RTdan va'z: «Nol» soni ixtiro qilingan o‘lka
Mana yana xafta aylanib, siz bilan yuzma yuzman. Hafta ichida butun taraqqiyparvar dunyo Rossiya bosqiniga qarshi mardonavor kurashib o‘z mustaqilligini himoya qilayotgan Ukraina bilan hamdard bo‘ldi. Ayni paytda yuz minglagan o‘zbeklar kreml quliga aylanib, bosqinchiga maqtov aytadigan taviya maxluqqa aylanib bo‘lgani ham o‘rtaga chiqdi. Ukrainaga bostirib kirgan Rossiya askarlaridan 37 ming nafari o‘lim topdi. Ular Ukrain tuprog‘iga o‘g‘it bo‘ldi.
Maqolda aytilganidek, kim o‘zga yurtga qilich ko‘tarib kirsa, o‘zi o‘sha qilichdan o‘ladi. Birovning yurtini nayza bilan olish mumkindir balki. Lekin nayza ustida o‘tirib bo‘lmaydi.
Matchon Suqilish: Nayza ustida o‘tirsa nayza ko‘tiga kirib ketadida… Tuz og‘a nayzani bosqinchi dushmanning qoq yuragiga suqish bo‘yicha Xiva xoni Sherg‘ozixonga teng keladigani bo‘lmgan. Sherg‘ozixon Bekovich Cherkazskiy boshchiligida bostirib kelgan o‘rislarni ushlab tiriklay terisini shildirgan. Ammo xozir Ukrainada nayza emas tsifrovoy texnologiyali qurollar bilan o‘rislarni pachkalab o‘ldirishmoqda.
RT: Matchonboy, o‘sha sen aytgan tsifrovoy texnoligiyaga ham Xorazmlik olim asos solgan. Al Xorazmiy degan olim «Nol» raqamini o‘ylab topib, unga «Hech narsa» yoki «Bo‘m bo‘sh» degan ma'noni beruvchi «Sifr» deb nom qo‘ygan. Sen aytgan tsifr ana shu.
MS: Yo‘qay Tuz og‘a. Rostanmi?
RT: Ha, albatta rost. Po‘rsi degan joy bor Toshovuz bilan Shovot orasida. O‘sha yerda ixtiro qilgan nolni.
MS: Ha bildim. Shuning uchun ham Po‘rsi bilan Toshovuzda ahvol «nol» ekan.
RT: O‘z vqtida yevropada ham nol bo‘lmagani uchun ishlar nol bo‘lgan.
Zero (nol)
Siz Rassom Tuzni ko‘rib eshitib o‘tirgan elektron uskunasi raqamli dasturlashsiz mavjud bo‘lmagan bo‘lardi. Raqamli dasturlash esa 0 (zero) raqamisiz mavjud bo‘lmas edi. Yevropaliklar 13 asrning dastlabki yillarida italyan matematigi Fibonachchi muomalaga kiritmaguncha nol raqami mavjud emas, degan fikrda edilar. Fibonachchi nol raqami bilan Shimoliy Afrikada Al Xorazmiyning «Kitobul muxtasar val jabr va muqobala» degan kitobi orqali Xorazmiy ishlatgan “sifr” so‘zini olgan va biroz lotinlashtirib zefirum (zephyrum) so‘zini qo‘llagan. Vaqt o‘tgan sayin bu so‘z ham o‘zgarishlarga uchrab, italyan tilidagi zero (nol) shaklini oldi. Albatta, tushunchaning o‘zi bilan birga, Fibonachchi uni yozuvda ko‘rsatishi ham kerak edi. Rim raqamlari orasida nol mavjud emas edi (qaerdan ham bo‘lsin), nima bo‘lsa-da, rim raqamlari bilan o‘nlik sonlarni ifoda qilishning imkoni yo‘q: XX ni LXVII ko‘paytirishdan ko‘ra 20 ni 67 ga ko‘paytirish ancha osonroq kechadi. Shuning uchun Fibonachchi arab raqamlarini muomalaga kiritdi va shu sabab tipograflar ushbu raqamlarni «arab raqamlari» deb atashadi.
