Asosiy mavzular
19 may 2023

Bola o‘ldiriladigan teritoriya – RTdan va'z

It quvgan gadoyday kunlar zuv zuv o‘tib yana qarshingizdaman aziz o‘quvchim. Yana 10 kun chidasangizlar Qo‘qon tarafdan qattiq shamol keladi. Sizlarga O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat degan kitobning varaqlarini yirtib varrak qilib beraman.

MS: Xonqoda vuni bodvarak diydi. Bod vargan soyin osmono uchodi. Xo‘ja sozchini oytqonindiyin. Vorrildop uchib, vorrildop uchip osmon poroxot oyripilinlarini go‘rdik. Sho‘rda ko‘r xolpolo go‘zzini sharavasini oqizib sozini ziiinq attirib qo‘yaadi.

RT: Matchonboy darvoqe seni garmoning qani?

MS: Og‘o xozir yurtda Tolibonlarni bolelshiki bo‘lg‘on yetim mo‘llo ko‘paygan. Qo‘limnnon olib sindirib toshomisin dap ishkopa ilib galdim. Pla galgan soz. O‘risni sozi bo‘lsam.

RT: Matchonboy tolibon ta'sirida musiqadan voz kechgan ostonopkasiz artistlar O‘zbekistonda ko‘p, lekin hali palonchi mo‘llo musiqa asbobini sindirdi deganini eshitmadik. Manavi video esa Afg‘onistonda olingan. 

Video soz sindirgan tolib

MS: Mana bu rasm esa O‘zbekistonnig yaqin o‘tmishidan. Bu rasmni o‘z sahifsiga qo‘ygan Otabek Usmonov yozadi: Bizga hijob, chimmat, paranji emas, irfon va madaniyat kerak. Bu rasm 1948 yili Toshkentda olingan. 5 sinf o‘quvchisi Ofeliya Nasыrova pianino chalmoqda. Uni to‘qqiz yoshida erga berishgani yo‘q. Ofeliya Nosirova ulug‘ musiqachi bo‘lib yetishdi. Butun dunyoda kontsertlar berdi. Bu gaplarni bugun yigirma birinchi asrning yigirma uchinchi yilida o‘kinch bilan yozyapman. Qachonlardir madaniyat markazi bo‘lgan Toshkent yana diniy regressiyaga qaytmoqda.

MS: Ixlos bilan yig‘lasang so‘qir go‘zdan yosh chiqor. Bizani mo‘llolo astoydil niyat atib dursolor ertang burgun asvoploro qorop atakani boshlaydilar.

(kulgi jingl)

Nima deganingni tushundingmi Matchonboy. Seni aytganingni To‘rtko‘l bilan Saraopoyondan boshqo yerdagilar ham tushundimi.

MS: Muxomon bilan pichoqchidayilaram tushundi og‘o. Ëxshi bizlar juk dadik. Indi siz so‘llang. Nichik shum xovorlo bo. Mo‘llo buvolani ishdan bo‘shatib yotibdi dap ishitdim. Yurtda mo‘llo qomoso qo‘yni kallasini kima baramiz.

RT: Matchonboy Agar O‘zbekistondagi tolibonsevarlarni Afg‘onistonga yuborsak. Afg‘onistonga sig‘maydi ular. Shu bois ularni taqsimlash kerak. Ozrog‘i Suriyaga dap bo‘lsin. Somalida ham ularga joy bor. Misr qabul qilmay qo‘ydi uje. Saudiya ham obket bu musorni deb deport qib tashayapti.

MS: Ozotni qudosi Shukr ment nishatdi? Dapildimi oxir?

