Asosiy mavzular
1 noyabr 2022

600 CYeKUND: Yevropaga qarab suzayotgan AQSh harbiy kemalari va urushga cafarbar o‘zbeklar

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi 18 yashar qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan 23 yashar qotilni 12 yilga qamadi. 2022 yilning 27 mayiga o‘tar kechasi tungi soat bir yarimda Chilonzor tumani, Qatortol-Al-Xorazmiy ko‘chasiga borgan yigit bir qiz bilan 600 000 so‘m evaziga ertalabgacha seks qilishga kelishadi. Seksdan  keyin esa, pul to‘lamaslik uchun yigit qizni bo‘g‘ib o‘ldiradi. Jinoyatni yashirish uchun  qotil jasadning yuzini  tsellofan bilan o‘rab, ustidan izolenta bilan o‘raydi.  Qizni konditsioner qutisiga unga tegishli bo‘lgan narsa-buyumlar bilan birga joylashtiradi. Keyin qutining ustidan skotch bilan o‘rab, taksi chaqiradi. Ichida jasad bo‘lgan qutini uyning pod'ezdidan qotilning o‘zi sudrab chiqadi.  Qotil murda solingan qutini  «Bo‘zsuv» kanalining qirg‘og‘iga olib borib, taksi ketib bo‘lganligiga ishonch hosil qilgach,kanalga tashlab yuboradi.  Sudda ziqna qotil o‘z aybini to‘la bo‘yniga oldi.
+++
Yakkabog‘ tumani Oqtosh qishlog‘i yonidan o‘tgan yo‘lda 30/659 FVA no‘merli «Man» yuk mashinasi yonib kul bo‘ldi. Narpaylik 43 yashar haydovchi tirik.
+++
O‘zbekistonda mahkumlarga internet orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanishga ruxsat etilishi kutilmoqda. Bu borada IIV tomonidan ishlab chiqilgan buyruq loyihasi regulation.gov.uz sayti orqali muhokamaga qo‘yilgan.
“Jazoni Ijro Etish Muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar elektron davlat xizmatlari, shu jumladan notariat xizmatlarida foydalanishi uchun JIEM ma'muriyati tomonidan alohida xona ajratiladi. Mazkur xona veb-kamera hamda Jahon axborot internet tarmog‘iga ulangan kompyuter texnikasi bilan jihozlanadi”, deyilgan hujjatda.
+++
Olmaotada mast holatda Lexus avtomobilini olib qochgan O‘zbekiston fuqarosi qabriston panjaralarini buzib tashladi.
+++
Rossiyaning Orlov viloyatidagi zavodlardan birida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga Ukraina bilan urushga povestka topshirildi.
+++
Ayni paytda joriy yilning so‘nggi uch oyi ichida urush bois Rossiyadan O‘zbekistonga kelgan Rossiya fuqarolari soni 189 175 dan oshdi.
+++
Eron rasmiylari 22 yoshli faol Mahsa Aminiy o‘limi haqida birinchi bo‘lib xabar qilgan ikki jurnalist ayolni davlatga xiyonat va AQSh maxsus xizmatlariga ishlashda ayblamoqda. Eron qonunchiligiga ko‘ra, jurnalistlar Nilufar Hamidiy va Elae Muhammadiyga o‘lim jazosi xavf solyapti. Avvalroq rasmiy Tehron Aminiyning o‘limidan keyin mamlakatda avj olgan ommaviy norozilik namoyishlari ortida go‘yo AQSh va “sionistlar” turganini bir necha bor iddao qilgan edi.
+++
Hindistonning Gujarat shtatida ko‘priq qulashi oqibatida kamida 141 kishi o‘ldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa yuz bergan paytda ko‘prik ustida 500 ga yaqin kishi bo‘lgan. Aytilishicha, to‘rt kun muqaddam ochilgan bu ko‘prik ungacha to‘rt yil davomida ta'mirlangan ekan. Darhaqiqat, Hindiston bilan O‘zbekiston o‘rtasida o‘xshashlik ko‘p.
+++
Pentagon Ukrainaga harbiy yordam tariqasida 275 million dollarlik yangi paket taqdim etilishini bildirdi. Yangi paketga HIMARS tizimi uchun o‘q-dori, nishonga urush bo‘yicha yuqori aniqlikka ega 500 ta boshqariluvchi artilleriya snaryadi, masofadan turib tankka qarshi minalar o‘rnatish tizimlari, HMMWV zirhli avtomobillari, o‘qotar qurollar va o‘q-dorilar kirgan.
+++
Rossiya raketasi o‘z hududiga kelib tushishi ortidan, Moldova hukumati Rossiya elchixonasi xodimlaridan birini persona non grata deya e'lon qildi.
Raketa Ukrainaga chegaradosh Naslavcha shahriga kelib tushgan. Qurbonlar yo‘q biroq ayrim uylarning derazalari singan.
+++
Finlyandiya agar NATOga a'zolik arizasi ma'qullansa o‘zining Rossiya bilan chegarasida yadro qurollarini joylashga rozi bo‘lishini bildirdi.
+++
Norvegiya o‘z qurolli kuchlarini kuchaytirilgan jangovor holatga keltirdi. Bu haqda Yonas Styone bayonot berdi.
+++
“Vagner xususiy harbiy shirkati” rahbari – Putlerning oshpazi Yevgeniy Prigojin Rossiya Bosh prokuraturasidan YouTube videoplatformasini blokirovka qilish haqida qaror chiqarishni so‘radi. Aftidan, janob laganbardor (“emak solinadigan laganni ko‘tarib yuruvchi” demoqchimiz) YouTube’dagi o‘zi fosh qilingan videolarni tanish-bilishlari ko‘rishidan bezor bo‘lgan. Ammo u Rossiyada aksariyat kishilar yopiq resurslarni allaqachondan beri VPN vositasida ochayotganidan bexabar ko‘rinadi.
+++
28 oktyabr kechasi Rossiyaning Kemerovo shahrida mahalliy turg‘un tomonidan voenkomat binosini yoqishga urinish sodir etildi. O‘tqo‘yar qamoqqa olingan.
+++
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘zini Ozarbayjondan mustaqil deb e'lon qilib olgan Tog‘li Qorabog‘da rossiyalik “tinchlikparvar kuchlar” joylashishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi hujjatni imzolashga tayyorligini bildirdi. Pashinyanning fikricha, “tinchlikparvarlar” u yerda 10 yildan 20 yilgacha qolishlari mumkin. Bosh vazir bu masalani Vladimir Putin va Ilhom Aliev bilan 31 oktyabr kuni Sochida bo‘lib o‘tadigan muzokaralar chog‘ida muhokama qilishini aytgan.
+++
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya bir necha haftadan beri Ukrainadagi urushda foydalanayotgan Eron dronlarini ishlab chiqarishda Dushanbening aloqasi yo‘qligini ma'lum qildi.
Ukrainalik taniqli jurnalist Dmitriy Gordon 29-oktabr kuni Yutubdagi (“Gordon mehmoni”) dasturida Tojikiston Eron zenit-raketalarini ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlayotgani va Rossiya Ukraina shahar va qishloqlariga ushbu dronlardan foydanalib hujum qilayotganini aytgandi.
“Biz Dmitriy Gordonning Tojikistonda Eron dronlari ishlab chiqarilishi haqidagi so‘zlarini rad etamiz”,  — deyiladi Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Vazirlikning 30-oktabrdagi bayonotida shunday deyiladi:  “Tojikiston Respublikasi uchinchi davlatlarga harbiy texnika jo‘natmasligini ta'kidlaymiz”.
Avvalroq Dmitriy Gordon Rossiya dronlarni O‘zbekistondan olayapti degan da'vo bilan chiqqan, ammo keyinchalik xato qilganini tan olgan edi.
+++
Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida Xellouin bayramini nishonlash chog‘ida yuzaga kelgan tiqilinch natijasida kamida 153 kishi nobud bo‘ldi, 100 dan ziyod kishi jarohat oldi. Qurbonlarning 22 nafari xorijlik ekani, ular orasida O‘zbekiston fuqarosi ham borligi aytilmoqda.
+++
Rossiyada Roskomnadzor qarori bilan yana Telegram domeni blokirovka qilina boshlandi. Bunga Bosh prokuratura talabi sabab bo‘lgani bildirilgan. Avval ham Rossiyada Telegramni ikki yil mobaynida to‘sishga urinilgan, lekin bu harakatlar ko‘p samara bermagan edi.
+++
Xitoyning Huawei kompaniyasi Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfon yetkazishni to‘xtatib qo‘ydi. Kompaniya Rossiya bozoridan butunlay ketishi mumkinligi aytilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, Huawei mamlakatdagi internet do‘konlarini ham yopadi.
+++
Bosniya va Gertsegovina futbol uyushmasi 2022 yil noyabrida Rossiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishdan bosh tortdi.

