Asosiy mavzular
8 aprel 2023

Zor yig‘lagan yetimlar – RTdan va'z

Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. 

Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham xo‘jik birrila?

Rassom Tuz: Matchonboy, man fikrlarimni jamlagunga qadar, sen jo‘qi she'rlardan aytib tur. 

MS: Gujumlani tiyinda zor yeg‘lag‘an yetimlar,

Otam onam qaniy deb qon yig‘lag‘an yetimlar,

RT: Oytavar Matchon. 

MS: Osmonda kaptar

Qo‘limda daptar,

Bu zamonda arkaklar

Gitlerdan battar…

RT: Unday dema Matjon mana xozirgina olganim habar. 

Polshalik firibgar tarafidan oyligi berilmagan o‘zbek furachi sho‘prlar Germaniyada yo‘lni to‘sib qo‘yib norozilik bildirishdi.

MS: Vula faqat chet elda noroziliq bildiradi. Go‘ttinnan gasa yurtni o‘zinda yoshullilara qarshi chiqsin qani. Siz yonqi gaplardan gappuring og‘o…

RT: 15 olmaxonni uchta xaltaga tiqib Qirg‘izistondan olib ketmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston vatandoshi chegarada qo‘lga tushdi.

VAQT O‘TMOQDA

Toylar ot, itbaliqlari qurbaqa, xo‘tiklar eshshak bo‘ladi. Nihollar chinorga aylanadi. Vaqt o‘tmoqda. Kechagina konservatoriya yotoqxonasida yashab, muxlislari yuborgan atirgullar iforidan mast bo‘lgan Yulduz Abdullaeva nevarali bo‘ldi. «Men sizni azizim», «Leytenant» qo‘shiqlarini aytgan latofatli qo‘shiqchi Yulduz Abdullaeva 

MS: Qo‘y eti moyli  bo‘lsin dushmanlar boyli bo‘lsin!

RT: Chexiyadagi tarmoqda Pragadagi putinqul o‘zbek taksichisi haqida yozishibdi (tarjima)

Xalqona janr «taksist bilan suhbat «. Praga, setevoe taksi Bolt. Sho‘pr Namangondan. (kosonsoydan bo‘sa kerak)  Mashina yangigina, durustgina haydaydi, yaxshi pul topadi. Pragada  4 yildan beri kirakashlik qiladi, chexcha tuzukkina chuldiraydi. Bir ikki surani tajvidi bilan aytib berdi. Ruscha qiynalib gapirsa ham Putinga oshiq. (erkakka oshiq ekan!!) «Men 1991 yili tug‘ilganman, bizni rus tiliga pochti ne uchili, ammo mening 1981 yil tug‘ilgan akam o‘rischani yaxshi gapiradi, on govorit po-russki» deydi bu kirakash. Uning O‘zbekistonda xotini va to‘rtta bachasi bor. 

 «xotin kishi uyda o‘tirishligi joiz, bizda shunday» deydi bu namangonlik. Machitga borarkan. Xozir ro‘zador. 

«Pragadagi o‘zbeklarni  90 protsenti dindor, qozoqlar dinga berilmagan, afg‘onlarni bari  religioznыy, ular yoppasiga to‘dalashib machitga boradi. Ularda boshqacha bo‘lishi mumkinmas. Nelzya».  Bu namongonlik kirakash Ukraina urushi haqida o‘risni yonini olib gapirib, mijozlarning miyasini komposter qilarkan. 

«Pragada ukrainlar rosa ko‘paydi. Putin xaroshiy chilavek, Putinni sevaman (erkak odam gapiryapti bu gapni!!!) Lekin Putin haqida  maxalliy odamlar ko‘p yamon gaplar deydi. Men televizor ko‘rmayman¸ kompyuter o‘qimayman (o‘qishni bilmasa kerak)  ya slushayu, chto gavaryat lyudi¸ men odamlarning gapini eshitaman». Pragada kirakashlik qiladigan putinparast namongonlikning bitta orzusi bor ekan. U xam bo‘lsa yog‘i ko‘p qo‘y go‘shti sotib olish. 

