Asosiy mavzular
7 oktyabr 2022

RTdan va'z: Bu qanday kun, bu qanday zamon?

Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Kuz kelib to‘y-to‘ychiq ko‘paygan payt…

MS: Tuz og‘a siz to‘yga nima to‘yona qildingiz. Birov aytdi deb kitob padarka qilib yurmang yana. Qarindoshlar bilan abadiy yuz ko‘rmas bo‘lib ketasiz.

RT: To‘yga to‘yona bergan odam diqqat markazida bo‘ladi. «Bergan to‘yanasini qara. Ziqna. Qurumsoq» Butun xalq ertadan kechgacha tinmay  o‘ylaydigan super ritaul to‘ydagi odamning hatti harakati jamoatchilik tarafidan rentgen qilinadi. Artsga qancha qistirdi? Qistirdimi o‘zi? Dastaxondagi pokazuxaga qo‘yilgan bananni yedi. Yeb tashadiya, jallab ochopot. Chaqilishi kerak bo‘magan pistalarni bezbetlarcha chaqib tashadi. Ikkita olma va qand qursni cho‘ntagiga sovoldi va hokazo.  Endi saviya shu. Aql yetadigan mavzuyam shu.

Uzoqdagi urush

MS: Mana masalan Ukrainadagi urush O‘zbekistondan kilomertlarcha uzoqda yuz bermoqda. Nega masalan O‘zbekkstondagi o‘ris ham bu urush uchun hijolat bo‘lo‘ishi kerak. To‘g‘ri o‘rislar Putinni xotini yo eridanham ko‘proq sevadi. Ammo o‘zbeklar Putinni ensidan ham ko‘proq ammo dollar va grinkarddan kamroq sevadi. Ammo nega urushni boshlagan qolib butun xalq qiynalishi kerak. Gospitalniy yoni tilanchi o‘ris bilan to‘li ketibdi. Ocho‘ris degan ibora yana dolzarb bo‘ldi shu kunlarda.

Rus oydini Dmitriy Gubindan saboq. «Nega barcha ruslar Putin jinoyati uchun javobgar?»

Bu savolga javobni  Ukraina yoki Rossiya bilan umuman aloqasi bo‘lmagan kitobdan topdim. Bu Mark Mansonning motivator kitobi, «Mening nima aloqam bor bahonasi .» deb nomlanadi. Kitob juda amerikancha, ya'ni qanday yashashni tushuntirish ishtiyoqida juda kashshof. Ammo bu kuzatuvlarning nozikligi va umumlashtirishning aniqligi tufayli amerikancha  boshqa motivator kitoblaridan yaxshiroq farq qiladi.

Ëzuvchi Manson  ayb va javobgarlik nisbati haqida shunday yozadi:
«Biz aybdor bo‘lmagan muammolar mavjud, ammo biz ular uchun javobgarmiz. Aytaylik, siz bir kuni ertalab uyg‘ongansiz va kvartirangiz ostonasida yangi tug‘ilgan chaqaloqni topdingiz. Kimdir tashab ketgan.  Bu sizning aybingiz yemas: siz bolani tashab ketmadingiz. Lekin sizda bir mas'uliyat bor. Siz  bu vaziyatda nima qilish kerakligini hal qilishingiz kerak. Balki, bolani  o‘zingiz uchun asrab olarsiz. Balki 40 daraja sovuqda bolani ostonada qoldirib, eshikni yopib, bemalol sutli shokolod ichib jurnaldagi rangli rasmlarni tomosha qilarsiz. Ëki bolani oshpichoq bilan maydalab,  sevimli  pitbul ko‘ppagingizga yemish qilib berarsiz. Qarang – sizning tanlovingiz qator muammolarni keltirib chiqaradi va siz ushbu muammolar uchun javobgarsiz. Biz ko‘pincha, bizning aybimiz bo‘lmagan vaziyatlar uchun javobgarmiz. Bu hayot. Mana bu tushunchalarni qanday farqlashingiz mumkin. Ayb o‘tmish bilan, mas'uliyat esa hozirgi kun bilan bog‘liq. Ayb siz allaqachon qilgan tanlovingizdan kelib chiqadi, mas'uliyat esa har kuni va har daqiqada qilgan tanlovingizdan kelib chiqadi.»

