Asosiy mavzular
20 avgust 2023

Zo’rTV jurnalistlarini urgan zo‘rovon kim?

Calom qadrli muxlislar, Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi.

Eltuz ilgari xabar berganidek, 15 avgust kuni Zo‘r TV jurnalisti va operatorini kaltaklagan «Ko‘prikqurilish» tresti unitar korxonasi 67-ko‘prikqurilish otryadi ish boshqaruvchisi Nodir Eshniyazovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Nodir Eshniyazov JKning 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyatni qasddan sodir qilganlikda ayblanmoqda. Bu yuzadan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu materiallar e'lon qilingani ortidan Nodir Eshniyozovni yaqindan biladigan shaxs Eltuzga aloqaga chiqdi. Uning bildirishicha, Nodir Eshniyozov Sergelida «uchar» laqabi bilan tanilgan tadbirkor Sherali Eshniyozovning jiyanidir.

«Uni yaxshi taniyman, dadasi olamdan o‘tgan. Dadasining ukasi Sherali Nodirni qo‘llab keladi. Sheralining laqabi «uchar».  Toshkentda yetarlicha biznesi bor. Yana kazo-kazolar bilan kuda anda. Uning yana bitta o‘g‘li IIV da katta lavozimda ishlaydi».

Uning bildirishicha, Nodir Eshniyozov o‘zining ishlarini Ichki ishlar vazirligidagi amakisi orqali bosti-bosti qilib keladi. O‘zi Surxondaryo viloyatining Uzun tumanidagi B. Ochildiev nomidagi jamoa xo‘jaligida yashagan va o‘sha yerdagi maktabni tugatgan. 

Sergelidagi Sputnik 16 mavzeyida  joylashgan «Sumbula» restorani ham Eshniyozovlarga tegishli.

Eltuz manbasi 67-ko‘prikqurilish otryadi ish boshqaruvchisi Nodir Eshniyozovning Yakkasaroy tumanidagi ko‘prikning beshta to‘sini qulashiga olib kelgan yirik o‘g‘irliklarga ham aloqasi borligini ham iddao qiladi.

Eltuz esa zo‘r tv jurnalistlarini kaltaklagan zo‘rovon va yakkasaroyda balkalari qulagan ko‘prik qurilishi atrofida kechayotgan voqealarni yoritishda davom etadi. Videolarimizga layk bosing, obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
26 aprel 2017
Stokgolm hujumchisi Oqilovning sherigi deya hibsga olingan 26 yoshli chechen yigiti ikki kunlik so‘roqdan keyin 25 aprel kuni qo‘yib ...
16 iyul 2016
O‘zbekistonda «tinchlikni madh etish uchun» mafkura klipi sifatida tayyorlangani aytilayotgan ayni klip musiqasi o‘zgarmagan, biroq tasvirlarda uning eski nusxasi ...
11 yanvar 2016
Bugun soat 16.00 da boshlangan mahkama bor yo‘g‘i bir kun davom etdi va kutilmaganda huquq himoyachisining ozod etilishi bilan ...
19 iyun 2019
O‘zbekistonda mahalla raisi tili bilan mamlakat poytaxti Toshkentda fuqarolarni ro‘yxatga olish tizimini yanada kuchaytirish, xususan, mahalladan ma'lumotnoma olish amaliyotini ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...