«V Prage ne nayti xoroshey baraninы, baranina doljna bыt jirnoy». (Pragada yaxshi qo‘y eti yo‘q. Qo‘y eti yog‘li bo‘lishi kerak)

MS: Issop. Ibiyay. Bu dangasa gastarbayterla Putinni otom diydi. 

RT: Aziz Nesinga taqlidan yozgan hikoyamni jamaotchilik yaxshi qabul qildi. Talablarga ko‘ra, yana yozaman. Pichoq sanchdi, bo‘g‘di, so‘ydi, itardi degan xabarlarga qiziqish kamaygan. Dunyoda nima ko‘p o‘zbek ko‘p, bir birini o‘ldirsa o‘ldiribdida. Mana masalan, rishtonlik Sotvoldiev degan er o‘z xotini Ortiqovani  pichoq bilan kallasidan judo qiluvdi bir paytlar. 

MS: Bu fojeani novvisi qiziq. Oldi osh pichoqni, soldi bo‘ynina ikki marta, bir zamotda kalla bir yon, gavda bir yon, To‘ra Sulaymon bir yon.

RT: Ko‘pchilik farg‘onalilar kabi bu er xotin aloxida yashar edi. Rasmiy ajrashishdan oldin shunaaqa alohida yashaladi. O‘sha paytda bilinadi er xotinlar kimligi.

Zotan Ortiqova bilan qonuniy nikohdan o‘tib, turmush qurgan. Ikki nafar farzandi bor. O‘zaro oilaviy kelishmovchiliklar sabab ular keyingi yillarda alohida yashab kelgan.

D.Ortiqova turmush o‘rtog‘i D.Sotvoldievning Rishton tumani Yoshlik mahallasi Yoshlik-3 ko‘chasida joylashgan yashash xonadoniga kelib, o‘g‘li M. Ortiqovni o‘zi bilan olib ketishini aytadi.

 D. Sotvoldiev tabiiyki, e'tiroz bildiradi. O‘g‘li hech qaerga bormasligini, shu yerda qolishini aytib, janjal ko‘taradi.

 Janjal davomida D. Sotvoldiev o‘g‘liga xonasiga kirib uxlashini, ertaga maktabga borishini aytadi.

O‘zaro janjal davom etib, xotinining haqoratlaridan jahli chiqqan D. Sotvoldiev D. Ortiqovani qasddan o‘ldirish maqsadida oshxona pichog‘ini olib chiqib, badanining turli joylariga uradi.

 Natijada D. Ortiqova o‘ladi. 

Ana azizlar hikoyamizning xotin go‘rda, er qamoqda degan fasliga keldik.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudining raisi M.Mirzajonov  bu badjaxl erni, 8 yil ozodlikdan mahrum qildi. 

Bolaning onasi o‘ldi, otasi 6 yildan beri qiziltepada g‘isht tashiydi. .

Bolani detdo‘mga berishdi. 

Ana azizlar, qissadan hissa chiqarib, oshpichoq bilan xotinni bo‘ynini chovib tashamang. Axir u ham odam.

O‘zbek mo‘llo buvaning aytishincha  Ayolni urishlikka shariatda izn bor

 1. Bo‘yanmay xunuk bo‘lib yursa. 2 Seksga otkaz qilsa. 3. Ko‘tini yuvmay sasib yursa. 4. Iznsiz ko‘chaga chiqsa.  Ashnaqa to‘rtta xolatda xotin janvorni urib urib taylayverasiz. Faqat o‘ldirib qo‘ymang. Ko‘karmaydigan, ammo og‘riydigan jayiga soling. Ayol degan yaratiqni ikkitasi bitta guvhlikka o‘tadi. Bu janvordan bir vaqtni o‘zida to‘rttasini obqo‘ysangiz bo‘ladi. Yana ham istasangiz  karis paris kabi qulag‘iga azon aytilmaganlardan istagancha joriya sotib olib itarib yurouras. Joriya sizning mulkingiz bo‘g‘ani uchun seks qisangiz zino deb dokumentlashmaydi. 

