O‘zbekistonda ushlanayotgan qalloblar, kazzoblar, shilqimlar va kuchsizlashayotgan rus armiyasi – 600’45
Bankdagi pulni o‘margan, 9 milliard 208 million 862 ming so‘mni VonXBet o‘yiniga tikib yuborib yutqazgan Nukusdagi bank xodimi 8 yilga qamaldi. Bundan oldin Qumqo‘rg‘ondagi bank xodimi 170 ming dollarni bankdan o‘marib qimorga tikkan edi.
+++
Toshkent metrosida yosh qizga shilqimlik qilgan so‘tak 5 sutkaga qamaldi.
Uning avval ham ma'muriy javobgarlikka tortilgani sabab jazo yengillashtirilmadi. So‘tak qamoqda. Yo‘lovchilar yengil tortdi.
+++
Bolalarni qiynagani tarmoqda shov shuv bo‘lgan erkak qo‘lga olindi. Uning Toshkent viloyatidan ekani ma'lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Hozirda mazkur holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan nazoratga olingan.
+++
Chilonzorda 200 ming so‘mlik qalbaki pul sotayotgan qashshoq ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Chilonzor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Uchtepa tumanida yashovchi A.S. 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni tayyorlab, har birini 60 ming so‘mdan sotib kelayotganligi aniqlanib, undan 10 dona 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralar, jami 31 dona A4 formatdagi qog‘ozda chop etilgan 200 ming so‘mlik kupyuralar, rangli printer va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
+++
Toshkentda militsiya formasini kiyib odam o‘g‘irlab talonchilik va reket bilan shug‘ullangan jinoiy guruhning 4 a'zosi ustidan sud hukmi o‘qildi.
Ayblov hujjatiga ko‘ra jinoiy guruh a'zolaridan biri YPX inspektori formasini kiyib olib, fuqaroni yo‘lda to‘xtatadi va uni o‘g‘irlaydi. Aniqlanishicha, ular dastlab jabrlanuvchidan 7 ming AQSh dollarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va undan yana katta miqdorda pul talab qilgan.
Ish hujjatlarida aytilishicha, agarda so‘ralgan pullarni bermasa jinoyatchilar jabrlanuvchining barmoqlarini kesib, oila a'zolarini o‘ldirish bilan qo‘rqitishgan. Jabrlanuvchi o‘zini olib ketayotgan mashinadan tushib qolib, odamlarni yordamga chaqirgan.
Olmazor tuman sudi hukmi bilan 1980 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam o‘g‘rilash) 2-qismining “b, v” bandlari, 28,164-moddasi (bosqinchilikda tashkilotchi) 2-qismining “a, b, v” bandlari, 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismining “a” bandi, 28,267-moddasi (transport vositasini olib qochishda tashkilotchi) 2-qismining “b, v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi va 15 yil ozodlikdan mahrum qilindi.
Shuningdek, 1997 yilda tug‘ilgan sudlanuvchiga 13 yil 6 oy va 1981 yilda tug‘ilgan sudlanuvchiga 13 yil 9 oy, 1994 yilda tug‘ilgan sudlanuvchiga esa 14 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Sudlanuvchilardan solidar tartibda jabrlanuvchi foydasiga 437 million so‘m undirilishi belgilangan.
Talonchilar qamoqda.
+++
O‘zbek nashrlari va tarmoqlari shu kunlarda Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani imomi Shukrullo Egamberdiev ishdan olingani haqida yozish bilan shug‘ullanishdi. Bir mullaning ishdan olingani 35 million nufuzi bӯlgan mamlakatda bosh xabarga aylangani hayratlanarlidir, deya izohladi bu xolatni xalqaro toifadagi o‘zbek jurnalisti Sirojiddin Islom.
+++
O‘zbekistonda 2023 yilning o‘tgan davrida 107 nafar fuqaro ovqatdan zaharlangan (22 nafari bolalar), 2 bemor o‘lgan. Zaharlanishlar ko‘pincha uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini yeyish oqibatida kelib chiqqan.
+++
Ukraina razvedkasi raxbari Rossiyaning hujum qilish salohiyati butunlay tugaganligini bildirdi.
Rossiya endi hujum salohiyatiga ega emas, lekin u jiddiy mudofaa chiziqlarini qurdi, – dedi Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanov.
«Bu iqtidor [ya'ni hujum operatsiyalari salohiyati] butunlay tugadi, ular endi faqat mudofaa salohiyatiga ega. To‘g‘ri, ular qatlamli va kuchli mudofaa qurishdi. Ammo bu endi jiddiy hujum operatsiyalarini o‘tkaza oladigan Rossiya armiyasi emas», – dedi Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka Bosh boshqarmasi (GUR) rahbari Kirill Budanov “Turli odamlar” dasturiga bergan intervyusida.
Budanovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga qarshi tashlashi mumkin bo‘lgan hamma narsani allaqachon qo‘llab bo‘lgan.
+++
Ënginagizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan habar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuz kanaliga obuna bo‘ling.