Asosiy mavzular
19 fevral 2024

Dunyo standartlariga zid o‘zbek oliy ta'limi botqoqqa cho‘kdi

O‘zbekistonda  litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun 6 ta xususiy oliy ta'lim maskani litsenziyasi bekor qilindi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bu OTMlardagi cheksiz savodsizlik fazosini o‘zgartira olmayapti. Bu ketishda deyarli barcha xususiy universitetlar yopilib ketishi mumkin. Ta'lim tizimidagi vaziyatni tuzatishning yo‘li esa uni xalqaro akreditatsiya tizimi relsiga qo‘yishdir.

Xalqaro akkreditatsiya nima?

Xalqaro akkreditatsiya ta'lim sifatini ta'minlash uchun dunyoda juda keng tarqalgan va o‘ta samarali modeldir.

Xalqaro akkreditatsiya – bu akkreditatsiya agentliklari tomonidan amalga oshiriladigan ta'lim dasturlarining xalqaro standartlariga muvofiqligini baholash tartibidir.

Amerika qo‘shma shatlarida – Oliy ta'lim sifatini ta'minlash agentliklari xalqaro tarmog‘i (Ay En Kyu Ey Ey Eych I) va Oliy Ta'lim Akkreditatsiyasi Kengashi, nohukumat tashkilot (Si Eych I Ey) ga a'zo davlat va nodavlat tashkilotlarning global uyushmasi tomonidan nazorat qilinadi, undan tashqari Amerika qo‘shma shtatlarida uyushmaga a'zo bo‘lmagan nodavlat mustaqil akkreditatatsiya tashkilotlari tomonidan ham nazorat amalga oshiriladi.

Yevropada esa ta'lim nazorati ENQA (I En Kyu Ey)  Oliy ta'lim sifatini ta'minlash bo‘yicha Yevropa Assotsiatsiyasiga a'zo bo‘lgan va  EQAR  (I En Kyu Ar) ta'lim sifatini ta'minlash agentliklarining Yevropa reestrida ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirladi.

Xalqaro akkreditatsiyaning asosiy tamoyillari:

– mustaqillik, xolislik va professionallik

– akkreditatsiya protseduralari to‘g‘risidagi ma'lumotlarning shaffofligi, ishonchliligi va dolzarbligi

– qaror qabul qilishning kollegialligi

Xalqaro akkreditatsiyaning raqobatdosh afzalliklari

Xalqaro akkreditatsiya universitetlar uchun nima beradi?

– universitet tomonidan berilgan malakalarning xalqaro tan olinishi, taqqoslanishi va konvertatsiyasi, ta'lim va xizmatlarning yuqori sifati kafolatlarini tasdiqlash, ularning xalqaro talablarga muvofiqligi

– universitetning jozibadorligini va asosiy manfaatdor tomonlarning amalga oshirilayotgan ta'lim dasturlarining samaradorligi va samaradorligiga ishonchini oshirish

– ularning faoliyati va amalga oshirilayotgan ta'lim dasturlari darajasini sifat jihatidan baholash, foydalanilmayotgan imkoniyatlar, salohiyat va rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida ob'ektiv ma'lumot olish

– jahon ta'lim makoniga keng integratsiya va ta'lim xizmatlarining tashqi bozoriga kirish

– imidj o‘sishi va milliy va xalqaro ta'lim xizmatlari bozorida raqobatbardosh pozitsiyalarni mustahkamlash

– nafaqat alohida universitetda, balki mamlakatning butun oliy ta'lim tizimi darajasida institutsional o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash.

Xalqaro akkreditatsiya talabalar uchun qanday imkon yaratadi?

– ta'lim  kreditlari hisobiga xorijiy hamkor universitetlarga turli akademik mobillik dasturlarida ishtirok etish

– boshqa xorijiy universitetlarga magistratura va doktoranturaga qabul qilish

– bitiruvchilarning milliy va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish, mamlakatda va chet elda mutaxassislik bo‘yicha ish bilan ta'minlash.

O‘zbekiston hukumati nima qilishi kerak?

1. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekistonga xalqaro akreditatsiya tashkilotlarini taklif qilishi va ularga vakolatxonalar ochib berishi lozim.

2. Hukumat ta'lim bo‘yicha xalqaro Boloniya kelishuviga qo‘shilishi kerak.

3. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Chet el Oliy ta'lim tizimidagi o‘zbek tilli mutaxassislarni ekspert o‘laroq jalb qilishi talab qilinadi. Misol sifatida bugungi kunda O‘zbekiston OTV kengashida savodsiz blogerlarning ekspert sifatida o‘tirishi achinarli xolat.