Xullas, har safar omma oldida «Bu urushda mening aybim yo‘q¸  men hech narsada aybdor bo‘lmasam, nima uchun urush uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olishim kerak?! Boshqalar tortsin jazoni!!!»-  deya baqirishdan oldin siz yozuvchi Manson  tasvirlagan vaziyatni eslang.

2022 yilning 24 fevralida biz hammamiz ertalab eshikni ochdik va ostonada yotgan chaqaloqni ko‘rdik.

Va bu o‘ldirilgan ukrainalik chaqaloq edi. Uni o‘ldirgan askar, davlat nomidan harakat qilgan edi. Ya'ni unga bu buyruqni kim berganini bilamiz. Buyruqni davlat bergan edi.

Bolaning o‘limida sizning aybingiz yo‘q, lekin o‘ldirilgan bola shu yerda.

Ehtimol, siz bolaning jasadini maydalab, erkatoy pitbul ko‘ppagingizni boqmaysiz, ammo bu soniyadan boshlab siz o‘z  xatti-harakatlaringiz uchun javobgar bo‘lasiz. Agar eshikni zichlab yopib, kvartirada uzlatga chekingan bo‘lsangiz ham, ichki emigratsiyaga qamalib uyda o‘tirsangiz ham baribir javobgarsiz.  Siz yosh bola jasadini ko‘rmaganga olib, bu o‘lik bolakay ustidan chatanog‘ingizni katta yirib xatlab o‘tib ishlaringizni qilsangiz ham, sizning aybdor ekanligingiz haqidagi hukm o‘zgarmaydi. Politsiya hech narsa qilmasligini bilganingiz ham, bu sizni aybdan holos qilmaydi.
Ukrainalik bolaning jasadi har bir o‘risning  ostonasida.
Jasad uchun ayb Putin va uning jamoasida.
Lekin har bir narsa uchun javobgarlik yanada barcha ruslar zimmasida.

MS: Tuz og‘a, nega bo‘masa tarmoqlarda aqli yetganam yetmayanam Putinni maqtab yotibdi?

RT: Bugungi o‘zbekistondagi millionlarning miyasi cho‘pchak va nafrat bilan to‘la. Ammo u yerda aslo ilm, fahm va farosat yo‘q. Oldin aytganimdek, Ilya Ilf va  Yevgeniy Petrovning «12 stul» romani qaxramoni Ellochka-lyudoedka lug‘ati 30 so‘zdan iborat bo‘lsa, oddiy cho‘pchakxo‘r o‘zbek lug‘ati 15 so‘zga ham bormaydi. Bu so‘zlarning yarmisini o‘ziyam tushunmaydi. Masalan, o‘sha mo‘'min, yo mo‘'mina eng ko‘p ishlatadigan «zaybal» so‘zini ma'nosiniyam tushunmaydi. Bu biomassa ertaga bugundan ham battar savodsiz bo‘ladi va oxirida ikki ko‘zli, og‘zi bor ammo tili yo‘q, yeb ichib tualetga boradig‘on maxluqqa aylanadi. Ba'zilari aylanib ham bo‘ldi. Izox qoldirishdan oldin maktabda 8 yil o‘qib, ega nima, kesim nima, ergashgan qo‘shma gap nimaligini bilib oling!
MS:  OM qonuni va puankare gipotezasini bilmasak gechirasizmi?
RT: Kechiramanu, lekin har bir vatandosh OM qonunini bilgani yaxshi.
MS: Tuz og‘a, anavi ertakni yena bir oytib baring.
RT: Qaysi ertak. Poshshoni qiziga uylanib bonka ochgan cho‘loq haqidaginimi?
MS: Yo‘q, barsang yeb, ursang o‘lado‘nlar haqindag‘isini.
RT: Uni aytib beruvdimku. Mayli yana aytay. Bir bor ekan bir yo‘q ekan…
MS: Girish so‘zini aylanib o‘tib, darrov ertak qismina o‘tavaring og‘o.

