Asosiy mavzular
6 oktyabr 2022

EP-36: Bog‘cha xodimlari paxtada, ifloslanayotgan suv va rasmiy munosabat…

«Eltuz portali»ga kelgan beshta shikoyat maktubi va talabalar e'tirozi yuzasidan rasmiy munosabatni o‘qib eshittiramiz dastlabki shikoyat Farg‘ona viloyatidan:

«Majburiy mehnatning qonuniylashtirilishi!»

Eltuz portaliga Farg‘ona viloyatidan jo‘natilgan shikoyatga bog‘cha audioyozuv ilova qilingan. Unda maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarini paxta terimiga jalb etish yoki o‘rniga odam yollash talabi aks etgan.

“Zavod omborlaridan chiqayotgan zahar buloqlarni ifloslantirmoqda”

“Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Beshbuloq shaharchasidan murojaat qilmoqdamiz. Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi respublikamiz g‘aznasiga katta daromad keltirmoqda. Ammo bu o‘rinda tanganing ikkinchi tarafi ham bor. Bir necha yildan buyon zavodning zaxira kislota va tuz aralashma saqlovchi omborlaridan chiqayotgan zahar Beshbuloq aholisi ichadigan artizan quduqlari va buloqlarni ifloslantirmoqda. Dehqonobod tumani lalmikor tuman, kechayu kunduz Ollohga duo qilib yog‘ingarchilik so‘raymiz. Yilimiz yaxshi kelmay, lalmikor dehqonlar achinarli ahvolda qoldi, chorvaga suv qolmadi. Bu yoqda zavod ombori sabab buloqlar zaharlanmoqda.
Qishlog‘imizdan 3 km yuqorida artizan suv chiqadi. Shu artizanni qazdirib, qishloqni obod qilish mumkin. Ollohga shukr, xalqimiz mehnatkash, suv bo‘lsa, chorvamiz ham, ekinimiz ham barakali bo‘ladi. Ushbu masala yechimida hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevdan ko‘mak so‘raymiz”.

Ortida Mirziyoev turgan korruptsionerlar yerimizni tortib olmoqda

«Salom, Tuz og‘a.
Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidan yozyapmiz. Bizning «Sardoba don» MChJ klasteri 2019-yilda tashkil etilgan. Unga 1156 ga yer ajiratilgan tuman hokimining 2021-yil 08-fevraldagi 82-sonli Qaroriga asosan. Va shu qarorga asosan 49 yilga yer ijara shartnomasi tuzulgan. Ammo 2021 yil sentyabr oyida bizning texnikalarimizni dalalardan hokimiyat vakillari kelib chiqarib yubordi. Nega deb savol berganimizda bu yerlar «Sardoba Gold Vayt» nomli MChJga berildi deb aytishdi. Biz Sardoba tuman hokimiga yerlarni hal qilib berishini so‘rab 3- 4 marotaba murojat qildik, ammo natija bo‘lmadi, oxiri qabul ham qilmay qo’ydi. Keyin biz huquqni muhofoza qiluvchi tashkilotlarga, jumladan, DXX, prokuratura, IIB ga murojat qildik. Barcha tashkilotlar hokimiyatdan o‘zlari so‘rab olgan ma'lumotnomasini ro‘kach qilib, ishni oxirigacha olib borishmadi, ya'ni ma'lumotnomada ikki MChJ o‘rtasida og‘zaki shartnoma bor emish. Qonunda ikki MChJ o‘rtasida og‘zaki shartnoma bo‘lishi mumkinmi?

IIB xodimlari yozgan ariza murojatlarimizni har xil bahonalar bilan ishni cho‘zib kelmoqda. Bizni MChJga qarashli barcha yer maydonini Sardoba tuman hokimini qo‘l ostida egallab olgan. Go‘yoki «Sardoba Gold Vayt» ni orqasida Mirziyoev Muxtor aka degan inson turgan emish. Bizga “Bilasanmi bizning orqamizda shu odam bor” dedi. Bu aytgan Muxtor aka Ichki Ishlar Vazirligida inspeksiya bo‘lim boshlig‘i, qo‘lingdan hech narsa kelmaydi dedi.

Biz IIB bo‘limiga bizning MChJ ga tegishli 200 gektardan optika yerni 1 gektarini 8 000 000 so‘mdan sotganligini isbotlovchi audiozapis olib borsam, umuman e'tiborga olmadi.
Shu murojaatni chiqarishga yordam bersangiz.

“Maktab stadioni tadbirkorga noqonuniy ravishda berib yuborilgan…”

“Salom, Eltuz og‘a! Biz Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi 13-maktab ota-onalari nomidan yozmoqdamiz. Bir yil avval maktab direktorimiz tomonidan maktab stadioni tadbirkorga noqonuniy ravishda berib yuborilgan. Tadbirkor hozirgacha biror qurilish yoki ishlab chiqarish qilmadi. Farzandlarimiz esa stadionsiz qolmoqda. Bu ham yetmaganday maktabdagi muhitni ham sog‘lom deb bo‘lmaydi. Tegishli idoralar holatga e'tibor qaratadi degan umiddamiz”.

Sanoatqurilishbank” To‘qimachilik filiali bizga zarur kreditni bermayapti.

