Asosiy mavzular
16 dekabr 2022

Deditits tamg‘asi

Aziz og‘a ini¸ opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Sovuqning shashti tushdi. Ammo izg‘irinlar tanni nayzadak teshadi.
Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham xo‘jik birrila. Opo dayan suvuqlarda nishatib o‘ngiship o‘tiripsizlar?
Yashash soatining oltin kapgiri
Har borib kelishi bir olam zamon.
Koinot shu damda o‘z kurrasidan
Yasab chiqa olur yangidan jahon.
MS Duzog‘o ishitdingizmi? Putinnan o‘rden olib otrabotga atado‘n senator kampir Tanzila Norboevani o‘kizdiyn qizini o‘yini o‘g‘ri kirib 12500 dolarni oliiib chiqib getibdi qolibdi. Bechoro qon yig‘lab ikki dizini yumruqlab o‘tiribdi.
O‘g‘ri qamag‘da. U qizning uyidagi enaga bo‘lib chig‘di. Umuman O‘zbekiston dunyodagi eng kriminogen xududlarga o‘xshab ketmoqda. Asaka Arg‘in ko‘chada 29 yashar anjanlik ipplas er 24 yashar xotinini cho‘yan qumg‘on bilan urib o‘ldirdi. Er qamag‘da xotin go‘rda.
MS Ovong og‘o ishitdim. Pl topmiyn quri mechitta pishgan qorma yeb gun go‘rado‘n parazit akan vu ar. Xotin bechoro nevchun pul topmiysan dagani uchun qumon bilan urib o‘ldirib pobega getibdi. Lekin u manglayi qoroni tutib qomodila. Indi har gun mut balanda ichadi qomoqda. Parashani yonindo.
Yaxshi xabarlar ham bor Matchon. O‘tkan 10 oyda o‘zbek xotinlari 18230 egiz tug‘di. Bu oldingi yil shu vaqtdagidan 1408 egiz ko‘p degani.
MS Mozosiz quvunni tuxumi ko‘p bo‘ladi. Son sotono qoromin sipatni ham o‘ylash garak. Yurtni ullissi kichchissindan jilli. Ol birini ur org‘isino deyan gap bo‘ldi.
Oddiy xalq xam vazirlar ham bir xilda joxil bo‘lgan qavm bu. Masalan Toshkent bemalol adabiyot turizmiga maskan bo‘lishi mumkin. Chunki bu shaharda dunyo adabiyotining tan olingan buyuklari yashagan. Masalan, oldin Darxondan sal naridagi Novomoskovskaya ko‘chasidagi g‘ishtli uy devorida «Bu uyda Anna Axmatova» yashagan deb yozilgan marmar lavha bor edi. Hozir yo‘q. O‘sha frantsuz rassomi Modilyaniga ilhom bergan buyuk shoira Anna Ahmatova Toshkentda yashagan. Toshkentda o‘qigan yoki yashaganlardan biri – siyosiy arbob va publitsist Kerenskiy.
(Ro‘yxat uzun va sharafli) Shu kunlarda Sog‘liqni saqlash vazirligining savodsiz, johil va o‘g‘ri rahbarlari eski ToshMidagi rakovoy korpus binosini buzib, stoyanka qip qo‘yishdi.
MS Ming la'nat bu manqurtlarga
Bu ikki qavatli bino yozuvchi Soljenitsыnning «Rakovыy korpus» degan romaniga sahna bo‘lgan. Ëzuvchi Aleksandr Soljenitsыn bu roman uchun 1970 yili Nobel sovrini oluvdi.
Xullas, Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarlari madaniyat va tarix dushmanlaridir. Ularni oyog‘idan osib, tagidan o‘t qo‘yish kerak.
MS Bu yoshullilarni chukkini kasish garak.
Ex Matchonboy nimasini aytasan.“Bizdan so‘ramasdan lotinga o‘tkazishdi“, deb yozg‘iradi prezident talab qilgani uchun FBda sahifa ochgan o‘zbek mulozimi.
Huddi kirill yozuvini u kishidan so‘rab joriy qilishgandek.
Nima uchun so‘rash kerak? Nega so‘rash kerak?
Kasal odamga qanday dori berishni tabibni o‘zi biladi.
Kasalning xohish-istagi muhim emas. 1991 yilning 17 martida bo‘lib o‘tgan referendumda ishtirok etgan o‘n million o‘zbekistonlikning to‘qqqiz yarim millioni “SSSR tarafdoriman, mustaqillik kerak emas”, deb ovoz berdi.
