Asosiy mavzular
22 iyun 2023

Bir milliard so‘mni qanday topsa bo‘ladi? – RTdan va'z

Ëz qanday soz. Mana azizlar kamina Rassom Tuz sizlar bilan yana ko‘rishib yuzlashib, betma bet turibman. Men sizning eng aziz do‘stingiz kabi har juma uyingizga eshik qoqmay kirib boraman. Siz xursand men mamnun. Ko‘ngillar tiyonshon tog‘iday baland. Huddi ming qo‘yli boyday xursandman. 

MS. Ëz yoxshi og‘o. Ëzo bag‘ishlab she'r yozdim. Sotim Avazni sherinnan qolishmiydi.

RT: Qani o‘qi Matchon!

MS: 

Ëzda galsang samirasan

Gurvaklani gamirasan!

Parvoying palakda 

Ishtoning talakda…

RT: Matchonboy sen gapirgan gaplarni xonqali tilidan adabiy tilga tarjima qilib qo‘ysam. Gurvak bu yozda pishadigan xorazm qovuni. Rangi kaltakesakni rangiga o‘xshaydi, ammo juda mazali. Talak bu tom tepasidagi oldi ochiq bolaxona. Faqat seni ishtoning nima qilib yuribdi bolaxonada?

MS: Duz og‘o, yozdo shovoto kalla otib xo‘ppiqa tushvadim. Ishton izg‘or bo‘lvadi. Quritaman dab osib qo‘yg‘onim adi. Lekin yangi O‘zbekistonda xuddi Erondayidin basseyna chopon salla bilan tushish garak.

RT: Joriy yilning 16 iyun kuni Samarqand tumani «Yangiariq» mahallasida «Vavilon» cho‘milish havzasining ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda «Kulba» mahallasida qiz plavka kiyib cho‘milgan va raqsga tushgani uchun tolibon miyali milisalar tarafidan jazolandi. Samarqand IIB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, holat yuzasidan tadbir tashkilotchisiga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudiga yuborilgan. Shu samarqandlik milisa kattalarining Turkiya va Dubaydagi kurortlarda ishtonchang yurgan rasmlari bor. 

MS: Ishtoni yo‘q dizi yirtiqa gulibdi. 

RT: Eltuz do‘sti Xonzoda Xoliqova yozgan xatni o‘qib bersam.

Samarqandda baseyn ochilishida cho‘milish kiyimida raqs tushgan qizlarga shtraf solib ularni OITSga analiz topshirgani ravona qilishibdi! 

Adolat talab kilaman!!! Yaqindagina ko‘chaning o‘rtasida xijobli ayollar biri birini yalang‘ochlab urib, er talashib, kurakda turmaydigan gaplar bilan, hatto erkaklarni poslat qilgan, shu bilan ommani larzaga solgan ayollarga ham shtraf solishsin! Tenglik bo‘lsin! Ularni ham OITS tsentrga analizga jo‘natishsin! Er bitta, xotin to‘rtta! 

I vobщee, raz shunaqa ekan baseynlarning nima keragi bor! Berkitib, qulflab, yopib tashlanglar!

Jingl

MS: Og‘o, man shu ishliyvaraman, ishlayveraman, ozonnan gechaddo‘ng! Lekin sira boyimiyman. Nishatsam bir milliard so‘m topaman og‘o. Dim garak adi. Jentra oljoq adim.

RT: Daraxt ekadigan ishga kirsang, bir kunda bir milliard so‘m topasan, Matchon. Ekilmagan daraxtni ekildi deb yozib, pulni kissaga urasan. Bir yildan keyin, qani daraxt desa qurib qoldi, odamlar anomal sovuqda o‘tin qilib yoqib yubordi, deysan.

MS: Meni ho‘ko‘mot qomomiymi, og‘o?

RT: Qamamaydi. Nomiga ozgina tergab, keyin yana ham kattaroq mansab beriladi. Bu yangi O‘zbekiston, Matchon suqilish.

