Asosiy mavzular
15 noyabr 2022

600 CYeKUND: Ukraina Xersonni ozod qildi, O‘zbekiston esa Rossiyaga vino yetkazishni ko‘paytirdi

Xorazmda masjid qurilishiga oid e'lonlardan kelib tushgan 40 million so‘mni “tuya qilgan” imom-xatibga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Andijonda esa Umraga bormoqchi bo‘lganlarni salkam 1 yarim milliard so‘mga «uxlatgan» shaxs ushlandi.
+++
Jizaxda 22 yoshli yigit xotini va 5 yashar o‘g‘lini yoqib yuborgan. Jinoyatchi er qamoqda, ona-bola go‘rda.
+++
Navoiy viloyatida parnik uchun ajratilgan ikki gektar yerni 200 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan uch kishi ushlandi. Navoiylik tovlamachilar qamoqda…
+++
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev farmoni bilan 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni «Umumxalq bayrami» sifatida dam olish kuni deb e'lon qilindi.
+++
Samarqandda Turk davlatlari tashkiloti liderlarining sammiti bo‘lib o‘tdi. U yerga Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Vengriya prezidantlari va davlat raxbarlari tashrif buyurdi.
+++
10 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Ukrainaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Elchiga Ukraina Mudofaa vazirligi vakilining amaldagi sanktsiya cheklovlarini chetlab o‘tib, Rossiyaga ikki maqsadli mahsulotlar yetkazib berilgani haqida OAVda tarqalgan  bayonot munosabati bilan jiddiy xavotir bildirildi.
O‘tgan hafta Faynanshli Tayms nashri O‘zbekiston hukumati Yevropa Ittifoqini oligarx Alisher Usmonov bilan uning singlisi Gulbahor Ismoilovadan sanktsiyalarni olib tashlashga ko‘ndirishga urinmoqda, deya xabar qilgan edi.
+++
Toshkentda Moskvaning Yuriy Nikulin tsirki masxarabozlari 19 noyabrdan 11 dekabrgacha tomoshalar ko‘rsatadi. Bu haqda O‘zbekiston nashrlari yozmoqda.
+++
Istanbuldagi sayyohlar uchun mo‘ljallangan Istiqlol ko‘chasida 13 noyabr kuni kuchli portlash sodir bo‘ldi. Mahalliy OAVga ko‘ra portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 6 kishiga, jarohatlanganlar esa 81 taga yetgan. Terror xurujini amalga oshirgan shaxs qo‘lga olingan. Ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘yluning aytishicha, u Kurdiston ichki partiyasi (PKK) va Kurd mudofaa otryadlari (YPG) bilan bog‘liq shaxsdir.
+++
Chimkentda bir yigit uch qiz tomonidan zo‘rlanganini iddao qildi. Qozog‘istonning Chimkent shahrida kiyim do‘konidan chiqqan O‘ljas ismli yigitni 3-kursda o‘qiydigan uch nafar talaba qiz ortidan quvib, tutib olib, “sevib” tashlashgan. Bu shunchaki PTK kanalidagi kiyim do‘konining reklamasimi yoki chindan ham yigit zo‘rlanganmi – masalaning bu tomoni Eltuz mustaqil manbalari tomonidan tasdiqlangani yo‘q.
+++
Britaniyaning yangi bosh vaziri Rishi Sunak Rossiyani “yakkamoxov davlat” deb atab, uning jahon iqtisodiyotiga ta'sirini kamaytirish rejasini taklif qildi. Sunakning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarishni ko‘paytirib, zaxiralarni orttirishi lozim. Ayni paytda u Rossiyani oziq-ovqat mahsulotlaridan qurol sifatida foydalanayotganlikda ayblagan.
+++
14 noyabr dushanbaga o‘tar kechasi, O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida yer qimirladi. FVV Seysmoprognostik monitoring markazi ma'lumotiga ko‘ra, zilzila markazi Toshkentdan 149 kilometr janubiy-g‘arbda (Tojikiston hududi)da bo‘lgan. Zilzila kuchi O‘zbekistonning Bekobod, Shirin, Yangier shaharlari hamda Yangiobod tumanida 3 ball, Xovos, Bekobod va Boyovut tumanlarida 2-3 ball, Guliston, Zomin va Guliston shahrida 2 ballga teng bo‘lgan. Ertalab soat 06:36 yer qimirlashi takrorlangan, biroq Seysmoprognostik monitoring markazi bu gal zilzila kuchi necha ballni tashkil etganiga aniqlik kiritgan emas.
+++
Yerevanda “Xalq demokratik qutbi” birlashmasi tomonidan Armanistonning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan chiqishi talabi bilan mash'ala yurishi bo‘lib o‘tdi. Yurish “Alvido, yuvuqsiz Rossiya!” (“Proщay, nemыtaya Rossiya!”) shiori ostida o‘tkazilgan.
TRT telekanali tayyorlagan lavhada yurish ishtirokchilaridan biri “Rossiya imperiyasi – arman xalqining birinchi raqamli dushmani” ekanini aytib, “KXShT – befoyda tashkilot”ligini urg‘ulagan.
+++
Ukraina harbiylari tomonidan 12 noyabr kuni Xerson viloyati ozod qilindi. Ukraina Mudofaa vazirligi o‘z qo‘shinlari Xersonga kirganini tasdiqladi. Moskva tomonidan Xerson viloyati raxbari etib tayinlangan Stremousov shahardan qochayotib avtohalokat natijasida o‘ldi. Rossiya Ukraina bo‘yicha hech qanday shartlarsiz muzokaralarga tayyorligini ma'lum qildi. Vladimir Putin yo‘lda halok bo‘lgan Kirill Stremousovni “Jasorat” ordeni bilan taqdirlash haqida farmon imzoladi
+++
Rossiyaning Oryol viloyatida mahalliy shoir Aleksandr Bivshev Feysbukda “chmobiki” degan so‘zni ishlatgani uchun jazolandi.