Bersang yeyman, ursang o‘laman

Katta dengizda bir orol bor ekan. Shu orolda bersang yeyman ursang o‘laman degan odamlar galasi yashar ekan. Bir kuni shu yurtning to‘daboshisi bularning xarxashasidan to‘yib o‘z kunini o‘zi ko‘radigan qilay deb orzulandi. Kambag‘allarga qarmoq va baliq tutish haqida instruktsiya tarqatdi. Bir xaftadan keyin tekshirib ko‘rsa, hech kim baliq tutishni hayoliga ham keltirmagan. Qarmoq dastasini o‘tin qilib yoqishgan. Leskani sotvorishgan. Qarmoqni to‘g‘irlab igna qilib bir-biriga sanchib yurishganmush.  Baliq tutish haqidagi instruktsiyaga esa ko‘tini artishibdi. Keyin to‘daboshi bu kambag‘allarga   bitta tovuq, bitta xo‘roz, bir qop somon va tuxum tarqatibdi. Buning yonida instruktsiya ham bor edi. Somondan uya yasab tuxumlar qo‘yiladi. Tovuq uning ustiga yotib, jo‘ja chiqaradi va hokozo. Bir xaftadan keyin tekshirilsa. Tuxumlarni o‘sha kuni qovurib yeyishgan. Tovuqni ertasiga, xo‘rozni esa indinga so‘yib yeyishgan. Instuktsiyani o‘qishmagan. Chunki ular harf tanimasdi. Xullas bular un qopi bilan urilsa ham peshanasi oqarmaydigan baxti qarolar edi. To‘daboshi bularni boshqa yurtga ketsin deya eshkakli kemaga yuklabdi. Katta kemada o‘nta odamga 20 ta eshkak bor edi. Bular kemaga chiqib  yalpayib o‘tirib olishibdi. Hech kim eshkak eshmagani uchun kema joyidan jilmay turaveribdi. Dengiz qaytib, kema qumga o‘tirib qolibdi. Odamlar tushib kemani yoqib isinishibdi. To‘daboshi kelib, sizlar o‘zi nima xoxlaysizlar  deb so‘rabdi.
«Bersang yeymiz, ursang o‘lamiz» debdi ular.

Samarqandliklar sevgan davlat

MS: Bu ertakdagi odamlarga chet davlat yordam qilsa bo‘lmasmikan? Bormi shundin davlat?
RT: O‘zbeklarga real yordam berayotgan dunyodagi yagona davlat AQSh – Amerika Qo‘shma Shtatlari. Yiliga besh ming (kamida 20 ming degani bu, xotin bola baqrasi qo‘shilsa) o‘zbekning qo‘liga grin kard berib ishli, nonli va pulli qilmoqda. Kecha samarqandliklar chiqib mendan iltimos qilishdi. «Og‘ayi Tuz. Bizning raxmati kalonimiz va shukronamizni  Amerika kattakonlariga yetkazing. Amerikaga kelgan samarqandlik, non nima, nun nima va inson qadri nimaligini anglab yetdi. Ollohim Amerikani o‘z panohida asrayapti bizning baxtimizga» deyishdi. Menimcha bu gapga Amerikada yashab, oyiga 10 ming dollar oylik olayotan barcha o‘zbeklar qo‘shiladi. Kolumbda yo‘q alamim manim. Amerika vatanim manim.
MS: Faqat, Amerikani maqtiysiz. Hamma narsani bilsangiz meni savollarimga juvop uring.

Matchon suqulish savollari:

