Asosiy mavzular
10 noyabr 2022

EP 43: Obod mahallaning abgor ko‘chalari, selektordagi haqoratlar va kasal tibbiyot tizimi…

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qiymiz. Dastlabki shikoyat Qashqadaryodan.

“Obod mahalla”ning abgor ko‘chalari

“Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri Zargarlik mahallasidan murojaat yo‘llayapmiz. Bugungi kunga kelib, yo‘llarimiz achinarli holga kelib qoldi. Natijada bolalarimiz maktabga borishga juda qiynalyapti. “Tez yordam” mashinasi ham ko‘chamizga kelishni xohlamayapti. Holbuki, yil boshida mahallamiz “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan edi, lekin ishlar negadir oxiriga yetkazilmayapti. Hurmatli Prezidentimizdan amaliy ko‘mak so‘raymiz”.

Obihayot mahallasida ichimlik suvi yo‘q

“Andijon viloyati Paxtaobod tumani Sohil MFY Obihayot mahallasida bir necha kundan beri ichimlik suv yo‘q. Mahalliy mutasaddilar befarq. Tuman mas'ullaridan amaliy yordam kutib qolamiz”

Hududni chiqindi bosgan

“Toshkent viloyati Chirchiq shahri 4-kichik nohiya 32-uydan murojaat yo‘llayapmiz. Hududimizni chiqindi bosgan. Yomg‘ir yoqqanda ko‘chalar ko‘lmakka aylanadi. “Kolodes”larning ham qopqog‘i yo‘q. Mutasaddilardan amaliy yordam so‘raymiz”

Haqoratlar otiladigan selektor

«Joriy yil 31 oktabr kuni kechki 20-00 larda viloyat hokimi tomonidan o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida Koson tumanida paxta terimi juda past darajada tashkil etilganligi va kunlik norma bajarilmaganligi sababli viloyat hokimi Koson tumaniga selektor yig‘ilishi yopiqligini aytib, zudlik bilan studiya aloqasini uzib qo‘ydi.
Shundan keyin tuman hokimi A. Boyqaraev selektorda qatnashayotgan hudud rahbarlari va tuman tashkilotlari rahbarlarini qattiq haqorat qilganligi, hatto mushtlab urganligini, urug‘-aymog‘i, onasi, farzandlari qolmay so‘kdi.

«Klasterlar ishiga hokimiyat va tuman tashkilotlari javob berishi qaerda aytilgan? Selektorda ishtirok etayotgan hudud rahbarlari va tashkilot rahbarlarini aybi nima? Koson tumani munosabat bildirib o‘rgangan, hokim tan olmasligi, bechora tashkilotlar rahbarlari mansabidan qo‘rqib ayta olmasligini hamma biladi, lekin viloyat hokimining Koson tuman hokimiga qilgan muomalasini va Koson tumanini eshitishni xohlamasligini butun viloyat bo‘yicha selektorda o‘tirgan barcha tumanlar vakillari guvohi bo‘lishgan va Koson tuman hokimi A.Boyqaraevning holatini tasavvur qilishgani ham aniq.
Bugun paxta masalasida kim yuzdan o‘tolmasa, hokimdan qo‘rqsa, azob shunikimi? Bechora hudud rahbarlari, hududlarga qo‘yilgan tashkilotlar (elektr, gaz, soliq, hokimiyat xodimlari) nega boshqalar oldida tayoq yeb, haqorotlansa, tuqqan onasida nima ayb, yoki hokimni ona tug‘maganmi? deya yozadi selektor yig‘inida ishtirok etgan Koson turg‘uni. Keyingi murojaat Denov tumani Katta Qarshi mahallasidan

Kasal ustida savdolashayotgan do‘xtirlar

Tuman Tibbiyot birlashmasi Shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yuqori tana haroratida tez yordam moshinasida keltirilgan nochor pulsiz onaning farzandi yosh bemorni tibbiy anjomi bilan tana haroratini o‘lchamasdan, birinchi yordam ko‘rsatish o‘rniga hayotini xavf ostiga qo‘yib mas'ulyatsiz shifokor shifoxona zaliga majburan chiqarib kuttirmoqda, deya yozadi navbatdagi shikoyatgo‘y.

Bu sizga o‘qib eshittirganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Turkumga kirmagan ko‘plab shikoyatlarni Eltuz Portalining telegram sahifasida o‘qishingiz mumkin. Ularga tegishli idoralar e'tibor qaratadi deya umid qilamiz. Eslatib o‘tamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
13 iyul 2020
O‘tmish tozalab qo‘yilgan. Ëlg‘on esa haqiqat deya bizga taqdim qilinmoqda. Bu gapni yozuvchi Jorj Oruell bundan 70 yil oldin ...
12 fevral 2020
Gapning qisqasi, «Ilhom» teatrini o‘z o‘rnida qoldirishga erishildi. Ammo Toshkentdagi «Ilhom» teatri atrofida gap chuvalashdi. Ijtimoiy tarmoqlarda «Ilhom» teatr ...
11 aprel 2017
Mart oyining oxirlarida rus tilida chiqadigan Uzmetronom sayti «ishonchlik manbalari»dan iqtibos qilib, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiatsiyasi ...
31 dekabr 2020
Yangi yil arafasida Farg‘ona va Navoiy shahri markaziy maydonlariga o‘rnatilgan archalar yonib ketdi. eltuz.com
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...