Shoirning aytishicha, 1 noyabr  kuni huquq-tartibotchilar uning uyiga kelishgan. Bivshev ularga “chmobiki” so‘zi “chastichno mobilizovannыe” degan birikmaning qisqartirilgan shakli ekanini aytganiga qaramay, baribir protokol tuzishgan. Mahalliy “tartib posbonlari” fikricha, bu bilan shoir Rossiya armiyasining “obro‘siga putur yetkazgan».  
“OVD-Info” loyihasi ma'lumotiga ko‘ra, Bivshevga shu kungacha oltita jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ulardan beshtasi urushga qarshi she'rlari uchun ochilgan.
+++
O‘tgan hafta so‘nggida Ukraina janubidagi 42 qishloq o‘ris bosqinchilaridan ozod qilindi.  Kalinovsk, Bobrovыy Kut, Yevgenevka, Kotsyubinsk va Snegirevsk qishloqlarida Ukrain politsiyasi o‘z ishini boshladi.
+++
Kievdagi 11 ko‘chadan o‘ris ismlari olib tashlandi Kievdagi  Lomonosov,  General Karbыshev, Nikolay Gastello, Valya Kotik  kabi  o‘ris ismlar o‘rniga  ko‘chalarga Ukraina va Yevropa oydinlari ismi qo‘yildi.
Shu paytgacha 204 shahar ob'ektidan o‘rischa nomlar olib tashlangan.
Kiev shahar kengashi shu yil 25 avgustida  95  ko‘cha va hiyobonlardan Rossiya va SSSR bilan bog‘liq nomlarni olib tashlash bilan «derusifikatsiyaga» start bergan edi.  
O‘zbekistonda bu ish Karimov davrida amalga oshirilgan. Masalan «Xalqlar do‘stligi» degan sovetparast nom kontsert zalidan olib tashlanib «Istiqlol»ga almashtirilgan. Mirziyoev esa bu zalga sovetcha nomni qaytarib, bonusiga o‘ris soldatlarining yangi haykallarni xitoylik ustalarga buyurtirib «g‘alaba parki» qurdi. Xalq puliga albatta.
+++
Putin Gaaga sudi oldida javob berishi kerak. Biroq Jahon huquq tizimida Rossiya prezidenti Vladimir Putin kabi jinoyatchilarni javobgarlikka tortish mexanizmlari mavjud emas.  
Bu haqda Ukrainaning 2014–2016 yillardagi Bosh vaziri, “Xalq fronti” partiyasi yetakchisi Arseniy Yatsenyuk  siyosiy tahlilchi Dmitriy Gordonga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Xalqaro huquqqa ko‘ra, Putin, albatta, Gaagada bo‘lishi kerak. Asosiy muammo – uni qanday qilib uni u yerga olib borib qo‘yishda.  Chunki, tan olish kerak,  zamonaviy huquq tizimida Putin kabi jinoyatchilarni xalqaro jinoiy javobgarlikka tortish mexanizmlari yo‘q»,  – dedi Yatsenyuk.
+++
Asarlari millionlab dollarga sotiladigan mashxur rassom Benksi Ukrainaning Rossiya bosqinchilari vayron qilgan Borodyanka qishlog‘iga atay borib devorga rasm chizib ketdi. Britaniya ko‘cha rassomligi yulduzi o‘zining bu grafiti asari bilan jafokash ukrainlarni qo‘llashini bildirdi.
Benksi Borodyanka ko‘chasida chizgan suratini Instagramdagi rasmiy sahifasiga joylashtirdi. Rus bosqinchilari hujumidan portlagan beton va armatura orasiga chizilgan rasmda urush oqibatida vayron bo‘lgan uyning devorida xarobalarga suyangandek, qo‘llarida teskari turgan gimnastikachi qiz aks etgan.
+++
O‘zbekiston esa g‘arb dunyosi yuz o‘girgan Rossiyani sharob bilan sug‘orish ishida faollashdi. “Kommensant'” nashrining xabar qilishicha, g‘arbdan spirtli ichimliklarni import qilishda yuzaga kelgan qiyinchiliklar fonida O‘zbekistondan Rossiyaga sotilayotgan vino hajmi keskin oshdi – joriy yilning uch choragi ichida bu mamlakatga vino eksporti 4,5 baravarga ko‘tarilib, qariyb 850 ming litrga yetdi.
+++
Bu Eltuz kanalidan so‘nggi 600 cekund ichida sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlarimiz edi. Kun davomida biz bilan qoling, kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
16 may 2016
O‘zbekistonda fermerlarga qarshi boshlangan «Oybolta» deya nomlangan kampaniyaga ko‘ra, belgilangan rejani uddalamagan fermerlar, davlatga yerini qaytarib berishi, paxta yetishtirish ...
13 aprel 2024
10-aprel kuni Bo‘rijar kanalining Toshkent shahri Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida uch kishi, jumladan 5 yoshli bola va uning onasi ...
21 sentyabr 2019
Sumkasidan Muhammad Solih kitoblari chiqqani uchun ustidan jinoyat ishi ochilib, tergovga chaqirilgan xorazmlik 56 yashar shoir Mahmud Rajab 20 ...
11 yanvar 2016
“Huquq” nashrining yozishicha, besh farzandning onasi Xolida Zaripova, Sharifjon Burxonov shaxs bilan shar'iy nikoh asosida yashab kelgan. U oltinchi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...