– Putin ukroplarning ustiga atom bo‘mba tashaydimi?
Rassom Tuz:  Yo‘q tashamaydi. Putin shunchaki po‘pisa qilyapti. Ukrop demang. Ukrop deb atay ukrainlarni kamsitish uchun aytishadi.
MS: Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban qanday siyosatchi?
Rassom Tuz: Juda yomon siyosatchi. Sariq chaqaga qimmat.  Orban kremlparast va putinparastdir. Shu bilan birga Yevropaga migrantlarning kelishiga qarshi. Bir so‘z bilan aytganda Viktor Orban Yevropaning katastrofasi. O‘zbekiston rahbari bu ishkal siyosatchi bilan uchrashib, obro‘ orttirmadi.
MS: Nega rahbariyat Ozodbekni Madaniyat vaziri qilib tayinladi?
RT: Tarixiy kod bu. Qadimdayam shunaqa bo‘lgan. Qoshi ko‘zi kelishgan, yaxshi raqsga tushib qo‘shiqlar aytadigan bolachalarni hukmdorlar suyub, erkalab, lavozimlarga tayinlashgan. O‘zbekiston kabi qadim madaniyatga ega davlatning Madaniyat vaziri lavozimiga dunyo tamaddunidan behabar bir otarchining tayinlanganini boshqacha izoxlash qiyin.
MS: Ichki ishlar vazirligi ichdan chiriganmi?
Rassom Tuz: Ha shunday. Ulkan qayrag‘ochni ham mayda qurt yemirib tashaydi. Bobojonov yaxshi, insofli odam, ammo IIV tizimidagi betonlashgan jaxolatni sindirishga kuchi yetmaydi. IIVning to‘laligicha javobini berib, qayta nabor qilish kerak.
MS: Yevropada qo‘y etini kilosi necha so‘m?
Rassom Tuz: Taxminan 7 yevro orasida. Qiymaning kilosini 4 yevroga ham beradi. Soatiga kamida 20 yevro ish haqi oladigan Yevropa xalqi uchun qimmat emas. Ammo yevropaliklarning yegani qo‘y, ko‘rgani to‘y emas. Ularning asosiy qadriyati kamolat kasb qilib, o‘z sohasida rivojlanishdir. Har xolda men ko‘rgan odamlarda shu xislat bor.
MS: Tuz og‘a, siz kimni  tarapindasiz?
Rassom Tuz: Ukraina tomondaman.
Savol: Nega siz Shimoliy Rodeziya haqida yozmaysiz. Shuncha azob ko‘rmoqda ular.
Rassom Tuz: Menga arnasoy haqida yozish qiziq. Ukraina bizning ham mustaqilligimiz uchun kurashayotgani uchun ular haqida yozaman. Shimoliy Rodeziya haqida mahalla machiti imomi gapiraversin.
MS: Nega siz doim daraxt kesilganini qoralaysiz. O‘sha siz maqtaydigan G‘arbda ham daraxtlarni kesib, o‘tin qilib, yoqib isinishadi. Rossiya gaz bermagani uchun Yevropada o‘tin yoqib isinishadi endi. O‘rmonam qomaydi yaqinda.
Rassom Tuz: Britaniyada bir daraxtni (u daraxt o‘z uyingizda bo‘lsa ham) davlat ruxsatisiz kessangiz, kamida 20 ming funt sterling (bugungi kursda 22 ming dollar atrofida) jarimaga tortilasiz. Har bir kesilgan daraxt uchun.
RT: Yaxshi qiz qarindoshdan ortmaydi deyishadi. Shu kungacha qarindoshlar o‘rtasida qiz olib, qiz berilgan. Shuni hukumat taqiqlamoqchi? Masalan Durdiposhsho degan qo‘shni qiyz,  indi xolasini  o‘g‘lina bormin pirduxtor bo‘lib qolavarami?
Rassom Tuz: Qarindoshga erga tegsa bolasi majrux tug‘ilish ehtimoli juda katta. Shu bois  hukumatning bu rejasini ma'qullayman. Juda yaxshi reja. Yashasin! Bunday tajribani Tojikiston bir necha yildan buyon qo‘llamoqda. Natija juda yaxshi. Qarindosh urug‘lar o‘rtasida quda-andachilikni butunlay taqiqlashsa yanayam yaxshi bo‘lardi.
MS: Kecha izboskanda nimo‘luvdi. Hamma yoqni milisa bosib ketdi?
Rassom Tuz:  Izboskanda er degan jonivor xotini, qaynanasi va qaynukasini pichag‘ladi. Oqibatda xotin va qaynana hodisa joyida, qaynuka bannisada o‘ldi. Xotin, qaynana va qaynuka go‘rda, er qamag‘da..
MS: Nega «qamag‘da» deb yozasiz sovodingiz yo‘qmi?
Rassom Tuz:  Atay shunday yozaman. Xalqqa yaqin bo‘lay deb.
RT: Shu kungacha nechta o‘ris askari Ukrainada o‘ldi?
Rassom Tuz:  3 oktyabr kunga qadar 60430 o‘ris askari Ukrainada o‘ldirildi. Ular orasida o‘zbek dangasa mardikorlar bor. O‘liklarni to‘ng‘izlar yeb yotgani aks etgan videolar chiqib ketdi.
MS: Bular xozir shunnin baxti qoro taviya bo‘ldimi, yo oto buvosi ham qarsildap uchib gursildab singan manglayi qoro adimi?