Masalan Navoiyda 1 mlrd so‘mdan ortiq byudjet pulini «eb yuborgan» mansabdor yana lavozimiga qaytdi.

Navoiy shahar obodonlashtirish boshqarmasining sobiq boshlig‘i axloq tuzatish ishlari jazosiga tortilgan edi.

Avvalroq, Navoiy shahar obodonlashtirish boshqarmasining sobiq boshlig‘i Yusuf Tursunov 1 mlrd 53 mln so‘m byudjet mablag‘ini talon-toroj qilgan edi.

Natijada Navoiy shahar sudining 2021 yil 4 martdagi hukmiga asosan, u JKning 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va qator moddalarni qo‘llagan holda 1 yilu 6 oy mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan. Shuningdek, oylik ish haqining 10 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda, unga 2 yil 7 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. (Sud hujjatlari qo‘yiladi)

Biroq Navoiy shahar hokimi Egamqulovning 2023 yil 21 iyundagi qaroriga muvofiq, Yusuf Tursunov yana Navoiy shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

MS: Ono langir lungir. Ina langir lungir. Og‘o, bu o‘g‘rilani yildirim choqib o‘ldirsa qutilar adik. 

RT: Andijon viloyati Paxtaobod  tumani dalasida yurgan  17 yashar yigit va 15 yashar qizni yildirim chaqqan. Ya'ni osmonda chaqnagan chaqmoq bu ikki sho‘rpeshanani yerga qulatgan. Yigit til tortmay o‘lgan. (o‘g‘il bollar mo‘rt bo‘ladi o‘zi) Qiz bannisada xushiga kelib tuzalish yo‘liga kirgan. Dunyoda yiliga 24 ming kishi chaqmoqdan o‘ladi va 240 ming kishi esa yildirim chaqib kuyib yarador bo‘ladi.

MS: Ibiyay. Urushdam shuncha odom o‘lmiydi xozir. 

RT: Askar faqat urushda o‘lmaydi. Porox xidlamagan cherik ichburg‘idan ham o‘lishi mumkin. 15 iyun kuni Samarqand harbiy gospitalida oddiy askar o‘ldi. 

RT: Milliy gvardiya matbuot xizmati qaydicha, oddiy askar T.O 6 iyun kuni boshqarma tibbiyot bo‘limi felshderiga oshqozoni og‘riyotganidan shikoyat qilgan. 7 iyun kuni bemor askar Samarqand harbiy gospitaliga olib borilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va terapevt vrachning “Surunkali gastroduodinit qo‘zish davri” tashxisi bilan terapiya bo‘limiga stantsionar davolanish uchun yotqizilgan.

O‘tgan payshanba kuni soat 14:00 lar atrofida ahvoli og‘irlashgan bemor askar harbiy gospitalda jon berdi.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida “O‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi” sababli to‘satdan o‘lim holati qayd etilgan”, deyilgan. Milliy gvardiya xabarnomasida ayni paytda mazkur holat bo‘yicha Samarqand viloyati Harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotgani qo‘shimcha qilingan.

MS: Odamlarni armiyaga olishda oldin sog‘liqini tekshirish garak. Biza armiyaga borishdan oldin qator turib 10 dan ziyod do‘xtr ko‘rikinnan o‘tvadik. Medsestra qizlani aldinda qip toyloq bo‘lib turganmiz. Kasallani hatto Sovet armiyasinam soldatliqa olmas adi.

JINGL Ozodbek  konchay bazar! 

