Asosiy mavzular
19 avgust 2023

Tolibon amaldori bachabozligi aks etgan video tarqaldi

2023-yil 18-avgust kuni tvitterda Tolibon rejimi amaldori bachabozligi tasvirlangan video e'lon qilindi. 

Bu O‘zbekistonda ba'zilar qurishni orzu  qiladigan Tolibon hukumatining nechog‘lik Islomiy ekani haqida qizg‘in bahs-munozaralarni uyg‘otdi.

“Afganistan Interneyshnl” nashrining yozishicha, ushbu videoda Tolibon hukumatining Kobul shahridagi elektr ta'minoti boshqarmasi rahbari mulla Ahmad Oxund bir yigit bilan bir yostiqqa bosh qo‘ygani tasvirlangan. 

Aytishlaricha, bu bacha Tolibon amaldorining qo‘riqchisi ham ekan. 

Oldindan o‘rnatilgan videokameraga tushirilgan tasvirda ikki kishilik to‘shak yoyilgan xona ko‘rsatilgan. Keyin mulla Ahmand Oxund kiyimlarini yechib, ko‘rpa ostiga kirganini ko‘ramiz. 

Darhol uning ortidan yigit ham kiyimlarini yechinib, ko‘rpa ostidagi  Tolibon amaldorining qo‘yniga kiradi.

Bu voqeadan xabardor manbalarning ushbu OAVga aytishicha, mulla Ahmad Oxund Tolibon guruhining eng nufuzli a'zolaridan biri bo‘lib,  avvalroq u ushbu guruhning boshqa yosh a'zolari bilan uxlagani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. 

Bu video mulla Ahmad Oxund 7 avgust kuni “Tolibon” hukumati bosh vaziri buyrug‘i bilan Kobul elektr kompaniyasi (“Breshno”) rahbarining yuqori va “yog‘li” lavozimiga tayinlanganidan ko‘p o‘tmay tarqalgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aksariyati e'lon qilingan ushbu videoni sharhlab,  kinoya bilan Tolibonning soxta rejimini “100% islomiy hukumat”, “ifloslar amirligi”, toliblarni esa “Lut qavmining qoldiqlari” deb atashgan. 

Bir foydalanuvchi kinoya bilan “Afg‘oniston va dunyoga Islomni shular qaytarmoqchi bo‘lyaptimi?” deb yozgan. 

Yana biri esa «Tolibon biz musulmonlarga yuklamoqchi bo‘lgan haqiqiy Islom shumi?» deb so‘ragan.

O‘tgan yili Tolibon vakillari O‘zbekistonda safar qilib, majsidga namoz o‘qigani borgan paytda o‘nlab o‘zbek dindorlari ularning qo‘llarini o‘pish uchun navbat talashishgandi.

Eltuz videolarini kuzatib boring. Kanalimizga obuna bo‘lishni. Izoh yozishni, layk bosishni unutmang!

Tag‘in o‘qing
1 fevral 2023
O‘zbekiston neft va gaz sohasidagi vaziyatni ichdan biluvchi ikki manbaning Eltuzga bergan ma'lumotdan anglashilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ va unga qarashli ...
11 noyabr 2015
Rassom: Tuz Eltuz.com
30 oktyabr 2024
Bugungi beshta murojaat odatdagidek xalqning doimiy, ammo ko‘pincha eshitilmayotgan dardlaridan iborat. Kimdir bozorda dehqonlarga tinchlik bermayotganlardan noliydi, yana kimdir ...
27 iyun 2023
Turkistonda birinchi jadid matbuot organi – “Taraqqiy” gazetasi Toshkent shahrida Ismoil Obidov muharrirligida 1906 yil 27 iyundan e'tiboran chop ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...