Asosiy mavzular
1 mart 2023

O‘zbek boksi nokdaun bo‘lishi shartmi?

Havaskor boks korruptsiyaga botgan sport turlaridan biri sifatida ko‘riladi. Yaqin-yaqingacha AIBA prezidenti AQSh qora ro‘yxatida bo‘lgan mafiozi G‘ofur Rahimov edi. Bu sport turi endi O‘zbekiston ustiga bir balo olib kelayotganga o‘xshaydi. 

2023 yil 1-14 may kunlari O‘zbekistonda boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Ammo, kundan kunga O‘zbekistondagi jahon chempionatini boykot qilayotgan mamlakatlar soni ortib bormoqda. 

Ularning boykotiga sabab — musobaqada bosqinchi Rossiya va uning gumashtasi Belarusdan bo‘lgan  bokschilarning ham qatnashayotgani.

Qozonga yursang, qorasi yuqadi. Lekin O‘zbekiston Boks federatsiyasi miq etgani yo‘q. (Boykot qilishsa qilishsin, lekin o‘ris og‘am xafa bo‘lmasin) 

Hozirgacha AQSh, Kanada, Britaniya, Polsha, Ukraina, Niderlandiya, Shveytsariya, Chexiya, Shvetsiya, Irlandiya va Norvegiya. Germaniya esa olimpiada-2024 ga tayyorgarlik vaji bilan bu turnirda ishtirok etishni rad etgan.

O‘zbekiston oldida ikki yo‘l turibdi yo Rossiya va Belorus tarafini olib, sharmanda bo‘ladi yoki xalqaro hamjamiyat talabiga rozi bo‘lib, Rossiya va Belorusni chempionatga qo‘ymaydi.

Ammo, ikkinchi yo‘lni tanlash uchun iroda va matonat kerak. O‘zbek rasmiylari esa bunday sifatlardan kilometrlar uzoq. Eltuz o‘zbek boksi va jahon sporti olamida kechayotgan voqealarni yoritishda davom etadi. Kun davomida biz bilan qoling, kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
5 noyabr 2018
Bu yilgi paxta terimi mavsumida Farg‘ona viloyatida olingani aytilayotgan, ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lgan fotosuratlarda “Paxtaga qo‘li tekkan odam – ...
3 oktyabr 2023
Narpay tumani turg‘uni 7 sinf o‘quvchisi, Nurmuhammadov Umidjonni mahalla  raisi ayovsiz kaltaklab tashlaganini aytib, yordam so‘rab Eltuzga murojaat qildi. “Samarqand ...
23 mart 2016
Vazirlik vakilining aytishicha, ish beruvchi xodimdan uning xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarning bajarilishini talab qilish huquqiga ega emas. Bundan tashqari, ...
19 mart 2021
Rassom Elsevar
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...