RT: Ësh bollarni o‘ldiradigan  qurollar uchun pul bergan o‘ris arts Lepsning Toshkentda kontsert berishi yangi O‘zbekiston rahbariyati uchun Ukrainadagi urushni moliyalash bo‘ladi. Chunki O‘zbekiston rahbariyati xususan Madturvazir Ozodbek tashkil qilgan kontsertdan tushgan pullar ham Leps tarafidan Ukrainadagi bolalarni o‘ldirish uchun ishlatiladigan qurol sotib olishga sarflanadi. O‘zbek rahbariyati uchun bu oddiy o‘risqullik ko‘rinishidagi navbatdagi sharmanadalik emas, balki, xarbiy jinoyatga sheriklik deb malakalanadi. Gaaga sudi xarbiy jinoyatchi deya atagan Putinning Ukrainadagi terrorizmini qo‘llab qo‘ltiqlayotgan Leps kontserti bundan oldin Qozog‘istonda bekor qilingan edi. Aynan Lepsning qonxo‘r o‘ris bosqinchilarini qo‘llagani uchun. Leps uchun aksar dunyo zallari yopilgan. Endi bu putinparast xopiz Toshkentda qo‘shiq aytarkanu, o‘risparast Toshkent aholisi qo‘llariga Z degan xino qo‘yib sollanib eshitarkan. Lepsga qizil karta ko‘rsatishga jur'ati yetmaydigan O‘zbekiston rahbariyati mazmunan va fe'lan mamlakat mustaqilligini bozorga obchiqib sotyapti. O‘zbek jamoatchiligi bunga stop dedi. Lekin, Ozodbek Nazarbekov bunday xolat haqida oldinroq izoh berib «Rus qo‘shiqchilarining O‘zbekistonda bozori bor» deb vaziyatni andavalashga urindi. Ey Ozodbek, «konchay bazar!» O‘zbekiston kontsert zallari o‘ris bosqinchilariga pul yig‘iladigan ehson qutisi emas.  

MS: Shu Ozodbekni o‘zini Rossiya armiyasina bariparsak. Urushdagi o‘ris askarlarina katyusha aytib yursa bo‘lmiymi. Xorop atdi bu yoshulli. Har gun bir yodgorliq anasinikina girib duribdi.

RT: Savitskiy muzeyidagi asarlar Moskvada ko‘rsatilganida, yoki o‘zbek muzeylaridagi qadimiy freskalar Parij va Berlinda ko‘rsatilganida Shavkat Mirziyoevning qanday baxtiyor bo‘lganini men bilaman. Ammo, O‘zbekistondagi molpahm mulozimlar buni bilmaydi va bilishni ham istamaydi. Ularning aksari go‘zallik dushmani. Estetika nimaligini bilmaydigan g‘or odamlari. Yaqinda respublika miqyosidagi rahbar bilan gaplashdim. Bu rahbarcha viloyatda ishlaganida muzeydagi qadimiy choponni shisha quti ichidan oldirib, mehmonlariga kiydirib rasmga tushganini maqtandi. Bundan tashqari shartta muzeyga kirib to‘rtta rasmni olib «tadbir o‘tayotgan xonaga ostirganini» muvaffaqiyat deb bilar ekan. 

Birinchidan, qadimiy gazlama shisha idish ichida maxsus atmosferada saqlanadi. Qadimiy libosning shisha idishdan chiqarilib yot fazo va yot jismlar bilan kontakt qilishi bu libosning vayron bo‘lishiga olib keladi. Ikkinchidan muzeydagi asarni viloyat hokimi yoki zami «qo‘ltig‘iga qisib abchiqib» ketolmaydi. Asarning muzeydan chiqishi uchun Respublika Madaniy meros agentligi direktorining yozma buyrug‘i kerak. Endi yoshligida ikkichi bo‘gan, institutni ota enasining puliga tugatgan bir mulozim o‘zi rahbar bo‘lgan binodagi madaniy obidani buzdirib tashasa, rasmlarni o‘chirtirsa buni qanday cheklash mumkin. Menimcha bunday vandal rahbarni boshqaruv tizimidan zudlik bilan uloqtirish kerak. Siz ko‘rayotgan bu rasmni Farg‘ona hokimi vayron qilgan. Bahodir Jalolov chizgan freskadagi qizning yuziga paranji kiygizdirib qo‘ygan bu urod chmo rahbar.

JINGL

MS: Og‘o bugun juma. Ullini ulli guni. Mechitdayi gapladan ayting. Cho‘nqir mo‘llolaar na bo‘q yeb o‘tiribdi?