MS: Ovvo!  Mo‘lla bilar suva siyar.

RT: Er uchinchi xotin bilan Umrada. Ikkinchi xotin va uch bola go‘rda.

3 aprel kechqurun Sergelida uch bolasini o‘ldirib o‘zini ham to‘qqizinchi qavatdan tashagan 27 yashar xotin yetishmovchilik sabab onasining uyiga qaytib kelib yashab turgan. Xotin bola chaqasini ta'minlash vazifasi bo‘lgan er janvor esa ikkinchi xotini bilan  Umra safarida bo‘lgan. Alyo avvaligi ikki o‘g‘lini derazadan otgan, keyin jajji qizchasini ko‘tarib o‘zi ham sakragan.

Chirchiq shahrida tug‘ilgan 36 yoshli ayol 3 fevral kuni tug‘ilgan o‘g‘il farzandini 40 ming dollarga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Shuningdek, Oq oltin tumanida yashovchi ayol shu yilning 3 fevral kuni tug‘ilgan qiz farzandini Toshkent shahrida 20 ming dollarga sotishga kelishib, ushbu qiymatdan 11,5 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

MS: Og‘o bundinchiki xotinloni huquqdan maxrum atish garak!

RT: Shvetsiya hukumati o‘nlab o‘zbeklarni ota onalik huquqidan maxrum etib bollarini tortib olgan. Nega shunday qilganini tushungandirsiz piypl. «Seni tug‘ayotganda ko‘tim bilan bosib o‘ldirib tashasam bo‘masmidi» deb o‘shqiradi bilmasdan choyni to‘kvorgan bolasiga o‘zbek ona. «bola meniki xoxlasam uraman, xoxlasam o‘ldiraman» deydi yana bir o‘zbek onasi. O‘z bolasini bolasiz qarindoshiga padarka qilish yoki bozorga obchiqib sotish o‘zbeklar ichida eng ko‘p uchraydi. Bolalariga o‘zlarining bir tiyinga qimmat aqidasini singdirayotgan (masalan yuvindi ichishni talab qilayotgan) joxil ota enasidan qolgan qoloq urf odatlarni singdirayotganlar Shvetsiya hukumati nazarida ota onalik huquqiga loyiq emas. Shvetsiya sudi o‘z qizini urgan o‘zbek xotinni sud qilib bolasini tortib olib bola asrash uchun ariza bergan shved oilasiga berdi. Sudda qiz bola kaltaklangan o‘qlovni ko‘rgan shved hakamlari daxshatga tushdi. (O‘qlov o‘zbekistondan keltirilgan) Pasportiga qashshoq deb yozilgan millionlab piypl ruxan va jismonan tanazzul kontsentratiga aylanib bo‘ldi. Endi ular o‘z churvaqalarini ham o‘zlari kabi pajmurda bo‘lishi uchun astoydil tirishishmoqda. Maqol ham to‘qib qo‘yishgan. Tezak tezakdan nariga tushmaydi. 

MS: Ovong! Top o‘zi! Otang nachi? Ignachi!.

RT: Rossiyada o‘zbek enaga o‘z qaramog‘idagi bolaning kallasini kesib ko‘chada ko‘tarib yurdi. O‘zbek kelin o‘z yosh bolasini Toshkentdagi avtobus bekatida bo‘g‘ib o‘ldirdi. O‘zbek kelin bolalarini suvga cho‘ktirib o‘ldirdi. O‘zbek ayol bolasini ayiqning oldiga yemish qilib otdi. O‘zbek ona o‘z bolasini to‘qqizinchi qavatdan irg‘itib yubordi.   (Siz davom ettiring bilganingizni, men gugl qilmay shunchaki eslaganimni yozdim.

PYeDOFILIYa

O‘zbekiston Jinoyat Kodeksida pedofiliya uchun alohida modda yo‘q.