Millat qanday shakllanadi?

Jadid otamiz Behbudiy «Millat qanday shakllanadi» degan maqolasida «odamlarning arzon xashamat va xoyu havasga qiziqib haqiqiy irfondan uzoqda » qolganidan afsuslanadi. 19 asrda hali ruslar ishg‘ol qilmasidan turib, Xivaga sayoxat qilgan olim Vamberi shahar xalqining to‘yda otilgan mushak, raqs tushadigan o‘g‘lon bola (bachcha) va maddox (diniy cho‘pchak aytadigan voiz)larga o‘ta qiziqishini yozgan edi. 1873 yilda Xivaga borgan AQSh  jurnalisti MakGaxan ham buni tasdiqlab «o‘g‘ri mulozimlar obro‘ e'tiborda» bo‘lganini qo‘shimcha qiladi. Oradan 100 yildan ziyod vaqt o‘tib nima o‘zgardi. Agar shaharga kibernetik, matematik yoki fizika fani bo‘yicha kashfiyot qilgan olim kelsa hech kimga qiziq emas. Mabodo fonogrammada qo‘shiq aytadigan xonanda, liftda ashulachini quchoqlaydigan sozanda yoki birov yozgan matnni qiroat bilan o‘qiydigan diktor suxandon kelsa, shaxarning yarmi ishi kuchini qo‘yib yuguradi. Miyasida xirs va shahvatdan boshqa narsa bo‘lmagan din tujjori kelib ma'viza qilsa, hamma o‘zini unutib talpinadi. Borini ularning oldiga tashaydi. Mabodo kokil qo‘yib, ashla aytadig‘on birisi o‘lib qolsa, yos tutib «qandoq yaxshi odam ediya» deb uch kun yig‘laydi.
MS: Vamberi haqida aytib baring. Bizlarga maktabda uni shpion deb o‘rgatganla. O‘rislar uni shpion deb aytg‘on. Bizanikla o‘risni juvochkasini chaynab o‘tirishibdi…

Vamberi

Bundan 150 yil oldin  mojor (venger) olimi Vamberi Xivani G‘arb dunyosi uchun kashf qilgan edi. Bugun O‘zbekiston rahbari Vengriyada safarda ekan, eski kechmishlarni yana eslashni ma'qul ko‘rdim. O‘tkan yili Vengriyaga yo‘lim tushganda, Vamberi go‘rini borib ko‘rdim. Vamberi go‘rining yonida uning Turkiston ruslar tarafidan bosib olinishidan sal oldin  Xivadan sotib olib kelgan qulining ham mozori bor.
Arminiy Vamberi (yoki German Bamberger) 1832 yilda Budapeshtda kambag‘al yahudiylar oilasida tug‘iladi. U yahudiylar maktabida, undan so‘ng esa Sankt-Georgen monastirida din ahkomlarini o‘rgandi.
O‘qish asnosida  Vamberini diniy cho‘pchaklardan ko‘ra, lingvistika ya'ni turli tillarni o‘rganish  qiziqtirdi.  U tez orada, nemis, frantsuz va ingliz tillarini o‘rgandi.  Asnoda  Vamberi turk tili Usmoniylar davlati madaniyati va she'riyatiga qiziqdi.
20 yoshida Vamberi ilk bor Istambulga keldi, u yerda u usmonli davlati boylarining bolalariga nemis va frantsuz tillaridan dars berish evaziga kun ko‘rdi. 1858  yilda Vamberi o‘zi tuzgan turkcha – nemischa lug‘atini chop etdi. Shundan so‘ng u “vengr tili turk tilidan kelib chiqqan” mavzusida ilmiy ish ham yozdi.
Istambulda Vamberi islomni qabul qildi va turkiy davlatlar tarixini o‘rganishga kirishdi. Shu maqsadda 863 yilning 30 mayida Vamberi Xivaga keladi. Xivaning ruslar tarafidan bosib olinishiga hali roppa rosa 10 yil bor edi. Vamberi Xorazm tarixi, madaniyatiga oid qo‘lyozmalar va tarixiy kitoblarni xarid qilish bilan shug‘ullanadi.  Vengriyada ko‘milgan qulini ham Xivada sotib olgan edi. U Xivadan so‘ng, Buxoro, keyin Samarqandga yo‘l oladi.
Vamberining Markaziy Osiyoga sayohati 6 oy davom etadi. 1863 yilning noyabr oyi o‘rtalarida u katta karvonga qo‘shilib Eronga qaytadi. Undan so‘ng Istambulga va Budapeshtga qaytib, to‘plagan materiallari asosida kitoblar chop eta boshlaydi.
Xususan, uning “O‘rta Osiyo bo‘ylab sayohat” kitobi Londonda 1864 yilda, “O‘rta Osiyo ocherklari”, 1868 yilda, “Chig‘atoy tilidan qo‘llanma” 1867 yilda, “Buxoro yoki Transoksaniya tarixi” 1873 yillarda chop etiladi.
Vamberining o‘g‘li Rustam Vamberi taniqli yurist va Vengriyaning  AQShdagi elchisi bo‘lib ishlagan.
Vamberi agar Xiva hushyor bo‘lmasa o‘rislar qo‘liga tushishi haqida hali Xivani o‘rislar bosib olinishidan 10 yil oldin mahalliy hukmdorlarni ogohlantirgan edi. Ammo o‘g‘irlik, bachchabozlik va diniy xurofot botqog‘iga cho‘mgan Xiva rahbariyati olimning bu ogohlantirishiga jiddiy qaramadi.