RT: Toshloqdagi machit do‘mlasi Shukrillo aka ishdan olindi. Tavbasiga tayandi. Vals haqidagi gapi siyosiy xato edi. Lekin uning Rossiyaga o‘risqul bo‘lib ketayotganlar haqidagi tanqidiy gapi to‘ppa to‘g‘ri edi. Davlat maktabida o‘qib dunyoviy bilim egallamasa qul bo‘lishi haqidagi gapiyam to‘g‘ri. O‘risga ketayotgan mardikor gastarbayterlarning miyasi atala bo‘lib putinqulga aylanib ketgani to‘ppa to‘g‘ri. Raxmalli Islom Karimov ularnng putinga paytava bo‘lishini oldindan bilib «dangasalar» deb la'natlab ketuvdi. Shukrillo do‘mlaning gapi to‘ppa to‘g‘ri «o‘risning og‘ilini shipirib miyasi putin propagandasi bilan to‘lgan»lardan millatga naf yo‘q, faqat zarar bor. Toshkentda qizil bayroq ko‘tarilganini eng ko‘p qo‘llagan ham o‘sha o‘ris ko‘tiga kamar bilan ursa ishtaha bilan to‘nqayadigan mardikorlar bo‘ldi. Lekin joriy Madturvazir Ozodbekning qudasi bo‘lgan bu domlaning valsga tushgan qizni er olmaydi degan gapi noto‘g‘ri. Mana Nargizaxon Abduraxmonova: Yashasin vals! deb xat yozib yuboribdi.

«Meni bir narsa qiziqtiryapti. Vals tushishning nimasi yomon? Men ham vals tushganman 9 sinfni bitirayotganimda. Xech kim xech narsa demagan, hulq-atrofim buzulmagan, hech kimdan kam bulmadim ham.  O‘rtoqlar, qachongacha qizlarimizga qanday bo‘lishni jamiyat o‘rgataveradi? Qachongacha qizlarimizni hohlagan odam tanqid qilaveradi yo‘q joydan? Qachongacha qizlarga haetida bitta-yu bitta vazifasi erga tegish ekanligi uqtiraverishadi? Nega oliy ma'lumotli bo‘lishni, yaxshi bir kasb egasi bo‘lishni o‘rgatishmaydi?»

MS: Ming mo‘llodon bir gechik, ming gechikdan bir ichik yoxshi.

RT: Matchonboy sen o‘ta qadimgi gaplarni gapirasan. Gechik degani ko‘prikning, ichik degani quduqning sinonimi. Kechish, ichish so‘zlaridan olingan. Xorazmlik adabiyotshunos Gotsunaev kichik bir tadqiqot o‘tkazib, Xorazmdagi ko‘p so‘zlar Shimoliy amerikadagi xindular tilida mavjudligini aniqlagan edi. Masalan qayiq degan so‘z.

MS: Indeslani kinosini yaxshi ko‘raman. Apachi. Chingachguk. Diqidiq diqidiq otdo yurib prokurorlani o‘ldiradi xoroplo…

Prezident odamlarining Chingachguk tili

“Siz ham, men ham prezidentning odami, menga o‘dag‘aylasangiz siz bilan Chingachgukdek gaplashamiz”. Qarshi shahar IIB, 3-sonli Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Asror Jo‘raev bu gapni shahar prokurori Alisher Mirzaevga qarata aytdi.

Nima bo‘luvdi? Prezident odamlarining Chingachguk tili nima? Rassom Tuz bu savolga javob topish uchun yotgan yeridan qalqib etigini kiydi.

Demak O‘zbekiston qashshog‘i  B.Xadiev tegishli hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga kirish darvozasi yonida savdo do‘konini qurib oldi. (Albatta milisani krisha qildi o‘ziga. Busiz bo‘miydi)  

Savdo do‘koni tez tibbiy yordam mashinalarining shifoxona hududiga kirib – chiqishiga to‘sqinlik qilganligi va fuqarolarning e'tirozlariga sabab bo‘layotganligi uchun B.Xadiev noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzib olish to‘g‘risida bir necha marta ogohlantirildi. Ma'muriy javobgarlikka tortildi. 

Lekin o‘lsam o‘laman dukonni buzmayman deb turaverdi.  