MS: Nolda xosiyat ko‘p. Mana senator Sodiq Sapoev sharofati bilan prezident vakolatlari ham nollashdi.
RT: Sodiq Sapoevning aytishicha, preziden sro‘gi «no‘llashadi va prezident bu imkoniyatdan foydalanadi». Xo‘p, buni qanday tushuntirsam ekan. Siz bir odamni yerga yiqitib oyoq qo‘lini boylaysiz va cho‘ntagidagi karmonini olib qo‘yasiz. Keyin unga qarab «karmoningni oldim, shuni bilib qo‘ygin» deysiz. Qo‘l oyog‘i bog‘liq odam nima qiladi. Taqdirga tan beradida. Endi yana bir gap. Biz ipoteka krediti degan narsani G‘arbda mortgeytch deyiladi. Bu eski lotindagi mort ya'ni o‘lim so‘zi o‘zagidan yasalgan. Ya'ni qarzdor o‘lsa ham shu pul to‘lanishi kerak. O‘zbekistonda ham prezident lavozimini forever ya'ni abadiy deb qo‘yish kerak. Prezident o‘z lavozimidan tobutda keta oladi. Beka ham tinsin bekach ham. O‘yin qoidasi miyamizda qanday bo‘lsa, qog‘ozda ham shunday bo‘lsin. Oshing halol bo‘lsa ko‘chada ich. Nollashtirish bu Rossiyadan kopiya. Balki Rossiya shunday deb tavsiya bergandir.
Status KVO
MS: O‘zbekiston rahbarlari Putinga laganbardor bo‘lib ko‘ringan bo‘lsa ham aslida Putindan hazar qiladi deggan gumondaman. Qarang, Rossiya kunida Putinni tabriklaganlar orasida O‘zbekiston yo‘q edi.
Status kvo. Ya'ni hozirgi vaziyatda Shavkat Mirziyov liberalizm, oshkoralik va ochiqlik tarafdorlari uchun ma'qul. AQSh qo‘mondoni dohil boshqa o‘nlab G‘arb vakillari bilan uchrashgani ham, Rossiyadan asta sekin masofalanmoqda degan umid beradi. Paytdan foydalanib, Rossiyaga o‘rta barmoq ko‘rsatgan ozari yo‘lboshchisi va Qorabog‘ g‘oziysi Ilhom Alievning O‘zbekistonga kelgani ham bu umidimizni mustahkamladi. Deylik, biror yildan keyin prezident muddati bitib, yangi nomzod qo‘yiladigan bo‘ldi. Biror yildan keyin Rossiya o‘lim talvasasida bo‘ladi va O‘zbekistonga g‘irt o‘risparast vassalni qoziq kabi qoqib ketishi mumkin. Tarixda ko‘p ko‘rdik. Shu bois Konfutsiy aytganidek, status kvo ya'ni bor narsaning umri yana uzayganida balki yaxshilik mavjud. Yana Tangri Taborak bizdan yaxshiroq bilguvchidir.
Pampers
RT: Ammo davlat rahbari yosh bolaning ko‘tidagi ko‘tlik ya'ni pampersa o‘xshaydi. Pampers qancha zo‘r va qimmatbaho bo‘lsa ham almashtirish joiz. Bo‘lmasa sasib ketadi. Hali ko‘p martalik pampers o‘ylab topilmagan. Mana dunyodagi eng krutoy qo‘shiqchi Tarkan ham qo‘shiq aytib chiqdi. «Ammo yetar ortiq, angladik, tamom. Tush otam ortiq, tush yoqamizdan.»
