Catira
30 yanvar 2018

Islom Karimov bobosining 80 yillik yubileyida Britaniyadan boshpana so‘radi

O‘zbekistonni 27 yil boshqargan va 2016 yilda o‘lgan Islom Karimovning nabirasi Buyuk Britaniya hukumatidan siyosiy boshpana so‘radi.

Bu haqida Bi-bi-si nabira Karimovning Londondagi advokatlariga tayanib ma'lum qildi.

Kichik Islom Karimovning Britaniyadan boshpana so‘ragani uning bobosi Islom Karimovning 80 yillik yubileyiga to‘g‘ri keldi.

Islom Karimovning to‘ng‘ich nabirasi O‘zbekistonda onasi Gulnora Karimovaga qarshi jinoyat ishi ochilib, u uy qamog‘iga olinganidan beri Britaniyadan o‘z yurtiga qaytgani yo‘q va shu yerda yashab keladi.

O‘tgan yil iyulda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova 2015 yilda soliq to‘lashdan bosh tortish aybi bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum qilinganini bildirgandi.

Prokuratura, shuningdek, unga qarshi olib borilayotgan ikkinchi jinoyat ishiga ko‘ra, Gulnora Karimova qariyb 2 milliardlik dollarlik xorijiy valyutani yashirishda gumonlanayotgani va u boshqargan guruhning 1,5 milliard dollarga yaqin mablag‘i 12 ta xorijiy davlatda aniqlashtirilganini ma'lum qilgan edi.

Shu kunlarda Mirziyoev hukumati Islom Karimov tavalludining 80 yilligini keng nishonlamoqda. Rasmiy matbuotda Islom Karimov bilan bog‘liq esdaliklar yozish urchigan. Bu esdaliklarda na Gulnora Karimova va uning farzandlari eslanmaydi.

Rassom Kirpi chizgan rasmda kichik Islom Karimov «O‘lgan bobomning 80 yillik to‘yida menga sadaqa qilinglar», deb turgan tarzda aks ettirilgan.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 iyun 2016
Qo‘lga olinganlarning uch nafari O‘zbekiston fuqarosidir. Qaxramonmarash politsiyasi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra IShID terror tizimi faollariga qarshi qaratilgan tadbir davomida ...
26 sentyabr 2020
O‘zbek estradasi xonandasi va kinolardagi turli rollari bilan aktrisa sifatida tanilgan 34 yashar Munisa Rizaeva ochiq kiyinganligi sababli ijtimoiy tarmoqlarning radikal dindor va muhofazakor ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ girdini ham ontarib qaraydi. ...
23 fevral 2017
Gazetalarimizda yillar davomida Kadrlar tayyorlash milliy dasturining o‘ziga xosligi, taraqqiyotimiz uchun muhim o‘rin tutishi, dunyoda o‘xshashi kamligi tinimsiz ta'kidlab ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...