RT: Dang‘ara tuman Said Ahmad jome' masjidi tahoratxonasida 31 yoshli erkak 39 yoshli erkak bilan janjallashib, unga ko‘‌p marotaba pichoq urgan. Pichog‘ yegan fuqaro tiriki o‘ldimi ma'lumot hozircha yo‘q.

MS: O‘lmadi. Diri. Joni qotti bilani. Og‘o ina saylov galyotir. Siz kimni tarapini olasiz.

RT: Men Shavkat Mirziyoev tarafini olaman.

MS: Og‘o shuni bilvadim. Man aruz vazninda bir g‘azal yozvadim shuni o‘qib barin…

RT: O‘qi faqat Navoiy tilida bo‘lsin

MS: Ovong. Man o‘qiyman siz kallangizni darpatib o‘tiring asa…

Boshla Matchon…

MS:

Men bokira ovozimni ketmonlarga bermasman

Meni saylang degan ul botmonlarga bermasman.

Devon uzra yastanib yotqonlarga bermasman

Kursiga ko‘z tikkan ul Ulug‘bekka  bermasman,

Hirom etgan sayr etib Sho‘kat akam sog‘ bo‘lsin!

Robaiy balanda ul xonumonga bermasman,

Dunyo zakotini bersang, gadolarga bermasman

Ovoz ber deb kuyib yongan adolarga bermasman,

Ul noshukur Abdushukr xatolarga bermasman

Iqtidoringga qurbon Sho‘kat akam sog‘ bo‘lsin!

Hokimiyatga zor bo‘lgan shaydolarga bermasman,

Ëlg‘on tayrida suzgan zuxrolarga bermasman,

Siyosatga vafosiz tug‘rolarga bermasman,

Hizmatinda men bo‘lgan Sho‘kat akam sog‘ bo‘lsin!

Sho‘kat akam jilvasin barnolarga bermasman,

Siyosatda dovuchcha sarbozlarga bermasman,

Zulm arqonida yurgan dorbozlarga bermasman,

Ko‘z tegmasun Sho‘katga¸etib borsun bekatga,

Soxta nomzod – so‘zamol tannozlarga bermasman

Siyosatni kasb qilib, yolg‘on to‘la ont ichib,

Rayosatni xor qilgan shovvozlarga bermasman,

Oqsaroyni bulg‘agan qoralarga bermasyan

Arzon tilipon tutg‘on fuqarolarga bermasman

Sho‘kat akam rom qildi siyosatni shon bilan

Nurli yorug‘ chexrani bechoralarga bermasman.

Sho‘kat akamdan  boshqa bedonalarga bermasman

Berarman Sho‘katga mudom, begonalarga bermasman.

RT: Yasha Matchon suqilish. Sendan ilxomlanib mana bu asarni Toshkentdagi o‘pera balet teatrida sahnalashtirmoqchi edim.

MS: Ona langir lungir. Ina langir lungir

JINGL Kakafoniya. 

(saylov oldidan qo‘yiladigan simfonik kompozitsion shou)

Parda ochiladi. Saxna oldidagi o‘rada musiqachilar olatlarini shay qilib turishibdi. Sochlari yelkasiga tushgan drijer kirib kelib g‘ijjakchining  qo‘lini siqib ko‘rishib qo‘yadi va minbarda turib cho‘pini siltaydi. Musiqa yangraydi. Projektor saxna o‘rtasidagi artst yuzini yoritadi.

«Bu kakafoniya saylovda kimga ovoz berishingizni miyangizda formalashtirish uchun sahnaga qo‘yildi»

Qarsaklar yangaydi. Lazer nuri qorong‘u fazoda «Ezilganlar faryodi» deb yozadi.

Sahna qop qorong‘u. Zanjirlarning shaldirashi eshitiladi. 