MS: O‘ynama shiqidim shiqidim. Og‘a, siz har xil tarakanlarning gapiga e'tibor bermang. Dunyodagi eng aqlli odam bo‘lgan Matchon Suqilish gapini gap deb bilavaring. Ovo…
RT: Qani gapirchi Matchon. Nollashtirish nimaga kerak? O‘zbek maqollari ichida har turlisi bor. Ko‘p maqollar mutelikni oqlab zulmga chidashga chaqiradi. Ammo ba'zi maqollarda boshliqning haddan oshgani tasvirlanadi. Masalan «Ko‘tingni bersang tashog‘igacha tiqadi», » Berganing yarim kulcha, sikkaning tongacha», «Uchini tiqaman deb kelishadi va tomog‘ingacha tiqvoradi», «Barmog‘ingni uchini bersang tirsagingacha yutadi» «Bo‘qing dori desang quduqqa sichadi».
Bu maqollarni ba'zilar Sodiq Sapoevning konstitutsiyani o‘zgartirish haqidagi gaplariga izox o‘laroq tarmoqda yozishdi. No‘llashtirish bo‘yicha yana qanday dalil keltira olasan Matchonboy?
Matchon suqilish nima deydir
Tasavvur qiling, o‘zbek oilasi. Kotta xovli. Ota bundan 7 yil oldin katta qurilish boshlab qo‘ygan. Buning ustiga og‘ilxona tiklab xovuz ham kavlamoqchi. Shu ishlarni boshlaganda 4 yilda bitiraman degandi. Keyin yana to‘rt yil so‘radi. Dunyoning ishi qachon bitibdi? To‘rt yil po‘rt yil demasdan otajon umringiz yetganicha shu xovlida nima qisangiz qivuring. Bizga siz kabi ota nasib qig‘anidan xursand yurouramiz. Hech zamondayam otaga srok qo‘yiladimi? Hech zamondayam otaning bo‘yniga soat osib qo‘yiladimi? Mabodo, enangiz huluu qilib otangizni taloq qimasa bo‘ldi. Azroyil keguncha xovlida nima qisa qilsin.
Prezident ham otaday gap. Yana uch yildan keyin «vaabshe saylanmaysan» deb u kishining ko‘nglini og‘ritguncha borib kabatulloni po‘rtillatganimiz ma'qul. Birinchidan agar prezident uch yildan keyin ketishi aniq bo‘lsa anavi mo‘ylov va uning karmashkasi Jo‘xa Yirtiqxo‘ja umuman bo‘ysinmay qo‘yaadi. Zonada sro‘k motat qilayotgan uchta prokuro‘r va SNB kottalari ham g‘imir g‘imir boshlaydi. Mamlakatdagi mavjud bardak va anarxiya o‘n misliga ko‘payadi. Shundog‘am o‘ng qo‘l chap qo‘l nima qilayotganini bilmaydig‘on, it egasini pishik bekasini tanimaydig‘on bo‘lib ketdi. Endi mana «umrining oxirigacha mashi odam o‘tiradi» degan gap to‘chniy aniq bo‘ldi. Anular haddidan oshmaydi endi.. Qo‘rqadi. Kuch qudratli odamlar prezident atrofida konsolidatsiya bo‘ladi. Birlik birdamlik bo‘ladi. Baraka va ertangi kunga ishonch. Bugun fundamenti qo‘yilgan uylarning tomi yopilishi aniq bo‘ladi. Somiy tilida buni istiqror deydi. Inglizchada stability. Tasavvur qiling kemadasiz. Kema darg‘asi yarim yo‘lda okean o‘rtasida almashdi. Uni olib tryumga qamab o‘rniga bir qo‘lli banditni qo‘ydik. Shu bilan kema yurishi tezlashadimi. Ëki bir qo‘lli bandit yelkanlarga uflab manzilga tez boramizmi. Katta ehtimolda bir qo‘lli bandit rom bo‘chkalarini olib chiqib ayshu ishratni boshlab yuboradi. Kuyovlariga kemada xolagan ish qilish huquqini beradi. Kema ichida nepotizm, anarxiya vujudga keladi. Oxirida kemani tagini kalamushlar teshadi va kema ummonga g‘arq bo‘ladi.
