Asosiy mavzular
16 noyabr 2022

DXX tazyiqiga uchragan Eltuz rassomi Elsevar vafot etdi

O‘zbekiston rassomlar uyushmasi a'zosi, rangtasvir, grafika va karikatura ustasi, yetuk rassom, Eltuz ijodiy jamoasi a'zosi Shavkat Muzaffar (Shavkat Turopov) 54 yoshida 15 noyabr kuni Toshkentda olamdan o‘tdi.

Rassom Shavkat Muzaffar (Elsevar) chizgan karikatura. 2016 yil


Shavkat Muzaffar Eltuzga Elsevar taxallusi bilan karikaturalar chizardi.
Qator xalqaro ko‘rgazmalarda karikaturalari e'tirof va sovrinlarga sazovor bo‘lgan Shavkat Muzaffar 2016 yili Chexiyaning Praga shahrida siyosiy faol rassomlar uchun o‘tkazilgan treningda qatnashgani ortidan o‘sha davrdagi O‘zbekiston MXX tashkiloti tazyiqlariga duchor bo‘ldi.
Bu tazyiqlar rassom hayotini ostin-ustun qilib yubordi.
Shavkat Muzaffar Eltuz nashri ochilgan ilk kunlardan boshlab, nashr bilan yaqindan hamkorlik qilgan va portalning vizual qiyofasini belgilashda katta yordam bergan edi.
Eltuz jamoasi o‘z rassomi Shavkat Muzaffarning yaqinlariga ta'ziya bildiradi.
Shavkat Muzaffar 1968 yil Toshkent shahrida tug‘ildi. 1993 yilda Toshkent arxitektura va qurilish institutining arxitektura fakultetini tamomladi.

Rassom Shavkat Muzaffar (Elsevar) chizgan karikatura. 2016 yil


1989−1993 yillarda «Tashgiprogor» va «Uzniipr» loyihalash institutlarida, 1993−2003 yillarda «O‘zsanoatkurilishbank» tizimida, 2007−2010 yillarda «Mushtum» hajviy jurnalida, 2015−2020 yillarda Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasida va Toshkent shahar madaniyat boshqarmasida faoliyat yuritgan. Shu paytga qadar Shavkat Muzaffar «Mushtum» jurnali va Xalqaro islom akademiyasining «Ziyo» studiyasida faoliyat yuritib keldi.
Shavkat Muzaffarning bir qancha rangtasvir, grafika, karikatura va shuningdek hattotlik asarlari AQSh, Germaniya, Chexiya, BAA, Frantsiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Saudiya Arabistoni kabi qator mamlakatlarning shaxsiy kollektsiyalarida, shu jumladan, AQSh Kongressi kutubxonasining Markaziy Osiyo fondida saqlanadi.

Rassom Shavkat Muzaffar (Elsevar) chizgan karikatura. 2017 yil


Rassom asarlaridan bir nechtasi Chexiyadagi Bohemiya unversiteti rahbari professor Xolnazar Omonov kollektsiyasida mavjud.

Rassom Shavkat Muzaffar (Elsevar) chizgan karikatura. 2016 yil


Rassom ko‘plab xalqaro tanlov-konkurslar, ko‘rgazmalarda faol ishtirok etgan, bir qancha asarlari Yevropa va Osiyo mamlakatlari ko‘rgazmalarining kataloglaridan joy olgan.
Xususan, bir necha marta dunyoning eng nufuzli World press cartoon tanlovida O‘zbekiston nomidan qatnashgan. 2007 yil «Oltin qalam» milliy mukofotiga, 2016 yil«Mustaqillikning 25 yilligi» medaliga sazovor bulgan.
Alloh g‘ariqi rahmat, shoistai jannat aylasin Elsevarni!

Eltuz jamoasi

Tag‘in o‘qing
10 mart 2017
O‘zbekiston Prezidentining qaroriga ko‘ra, 1 martdan O‘zbekistondagi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha tadbirkorlik sub'ektlarida kassa apparatlarining bo‘lishi ...
4 avgust 2021
“The Diplomat” nashri 2 avgust kuni Rossiya va O‘zbekiston qo‘shinlari Afg‘oniston chegarasiga yaqin hududda qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini boshlagani haqida ...
6 yanvar 2023
Bir vaqtlar juda shiddatli bo‘lgan daryoning quyi qismi bo‘ylab sayohat qilar ekan, muayyan ekologik halokatning oldini olish qanchalik mushkul ...
3 iyul 2020
Hafta aylanib yana sizlar bilan yuzlashganimdan mamnunman. Suhbati chor – anda mazza bor, deyishadi. Sizlar esa yuz minglarsiz. Shuncha ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...