Qafasdagi maymundan so‘rasang ham erkinlikni tanlaydi.
Ammo bu qavm doimo qafas, qamchi va mutelikni tanlab kelgan.
Shu bois ulardan so‘ramasdan 1991 yilning 31 avgustida mustaqillik joriy qilindi va to‘g‘ri bo‘ldi.
Bu qavm o‘sha davrdagi tarixiy imtihondan o‘ta olmagani uchun ham 25 yil bir odam irodasiga bog‘liq bo‘lib qoldi.
Zotan 1991 yilgi referendumda Gruziya, Litva, Latviya, Estoniya kabi davlatlar qatnashmadi.
Bugun ular bizdan farovon va bizdan erkinroq yashyoyottani balki shundandir.
Respublika grajdani bo‘lish hammaga ham nasib qiladigan rutba emas.
Hokimiyat manbai xalqdir, deganda olomon emas, erkin grajdanlar nazarda tutilgan.
Qadimgi Rimda grajdanlar (kviritlar) siyosiy iqtidorga ta'sir qila oladigan va barcha huquqlar sohibi bo‘lgan qatlam edi.
Ular ovoz berish yo‘li bilan mamlakat va millat tadirini hal qiladigan qarorlarni qabul qilishgan.
Ammo Rim imperiyasida ovoz berishdan mosuvo qatlamlar ham bor edi.
Bular imperiya mustamlaka qilgan davlatlarning aholisi va qullar edi.
Deditits (Bo‘ysundirilgan) deya tamg‘alangan bu qatlam ovoz berish tugul, Rim shahriga 160 km yaqinlashmasligi kerak edi.
O‘tgan asr oxirini yaxshi bilgan kishi sifatida O‘zbekiston SSR aholisi qul bo‘lmasa ham Deditits (Bo‘ysundirilgan) maqomida ekanini ayta olaman.
O‘tgan asr oxirida Boltiqbo‘yi davlatlari Deditits (Bo‘ysundirilgan) bo‘lishni istashmadi va erkinlikka qovushdi.
Meni hayratga solayotgan narsa – 25 yil oldin mustaqil bo‘lgan bu qavm yana zanjirlarini sog‘inib, kirill yozuviga qaytmoqchi.
Albatta, ulardan so‘rasang, jon deb o‘zini Rossiya quchog‘iga otadi. Mustaqillik ham kerak emas, deydi…
So‘rash kerakmi ulardan? So‘rashga arziydimi ular?
2017 yili Olmaliqda prezident Mirziyoev shunga o‘xshash gapni aytgandi.
“Men bugundan boshlab hokimlarni xalq saylaydigan tizimni joriy qilardim. Lekin xalq tayyormi bunga, hokimlar tayormi”, deya ritorik savol qo‘ydi.
1865 yilning 16 iyunida bosqinchi general Chernyaevga Toshkent darvozalarini ochib bergan qavm millat oldida tazarru qilmasdan yurar ekan, bunday savollar eng yuqori minbardan turib qo‘yilaveradi.
Isyon huquqi
MS Duz og‘o. Shunniyn jillilar ho‘ko‘mot ustina chiqan soyin xolq bo‘qqino buloshib yotibdi. Bu manglayi qorolarni og‘dor do‘ndar atsa bo‘lmiymi oxir?
Bo‘ladi albatta. Demokratik tamoyillar diktaturani qurol bilan ag‘darish huquqini so‘nggi chora sifatida kafolatlaydi. Isyon tabiiy huquq hisoblanadi, va ijobiy huquq tamoyillari tasdig‘ini talab qilmaydi.
Zulmga qarshi kurash huquq asosi, diktatorlarni o‘ldirishning qadimgi huquq davridan boshlangan. Ilk bor isyon huquqi 1776 yilgi AQSh mustaqilllik Deklaratsiyasida yozma ravishda qayd qilingan.
Ushbu hujjat muqaddimasida shunday deyiladi: “… agar qandaydir siyosiy tuzum ushbu huquqlarni buzsa, u holda xalq uni o‘zgartirish yoki bekor qilish va xalq farovonligi va xavfsizligini eng yaxshi tarzda ta'minlovchi tamoyillarga asoslangan va boshqaruvni shu shaklda tashqil qiluvchi yangi tartib o‘rnatish huquqiga ega… qachonki qator hokimiyatni suiste'mol qilish va zo‘ravonliklar natijasida… xalqni mutlaq mustabid tizimga bo‘ysundirishga urunish aniqlansa, u holda bunday hukumatni ag‘darish va o‘z kelajak xavfsizligini ta'minlovchi yangi kafolatlarini yaratish xalqning huquqi va burchidir”
Shuningdek 1789 yilgi Frantsiyaning inson va fuqaro erkinligi va huquqlari Deklaratsiyasining 2-moddasida erkinlik, xususiy mulk va xavfsizlik kabi tabiiy va ajralmas inson huquqlari bilan bir qatorda, zulmga qarshi isyon huquqi ham ta'kidlab o‘tilgan.