 «O‘zimni yoqaman» dedi. (Aslida kanistrdagi suvni ustiga quydi) 

So‘ngra, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Asror Jo‘raev o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishdan bo‘yin tovlab, qashshoqqa noqonuniy qurilmani ixtiyoriy bartaraf etish haqidagi dalolatnomani topshirish choralarini ko‘rmasdan, soxta obro‘ orttirish maqsadida shahar prokurorining o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarishi haqidagi talabiga nisbatan go‘yoki prokuror fuqaro manfaatlariga zid harakat qilayotganligi haqida asossiz vajlar keltirish orqali dag‘dag‘a qildi. 

«Siz bilan Chingachgukdek gaplashamiz» dedi milisaning kattasi.

Rasmiy ma'lumot: B.Xadiev tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy bino ixtiyoriy bartaraf etilmaganligi sababli, Kadastr agentligi Qarshi shahar bo‘limi tomonidan sudga kiritilgan da'vo arizasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 2023 yil 5 mayida chiqarilgan hal qiluv qarori bilan qanoatlantirilib, javobgarga noqonuniy qurilmani majburiy tartibda buzdirish va yer maydonini foydalanishga yaroqli holatga keltirish majburiyati yuklatildi.

Chingachguk kim va u qaysi tilda gaplashadi?

Chingachguk bu amerika xindular tilida «Oliyjanob yovvoyi» degan ma'noni bildiradi.  Chingachguk Shimoliy amerikadagi mogikan qabilasi sardori. U prokurorlarning qulag‘ini kesib marjon qilib bo‘yniga ilib qo‘yardi. Uning marjonida 43 ta prokurorning qulog‘i bo‘lgan. 

Germaniyadagi «Defo» studiyasi  1967 yilda Chingachguk haqida kino olgan.  Rejisser Rixard Groshopp bu filmning bir qismini O‘zbekistonda olgan. Bosh rolda  Goyko Mitich o‘ynagan.

MS: Urgutda olg‘on og‘o. Mani bir donishimni akasi ham massovkada o‘ynog‘on. Ënqi yerinda bir yugurib galgan ming odomni ichinda bo‘lg‘on.

RT: Matchonboy, sen kinoga qiziqar ekansan. Sportga ham qiziqasanmi. Masalan bir odam yana bir odamni og‘zi burnini urib sindiradigan boks musobaqasiga.

MS: Og‘o man basketfutbolga qiziqaman. 

RT: U qanday o‘yin?

MS: Bu o‘yinni Ronaldoning O‘zbekistondagi ammasi o‘yniydi

Video 

(Kulgi jingl)

MS: Shunday pozitivchik gurrunglar ko‘p bo‘lsin. Siza qolso quri negativ oytosiz. O‘lgan qotqonlo. Ari urg‘on, yoshullidan dapki yegan yetmakla haqqinda so‘llisiz quri…

Matchonboy mana bu gapni men emas Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayotbek Shamsutdinov yozibdi. Diqqat bilan eshit.

Rossiyada ishlaydigan xotinining xiyonatiga chidolmagan erkak ikki o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirdi

2023 yil 17 may kuni soat tungi uchlarda Toyloq tumanida yashovchi 39 yoshli erkak Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketgan turmush o‘rtog‘ini begona shaxslar bilan ishqiy munosabatda bo‘lganligi haqida videotasvirlarni ko‘rib, u bilan telefon orqali janjallashgan.

So‘ng turmush o‘rtog‘idan qasd olish maqsadida yashash uyida uxlab yotgan 6 va 8 yashar 2 nafar voyaga yetmagan o‘g‘illarini qasddan o‘ldirgan va tuman IIBga kelib bu haqida ma'lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlangan.

MS: Bu nimkalo bolosini o‘ldiripmi. O‘zbekistondagi arkaklarni yarmi xotinini o‘risda ishlatib, yeb yotibdi. Xotinni go‘ttinnan gun go‘radi bu alfons muxolar.

