Uyi buzilganlar, zo‘rlanganlar va terrorchi o‘zbeklar – 600’40
Salom qadrli muxlislar, bugun 10 aprel, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi.
+++
Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Namuna ko‘chasining o‘nlab turg‘unlari uylari buzilishi ehtimolidan norozi bo‘lib Vazirlar Mahkamasiga borishdi.
+++
Qo‘shtepaning “Qoraqushchi”sidagi darg‘azab erkak ko‘chada signal chalgan sho‘prni so‘yib tashadi. Sho‘pr go‘rda. Qotil qamoqda.
+++
Urgut tumanida 18 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan qo‘shimcha tekshirish harakatlari o‘tkazildi.
Marhumaga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha'ni va qadr-qimmatini mutassil ravishda kamsitganlik holatlari bo‘lganligiga aniqlik kiritish uchun guvohlarni batafsil so‘roq qilish, yuzlashtirish, qo‘shimcha ekspertizalar o‘tkazish va boshqa zarur tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelib bo‘lmasligini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov jarayoni Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
+++
Chiroqchi tumanida 52 yoshli erkak mehribonlik uyidan asrab olgan 13 yoshli yetim qizni zo‘rlab, ikkiqat qildi va bolasini abort qilishga majburlagani ortidan qo‘lga olindi. Chiroqchilik erkak 8 yetimni asrab olgan, ulardan biri — 13 yoshli qizni muntazam zo‘rlab bo‘g‘oz qilgan. Qilmish yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Mavjud qonunga ko‘ra bu erkakni 400 soat ko‘cha supurish bilan jazolash mumkin. Chunki O‘zbekiston qonunlarida pedofil degan tushuncha yo‘q. Qashqadaryoda asrab olingan o‘g‘il bola yetimlar qul kabi ishlatib kelingan, qiz bola yetimlar esa tekin jalabga aylantirilgan.
+++
Chiroqchida Qizil kitobga kirgan navbatdagi ayiq o‘ldirildi. Ayiqni otib o‘ldirishga Chiroqchi hokimi Nodir Erkaev buyruq bergan. Keyinchalik tarmoqda bu ayiqni so‘yib iftorda pishirib yeyilgani haqidagi habar tarqaldi. O‘zbekistondagi ayrim raxbarlar hamon o‘zlarini g‘or davridagi to‘da boshlig‘i deya his qilmoqda.
+++
Farg‘onada odamlarni aldab, pul va telefonlarini tortib olish bilan shug‘ullangan soxta IIB xodimi ushlandi. Soxta IIB xodimi qamoqda.
+++
O‘zbekistonlik taniqli jurnalist Shohida Yoqub o‘z vataniga kiritilmadi. Ko‘p yillar Bi-bi-si Jahon Xizmatida ishlagan, Ozodlik radiosida «Nastoyaщee Vremya» TV ko‘rsatuvlari asoschilaridan biri, ko‘plab hujjatli filmlar muallifini o‘zbek chegarachilari Toshkent aeroportidan ortga qaytarishgan. Shohida Yoqub ikki farzandi bilan Toshkentda istiqomat qiluvchi oila a'zolarini ko‘rgani borgan edi. Shohida Yoqubning nima uchun O‘zbekistonga kiritilmagani ma'lum emas. 49 yashar Shohida Yoqub Karimov rejimining ashaddiy tanqidchilaridan hisoblanar edi. Jurnalist salkam 30 yildan beri Britaniyada istiqomat qiladi.
+++
O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Murod Rajabov uzoq davom etgan qand kasalligidan so‘ng 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda 8 aprel kuni Kinematografiya agentligi xabar berdi.
O‘zbek kinosining «Temir erkagi» deya ta'riflanadigan Murod Rajabov 1949 yilning 30 mart kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. O‘nlab kinokomediyalarda ajoyib obrazlar yanatgan. Eltuz aktyorning yaqinlari, izdoshlari va muxlislariga ta'ziya bildiradi.
+++
Xorazmning Yangiariq tumanida 2006 yilda tug‘ilgan qiz 11 erkak tomonidan zo‘rlanganligi haqida xabar tarqalgani ortidan Xorazm viloyati IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi ochildi.
Tergov davomida 8 nafar shaxs gumonlanuvchi, 3 nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilindi. 3 nafar ayblanuvchi qamoqqa olindi.
+++
Qozog‘istonning Chimkent shahrida avtobus haydovchisi 5 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
Avtobusning piyodalar yo‘lagiga yurishi natijasida ikki ayol va 16 yoshli o‘smir voqea joyida halok bo‘ldi, yana ikki nafar voyaga etmagan bola reanimatsiyada vafot etdi. Xabar qilinishicha, haydovchi allaqachon hibsga olingan va agar voqeada uning aybi borligi isbotlansa, uzoq yillarga qamalishi mumkin.
