Asosiy mavzular
27 fevral 2023

Toshkentdagi avrat qorovullari va Ukraina haqida kuylagan Nargiz – 600’35

Salom qadrli muxlislar bugun 27 inchi fevral, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi 35-sonini taqdim etadi.

+++
Kaniza taxallusi bilan qo‘shiq aytadigan 35 yashar Shahrizoda Ahmedovaning och sariq rangli ishtoni avrat qorovuli va shampatrullar tanqid qilingani ortidan «O‘zbekkontsert» kontorasi hujumga o‘tdi va Kaniza litsenziyadan mahrum qilindi.
Ayni paytda hukumat amaldorlarining bu singari kaltabinligi tarmoqda sharmanda qilinmoqda. Va savollar paydo bo‘lmoqda.  
Xo‘sh, xizbutligi uchun Shayxali qamog‘ida jazo o‘tagan Ozodbek qaysi kategoriya asosida Kanizaning litsenziyasini olib qo‘ydi? Ishtoni sariq bo‘lgani uchunmi, yoki otarchining dushmani otarchi degan printsipidan kelib chiqildimi?
Bu huddi «Milovitsa» emchak xalta do‘konini bir zo‘mbi tanqid qilgani ortidan Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi yo‘rg‘alab borib, ichki ishton reklamasini yechivogani kabi xolat? Xullas, Ozodbek biz hammasini bilamiz. Umarova bilan nimani talashganingizni ham. Lo‘lidan vazir chiqsa, o‘z kapasiga o‘t qo‘yarkan. Kanizaning litsenziyasi qaytarib berilishi kerak.
+++
Xali ham Eltuzga obuna bo‘lishdan cho‘chiyotgan o‘zbeklarga esa yana bir bor eslatamiz. Partizanlik davri tugadi. Bugungi kunda nafaqat prezident balki uning har bir amaldori Eltuz xabarlarini o‘g‘rincha bo‘lsa ham o‘qiydi. Chunki havo ilimoqda va qilinayotgan har bir nohaqlikning oshkor etilishi ortidan, har qanday mulozim yoki potentsial jinoyatchining yurak o‘ynog‘iga uchrashi va yiqilish ehtimoli yuqori. Shu bois hoziroq qo‘ng‘iroqchani bosib yutubdagi kanalimizga obuna bo‘ling. Biz esa xabarlarni sizga yetkazishda davom etamiz.
+++
Toshkentning Chilonzor tumanida qornida to‘qqiz oylik homilasi bo‘lgan xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan shaxs 18 yilga qamaldi. Yaqinlarining iddao qilishicha, marhuma ayol 3 kundan keyin egazak qizlarni tug‘ishi kutilayotgan edi. Homilador ayol go‘rda, qotil er qamoqda.
+++
Uch hafta oldin yuz bergan yer silkinishlari ortidan Turkiyada qurilish shirkatlarining 188 nafar rahbarlari va xodimlari qo‘lga olindi. Ularning hammasi zilzila paytida buzilgan uylarni qurishda qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yganlikda ayblanishmoqda. Yer silkinishlari natijasida qurbon bo‘lganlar soni shu kunga kelib 44 mingdan oshgani aytilmoqda.
+++
BMT Bolalar fondi (UNICEF) Turkiya va Suriyadagi zilzilalar paytida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun donorlardan 196 million dollar mablag‘ so‘radi.
+++
Saudiya Arabistoni Kievga 400 million dollar, jumladan 300 million dollar gumanitar yordam va 100 million dollar neft mahsulotlari ajratilishini e'lon qildi.
Yakshanba kuni Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhon Oli Saud Kievga keldi va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.
«Biz Ukrainadagi do‘stlarimiz bilan inqirozning iqtisodiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha ishlayapmiz»,  dedi Al Saud uchrashuv yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
Ukrainadagi mojaroga nisbatan betaraf va uni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori bo‘lgan Saudiya Arabistoni Ukrainaga birinchi marta moliyaviy yordam berayotgani yo‘q.  
Oktyabr oyida Ar-Riyod Kievga 400 million dollar ajratgan edi.
+++
Shvetsiya Ukrainaga A5 va A6 modifikatsiyadagi 10 ta Leopard 2, shuningdek Hawk va IRIS-T xarbiy aslaxalarni yetkazib beradi.
+++
Rossiyaning Omsk viloyatida Maslenitsa bayramiga atab quymoq (blin/eltuz) yeyish musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada g‘olib chiqishga uringan 38 yashar ayol tomog‘iga blin tiqilib o‘ldi. Fojea «Kommunalnik» sanatoriyasida yuz bergan. Tez yordam vaqtida yetib kelmagan. Buning yana bir sababi esa Rossiya viloyatlaridagi avtomobil yo‘llarining harob axvoldaligi bilan izohlanmoqda, buning ustiga tez yordamga ham uzoq vaqt tushib bo‘lmagan.
+++
Ayni paytda Ukrainaga qarshi urushda Rossiya qamoqda uzoq muddatga jazo o‘tayotgan pedofil manyaklar xizmatidan ham foydalanishga or qilmayapti. Ellik uch nafar yosh bolaga jinsiy tajovuz qilgani uchun 2021 yili 18 yilga qamalgan ieromonax Spiridon (Yuriy Abramov) shu kunda Ukraina urushida Rossiya qo‘shinlari safida jang qilayotgan ekan. Agar bu pedofil popvachcha tirik qolgudek bo‘lsa, Rossiyada izzat-ikrom bilan kutib olinishiga shubha yo‘q.