2018 yilda yosh qizlarga jinsiy tajovuz qilgan qo‘qonlik Yu.M. O‘zbekiston JKning 129 – moddasida ko‘zda tutilgan jinoyat (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilishda ayblanib, 1 yilga ozodlikdan maxrum qilingan edi.

O‘zbekiston JKning pedofiliyada ayblanganlarga nisbatan qo‘llanadigan mavjud 129-moddasi «uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash» jazosini nazarda tutadi.

O‘zbekiston jinoiy qonunchiligidagi ushbu holatga izoh bergan Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova jurnalist Shuhrat Bobojon bilan 2020 yildagi suhbatda  «milliy qonunchilik jinsiy tajovuz bo‘yicha jinoyatchilarga jazo bera olishi»ni ta'kidlagan edi. 

Ortiqova xonimning jurnalistga aytishicha¸ «jinoyat uchun jazoning muqarrarligi» tamoyili mavjud.

MS: Nishatish garak og‘o indi. Biza o‘qig‘on kitobni vula yozg‘on bo‘lsa?

RT: Bu savolga vatandoshimiz Nozima Davletova javob berdi. 

Pedofil erkaklarni jazolashga qattiq qarshilik ko‘rsatilyapti!

2019 yili AQShdagi Jorj Vashington universitetida xotin qizlar kamsitilishi bo‘yicha ilmiy ish yozgandim. Universitetdagi amerikalik ustozlarimdan birining gapi zexnimni o‘qday teshdi. U aynan mana bu gapni aytgan edi. «O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlikni jinoyatga tenglashtirish kerakligiga qo‘shilaman. Ammo bu xolda O‘zbekistondagi erlarning 80 foizini qamashga to‘g‘ri keladi» Biz O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlik haqidagi qonun loyihasini muhokama qilganimizda ham aynan shunday argumentlar keltirildi.  Balki sizga baribirdir. Ammo bu gaplar menga o‘ta qattiq botdi. Yuragimga hanjar tiqilgan kabi og‘rindim. Bir nuqtada biz jamiyatdagi qoloqlik faktini norma deb qabul qilishga majbur bo‘ldik. Jamiyatimizning qoloq odatlardan iborat ekanligini jim tan oldik. Bu qoloqlikni milliy qadriyat deya qo‘limizga zar qog‘ozga o‘rab tutqazishdi. Joxillikni milliy urf odat deya o‘ta banal ravishda oqlabgina qo‘yishdi.  Bugun biz Xorazm keysidan astoydil g‘azabga keldik. Hukumatni tamsil qilgan mulozimlar kichik yoshdagi sag‘ira qizlarni muttasil zo‘rlashgani keysi.  Bu yomon. Ammo men uchun eng yomoni bu pedofillarni jazolamasik tarafdori bo‘lganlarning hukumat va qonun chiqaruvchilar orasida mavjudligi. Erkaklarning zo‘ravonligi uchun¸ xususan bolalarni jinsiy zo‘rlaganlar uchun  jazoni laoqal minimal darajada qattiqlashtirmoqchi bo‘lganimizda biz ulkan va keng qamrovli qarshilik bilan yuzlashdik. Buning ortidan biz bolalarni zo‘rlaydiganlar jamoatdan izolyatsiya qilinmaydigan jamiyatda yashashga majbur qolyapmiz». 

Yanglish bir tushuncha bor. Ayni odam yosh go‘daklarni jinsiy zo‘rlagan zolimni qoralaydi va bemalol  xotinini do‘pposlagan erkaknining yonini olib gapiradi. «Xotinning yuziga bir shappot uribdi  xolos. Nima bo‘pti…» deydi. Yana so‘zida davom etib «xotin qizlarni o‘qitishning keragi yo‘q, ko‘p xotinlilik bu norma¸ 16 yashar qizlar erga chiqishga tappa tayyor» deydi. 

Bu ikki tushunchaning ildiz tomiri bitta. Xotin qizlar va bolalarga va o‘zlaridan zaiflarga mol kabi munosabatda bo‘lish. Ko‘rayotganimiz butun zalolatning o‘q tomiri bu!