RT: Moskvada bir o‘zbek enaga yosh go‘dakning kallasini kesib ko‘chada ko‘tarib yurgandi.  Turkiyaning Mersin viloyatida bir o‘zbek ona bolasini o‘lasi qilib urgani uchun sudlandi. Kecha yangiyo‘llik ramaqijon impotent er ikki bolasini qiynab video qo‘ydi. Mana endi bitta toyliqlik chmo‘ hezalak o‘zbek er ikki bolasini o‘ldiribdi. O‘zbek xalqi «bolajon xalq» emas. Aksar aholi bolasiga umuman qaramaydi. Tutib uradi. Yillar davomida paxta quli bo‘lishiga ham chidab kelishdi.

MS: Bizani ko‘chani boshshindaki Obdol bangi oytor adi bolani urish garak, lekin qatti urip o‘ldirip qo‘ymaslik garak der edi.

RT: Matchonboy bolaga bo‘lgan shafqatsizlik oqibati yomon bo‘ladi. Mana masalan Turkiya prezidenti Rejap Toyyip Erdo‘g‘onning otasi uni yoshligida oyog‘idan osip qo‘yib jazolar ekan. Oyog‘idan osilgan bola otaning kavushini o‘pib, yalab kechirim so‘rar ekan. Bu shafatsizlik haqida Erdo‘g‘onning o‘zi esladi. Bunday shafqatsizlik bola psixikansini buzadi.

MS: Og‘o shu gunlarda moshn ovoriya ko‘paldi lekin.

RT: Meksika AQSh chegarasidagi ko‘lda baliqchilar to‘riga yarim chirigan jasad ilindi. Tekshirilsa bu jasad O‘zbekistonning Chelak qishlog‘ida  yashagan qashshoq bo‘lib chiqdi. Xozir u Payariq tumani deb ataladi. Chelak qaydayu Meksika qag‘da. 

Moskvaga mabodo ukrain dronlari raketa zarbasi bersa, o‘lganlarning hammasi o‘zbek bo‘lib chiqadi. Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 16 may kuni sodir bo‘lgan avariyada ikki odam o‘ldi. Bu ikki odam o‘zbek edi. Yurgan daryo o‘tirgan bo‘yra.

MS Odamlar nega tozo o‘zbekistondan minga qo‘yib qochib yotobilor

Pompeyaning oxirgi kuni

Bundan 10 yilcha oldin Pragada daryo toshib uylarni g‘arq qiladi degan gapni ofatdan bir kun oldin aytishdi. Qiziq tuyg‘u edi bu. Mana daryo. Mana uylar. Mana shahar. Hali falokat yuz bermadi. Lekin yuz berishi aniq. Faqat odamlarni evakuatsiya qilishdi. Tabiiy ofat baribir kelishi va uylarni g‘arq qilishini bilish va bunga qarshi hech narsa qila olmaslik hissini yashadi shahar. Bu ofat oldidagi ilojsizlik edi. 

Bugun aljiragan savodsiz mullalar ketida yugurayotgan O‘zbekistondagi olomonni ko‘rib bu mamlakatning ertaga chuqur falokat ostida qolishi. Xozirgi afg‘onistondan battar radikalizm botqoqiga botishini aniq bilib turibman. Tabaqalashishi barobarida astronomik darajada ong va tafakkurdan mosuvo bo‘lgan maymunlar galasiga aylanmoqda butun bir xalq. 