+++
Putin nihoyat Ukrainaga qarshi boshlagan urushi nima bilan yakunlanishi haqida bildirdi. «Birinchi navbatda bizni ya'ni Rossiyani bo‘lib tashlashadi. Keyin alohida  xalqlar shaklida zamonaviy dunyoga qabul qilishlari mumkin. Ular deylik moskovitlar yoki uralliklar bo‘lishi mumkin, lekin endi u ilgarigi Rossiya bo‘lmaydi…» – dedi Putin.  Rossiya ko‘z tikayotgan Ukraina (jumladan O‘zbekiston ham) allaqachon ruslarning koloniyasi emasligini ancha to‘nni yirtib tashlagan o‘zbekning kottakonlari ham tushunishni istamayotgan paytda, Putin aytib tashayapti. Bir yildan ortiq davom etgan Rossiyaning (Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish maqsadida) olib borgan urushi nihoyasiga yetmoqda.
+++
Rossiya mudofaa vaziri general Shoygu Ukrainaga qarshi zambarak yemi sifatida oddiy xalq vakillarini pachkalab jo‘natayotgan bir paytda, uning kuyovi bilan qizi Birlashgan Arab amirliklaridagi dengizda cho‘milishayotgani aks etgan videolar tarmoqda tarqaldi.
+++
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi o‘ninchi sanktsiyalar paketini tasdiqladi. Unda Rossiya federatsiyasiga dabl maqsadli (ya'ni tinch maqsadni ko‘zlagan biroq harbiy sohada ishlatilishi mumkin bo‘lgan. Eltuz) mahsulotlar va texnologiyalar eksportiga cheklovlar, Rossiyada dezinformatsiya va urushni targ‘ib qilgan shaxslarga qarshi choralar o‘rin olgan.
+++
«Kreml bulbulchasi» Vladimir Solovev ko‘rsatuvlarining doimiy mehmoni bo‘lgan Isroil vatandoshi Yakov Kedmi Yevropa Ittifoqining navbatdagi sanktsiyalari ro‘yxatiga kiritildi. Uning YeI qora ro‘yxatiga kiritilishiga Rossiya boshlagan urushni oqlagani sabab sifatida keltirilgan.
+++
AQSh Rossiya va Belarusga narxi 300 dollardan oshadigan smartfonlar yetkazib berishni taqiqladi. Rossiya iqtisodi nochorlashishda davom etayotgan bir paytda dunyo bo‘ylab Rossiya urushiga qarshi miting va namoyishlar o‘tmoqda.
+++
Chexiyaning yangi saylangan prezidenti Pyotr Pavel Putinni Gitlerga tenglashtirdi. “Ikkinchi jahon urushi oldidan Gitler Putin Ukrainaga nisbatan qanday yo‘l tutayotgan bo‘lsa,  xuddi shunday yo‘l tutgan”,  dedi prezident Pragada bo‘lib o‘tgan mitingda.
+++
Londonda bir guruh faollar Rossiyaning Britaniyadagi elchixonasi oldidagi yo‘lni Ukraina bayrog‘i ranglariga bo‘yashdi. Mazkur aktsiya o‘ris qo‘shinlarining Ukrainaga bostirib kirishining bir yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazildi.
+++
Rigadagi Rossiya elchixonasi oldida Putinning g‘aroyib «haykali» – tulumi o‘rnatildi. Boshqa san'at asarlaridan farqli unda vandalizm asoratlarini qoldirish mumkin.  Masalan, istagan odam bolg‘ani olib unga mix qoqishi mumkin.
+++
«Axalay maxalay, sankiyalaringga binnarsa qilay!» Rossiyalik mashxur illyuzionist sehrgar Amayak Akopyan g‘arb sanktsiyalarining yangi paketiga qarshi jodu amali qo‘lladi. Bu haqda Rossiyada eng obro‘li va jiddiy nashrlaridan biri hisoblangan «Komsomolskaya pravda» gazetasi yozmoqda. Bundan ilgari kreml sehrgari Amerika iqtisodini cho‘ktirishga qaratilgan sehru jodularini ham ishga solgan edi.
+++
Asli o‘zbekistonlik qo‘shiqchi Nargiz Zokirova Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan ukrain tilida «Chervona Kalina» qo‘shig‘ini kuyladi.
+++
Bu Eltuz kanalidan so‘nggi 600 cekund ichida sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlarimiz edi. Kun davomida biz bilan qoling, kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
6 yanvar 2022
O‘zbek muxolifat lideri Muhammad Solih Eltuz muxbiri bilan suhbatda Qozog‘istondagi voqealarga munosabat bildirdi. O‘zbekiston «Erk» demokratik partiyasi lideri Muhammad ...
24 sentyabr 2018
So‘nggi kunlarda O‘zbekistondagi paxta yig‘im-terim mavsumiga oid turli OAVlarda e'lon qilinayotgan xabarlar mamlakatda majburiy mehnat alomatlari kuchayib borayotganidan darak ...
29 mart 2023
2022 yilning bahorida Marhamat tumanidagi 36-umumta'lim maktabi binosi agentlik maktabiga aylantirish vaji bilan qishloq bolalaridan tortib olinib, buzilgan, 400 ...
26 noyabr 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...