Ta'lim xaritasidan o‘chirilgan maktab
2022 yilning bahorida Marhamat tumanidagi 36-umumta'lim maktabi binosi agentlik maktabiga aylantirish vaji bilan qishloq bolalaridan tortib olinib, buzilgan, 400 ga yaqin o‘quvchilar esa boshqa hududlardagi maktablarga majburan ko‘chirilgan edilar.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ma'mura Yo‘ldoshevaning so‘zlariga ko‘ra, ularga bu haqdagi hokimning qarorini, «maxfiy ekanini» aytib, shu paytgacha ko‘rsatishgani ham yo‘q.
Oradan bir yil o‘tdi. Asossiz tugatilgan 36-maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari sentyabrdan buyon hech qanday sharoitlari yo‘q, odamlar «DOM BЫTA» deb ataydigan eski binoda o‘qib kelishmoqda.
Ota-onalaru, o‘qituvchilar, qo‘yingki ikki qishloq aholisi qishloq bolalariga maktabini qaytarish, hokimning qarori noto‘g‘riligini isbotlash uchun bir necha bor murojaat qilganlar.
Bundan 2 oy oldin turli internet nashrlarda chiqqan videomurojaatlarga esa hech kim pinak buzmayapti. Eltuz voqea yuzasidan Marhamat tumani ma'murlaridan izoh kutadi.
eltuz.com