Biz “Buxara Mega gold” MChJ “Sanoatqurilishbank”ning To‘qimachilik filialiga joriy yil mart oyidan buyon kredit so‘rab murojaat qilib kelmoqdamiz.
Issiqxona xo‘jaligimiz tomonidan yangi loyiha uchun 2 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilishi belgilab olindi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun jamiyatimizda moddiy qiyinchiliklar mavjudligini inobatga olib loyihaning 50% qismini bank krediti orqali moliyalashtirilishi kerak degan qarorga keldik va shu maqsadda SQBning To‘qimachilik filialiga 1 million AQSh dollari miqdorida kredit so‘rab murojaat qiildik. Bank turli bahonalarni ro‘kach qilib, 2 oy aldab yurdi.
2022-yil 28-iyulda Bosh vazir o‘rinbosari Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.Xojaev tadbirkorlar taklif va muammolarini yechish maqsadida Buxoro viloyatida tashrifi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda jamiyatimiz rahbari A.Rayimov SQBdan bir necha oydan buyon kredit ololmay kelayotganligini va bu borada amaliy yordam berilishini so‘rab murojaat qildi va Hukumat komissiyasi bayonnomasi bilan “Bukhara Mega gold” MChJ ga 10 kun muddatda “Sanoatqurilishbank” hamda Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tadbirkorning muammosini ijobiy hal qilib berilishi bo‘yicha aniq ko‘rsatma berildi.
Bugunga kelib sotib olinishi zarur bo‘lgan mahsulot yetishtirish uchun dastlabki kerak bo‘ladigan mineral o‘g‘itlar, kokos plitkasi, sug‘orish tizimi narxlari ikki baravarga oshib ketdi. Eksportyor korxonani 6 oydan buyon sarson qilib kelayotgan “Sanoatqurilishbank” muttasadilari qonun ustuvorligini ta'minlab, sansanorlikka yo‘l qo‘yib kelayotgan mansabdorlarga chora ko‘rib berishingizni, qolaversa issiqxona xo‘jaligimizni zamonaviy Gidroponika usuliga o‘tkazishimizga yordam berishlari uchun murojaatimizni rahbariyatga yetkazishingizni so‘raymiz!

Rasmiy munosabat: Talabalarning uch e'tiroziga javob

Joriy yilning 30-sentabr kuni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi «Yeltuz» portalida “Pedagogika instituti rahbariyatiga uch e'tirozimiz bor” mazmunida xabar chop etildi. Shahrisabz davlat pedagogika instituti ushbu holat yuzasidan quyidagi munosabatni bildiradi.

  1. Institutning ikkinchi smenada ta'lim olayotgan talabasi shanba kuni darsning kech tugayotganligi haqida arz qilgan va shu kuni darslar qo‘yilmasligi taklifi bilan chiqqan. Xabaringiz bor, hozirgi kunga kelib Prezidentimizning «Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq talabalar «4+2» shaklida dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirib bormoqda. Shu sababli talabalar 4 kun davomida institutda 24 soat darsni o‘zlashtirishlari zarur. Oliy ta'lim o‘quv bo‘limi kuzgi teng kunlikda darslarni soat 13:30dan 13:00 ga belgilashi rejalashtirilgan.
    Ikkinchi e'tirozga keladigan bo‘lsak, institut ro‘parasida 2-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi mavjud. Tabiiyki, ertalab maktab o‘quvchilari maktabga kelishgan paytda yo‘l torligi sababli juda tirband holat yuzaga keladi. Mazkur muammoni bartaraf qilish maqsadida yo‘lovchi tashish transportlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilolmaymiz. Shu sababli institutning ikkinchi darvozasi orqali talabalar institutga kirishadi. Lekin kunning qolgan qismlarida asosiy darvoza ochiq turadi.
    Uchinchi holat yuzasidan shuni ayta olamizki, institut Shahrisabz shahridagi sobiq akademik litseyining 720 o‘rinli o‘quv binosida ochilgan. Bugungi kunda institutda 4000 dan ziyod talabalar tahsil olishadi. Ularni xonalar bilan ta'minlash maqsadida ikki smenada o‘qish jarayonlari tashkil etilgan. O‘quv xonalari yetishmasligi sababli institut hududida kompyuter xizmati qo‘yilmagan.
    Kelajakda hududda yangi Axborot-resurs markazi va o‘quv binolar qurilishi rejalashtirilgan. Albatta, qurilishi ko‘zda tutilgan o‘quv binosi va ARM mavjud muammoga yechim bo‘la oladi.
    Endigina tashkil etilganiga 3 yil bo‘lgan Oliy ta'lim muassasasida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar yoshlar uchun. Maqsadimiz, yetakchi pedagog-kadrlarni yetishtirib berish.
    ZASTAVKA:

Bu sizga o‘qib eshittirganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Turkumga kirmagan ko‘plab shikoyatlarni Eltuz Portalining telegram sahifasida o‘qishingiz mumkin. Ularga tegishli idoralar e'tibor qaratadi deya umid qilamiz. Eslatib o‘tamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
18 sentyabr 2017
Uylandingmi tamom, bir yildan keyin farzand ko‘rmasang «bir balosi bor bularning» kabi tavqi la'natni quchoqlaysan. Mana dopustim, tasavvur qiling ...
6 mart 2022
O‘zbekistonlik jurnalist Marina Kozlova o‘z saytida Ukrainaning Toshkentdagi elchisi Mikola Doroshenko bilan intervyu chop etishi ortidan Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari ...
6 aprel 2017
Shu yilning boshida jahon ekranlariga chiqqan «Mashxurlikka yo‘l» (Sing) filmi katta va kichik yoshdagi tomoshabinlarning nazariga tushdi. Filmda, katta ...
9 sentyabr 2021
Demokratiya maydoni. Men hozir turgan joy shunday ataladi. Turkiyaning O‘rta yer dengizi sohilida joylashgan, bor-yo‘g‘i ikki yuz ming kishi ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...