4. O‘zbek rahbariyati  OTMlarni TOP mingtalikka kirishini istaydi. Xalqaro akreditatsiyatsiyasiz buning imkoni yo‘q.

Xalqaro mutaxassis fikri

Pragadagi Karl universiteti olimasi Lenka Xrushkova  nazarida xalqaro  akreditatsiya ta'limni yuksaklikka eltadigan narvondir:

Men xalqaro akreditatsiyaning universitet uchun shunchaki  rasmiyatchilik emas, balki ta'lim sifatini kafolatlovchi hamda cheksiz imkoniyatlar eshigini ochadigan vosita ekanligini ta'kidlayman.

Birinchidan xalqaro akreditatsiya bois universtitet dunyo darajasida e'tirofga sazovor bo‘ladi. Bu esa studentlarga dunyo tan olgan ta'lim berilganligini kafolatlaydi. Ilm sohasi uzviy bog‘liq bo‘lgan zamonaviy dunyoda bu kafolatning o‘rni beqiyos.

Ikkinchidan  akreditatsiya dunyodagi turli ta'lim tizimlari o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradi. Bu esa studentlarning akademik dunyoda erkin harakatlanishi ya'ni mobilligini ta'minlaydi. Ayni xolat studentlarning xalqaro miqyosda ish bilan ta'minlanish imkonini oshiradi. Studentlar nafaqat chet elda o‘qish kabi unikal imkoniyatga, balki o‘z sohasini biladiganlar, turli tumanlikni qo‘llab quvvatlovchilarning betakror davrasiga kirish imkoni.

Shu bilan birga xalqaro akreditatsiya mavjud o‘quv tizimi va programmalarning doimiy taftish qilinib, yangilanib, mukammalashib borishini ta'minlaydi.

Bu esa darslarning aktualligi, jaxon bilan hamnafasligi va yuksak sifatini kafolatlaydigan omil. Aynan shu omil bitiruvchilarning real dunyodagi muvafaqiyati uchun kafolat bo‘la oladi.

So‘zim oxirida yuqorida aytganlarimdan muximligi kam bo‘lmagan yana bir jihatga diqqatingizni tortsam. Xalqaro akreditatsiya ta'lim maskanlari o‘rtasida hamkorlik va tajriba almashishning xalqaro darajadagi vositasidir. Bu esa o‘qitishda innovatsiya va tadiqotlarga keng yo‘l ochadi.

Gapning qisqasi xalqaro akreditatsiya bu shunchaki  prestij masalasi emas. Bu ta'limning akademik dunyodaga sifatini ta'minlovchi uch qirrali olmos.

Xalqaro akreditatsiyaga investitsii kiritish bu kelajak uchun investitsiyadir. Bu barcha  studentlar uchun porloq kelajakdir.

Bu Yevropadagi eng qadimiy oliygox olimasi Lenka Xrushkova fikrlari edi. So‘z navbati oliy ta'limdagi o‘zbek muttasaddilariga.

Oliy ma'lumot olayotgan talaba  intellektual yetuk bo‘ladi. Bu esa  yangi O‘zbekiston uchun eng zarur jihat.

Joxillik va chalasavodlik esa bu mamlakat ertasini qorong‘i qiladigan kulfat.

O‘zbek oliy ta'limida yuzaga kelgan tanazzulning o‘zi bu masalani kun tartibiga qo‘ydi.

Eltuz bu mavzuga yana qaytadi.

Tag‘in o‘qing
3 iyun 2020
O‘tgan yilning yanvarida JSST (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) Pekinning koronavirus tarqalishiga bo‘lgan tezkor munosabatini olqishlayotgan paytda Xitoy rasmiylarining xatti-harakatlari ...
1 dekabr 2023
Kuzakning oxirgi oyidamiz. Anomal qish «atmen» Dekabrda havo harorati 22 daraja issiq bo‘ladi.  O‘tkan yildagi kabi sovuqdan qaltirash yo‘q. ...
20 aprel 2019
Rassom Kirpieltuz.com
19 aprel 2022
O‘zbekistonlik huquq faoli  69 yashar A'zam Turg‘unovning uyiga 19 aprel kuni ertalab 9.00 lar atrofida tintuv o‘tkazish qarori bilan to‘rt ...
Bloglar
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...
7 yanvar 2025
Ijtimoiy tarmoqlarda “1000kitob” loyihasi bo‘yicha turli gap-so‘zlar aylanib yuribdi. Mansab talashuvi, ziyolilarning guruh-guruh bo‘lib, bir-biri ...
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...