Asosiy mavzular
22 yanvar 2023

Sportni «sog‘in sigir» qilgan vazirlik mulozimlariga qarshi jinoyat ishi ochildi

Joriy yil boshida sobiq jismoniy tarbiya va sport vazirligining  bir nechta yuqori mulozimi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining  167-moddasi 3-qismi, «a» bandi ( juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan ayblandi. Prokuratura ularga qarshi jinoyat ishi ochdi. 

Eltuzga ma'lum bo‘lishicha, sport sohasini «byudjet mablag‘ini o‘marish» sxemasiga aylantirgan amaldorlar mamlakat jazo qonunining va boshqa moddalari bilan ham ayblanishmoqda.
Antikorruptsiya agentligi sobiq Jismoniy tarbiya va sport vaziri, hozir Qarshi Davlat universiteti rektori vazifasida ishlayotgan Dilmurod Nabievning ham  «katta miqdordagi korruptsion sxemaga» aloqadorligiga ishora qilib, aynan shu mulozim rahbarlik qilgan vaqtda faoliyat yuritgan mansabdorlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini rasman ma'lum qildi. 
«Sportga sarfladik» deya byudjetdan o‘g‘irlagan o‘ta katta summadagi  talon-toroj  aynan Dilmurod Nabiev vazir bo‘lgan 2018-2021 yilni qamrab olgan.

O‘zbekistondagi Rost24.uz sayti Dilmurod Nabievga murojaat qilib,  aynan uning korruptsion sxema boshida turtganligi yuzasidan izoh so‘ragan. Ammo Nabiev va Qarshi Davlat universiteti matbuot xizmati hech bir shaklda izoh bermagan – rad ham qilmagan, tasdiqlamagan ham. 
Eltuzning o‘rganishicha, 22 yanvar holatida sobiq vazir Dilmurod Nabiev ochilgan jinoyat ishlarida figurant emas. Uning bu jinoiy ishlarda guvoh sifatida ham ishtirok qilmayotgani haqida Eltuz suhbatlashgan mulozim ma'lum qildi. Mulozim o‘z xizmat doirasida matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi bois ismi sir qolishini so‘radi.

O‘g‘irlik ko‘lami haqida rasman ochiqlangan raqamlar

Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan quyidagi korruptsion holatlar aniqlanganini ma'lum qilgan edi. 

  1. 2019 yilda Italiyaning Pediluko shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan turnir hamda o‘quv yig‘ini mashg‘uloti uchun sarflandi deya  davlat byudjetidan 334,0 mln so‘m, 20.680 Yevro va 1500 AQSh dollari olingan. Ammo bu mablag‘  mulozimlar cho‘ntagida qolgan.
  2. 2020 yilda byudjet mablag‘lari hisobidan sport jihozlari sotib olish uchun “Mashxim” MChJ, “Arabboy sport” XK va “Sport jihoz lyuks” XKlari bilan 45 ta holatda 15 mlrd. so‘mlik shartnomalar tuzilgan. Agentlik tekshiruviga ko‘ra,  6 ta shartnoma bo‘yicha davlatdan yechilgan  2,9 mlrd so‘mni mulozimlar o‘zlashtirgan. 
  3. Bosh prokuratura tomonidan Dilmurod Nabiev voleybol federatsiyasiga raislik qilgan 2019 yilda keng ko‘lamli talon- toroj yuz bergani o‘rganilib xabar chiqarilgan edi. 

Prokuratura xabarida aynan  sobiq Jismoniy tarbiya va sport vaziri Nabiev buyrug‘iga asosan, Federatsiyaga 54 nafar sportchilar bilan 23 kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun byudjetdan ajratilgan 445 mln. so‘mning 231 mln. so‘mlik qismi amaldorlar tarafodan o‘marilgani va terma jamoa safiga kirmagan «o‘lik jonlar» ya'ni  29  «sportchi»  turli sport yig‘inlariga «yuborilib», 75 mln «uxlatilgani» aytiladi. 

Sportdagi korruptsiya. O Sport» O Kriminal! O Korruptsiya!!!

O‘zbekiston sporti pul yuvish va davlat mablag‘larini o‘zlashtirishning samarali mexanizmiga aylangan 2021 yil dekabr oyida BMT sport sohasidagi korruptsiyaga qarshi katta hisobot chiqargan edi. Ikki yuzdan ziyod ekspert jalb qilingan bu hisobotda oshkoralik¸ davlat nazorati va shaffoflik mavjud bo‘lmagan davlatlarda sport korruptsiyasi avj olgani tanqid qilingan edi.

«Katta sportga ajratilayotgan ulkan pul oqimi ortidan sport musobaqalari jinoiy tarmoq va korruptsion sxemalar bilan tig‘iz aloqa kasb qildi»
BMT hisobotiga ko‘ra, katta sportda aylanayotgan noqonuniy pul hajmi ikki trillion dollarga yaqin (1,7 trln AQSh dollaridan ko‘proq) 
BMTga ko‘ra, bu pullar uchinchi dunyoning asosiy muammosi bo‘lgan qashshoqlikni bartaraf qilish uchun sarflanishi mumkin edi.
O‘zbekiston katta sportidagi korruptsiyaning real ko‘lamini hanuz bilmaymiz. Eltuz o‘rgangan raqamlar katta muz tog‘ining bir bo‘lagi xolos. 
Aniq bo‘lgani shuki, sport mulozimlari o‘margan pul qashshoqlik va energiya infra tuzilmalarining vayronaligi ortidan qishda azob chekayotgan aholi extiyojlari uchun zarur summa edi. 

O‘ylab ko‘raylik. Bizga farovon hayot kerakmi, yoki yolg‘on va korruptsiya ustiga qurilib mulozimlar uchun sog‘in sigirga aylangan katta sport?

(Eltuz hozirda Qarshi davlat universiteti rektori vazifasida ishlayotgan  sobiq jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Hamidullaevich Nabievga sport sohasidagi korruptsiya yuzasidan izoh bildirish uchun minbar berishga tayyor. Nabievning kardu@mail.ru elektron manzili va Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uydagi pochta adresiga bu taklif maktub tarzida yuborildi).

@eltuz

Tag‘in o‘qing
26 aprel 2024
RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. ...
24 may 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” audiokitobining 29-qismi. Matnni muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Xalq shoirlari millat haqida qayg‘urar ...
1 mart 2018
Prezident Mirziyoev 27 fevral kungi selektor yig‘ilishida «O‘zbekoziqovqatxolding» davlat shirkatini meva-sabzavot eksporti rejasini bajarmaganlikda ayblab tanqid qildi. Prezident tanqidi ...
20 sentyabr 2016
Xalqaro korruptsiyada ayblanib ishdan ketgan hukumat mulozimi Abdulla Oripovning qayta lavozimiga qaytarilganini rassom Adolat Eltuz.com nashriga jo‘natgan yangi suratida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...