Shu kerakmi bizga? Shu kerakmi senga? Balki anavinga kerakdir? Menga naprimier sapsem kerak emas. Sizlar «ana amerikada ikki srokku» deb so‘zamollik qilmang. Amarika tuzilganiga 200 yildan oshdi. Yangi O‘zbekiston yoshi yettida. Yana ikki yuz yildan keyin bizam balki ikki bo‘lmasayam uch srok qilarmiz har biri o‘n yildan. Niyatti yaxshi qilaylik. Mana yonimizda o‘ris oyboltasini charxlab, bizga ishtaxa bilan qaraaaab turibdi. Shu o‘risga povod bermaylik. Bir tarafdan esa bachchaboz hezalak toliblar sharvoriga siyib o‘tirishibdi. Bir tarafdan xonsu xittoy basharasini bo‘qday qilib o‘tiribdi. Koshki, qo‘shnilardan yolchigan bo‘lsak. Mamlakatni boshqaraman mana programmam, mana kadr zaxiram deya yeng chizg‘ab turgan alternativ kuch yo‘q. Qayag‘dagi ishidparast tolibonmiyalar o‘zlaridan binnasa yasab, ko‘knori hayol qilib o‘tiribdi. Yana aytaman, prezident bu ota. Otaga respekt va uvajuxa yarashadi. Ëki bizaram Abdullatifga o‘xshab taxt talashib otani o‘ldirib padarkush bo‘laylikmi? Ulug‘bek o‘ldirilganidan keyin Turkistonda rafoq ham xuzur ham xushuu ham bo‘lmadi. Tarixdan saboq chig‘orib prezidentga to o‘lguncha shu taxtda qolish huquqini beraylik. Ammo aytib pisanda ham qib qo‘yaylik. «Biratim bu huquqni faqat sizga berdik. Kuyovlar qizlar va xotingizning son sanoqsiz qarindoshlariga emas». Menimcha, bu gapni o‘ratepalik birat tushunadi, biz aytmasak ham. Ana oldingi yurtboshining qafasda o‘tirgan qizi dars uchun ko‘rgazmali qurol. Yana bir iltimos. No‘llashtirish haqida ochiqdan-ochiq aytgan Sodiq Sapoevni ham malomat qib kalish bilan urib tashamaylik. Sodiq Sapoev eng yomon odam emas. Ëmonni ko‘rmabsizlar sizlar. Shunaqa o‘tirgan o‘rnimizda qum tosh bo‘lib qotaylik. Prezidentimiz hali bir nihol. Zaminga ildiz otib chinor bo‘lsin. O‘rusiyat yoki ko‘zi qisiq xitoylardan keladigan to‘fon va duvaraylar uchirib yubormaydigan ulkan chinor bo‘lib qad ko‘tarsin. Butun o‘rta osiyo bu chinorga qarab «voox» deb hayron qolib fahrlanib, shu chinor soyasida o‘tirsam deya orzulansin. Mamlakat mustaqilligi doimo bo‘lsin.
RT: Shu oxirgi jumlaga qo‘shilaman. Mustaqillik doim bor bo‘lsin. Matchonboy, sen odamlar bilan gaplashasan nima deyapti ular?
MS: Odamlar o‘qishni bilmaymiz. Hamma narsani multpilm qilib tushuntirib beringlar. Avtobus multserialini tiriltiringlar deb iltimos qilib yotishibdi.
RT: Mana bo‘lmasa stsenariy.