(Karimov davrini ko‘rsatvotti, deb shivirlaydi zamministrning ikkinchi xotini yonidagi o‘ynashiga)

Projektor sahnadagi bo‘yniga zanjir taqilgan va g‘irt Ozodbekka o‘xshash kal kishini yoritadi:

Men Karimov davridagi, 

Bir qop qaro kunda tug‘ildim 

Tug‘ildimu shu on bo‘g‘ildim…

Projektor sahnadagi bo‘yniga zanjir taqilgan va g‘irt Yulduzga  o‘xshash xojonani yoritadi. Xoji ena barmog‘i bilan qorong‘u fondagi Karimov suratiga ishorat qilib deydi :

«Biz u kishining davrida ezildik»

Saxna ortidagi 17 gorbolnitsa xori naqoratni uch ovozli qilib aytadi:

«Ezildik¸ ezildik¸ ezildik»

Ozodbek faryod qiladi.

Men tug‘ilib ko‘z organ dunyo

Buzuq edi manfur benavo…

Projektor sahnadagi bo‘yniga zanjir taqilgan va g‘irt Yulduzga  o‘xshash xojonani yoritadi. Xoji ena barmog‘i bilan qorong‘u fondagi Karimov suratiga ishorat qilib deydi:

«Biz u kishining davrida ezildik»

Birdan barabanlar gumburlaydi. Violenchel chiyillaydi. Karimov rasmi parcha parcha bo‘lib sahna uzra uchadi. «U o‘ldi» deydi birinchi kishi. «O‘ldi» deydi» ikkinchi kishi. «Dodamni qaytarib bering» deb dodlaydi bir xotin. «O‘chir ovozingni jalap» degan replika eshitiladi. Sahna bo‘ylab kal g‘ijjakchi sarosimada yugurib g‘ijjak chiyillatadi. 

Saxna ortidagi 17 gorbolnitsa xori naqoratni uch ovozli qilib aytadi

«O‘ldi. O‘ldi. O‘ldi»

Shu payt saxna yorishib butun zalga oq atirgullar yog‘iladi. Sahna markazidagi Karimov surati o‘rnida Mirziyoev suvrati paydo bo‘ladi.

Sahnaga ko‘r qiz chiqib kelib, hazin ovozda kuylaydi.

Kelganing on qutqarildi bu vatan,

Seni deydi har kelgan ketgan.

Og‘ir kunimizda ko‘makka kelgan…

Saxna ortidagi 17 gorbolnitsa xori naqoratni uch ovozli qilib aytadi

Ulug‘ nazarkarda ulug‘vor rahbar

Ulug‘ Sho‘kat aka  ulug‘vor rahbar!

Sahnaga Sherali chiqib keladi va qo‘llarini yozib kuylay boshlaydi (zalda jonlanish, ovatsiya, qarsak)

Ulug‘ Sho‘kat aka, ulug‘vor rahbar!

Hilpirat har yerda bayrog‘imizni

Ëzdir tarixlarga ot shonimizni

Tanittir dunyoga borligimizni

Ulug‘ Sho‘kat aka, ulug‘vor rahbar!

Qo‘shiqchi Lola Ahmedova davom ettiradi:

Mana samar berdi nishonalari

Sen bois rang oldi koshonalari

Seni der elimning ruhshonalari

Yaltirar sen bois peshonalari

Ulug‘ Sho‘kat aka  ulug‘vor rahbar!

Saxna ortidagi 17 gorbolnitsa xori naqoratni uch ovozli qilib aytadi

Ulug‘ nazarkarda ulug‘vor rahbar

Ulug‘ Sho‘kat aka  ulug‘vor rahbar !

Sahna bo‘ylab g‘ildirakli konki kiygan yalang‘och qizlar g‘ildirakni g‘izillatib g‘ildiratib aylanib hirom qilishadi.

Munisa Rizaeva chiqib kuylaydi:

U bois quyosh chiqar u bois to‘ladi oy

U bois vatandan yo‘q bo‘lar yetim gadoy

O‘zbekiston deganda seni bildik biz

Seni deydi o‘g‘lonlar seni deydi qiz.