+++

Rossiya Ukrainaga ertalabki raketalar zarbasi narxi 700 million dollarga yaqinlashdi. Rossiya havo kuchlari ma'lumotiga ko‘ra, 31 oktyabr kuni Ukrainaga 50 dan ziyod X-101, 1-x-555 qanotli raketalari otilgan, bitta X-101 narxi – 13 million, x-555 raketasining narxi – 7 yarim million AQSh dollariga teng. Raketalarga sarflangan bir kunlik pul Novosibirsk yoki Yekaterinburg viloyatining bir yillik byudjetiga tengdir.

+++

Amerikadan Yevropaga AQShning USS Gerald Ford atom avanosetsi yetovidagi jangovor kemalari karvoni yaqinlashmoqda. Ular noyabr oyidayoq Angliya hududlariga kirib keladi. Avianosets bortida 90 ta harbiy uchoq va vertoletlar jumladan, o‘ta zamonaviy F-35 C qiruvchi samoletlari jamlangan. Rossiyaning yadro shantaji fonida AQSh o‘zining Yevropadagi rolini sezilarli darajada oshirmoqda.

Tag‘in o‘qing
24 aprel 2020
15 aprel kuni Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya bo‘lgasida to‘rt nafar tojikistonlik IShIDga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olingan. Bundan oldin bu ekstremistik ...
17 sentyabr 2021
Bir paytlar o‘zbek teatrlari qaynona-kelin haqida mahalliy kallavaram yozgan go‘to‘yinlarni emas, balki insoniyat tafakkuri gultoji bo‘lgan Shekspir asarlarini sahnalashtirardi. ...
24 sentyabr 2024
Rossiyada koronovirus, O‘zbekistonda esa qizamiqning yangi turi tarqaldi, er zulmiga chiday olmagan xotin o‘zini osdi va bu 600 sekund. +++ ...
14 mart 2020
Shu paytgacha oshkora tazyiqlarga uchrayotgan o‘zbekistonlik inson huquqlari himoyachilari va jurnalistlar endilikda virtual hujumlarga ham duch kelmoqda. Ularga elektron ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...