+++
Indoneziyada 4 nafar o‘zbek terrorchi deya qo‘lga olindi
Indoneziya politsiyasi brigadasi matbuot kotibining aytishicha, o‘zbekistonliklar “Tavhid val Jihod katibasi” xalqaro terror tashkilotiga aloqador shaxslardir.
Qo‘lga olingan O‘zbekistonliklar 40, 32, 28 va 26 yoshli kishilar ekani ma'lum qilindi.
Ular Indoneziyaga Istanbuldan kelishgan va mamlakatga Malayziya orqali kirishgan.
O‘zbekistonliklarning ikki nafari 2023 yilning 6 fevralida Indoneziyaga kelgan, qolganlari esa uch haftadan so‘ng 27 fevral kuni Indoneziyaga yetib borishgan.
Ulardan ikki nafari Yaqin Sharq mintaqasida, xususan Suriyada faol bo‘lgan xalqaro terror tashkiloti a'zolaridir. Boshqa biri esa ularga moliyaviy yordam hamda soxta hujjatlarni taqdim etib kelgan. Xabar qilinishicha, o‘zbekistonliklar teraktlarni amalga oshirish niyatida bo‘lishgan.
“Tavhid val Jihod Katibasi” guruhi a'zolarini qabul qilish va ularni tegishli joylarga yetkazish bilan shug‘ullanishgan.
“Hozirda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan”, — dedi Indoneziya politsiyasi generali Ahmad Ramazon.
+++
Buyuk Britaniya boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida Rossiya ishtirok etishidan xavotirlanib, uni boykot qilishga qaror qildi.
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (XBA) O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan turnirda rossiyalik va belaruslik bokschilarni o‘z mamlakatlari bayroqlari ostida qatnashishiga ruxsat berdi.
Bu Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining (XOQ) rossiyalik va belaruslik sportchilar neytral bayroq ostida musobaqalarda qatnashishi mumkinligi haqidagi ko‘rsatmalariga zid keladi.
Erkaklar musobaqasi 30 apreldan 14 maygacha bo‘lib o‘tadi.
+++
Estoniyada Rossiya telekanallarini Internet orqali ochib ko‘rish mumkin bo‘lgan 53 domen yopildi. Boltiqbo‘yi mamlakatlarida urushning xamirturushi bo‘lgan rossiya kanallarining namoyish qilinishini to‘xtatish harakatlari ancha ilgari boshlangan.
+++
Vashingtonda O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqov mamlakat bolalarini paxta majburiy mehnatidan qutqargan Umida Niyozova boshchiligidagi faollar bilan uchrashib ularning jasoratini olqishladi.
+++
Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti (ISW) yangi hisobotida Rossiya Ukrainaga o‘tgan yilning fevralida bostirib kirganidan beri bosib olingan hududlarida amalga oshirayotgan diniy repressiyalarni tahlil qildi.
Rossiya hukumati Ukrainaning bosib olingan hududlarida diniy erkinliklarni o‘zlari qo‘pol ravishda buzayotganiga qaramay, Ukrainani xalqaro maydonda obro‘sizlantirish maqsadida dindan qurol sifatida foydalanishda davom etmoqda, deydi institut ekspertlari.
“Rossiya yaqinlashib kelayotgan Pasxa bayramidan foydalanib, pravoslav diniga hurmat yuzasidan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirib, Ukrainaning qarshi hujumini kechiktirishi mumkin, garchi Rossiyaning o‘zi bosib olgan hududlarida dinga bunday hurmat ko‘rsatmasa ham”, — deya yozadi ISW.
Diniy ta'qiblar madaniy genotsid va etnik tozalash kampaniyasining bir qismi bo‘lishi mumkin, deya xulosa qiladi ekspertlar.
+++
Turkiyaning birinchi kuzatuv sun'iy yo‘ldoshi 11 aprel kuni koinotga uchiriladi. Bu haqda respublika prezidenti Rajab Toyyib Erdӯg‘an o‘zining twitter sahifasida ma'lum qildi.
“Milliy ob'ektlarda ishlab chiqarilgan yuqori aniqlikdagi tasvirlash imkoniyatiga ega bo‘lgan birinchi IMECE kuzatuv sun'iy yo‘ldoshimiz koinot orbitasiga chiqariladi”, — dedi u.
+++
Bu so‘nggi 600 sekund ichida sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlarimiz edi. Kun davomida biz bilan qoling, Kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.
@eltuz