Shundan so‘ng sahnaga chiqqan G‘ulomjon davom ettiradi

Shavkat bois otdi millat sahari

Uning ismi bilan xalqning zevari

Qadam qo‘ysa saxroda ham gul bitar

Gulistonga do‘ndi yurtning kent shahri.

U bois quyosh chiqar u bois to‘ladi oy

U bois vatandan yo‘q bo‘lar yetim gadoy

O‘zbekiston deganda seni bildik biz

Seni deydi o‘g‘lonlar seni deydi qiz

Sen shunday bir daxosan boshqasi kelmayajak

Sen bugunsan¸ sen erta ¸ sen bilandir kelajak

Dunyodagi o‘zbeklar sen tomon intilajak

Saxna ortidagi 17 gorbolnitsa xori naqoratni uch ovozli qilib aytadi

Shavkat xalqim deyajak xalq Shavkatga sig‘injak

Shavkat xalqim deyarkan xalq Shavkatga topinjak

Yulduz davom ettiradi:

Sen shunday bir daxosan, boshqasi kelmayajak,

Sen bugunsan¸ sen erta ¸ sen bilandir kelajak

Navbat Ozodbekda

Sen bu qaltis zamonda kuchimiz quvvatimiz

Sen bizning bu davronda eng buyuk qudratimiz

Millat imzosi bor metrikangning ichida

Senga bo‘lsin mehrimiz senga muhabbatimiz

Saxna ortidagi 17 gorbolnitsa xori naqoratni uch ovozli qilib aytadi

Senga bo‘lsin mehrimiz senga muhabbatimiz

Projektor nuri Sheraliga yo‘naladi:

Tarahhum qil o‘sh-al soat bizimdek osiy, muztarga,

Borurmiz barcha tashna suv tilab soqiyi kavsarga,

Berar ahli saodatga, tasadduq, yo Shavkatullo

Shavkat turib, unga bergan ovozingni hisob etgay,

«Har vatandosh qoshimg‘a kelsun!» deya xitob etgay,

Shavkatga kim bo‘yin egmastur, yommon azob etgay,

Kim Shavkatg‘a qulluq etsa  doimo, tavob etgay,

Egil millat  va de Sho‘katga , tasadduq, yo Shavkatullo

Karimovdan zulm ko‘rgan  hama vo-hasrato derlar,

O‘lganning orqasindan  hama vo-vaylato, derlar,

Chetdagi vatandoshlar yig‘lab yana «yo Shavkato», derlar.

Xordagi qizlar endi ikki qo‘lini osmonga ko‘tarib sollanib sollanib kuylaydi

Ulug‘ Sho‘kat aka  ulug‘vor rahbar!

Ulug‘ nazarkarda ulug‘vor rahbar

Birdan sahna yana qop qorong‘u bo‘ladi. Projektor ko‘r qizni yoritadi

Ko‘r qiz hazin ovozda gapiradi

«Men ko‘rman, ammo siz ko‘zi ochiqlar ko‘rmayotgan narsani ko‘rayapman. Karimov davri yomon edi. Shavkat Mirziyov davri yaxshi. Eshiting men ko‘rning faryodini. Eshiting ammo yig‘lamang:

Kelganing on qutqarildi bu vatan

Seni deydi har kelgan ketgan.

Og‘ir kunimizda ko‘makka kelgan..

Xordagi qizlar e ikki qo‘lini osmonga ko‘tarib sollanib sollanib kuylaydi

Ulug‘ Sho‘kat aka  ulug‘vor rahbar !

Sahnaga opera qo‘shiqchisi Yengishboy chiqib keladi

Hilpirat har yerda bayrog‘imizni

Ëzdir tarixlarga ot shonimizni

Tanittir dunyoga borligimizni

Xordagi qizlar endi ikki qo‘lini osmonga ko‘tarib sollanib sollanib kuylaydi

Ulug‘ Sho‘kat aka  ulug‘vor rahbar!