Kecha Eltuz Bosh muxarriri Qudrat Bobojon bir gap aytdi. «1990 yilda ektrasens Aanatoliy Kashpirovskiy O‘zbekistonga kelib bularni afsun qilib, miyasi ishlamaydigan bir xujayrali amyobalarga aylantirib ketgan» dedi. Gapning bo‘ladigani shu. Bu mamlakatning oti o‘zmaydi. Xalqi farovon bo‘lmaydi. Savodsizlik yonida esa vahshiy jaxolat keladi. Cho‘lda to‘rt o‘zbek bir xotinni quvalab yurgan videosini ko‘rdik. Bu bir ishorat. Xamir uchidan patir. Ertaga bundan battar bo‘ladi. Buni bilib turib bu ofatga qarshi turolmaslikdan odam dahshatga tushadi. Bundan 10 yilcha oldin Pragada bo‘lgani kabi odamlarni ofat zonasidan evakuatsiya qilish mumkin. Bu ofatni oldindan sezganlar bor budini sotib Meksika cho‘llarida AQShga o‘taman deb sargardon yuribdi. Keyingi 4 oyda Rossiyaga ketayotgan o‘zbeklar oqimi chandon kattaygan. Yerni jinsiy olatiga bo‘lsa ham ketishga tayyor odamlar. Rahbarlarning deyarli hammasi G‘arb va AQShda, Turkiya yoki Dubayda xovli joylar sotib olib zapasnoy aerodromni tap tayyor qilib qo‘yibdi. Chexiya kadastrini qarasangiz o‘zbek vazirlari familiyasi bilan bir xil bo‘lgan ismlar nomiga olingan villalarni ko‘rasiz. Kemaga tushganning joni bir emas. Kimlardir mamlakatni g‘arq qiladigan jaxolat qurboni bo‘lib zombilandda yashashga mahkum. Sharqdagi ilm mash'ali bo‘lgan O‘zbekistonning diniy tanazzul botqog‘iga o‘ta katta tezlikda cho‘kayotganini ko‘rib turish unchalik ham maroqli tomosha emas. Ko‘rganing  rasm rassom Karl Bryullov chizgan  «Pompeyaning oxirgi kuni» asari. Bir vaqtlar Pompeya degan davlat bo‘lgan va bu davlat tangrining qarg‘ishiga uchrab vulqon tagida qolgan. 

MS: Nega odamlar qochib ketmagan bu davlatdan? 

RT: Shvetsiya sotsial-demokratik ishchi partiyasi raisining siyosiy maslahatchisi, Nobel mukofoti sovrindori Xars Yensenning 1932 yilda parlamentda so‘zlagan nutqidan parcha aytay. 

«Mamlakatni olimlar, injenerlar, vrachlar va boshqa aqliy mehnat sohiblari tark eta boshladimi — demak millat va xalq o‘zining gultojlaridan judo bo‘lmoqda. Bunday mamlakatda «biznecmenlar» hokimiyatga keladi, tagi pastlar va ko‘chada tarbiya topgan qalloblar siyosatdon bo‘ladi, bozordagi chayqovchilar, sportchilar va artistlar deputatga aylanadi».

MS: sho‘rda to‘xtab yonqi gapni oyting

Assalom O‘zbekiston, juma Muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
10 avgust 2019
Mana, dengiz bo‘ylarida dam olib, qaytib keldik yana ishlashga. Biz dam olgan paytda O‘zbekiston prezidenti qattiq ishlabdi. Ëmonam qattiq ...
9 mart 2020
2020 yildan O‘zbekiston paxtaga davlat buyurtmasidan voz kechadi. Prezident Mirziyoev farmoniga ko‘ra, 2020 yil hosilidan boshlab viloyatlarning paxta yetishtirish ...
2 mart 2020
Mansur Mirovalev AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Markaziy Osiyo rahbarlarini qatag‘onlarni qoralashga chaqirgan bo‘lsa-da, ekspertlarning ta'kidlashicha, Pekinning mintaqadagi ta'siri ...
16 aprel 2019
«Eltuz» nashri Muhammad Bekjonning «Qo‘rquvning nariyog‘ida» (Alvido, Jasliq!) ikkinchi kitobining, 2-qismi audioversiyasini taqdim etadi. Kitobning bu qismida muallif Koson ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...