Voqealarni oldindan sezish…

MS: Voqealarni oldindan biladiganlarni shoir deb aytadilar. Urganchda Qadam og‘o degan shoir bor edi, dayravarsin. Shu odam hamma narsani aldinnan bilar adi.
RT: Qadam og‘ani shaxsan tanirdim. Krutoy birat adi. Qadam Saidmurod  she'rlarini qo‘shiq qilib aytmagan xonanda yo‘q edi 80-yillarda. Otajon Xudoyshukurov, Kamoliddin Rahimov, Nuriddin Hamroqulov, Ortiq Otajonov, Oxunjon Madaliev, Sultonposhsha O‘daeva, Yulduz Abdullaeva aytgan.
MS: Bilaman, Yulduz Abdullaevening Men sizni azizim, men azizim, sog‘inaman yo‘llar qarayman degan qo‘shig‘i tekstini Qadam og‘a yozgan.
RT: Qadam og‘a 21 asrda bor yo‘g‘i 13 yil yashadi. Ammo 20 inchi asrda turib 21 asr haqida ya'ni bugungi kun haqida she'r yozgan edi rahmatli.

XXI asrda

Armon, umid, shubha yonma-yon,
Yetti iqlim, yil — to‘rt faslda.
Bu qanday kun, bu qanday zamon —
Yigirma birinchi asrda?!

Bir gul kabi so‘lmoqda Orol,
Amudaryo tutqin — asirda.
Shiorlardan tomardiku bol —
Yigirma birinchi asrda!

Atom, neytron, butifos, lazer,
Bir-biridan «go‘zal, aslda».
Mana senga, onajonim yer,
Yigirma birinchi asrda!

Bobolardan shu zamin meros,
Bizlardan-chi bizning naslga.
O‘ylaymanu qo‘rqaman xolos,
Yigirma birinchi asrda!

Tinchlik bo‘lsin, tinchlik muqaddas,
Mehr bo‘lsin she'rda, nasrda.
Qo‘lni qo‘lga bermasak bo‘lmas,
Yigirma birinchi asrda!

Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
29 dekabr 2023
Rassom Tuz
17 iyul 2018
64 yoshli sobiq siyosiy mahbus Muhammad Bekjon 16 iyul kuni AQShning Sietl shahrida oilasi, farzandlari va nabiralari bilan uchrashdi. ...
6 dekabr 2018
Filmning bu qismida “Rembo”ning hibsga olinishi haqida hikoya qilinadi. “Kontora” Remboga qarshi tuhmat uyushtirish maqsadida maxsus guruh tuzadi. MXX ...
12 dekabr 2017
«Ijtimoiy fikr» baraka topsin, yana rahbarga yoqadigan, aqlini taniganlarning istehzosiga sabab bo‘ladigan navbatdagi so‘rovi natijasini e'lon qildi. Unga ishonadigan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...