqchi. «Qo‘shiqchi – haq. Shoir – haqsiz», deyilgani qulog‘imga chalindi. Birinchidan, shoir Usmon Azim – mustaqillikdan oldin erk haqida kuylagan, millat yetishtirgan ulug‘ shoir. Sanjay esa Checheniston prezidentiga laganbardor qo‘shiq aytib, kremlparast o‘lka xalq artisti bo‘lgan va sirli tarzda u yerdan dumi tugilgan.  
Sanjayning jamiyat ikonastasida tutgan o‘rni xalq shoiri Usmon Azimovdan ancha tubanda. O‘rni yo‘q desayam bo‘ladi.  Ikkinchidan, she'r – shoirning intelektual mulki. Xuddi rasm – rassomniki, haykal – haykaltaroshniki, musiqa – bastakorniki bo‘lgani kabi. Iznsiz, o‘g‘irlab qo‘shiq qilish, qaerdan qarasangiz ham, noto‘g‘ri.
Shu bois har kim haddini bilgani yaxshi. Millatning so‘ng 100 yillik tarixidagi eng yaxshi ijodiy guruh a'zolarini sanashim uchun qo‘limdagi barmoqlarim yetadi. Bu guruh ichida Usmon Azim bor. Usmon Azim daxldor bo‘lgan guruh ijodining yetukligini davr ham davron ham tan olgan.
Ayni paytda yuzminglab qo‘shiq aytuvchilar suruvi bor O‘zbekistonda. Ularning san'atga aloqadorligini hali na davr, na davron va na estetika tasdiqlagani yo‘q.
Soqol qo‘ygan odam darrov taqvoli bo‘lmagani kabi zo‘r ijrochi ham bo‘lib qolmaydi.
Bu gaplarim xalq yozuvchisi Usmon Azimni kamsitmoqchi bo‘lgan ashlachi Sanjay va uning haybarakallachilarga dakkidir. Millatning ulug‘ shoiri Usmon Azimni sazoyi qilmoqchi bo‘lgan taviyalarga dakki bergandim sal oldin. Ramzanni ulug‘lab «binnasa» bo‘lgan tipning nito harakatlaridan keyin, darrov barmog‘im bilan po‘pisa qilib, yozib qo‘yuvdim. Gap egasiga yetdi.  Ammo bu ovsarsimon gala haqiqiy shoir kim va uni hurmat qilish odobi mashvaratini hali ham anglab yetmadi. Usmon akani menam o‘z vaqtida tanqid qilganman. Usmon akani marhamat Murod Karim tanqid qilsin, Baxrom Ro‘zimuhammad tanqid qilsin. Ularning haddi bor bu ishga. Ma'naviy huquq qozongan. Ammo, kema qozonxonasida go‘lahlik qilishga ham salohiyati yo‘q kimarsalar yurt oydiniga ishtonini yechib ko‘tini ko‘rsatsa, u kimarsalarning boshiga so‘yil yoki gurziyu gavron bilan solish yana Rassom Tuz zimmasiga tushdi. So‘z erkinligi johil bitliqi ramzanparastlarga kelganda darhol to‘xtaydi. Tormoz bosiladi. Uyga kirib olib g‘ing‘illayotgan chivin o‘ldiriladi, pashshaga dixlofos sepiladi. Shu yerda nuqta. Shoir she'rini o‘qiymiz.

Qo‘shiq aytar bo‘lsam yuragim to‘ldi,
Yig‘lashdan ko‘r bo‘ldi oydin ko‘zlarim.
Eski do‘stlarimning hammasi o‘ldi,
Hali tug‘ilgan yo‘q yangi do‘stlarim.
Ko‘ylagim hilpirar Vaqt shamolida,
Ikki yonboshimda tubsizlik — yovuz.
Chiqaman yolg‘izlik istiqboliga
Boshlarim — lovullab, yuragim — sovib.
Uvlayman samoga boshimni burib,
Ovozim yetmagay ammo tangriga.
Ko‘zi ko‘r dunyoday dovdirab yurib,
Kiraman o‘zimning muzday qa'rimga.
Meni asta-asta xazon aylar dard —
Meni yuta boshlar torlik, tanqislik..
«Yo‘lim qani?», deyman — ko‘rinadi qalb,
«Manzil qayda», deyman — kelar yolg‘izlik.

Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
11 aprel 2021
Namangan viloyatining Kosonsoy tumani «Cuvoqova» korxonasi direktori Muhammadali Kamolov doxil jami to‘rt kishi tashkilot chilangari Abdullo Eshonxo‘jaevni 7 aprel ...
2 oktyabr 2015
Xazorasp tuman xokimi Qurbonov O‘ktamboy Qo‘chqorovich respublikaning butunligiga shak keltirib va fuqarolarning harakatlanish erkinligini bir tuman miqyosida to‘xtatib qo‘ygan. ...
2 mart 2018
19 yillik tutqunlikdan keyin «Erk» demokratik partiyasi faoli 54 yoshli jurnalist Yusuf Ro‘zimurodov 22 fevral kuni Chirchiq qamoqxonasidan ozod ...
9 aprel 2018
Bu yil bahorga chiqib Toshkentda piyoz xor bo‘ldi. Ayrim mahallalarga, ko‘p qavatli uylar orasidagi ariqlarda qop-qop to‘kib tashlangan piyozni ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...