Avtobus
Mana deylik, 7 yildan beri yuraverib, shalog‘i chiqqan avtobus. Bitta g‘ildiragi hanuz yo‘q. Uni shatakka olgan o‘ris traktorchi Ukrainaga yosh go‘daklarni o‘ldirish uchun ketvorgan. Avtobusning baki teshilgan, tomi zanglagan, xodovoy, salnik va vtulkalarining abjag‘i chiqqan. Tslindrning ustida qora ko‘mir to‘plangan, svecha chaqmaydi. Porshen darz ketgan. Lampochkalari kuygan.
Buni ko‘rgan texosmotrchi: «bu avtobusning bo‘lari bo‘pti. Metallomga topshiringlar» devordiyam. Omo lekin Sodiq Sapoy degan bir mexanik kelib, avtobusdagi spidometrni arqaga aylantirib «nol probeg» qilib qo‘ydi. Avtobus to‘ydan bir kun oldingi kelin bola kabi bokira bo‘ldi qoldi. Mana bo‘lar ekanu. Endi bu avtobusni kamida 10 yil minib tashasa bo‘vuradi. Probeg nol! Mosholloh. Alhamdulilloh. Ammo hech kim astog‘furulloh demadi. Kolenvali ketgan avtobus ichi to‘la odam bilan jarlikka ontarilsa nimao‘ladi? E …. Nimao‘lsa bo‘lar. Zato‘ spidometr nol.
Reklama
Aziz Eltuz mushtariylari. Shair va shairkalar. Yutubda chig‘oradigan «Avtobus» multserialini yana tiklamoqchimiz. Shu serial qahramonlari qofiyali qilib she'r tilida gapirsin degan rejamiz bor. Avtobusning navbatdagi soni «nollashtirish» «ko‘pxotinlilik» va «xotin urish»ga bag‘ishlanadi. Bu haqda qofiyali misralar bo‘lsa bizga tashang. Ko‘pniki ko‘l bo‘ladi. Masalan; NOLLAShTIRMANG MUDDATNI – KUChAYTIRMANG NAFRATNI!
Regioniga qarab…
MS: Tuz og‘a nega xomushsiz. Naxotki nollashtirishdan shunchalik xapasiz.
RT: Meni nollashtirishdan ham ko‘ra, jamiyatdagi jaxolat xapa qilyapti. Yaqinda Karimovning yordamchisi Georgiy Kraynov o‘lganida birovlar tagdor qilib «juxud» edi deyishdi. Shu bilan Kraynov dunyodagi barcha yovuzliklarni qilgan, quduqlarni zaharlab, yosh bolalarni tovada qovurib yegan bo‘ldi qoldi. Bir odamni yomonotliq qilish uchun regioniga qarab «turk» edi, «tojik» yo «totor» edi deyish kifoya. Avom «haaa» deb jinoyat uchun katta isbot topilganidan xursand bo‘lib bosh chayqaydi. Shuncha odamni pulini qaqshatib olgan chinozlik Ahmadboy ham juxudmi edi. Ëki odamlarni qiynagan Nodir To‘raqulovchi?
MS: Kecha parlamentda ikki deputat yomon aytishdi. Bqiririb chaqirib tashlashdi. Hatto baqir chaqirdan parlament potologidagi musaffo osmon oboyi ko‘chip tushibdi.