Qolaversa 1793 yilda ushbu Dkelaratsiya kengaytirilgan va quyidagi so‘zlar qo‘shilgan:
Har kimsa xalqga tegishli bo‘lgan hukmdorlikni o‘zlashtirib olsa, u darhol erkin fuqarolar tomonidan o‘limga hukm qilinadi.
Qachonki hukumat xalq huquqlarini poymol qilsa, isyon qilish ushbu xalq va uning har bir a'zosi uchun muqaddas huquq va favqulodda vazifasidir.
Polsha qirolligi va Polsha-Litva hamdo‘stligida isyon huquqi, shlyaxta huquq va imtiyozlariga rioya qilinmagan paytda ularning himoyasini ta'minlash maqsadida shlyaxtaning imtiyozlaridan biri bo‘lgan.
Tez-tez qirolga bosim o‘tkazish maqsadida qo‘llanilgan. Xususan, ushbu huquqga tayangan holda, shlyaxta Kazimir I, Boleslav II qirollarini surgun qilgan.
Shunga qaramay, ushbu huquqdan foydalanish, qirolning qurolli g‘alabasi taqdirida, qo‘zg‘olon sifatida ko‘rilishi mumkin edi.
1948 yil BMT tomonidan qabul qilingan Umumjahon inson huquqlari Deklaratsiyasi muqaddimasida shunday deyiladi:
“inson so‘nggi yo‘l sifatida, diktatura va zulmga qarshi isyon qilishga majbur bo‘lmasligini ko‘zda tutgan holda, inson huquqlari hukumat tomonidan himoya qilinishi lozim”
Ko‘pchilik zamonaviy demokratik davlatlar konstitutsiyasida, mamlakatda yagona hukumat manbai xalq ekanligini va shu sababli hokimiyatni egallab olish va uni suiste'mol qilishga qarshi turish huquqiga ega ekanligini tasdiqlovchi, xalq suvereniteti e'lon qilinadi. Balki, aynan shuning uchun ko‘plab zamonaviy konstitutsiyalarda isyon huquqining maxsus ta'kidlab o‘tilishi talab qilinmaydi. Sabablardan yana biri shu bo‘lishi mumkinki, mavjud boshqaruv go‘yoki ma'lum bir huquq va erkinlik qoidalarini buzayapti, degan bahona ila, hukumatning siyosiy ekstremistlar tomonidan zo‘ravonlik yo‘li bilan bosib olinishi xavfidan isyon huquqini yuridik nazar bilan chegaralash juda ham qiyindir.
Shunga qaramay, qator zamonaviy demokratik konstitutsiyalariga isyon huquqi kiritilgan. Masalan Germaniya Federativ Respublikasi Asosiy qonunining 20-moddasida shunday deyiladi:
(1) Germaniya Federativ Respublikasi demokratik va ijtimoiy federal davlatdir.
(4) Ushbu tuzumni bartaraf qilishga urinuvchi har kimsaga, agarda boshqa vositalardan foydalanish imkoni bo‘lmasa, barcha nemislar qarshilik ko‘rsatish huquqiga egadirlar.
Frantsiyaning 1958 yil 4 oktyabr kungi Konstitutsiyasi bilan 1789 yilgi inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi tasdiqlangan. Bundan kelib chiqadiki, unda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytilgan zulmga qarshi isyon huquqi, Frantsiya fuqarolariga tegishli asosiy huquqlardan biridir. 1971 yil 16 iyul kuni Frantsiya Konstitutsiyaviy kengashi ushbu Deklaratsiyani, rioya qilmaslik konstitutsiyaga xilof, yuridik ravishda majburiy hujjat deya e'tirof qilgan.
MS. Bu gaplar ko‘p qiyin. Yaxshisi samarqandlilarga o‘xshab cherez meksika Amerikaga qochib o‘tib shonda gun go‘rish garak. Bu yurt indi odom bo‘lmiydi. Mongloyi tiyrdin qoro bo‘ldi. Kapini tikildi bu yurtni. Biz bizoloq bizmog‘onni oyoqi cho‘loq.