Bu davlat¸ bu jamiyat meniki. Bu tuzumda bolalarim ulg‘aymoqda!

Bugun men kabi oilaviy zulmga qarshi kurashayotgan faollar davlat boshqaruvidagi  oz sonli arboblar timsolida oldingidan ko‘proq va kuchliroq qo‘llab quvvatlovga ega. 

Oldingidan ko‘ra tayanchimiz mustahkam. Ammo bu tayanch sanoqli arboblar tajassumi. 

Men esa bu tayanchning doimo ishlaydigan sistemaga aylanishini istardim. 

Toki bu jamiyatda alohida odamlarning qoloq fikri ustovor bo‘lmasin. Toki joxil amaldor ilg‘or qonun qabul qilinishga to‘siq bo‘lmasin. 

Qonunlar barchaga barobar ishlasin. Qonun hech kimni ayamasin. 

Qudrat va hokimiyat egasi qonunlar ustidan sakraydigan imtiyozga ega bo‘lmasin. Barcha qonunga o‘ta qattiq bo‘ysunsin.

MS: Lekin yoshullilar qutulib qolibdiqu oxir. Vulani kim sharmanda atadi?

«Men o‘limdan qo‘rqmayman ammo Rassom Tuzning sharmanda taxtasida rasmim turishidan qo‘rqaman» Bu gapni detdomdagi qizlarni muntazam zo‘rlashda boshidan ishtirok etgan Yangiariq tuman Favqulloda vaziyatlar bo‘lim boshlig‘i Anvar Quryazov aytibdi. Aziz o‘quvchilar shu Quryozovni rasmini topib beringlar sharmanda taxtasi bo‘sh turmasin. Mana bu rasmdagi xotin yetimxonanini jalabxonaga aylantirgani uchun 5 yil sro‘k olgan Yulduz Xudoyberganova.

Millat o‘z antigeroylarini tanib qo‘ysin. Xorazm viloyatida oilaviy yetimxonadagi voyaga yetmagan qizlarni 2021 yil may oyidan to 2022 yil fevral oyigacha muttasil zo‘rlagan davlat mulozimlari yetti kishi bo‘lgan. Bular 1. Fayzullaev. Sh. 2. Masharipov. 3. A. Kuryazov. A. 4. Kenjaev. B. 5 Abdikarimov. Oltinchi va yettinchilar nomi aniqlanmoqda. O‘z orasida «kadichi» deb nom olgan bu ipirisqilar yuziga oyna tutaylik. Ularga deyarli jazo bermay «qizlarning o‘zlari istab bu mulozimlar tagiga yotgan» deya fortochka ijod qilgan sudyalar ismini ham komentga yozinglar.

MS: Oliy ma'lumotli odomlarni aytganlarini qorong og‘o…

YuRFAK DIPLOMI JOHILLIK VASIQASIMI?

Sovet davrida ham¸ mustaqil O‘zbekistondagi 30 yil mobaynida ham yurfakka katta pora bilan kirilgan va pora bilan o‘qilgan. Prokuratura¸ sud¸ adliya va huquq tartibot organlarida ishlaydigan «yurfak» diplomli xodimlarning aksariyati rim huquqi nimaligini bilmaydi. Yurfak diplomiga ega va huquqshunoslikdan kandidatlik yozgan ashlachi xojona Yulduz Usmonova esa o‘z vaqtida karimovni xozir esa Mirziyoevni «poshshoyimiz» deb aljirab yuradi. Monarxiya bilan diktaturaning farqiga bormaydi bu tug‘ma ovsar xotin. Detdomda yosh qizlarni zo‘rlagan Aybek ham yurfakni xatm qilgan. Yurfak diplomi joxillik vasiqasimi?

MS: Ruslanbekni voxtindo nadayan xo‘shro‘y ministrestvo adi. Go‘z daydi!

RT: Uzoqdan yaltillab ko‘ringan narsa har doim ham brilliant bo‘lmaydi. Shunchaki shisha sinig‘i. Ëki sarg‘ayib ko‘ringan narsa oltin emas balki axlat bo‘lish extimoli katta.  Rosa maqtalgan yaltir yultir  adliya tizimining ichi qaltiroq ekani o‘rtaga chiqdi.

