Asosiy mavzular
16 avgust 2023

Jurnalistni urgan mulozim jazolandi

14 avgust kuni Toshkentda reportaj tayyorlamoqchi bo‘lgan Zo‘r.TV jurnalistlari Nurzodbek Vohidov va Sardorbek Yo‘ldoshevlarni kaltaklagan qurilish boshqaruvchisiga chora ko‘rildi.

Jurnalistlar shu kuni Toshkent aeroporti yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgich ko‘priklarning qulashi yuzasidan surishtiruv o‘tkazish uchun borishgan edi.  

Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Zo‘r TV muxbiri Voxidov va uning operatori Yo‘ldoshevlarga haqorat yog‘dirib, ularni do‘pposlagani aks etgan videolar tarqaldi.  

Bundan avval Eltuz Toshkent aeroporti yaqinida qurilayotgan ko‘priklarning qulashi yuzasidan jinoiy ish ochilib uchta amaldorning qamalgani haqida material tayyorlagan edi.

O‘zbekiston transport prokuraturasi Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushgani holati yuzasidan 3 nafar mansabdorga jinoyat ishi ochilganini ma'lum qilgan. Hodisa sabab yuzaga kelgan zarar qariyb 2,8 mlrd so‘m deb baholangan edi.

O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi jurnalistlarga hujumni qoraladi.

TV muxbirlari bilan yuzaga kelgan holat yuzasidan Milliy media birlashmasi boshqaruv raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja ham mazkur hujumlarni qoralab jurnalistlar haqida quyidagilari bildirdi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tish joiz «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasida, jurnalist o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida, jurnalist tekshiruvi o‘tkazish, zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish huquqiga egadir.Shuningdek, ushbu qonunning 14-moddasida hamda Ma'muriy va Jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarda shaxsni haqorat qilganlik, qasddan yengil shikast yetkazganlik hamda mulkni qasddan nobud qilish yoki zarar yetkazish uchun ham javobgarlik belgilangan.

Tag‘in o‘qing
21 may 2016
O‘zbek rasmiylari milliy til rivoji va rag‘batini hukumat farmonlari, qarorlari bilan ochilgan universitet va uning tarkibida ochilgan o‘zbek tili ...
2 aprel 2018
O‘zbekistonning «Mening yurtim» telekanali 1 aprel kuni yoshlar axloqi «fosh qilingan», ya'ni ularning istirohat bog‘larida qo‘l ushlashib yurgani, o‘pishgani ...
31 mart 2018
Oliy Majlis Senati 29 mart kuni «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) to‘g‘risida»gi qonunni tasdiqladi. Mazkur qonunga ko‘ra, DXXga ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...