Asosiy mavzular
12 iyun 2023

Ortiqxo‘jaev qayta siyosatga qaytmoqchimi?

Toshkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev O‘zbekiston poytaxtida yana bir universitet ochish niyatida ekanini bildirdi. 

Uning bu bayonoti Akfa universiteti o‘qituvchilari bilan mart oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida yangragan.

Mazkur uchrashuv tafsiloti oradan salkam uch oy o‘tib Akfa universiteti o‘qituvchilari orasida tarqalayotgan audio yozuvdan ma'lum bo‘lmoqda. 

Akfa universiteti Akfa Group holdinggi tarkibiga kiradi. 

Akfa Group aktsiyalarining 70 foizi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevga tegishlidir.

Jahongir Ortiqxo‘jaev qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan ta'minlashga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishdan olib tashlangandi. 

16 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tgan mazkur yig‘ilishda “noinsof” Jahongir Ortiqxo‘jaev “vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun” ishdan bo‘shatilgandi.

“Kechasi shtabda men ishdan oldim. Quruq gap bilan, yolg‘on svodka bilan pastga tushmagani uchun, noinsof oyog‘i yerdan uzilgani uchun ishdan oldim,” deya o‘z qaroriga izoh bergandi prezident Mirziyoev o‘shanda. 

Ishdan olinganidan ikki oy o‘tar o‘tmas Akfa universiteti o‘qituvchilari bilan uchrashgan Jahongir Ortiqxo‘jaev o‘z yangi rejalari haqida gapirgan. 

Ammo Eltuzni yangi oliygohning ochilishi emas, balki salkam besh yil hokimlik qilgan biznesmenning bir fikri o‘ziga tortdi.

Sobiq hokim Akfa Universiteti xodimlariga jumladan shunday deydi:

“Mening prokurorimni pervыy zam prokuror respubliki qivorishdi bir yildan keyin. Valiev Bahriddinni. Pochemu? Nimaga? Toshkentda ish ko‘rsatgani uchun. Solig‘imni hokim Navaiskoy oblasti qivorishdi [2018—2021-yillarda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida bo‘lgan Normat Tursunov nazarda tutilmoqda]. Ili ichki ishlarimni Milliy Gvardiyani qo‘mondoni qivorishdi. Ministr Rustam Mirzaevich [Jo‘raev]. Undan keyin yana bir prokuror keldi. Bir yarim yildan keyin Surxondaryo viloyatiga hokim bo‘ldi [2021—2022 yillarda Toshkent shahar prokurori bo‘lgan Ulug‘bek Qosimov nazarda tutilmoqda].  Birorta hokimiyatda buncha kadr tepaga ko‘tarilmagan. Hammasi pozor bo‘lib ketuvdi.” 

Jahongir Ortiqxo‘jaevning «pozor» bo‘lib ketganiga to‘xtalmaymiz, zotan bu haqda ko‘p gapirildi.

Ammo sobiq hokim «o‘z odamlari» bilan nega maqtanyapti? Bu shunchaki gapdan gashtakmi yoki…

«Bu gaplari uning iqtisodiy va siyosiy ambitsiyalari hali ham juda kuchli ekanini isbotlaydi” dedi toshkentlik siyosiy tahlilchilardan biri Eltuz bilan suhbatda.  

O‘zbek izohiy lug‘atini “lyubaya biznes xarasha”, “shest sekund” va “duxa net” kabi iboralar bilan boyitgan Ortiqxo‘jaevning o‘zining qanotli iborasi bilan maqolamizga xulosa qilsak: 

Millionlari bor Ortiqxo‘jaevda katta siyosatga kirishga «dux» bormi? Pojivem uvidem!

Tag‘in o‘qing
13 noyabr 2020
Hazratim, ochlikdan o‘ldim, yegani non ber menga, Kofir o‘lg‘ayman agar desamki, bahmon ber menga. Moshu bug‘doyu guruch berkim, shular ...
1 mart 2018
Respublika harbiy prokuraturasi rahbari o‘rinbosari, adliya podpolkovnigi Abdulhakimov iltimosnomasiga ko‘ra, mahkumlarni qiynab o‘ldirishda ayblanib 26 fevral kuni hibsga olingan ...
15 dekabr 2015
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com 14 dekabr kuni Jizzax shahrining Bobur maxallasida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida o‘qib berilgan MXX maktubi mazmunidan ...
10 may 2023
O‘zbek badiiy kinosiga asos solgan Yo‘ldosh A'zamov 1909 yilning 10 mayida Sirdaryoda tug‘ildi. Yo‘ldosh A'zamov «Sovkino», «Vostokkino», «O‘zbekfilm»larda ishladi, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...