Amerikaga Meksika botqoqlari orqali qochib o‘tmoqchi bo‘lganida go‘yoki banditlar qo‘liga tushgan va Meksika esenbesi ularni «banditlar» qo‘lidan qutqarib qamab qo‘yg‘an 7 nafar O‘zbekiston qashshog‘iga O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligi yordam beradigan bo‘ldi. Ularni xalq to‘lagan soliqdan yuvib, tarab, qornini to‘yg‘azib, ishtraplarini to‘lab, uchoqqa mindirib yana O‘zbekistondagi uyiga apkirib qo‘yishadi. Xudoyi ham qibersa kerak vazirlik is chig‘orib, jonliq so‘yib. Meksika orqali AQShga qochib kirmoqchi bo‘lgan qashshoqlar ketishdan oldin O‘zbkiston tashqi ishlar vazirligiga oytip ketinglar. Tayargarlik qip qo‘yishadi. O‘lsangiz kapan va yuvg‘ichi yuvorishadi. Xalqimiz boy soliqni to‘lab o‘tiribdi qachon kimni Meksika botqog‘idan sug‘urib olsaq deb.
MS Xo‘sh, qishning kunida bu yetti darbadar Meksikada nishatip yurvadi?
Xullas yetti o‘zbek qashshog‘i AQShga o‘tib ketishni planlashdi.
O‘zbekistondagi «Turistik shirkat» degan fortochka ochgan o‘rtakashlarga puldi to‘lab, yo‘lg‘a chig‘ishdi. Ë tavakkal, deb. Ular planga ko‘ra, Meksikaga borvolishi va AQSh territoriyasiga noqonuniy kirvolib, «Biz O‘zbekistonda huquqimiz poymol qilinib, nomusimiz toptalgan siyosiy qochqinmiz», deb, sdavatsa qilishi kerak edi.
(Bundan oldin minglab o‘zbeklar qilg‘an ish)
Bu yetti o‘zbek qashshog‘i Quyi Kaliforniyaga boradigan avtobusga bilet olib minishgan va oldindan belgilangan reja bo‘yicha Meksikaning chegara yaqinidagi Gomes-Palasio shahrida tushib qolishgan. Kelishilgan rejaga ko‘ra, ular bitta uyda yashab, chegaradan o‘tish signalini kutishgan. Yetti kishi uchun uy ijarasi 1200 dollar bo‘lgan. Davay puldi ber, deyishgan uy egalari. Shu vaqtda bu yetti qashshoq puldi qizg‘angan. Baribiram yetib keldik. Ana bir qadam narida jannatday Amerika ko‘rinib turibdi, deb o‘ylashgan. O‘rtada janjal chig‘gan. Shunda bu yettisidan bittasi politsiyaga tilpon qilg‘an. Sho‘rtik kiygan Mekskika politsiyachilari kelib, bu ziqna yettti o‘zbekni qamab qo‘ygan. Kambog‘al ziqnani og‘zi oshga yetganda boshi toshga tegibdi, degani shu. Endi bu yettisi yana serquyosh O‘zbekistonga qaytadi. Chunki dunyoda jannat bittadir. U ham bo‘lsa O‘zbekistondir.
MS Sho‘rda to‘xtab yonqi gapni oyting
Assalom O‘zbekiston juma muborak.

Rassom Tuz,

@eltuz

Tag‘in o‘qing
6 iyul 2016
30 iyunda Surxandaryo viloyati Termiz tumanida mahalliy dehqon-fermerlar bilan uchrashuvi chog‘ida O‘zbekiston prezidenti Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida Xorazm lazgisi yangraganda ...
21 aprel 2021
«Abdulla G‘arip Prodakshn», Rassom Tuz, rassom Elsevar va «Eltuz» namoyish qiladi. (IKKINChI QISM) Avtobus o‘nqir-cho‘nqir yo‘ldan ketyapti. Cirtiga “O‘zbekiston ...
21 oktyabr 2024
Bundan 25 yil oldin  Urganchda mustaqil televidenie tashkil qilib ishlagan paytlarimiz bitta katta jurnalistik surishtiruv boshlagan, biroq ko‘plab sabablarga ...
20 may 2019
Andijon shahrida 16 may kuni viloyat faollari va prezident Mirziyoev ishtirokidagi yig‘ilishda Bo‘z tumani hokimi Inomjon Madaliev tuman nomini ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...