RT: Populist deputat Rasul Kusherbaev va g‘o‘ddaygan Alisher Qodirov o‘rtasidagi og‘zaki tortishuvni oqlayman. Agar ular bir-birini yoqasidan sudrab, urib tashasayu parlamentning yarmi narigi yarmiga yumuruq o‘qtalib urushsa, yana ham sevinardim. Bir-birini urib, yanchib, majaqlab tashlashsin. Mardi maydon deydilar buni. Hatto nozuk tabiat yoponlar ham parlamentda bir-biri bilan yumruqlashadi. Ammo Alisher Qodirov aytgan bir jumla meni hushyor torttirdi. «Lo‘lilik qilmang», dedi. Bu irqiy kamsitishning aynan o‘zi. Nemis fashistlari lo‘lilarni faqat lo‘li bo‘lgani uchun qirgan. Buyuk ehtimolda Alisher Qodirov «artistlik qilmang» demoqchi bo‘ldi. O‘zbek leksikonidagi «lo‘lilik qilmang» degani shu ma'noni tashiydi. Bundan tashqari «lo‘lidan botir chiqsa, o‘z kapasiga o‘t qo‘yadi», «lo‘lining eshagini sug‘or, pulini ol» degan maqolu matallar bor. Buning yonida «Totor bor yerda xatar bor», «Tojikdan do‘sting bo‘lsa oyboltang yoningda bo‘lsin», «Xotin olsang qozoqdan, uying to‘lar sazoqdan», «Turkman turtmaguncha bilmaydi», «O‘ris, ko‘tinga popirus» degan maqollar hali ham muomalada.
Biz agar ulug‘ o‘zbek millati bo‘adig‘on bo‘lsak, bu irqchi va etnik kamsituvchi maqollarni musorga otvorishimiz kerak. O‘rol Tansiqboev va Chingiz Axmarov buyuk o‘zbek rassomlaridir. Holbuki ularning biri qozoq, biri esa – totor. Abdulla Qahhor va Erkin A'zam ulug‘ o‘zbek yozuvchilaridir. Ammo tagini qarasangiz, ularning etnik mansubligi tojikdir. Ulug‘ kinochi Komil Ërmatov ham tojik. Buyuk rassom Lekim Ibroximov esa uyg‘ur. Shu ma'noda Chusovitina ulug‘ o‘zbek sportchisidir. Germaniyada tug‘ilgan otasi ham, onasi ham o‘zbek bolakay pasportining millati degan joyiga nemis deb yozib qo‘yiladi. Frantsiyada tug‘ilgan bolaga frantsuz deb yoziladi, tamom – vassalom. Toza nemis degan so‘zni ishlatish odobsizlikdan chiqib, jinoiy qilmishga yaqin deb qaraladi. Bir vaqtlar nemislar millatni aniqlash uchun odamlarning burnini tsirkul bilan o‘lchab, dunyoga sharmandai sharmisor bo‘lishgandi. Endi unday qilinmaydi, habash ham lo‘liyu juhud ham, boring ana cho‘michburun turk ham – nemis. Tamom – vassalom. Shu ma'noda qo‘yin kissasida o‘zbek pasporti bo‘lgan hamma o‘zbek. O‘zbekiston vatandoshi. Ba'zan biror yomon ishni qilgan odamni ko‘rgan demodelar: «Bu ishni toza o‘zbek qimaydi», deb og‘iz yirtishadi. Voy bilat. Sen aytgan toza o‘zbekni qig‘an ishini aytsam, o‘qchiysan. Demak, bu bemaza maqolu matallaringni yuvindi ichish kabi odatlaringa qo‘shib musorga tashavor. Kurva kokain. Chao Pompidu. Auv Vi Der Zeyn piypl.
MS: lo‘lisan o‘shal chog‘ lo‘lilik qilgin,
lo‘li deb kulishsa qo‘shilib kulgin /kulgi ovozi..
RT: Mayli gap cho‘zilib ketdi. Kimdir O‘zbekistondan ketayotganini ko‘rsatib, uchoq biletini qo‘ysa hamma xovos bilan qaraydi. O‘zbekiston xuddi bir qamoqqa o‘xshaganicha qolmoqda. Ba'zan samimiy va oq niyatli kishilar siz kutmagan makonda bo‘lishadi. Oldin ularning yuz ifodasidan pozitiv ekani bilingan bo‘lsa, keyin esa qilgan ishi yaxshilik ekani anglashiladi. Hayot bir fokuschi kabi sizga o‘z shlyapasi ichidan kutilmagan narsalarni chiqarib ko‘rsatadi.
Assalom O‘zbekiston, juma muborak!
Rassom Tuz