Mavjud o‘zbek maqollarining o‘zi ham yetimlarni shaxsiy qo‘llarga topshirib bo‘lmasligidan dalolat. «Yetim bola asrasang, og‘zi burning qon qilar» va hokazo. Bular nafaqat yetimni balki o‘zi tuqqan bolasini ham sevmaydi. Yalchitib boqmaydi. Urib so‘kadi. Dunyoda bolalarni sevmaydigan  va eriga moshn aberish uchun bozorga obchiqib sotadigan bitta millat bo‘lsa bu o‘zbek millatidir.  Ko‘plar davlatdan pul undirish uchun yetim olib saqlashadi. Qashqadaryoda esa yetim bollarni qulday ishlatishdi. Marg‘ilon va Xorazmda esa yetim qizlarni amaldorlar uchun foxisha sifatida foydalanishdi.

Xorazmdagi pedofil amaldor zo‘rlagan yetimcha qizlar haqida xabar chiqishi bilan bu qizlarga atalgan o‘nga yaqin shig‘ir jo‘natishdi. O‘zbek shoirlarining operativligiga qoyil qolaman. 1985 yil AQShda Samanta Smit ismli faol qiz o‘ldirilganining ertasigayoq o‘zbek shoirlari she'r yozib gazitda chig‘ortirgandi. Ular qachon Samanta o‘ladi deb she'r qalamini yo‘nib kutib o‘tirishgandi. Qora dengizdan o‘ligi topilgan suriyalik bolakay voqeasidan keyin ham o‘zbek shair va shairkalari rosa jazava bilan shig‘irlar yozib tashagandi. 

Ammo shig‘ir bilan she'rning, suyuq bilan tuyuqning farqi bor¸ Masalan menga manavi she'r o‘bdon yoqdi. Muallif S. Mamirov:

Qaydanam tug‘ilding, bu yurtda,

Fig‘onlar ko‘klarga o‘rladi.

Bechora, mushfig‘im, jon singlim,

Palidlar pok noming bulg‘odi.

Insonlar iblisga do‘nmoqda,

Yig‘idan yuzlaring sho‘rladi.

Eng so‘nggi umidlar so‘nmoqda,

(Go‘dakni amaldor zo‘rladi.)

Olomon bariga ko‘nmoqda,

Qozining ko‘r ko‘zi ko‘rmadi.

Davlatning qizisan,

bir yoqda — Davlatning

odami zo‘rladi.

Bul yerda qaydanam tug‘ilding!

Och qolding qorong‘i bo‘lmada.

Toptalgan gulzorim, qon singlim!

Bu yurtda zulimlar o‘lmadi.

(Go‘daklar doridan o‘ldi-yu,)

Ammo hech zolimlar o‘lmadi.

Lanati mal'unlar o‘lmadi.

MS: Sho‘rda to‘xtop yonqi gapni oyting

Assalom O‘zbekiston, Juma Muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
26 mart 2019
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi joriy qilgan IIV xodimlarining yangi formalari eskisidan tubdan farq qiladi. Aksariyat atributlari kulrangda bo‘lgan militsiyaning ...
24 noyabr 2016
Kasalxonadagi ayolning salomatligi haqidagi ma'lumotnoma Adana prokuraturasi oilaviy jinoyatlar bo‘limiga yetib borgach, eridan kaltak yegan o‘zbek ayol shikoyatini Adana ...
28 aprel 2016
Turkiya ichki ishlar vazirligiga oid maxsus guruh Ko‘nya shahar markazidagi masssaj saloni islovatxonaga aylantirilgani haqida ma'lumotni tekshirish uchun borganida ...
30 may 2017
Respublikadagi ko‘plab informatsion dasturlarning yopilishi evaziga tashkil qilinayotgan «O‘zbekiston 24» telekanali 27 iyundan efirga chiqadi. Bu kanal dasturlari O‘zbekiston ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...