Ozodbek davom ettiradi

Mana samar berdi nishonalari

Sen bois rang oldi koshonalari

Munisa kuylaydi

Seni der elimning ruhshonalari

Yaltirar sen bois peshonalari

Xordagi qizlar endi ikki qo‘lini osmonga ko‘tarib sollanib sollanib kuylaydi

Ulug‘ Sho‘kat aka  ulug‘vor rahbar!

G‘ulomjon davom ettiradi

Sho‘kat ismi dostonlarga chevrildi

Uning qudratini Putin ham bildi

Ollox unga yerdamini yetirdi

Fidel o‘lib shonin unga qoldirdi

Xordagi qizlar endi ikki qo‘lini osmonga ko‘tarib sollanib sollanib kuylaydi

Ulug‘ Sho‘kat aka  ulug‘vor rahbar!

Zahmatlardan qutqardi u yurtini

O‘ldirdiku uzumlarning qurtini

Sevingandan tovlab turar murtini

Ulug‘ Sho‘kat aka  ulug‘vor rahbar!

Qo‘lidan kelganin xalqiga etdi

Oq kunga chiqarib saylovga ketdi

Yulduz kuylaydi

Ëmonlar sizlarning kuningiz bitdi

Xordagi qizlar endi ikki qo‘lini osmonga ko‘tarib sollanib sollanib kuylaydi

Ulug‘ Sho‘kat aka  ulug‘vor rahbar!

Opera xopizi Yengishbek davom qiladi

Ollox ko‘magila davomchi bo‘ldi

Oybolta ko‘tarib avomchi bo‘ldi

Ozodbek ikki qo‘lini yozib xonish qiladi

Orqamiz kirlidir Karim yo‘lidir

O‘ngimiz nurlidir Shavkat yo‘lidir

Yelkamizda ulkan Shavkat qo‘lidir

Xordagi qizlar endi ikki qo‘lini osmonga ko‘tarib sollanib sollanib kuylaydi

Ulug‘ Sho‘kat aka  ulug‘vor rahbar!

Ulug‘ nazarkarda ulug‘vor rahbar

Ko‘r qiz davom ettiradi

U bois quyosh chiqar u bois to‘ladi oy

U bois vatandan yo‘q bo‘lar yetim gadoy

O‘zbekiston deganda seni bildik biz

Seni deydi o‘g‘lonlar seni deydi qiz

Barcha qo‘shilib kuylaydi. Karnay surnay ovozi. Doira gumburlaydi

Sen shunday bir daxosan boshqasi kelmayajak

Sen bugunsan¸ sen erta ¸ sen bilandir kelajak

Dunyodagi o‘zbeklar sen tomon intilajak

Shavkat xalqim deyajak xalq Shavkatga sig‘injak

Shavkat xalqim deyarkan xalq Shavkatga topinjak

Sen bu qaltis zamonda kuchimiz quvvatimiz

Sen bizning bu davronda eng buyuk qudratimiz

Millat imzosi bor metrikangning ichida

Senga bo‘lsin mehrimiz senga muhabbatimiz

Parda tushadi. Zal tomi tinimsiz qarsaklardan o‘pirilib tushadi.

MS: Og‘o sho‘rda to‘xtab uring potyani. Iloyim Sho‘kat aka utsin

Assalom O‘zbekiston, juma muborak!

Tag‘in o‘qing
2 may 2023
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 30 aprel kuni kechqurun Turkiya razvedka kuchlari tomonidan “Islomiy davlat” guruhi yetakchisi Abulhusayn Al-Qurayshiy ...
13 dekabr 2021
Qashqadaryo viloyatida joylashgan Shayxali qamoqxonasida nozir bo‘lib ishlagan 38 yoshli G‘affor Akmalov jazoni ijro qilish tizimlaridan nohaq bo‘shatilganidan shikoyat ...
13 may 2019
Boya saytda firibgarlik aybi bilan qo‘lga olingan mansabdor haqida bir maqola paydo bo‘ldi. Keyin kirib qarasam, maqola o‘chirtirilgan. Va ...
8 mart 2020
Rassom Dumham Eltuz.com
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...